Arablar istilosi
Reja:
1. Arab Istilosining boshlanishi.
2. Arab istilosining ikkinchi bosqichi.
3.Movarounnahrda arablarga qarshi harakatlar.
Arab Istilosining boshlanishi
VII asr boshlarida Arabiston yarim orolda yirik Arab davlati tashkil topgan. Arablar bu davrda o`zlarini ijtimoiy va madaniy jihatdan o`zgacha xalq sifatida ko`rsata bildi.
Xijoz viloyati shaharlari Makka va Yasribda,vohada ilk fiodalizm munosabatlari bilan qurolik va patriarxallik belgilari ham mavjud bo`lib, ko`chmachi –arablar urug`g` jamoa munosabatlarini o`z boshidan kechirar edilar.
Voha va shaharlar aholisi kam sonli bo`lgan va ular birg`biridan Arabiston Sahrosi tufayli ajralib turar edi, Jug`rofiy jihatdan qulay bo`lganni uchun qadimda Sharq va G`arbdagi turli mamlakatlar savdog`sotiq, iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatishga intilib keldi.Atrofda bo`layotgan barcha siyosiy voqiyalar arab halqlari taqdirigi tas`ir etmay qolmadi.
Qabilalar ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlishib, goh parchalashib ketadi.Bu narsa arablar siyosati va diniy ta`limotida ham o`z aksini topdi.VIII asirgacha bozorlar, shaharlarda, dasht va vohalarda qadimiy arablarga xos turlicha diniy oqimlarni, xristianlikni, otashparastlikni targ`ib qilib o`zini payg`ambar sanagan ko`plab va`zxonalarni uchratish mumkin edi.
Arab qabilalarining birlashishi uchun intilishi turli qadimiy diniy topinishlarning markazlashuviga olib keldi. Kuchli urug` jamoalar ibodat xonasi va ular sig`inadigan xudolar jamiyatda yetakchi axamiyatga yega bo`la boradi.Ojiz qabilalar topishini va xudolari xaqida ta`limot yo`q qilindi.
Yirik savdo va madaniyat markazi bo`lgan Makka shahridagi Ka`ba machiti ulkan axamiyatga ega bo`la boshladi.
Makkadagi hukumron qabilag`Qurayshlar “o`rtoqlik ”va savdo ittifoqini tuzishdi.makka atrofidagi sayl muqqadas sanaldi. Tez orada qurayshlar maka atrofidagi urug`, qabilalar uchun har yili ziyoratni tashkil etdi.
Makkada diniy e`tqodlarga shubxa bilan qarovchi kishilar paydo bo`la boshladi.Shulardan biri – Muhammad edi. U Hoshimiy qabilasidan chiqqan.Bu qabila Ka`baga kiritiladigan eshik kalitiga ega bo`lgan.
Erta yetim qolgandan sung,u chuponlik,keyinroq farmondor bo`ldi.25 yoshida boy beva xoting` Xadichaga uylanadi va savdo bilan shug`ilana boshladi.Payg`ambarlik faoliyatini u taxminan 610 yilardan yurita boshlagan
Avvaliga Muhammadning bu boradagi harakati qulabg` quvvatlanmadi.U va uning tarfdorlari quvg`inga uchrab habashiston shimolidan panoh topishga urinishdi. Xotini Xadicha va hoshimiy qabilasi yetakchilari vafotidan so`ng Muhammadning turmishi og`irlashib Madinaga ketishga majbur bo`ldi. Uyerda onasi tomonidan qarindosh qabilalar istiqomat qilar va hosildor yerlari tufayli uzaro janjalar bo`lib turar edi.
Muhammat bu ishda betarf hakam bo`lishga rozi bo`ldi hamda o`z tarafdorlarini Makkadan Madinaga ko`chira boshladi. Musulmon hijriy taqvimi ayni shu davrdan (622 yil.15 iyul`)qo`llana boshladi.
