Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


VUJUDGA KELISHI VA HUQUQIY MUNOSABATLARNING



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

VUJUDGA KELISHI VA HUQUQIY MUNOSABATLARNING 
SHAKLLANISHI 
1-§. Eramizga qadar O‘zbekiston hududida davlat va huquq 
Davlat va huquq tarixi fanining asosiy vazifalaridan biri – bu 
mustaqil davlatchilik sharoitida O‘zbekiston hududida davlat va 
huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini chuqur ilmiy va xolisona 
o‘rganish, tarixiy taraqqiyotning siyosiy-huquqiy yutuqlaridan mustaqil 
o‘zbek davlatchiligi va uning huquqiy tizimini takomillashtirishda 
foydalanish, qolaversa, boy va betakror tariximizni jahon jamoatchiligiga 
namoyish etishdir. 
Ushbu mavzu O‘zbekiston hududida davlatchilik va huquq tarixining 
ilk, o‘z navbatida, murakkab davriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu 
zaminda siyosiy-huquqiy institutlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va 
sabablari, ilk davlat tuzilmalari, ularning siyosiy tuzumi, huquq 
manbalari, tarmoqlari va institutlari, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan 
bosib olinishiga qadar bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi. 
O‘zbek davlatchiligining tarixi xususida so‘z borganda, fanda u 
joylashgan muayyan hudud, ya’ni «O‘rta Osiyo» va «Movarounnahr» 
tushunchalariga murojaat etish lozim bo‘ladi. O‘rta Osiyo – g‘arbdan 
Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron, Afg‘oniston va Xitoy Xalq 
Respublikasi, shimoldan (45°/32' kenglik) shimoliy chegara bilan 
chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984 ming 
kv.km.ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo