Toxariston davlati tuzilishi va uni boshqarish shakli va ushbu
davlatning markaziy va mahalliy organlari haqidagi ma’lumotlar bizgacha
to‘lig‘icha yetib kelmaganligi sababli Azamat Ziyoning bu haqdagi fikr-
mulohazalari bilan cheklanishimizga to‘g‘ri keladi. U shunday deb
yozadi: «Toxariston boshqaruvi masalasiga kelsak, shimoldan kirib
kelgan toharlar (yuechjilar) hamda mahalliy mavqedor doiralar faoliyati
beshta siyosiy xonadon nomi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tmoq
kerak». Xitoylik mualliflarning fikricha, ular quyidagilardan iborat
19
bo‘lgan: «Xyumi, Shuanmi, Guyshuan (Kushon), Xeytun, Gaofu.
Ularning har biri ustidan turuvchi sardor yabg‘u (jabg‘u) unvoniga ega
bo‘lib, har bir yabg‘u o‘z qarorgohida o‘tirgan. Masalan, Hyumi sardori
(hokimi) Homo shahrida, Shuanmi hokimi Shuanmida, Guyshuan hokimi
Xotzoda, Xeytun hokimi Gaofuda turgan. Aftidan, biron-bir xonadon
ikkinchisining ustidan hukmronlik qilish imkoniga ega bo‘lmagan. Chjan
Syanning «Daxya (Baqtriya) aslida oliy hukmdorga ega emas, har bir
shaharning o‘z hokimi bor» qabilidagi guvohliklari shu xulosaga olib
keladi. Fikrimizcha, Xitoy manabalarida tilga olingan «har bir shahar»
mavjud besh siyosiy sulola boshliqlarining qarorgohlarini anglatishi
kerak. Shu bilan birga, bu besh mulk (sulola) yuechjilarga qaram,
yuechjilarning poytaxti esa Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan
kabi ta’kidlarni ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, yuechjilar
(toxarlar) keyingi davrdagi eftaliylar, chingiziylarga o‘xshab o‘lkani
chetdan turib boshqarganlar. Buni tasdiqlovchi ma’lumotlarni xitoy
manbalarida ham uchratish mumkin. Jumladan, katta yuechji aslida
ko‘chmanchi davlat. Aholi mol-holi bilan bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chib yuradi, urf-odatlari xunlarnikiga o‘xshash bo‘lganligi haqida
ma’lumotlar keltiriladi.
Xitoy manbalarida Parkana davlati haqida bir qator qiziq
ma’lumotlar uchraydi. Miloddan avvalgi II asrning 20-yillarida Farg‘ona,
So‘g‘diyona, Baqtriyada safarda bo‘lgan xitoylik elchi Chjan Syanning
guvohlik berishicha, Farg‘onaning aholisi bir necha yuz ming kishidan
iborat bo‘lib, harbiy qo‘shini soni 60 mingdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona
boshqaruv tizimida hukmdor, uning ikki yordamchisi (vaziri) va
oqsoqollar kengashi faoliyat ko‘rsatganligi xitoy manbalaridan ma’lum.
Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari orasidan
tayinlangan bo‘lishi kerak. Ammo, oqsoqollar kengashi mamlakat
ijtimoiy, siyosiy va tashqi munosabatlarida faol ishtirok etish bilan bir
qatorda oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish
qudratiga ham ega bo‘lgan. Urush ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni
tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi tadbirlarda oqsoqollar kengashi
yetakchi o‘rin tutganligini ko‘rsatuvchi guvohliklar talaygina. Masalan,
xitoyliklarning Farg‘onaga tajovuzlari chog‘ida oqsoqollar kengashi
o‘zaro sulh tuzish tarafdori bo‘lib chiqadi va bunga erishadi ham. YO
bo‘lmasa, xitoyliklar bosqini bilan bog‘liq voqealar sababchisi deb
topilgan Mug‘uy oqsoqollar kengashi hukmi bilan qatl qilingan.
Miloddan avvalgi 263-yilda Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun
olib borilgan urushlar tufayli hozirgi Turkmaniston respublikasi hududida
20
Do'stlaringiz bilan baham: |