Muhojir Muhammad yangi ittifoq yetakchisi bo`lib qoldi.Boy savdogar Abu Bakr o`zining o`n yoshli qizi Oyshani ellik yoshli Muhammadga turmushga berdi.
Muhammad vafotidan sung (632yil) uning tomonidan tuzilgan ittifoq qabilalarini birlashtiruvchi yanada katta markazga aylandi. Madinadagi bu ittifoq boshida Ollohning noiblari, halifalar turar edi. Su`niy mazxabdagi musilmonlarda asosan ilk to`rt halifa alohida ahamiyatga ega.Bularg` Abu Bakr(632-634), Umar (634-644),Usmon (644-656)va Hazrati Ali vakiligini tan olishgan.
Halifalar yil sayin g`oya va e`tiqod sifatida islom ta`limotini mukkamalashtra bordilar.Ular himmati ila Madinada 114 suradan iborat “Quroni karm”tartib topdi. Xalifa Usmon davrida Muhammad ta`lim va o`gitlari 50 yili yozuvga tushirildi.
Yana bir muqqadas diniy kitob mavjud.Bu Muhammad payg`ambar hayoti, faoliyati va ugitlari haqidagi xadislardan iborat.hadislar to`plami IX asrda vatandoshimiz Buxoriy va Muslim kabi muhandislar tomonidan amalga oshirilgan.
Muhammad Sollolohu alayxi vasallam vorislari xalifa Abu Bakr,Umar va Usmon avvalgi qushni qabilalarni, so`ngra O`rta dengiz va Osiyodagi baz`i mamlakatlarni fath etdilar va birlashtirdilar islom dini VIIIg`Ixasr davomida Eron , Shimoliy Xindiston va O`rta Osiyoga tarqaldi. X-XV asrlarda esa arab, hind va o`raosiyolik savdogarlar orqali u bug`or ,qipchoqlarga yetib bordi.Shimoliy Kavkaz,Sibir` va keyinroq Oltin O`rdaga kirib keldi.
Eronda diniy bo`linish yuzaga keldi. Bunga shialarning yuzaga kelishi sabab bo`ldi ( Shia – arabcha gurux, tarafdorlar ma`nosini bildiradi). Shialar arablar ta`siriga qarshi kurash boshladi. So`ng faqat turtinchi Halifa Alinigina tan olishdi.
Shialardan yana bir oqim ismoiliylar ajralib chiqib, u Avg`onistonning tog`li hududlari va Badaxshonda qaror topdi, ismoillik talimoti, hususan ulardan ajralib chiqqan qarmatlar islom diniga nisbatan oppazitsion munosabatida bo`ldi, Qaramat mazxabi XI asirga qadar mavjud edi. 650 yilda Arablarni Sug`diyona, Tohiriston, Hoayezming hosidor yerlari o`ziga jalb etdi. Avvaliga ular Xurosanda talonchilik yurishini boshladi.Chunki lashkarboshining qarorgoxi Marvda yedi.
Arab xarbiy qushinlari yengil va og`ir otliqlar,asosan kuchmachi, piyoda qo`shinlar zabt etilgan halq vakilaridan to`planar edi.
Arablarni O`rta Osyoning boyligi juda qiziqtirgan.Amudaryo ortiga birinchi bulib Ubaydulloh ibn Ziyod yurish boshladi, U avval Poykentni egalladi Buxoroga utib uning hukumdori ustidan g`alaba qozondi.
676 yili said ibin Usmon Buxoro va Sug`diyona shaharlarga yurish boshladi. U Buxoro va unga kelgan Sug`diyona, Kesh,nasaf harbiy qushinlarini mag`lubiyatga uchratdi. Buxoro Hokimi o`lpon tulashga va shoh avlodlariga uchratdi. Buxoro hokimi o`lpon to`lashga va shoh avlodlaridan 80 kishini garovga berishga majbur buldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |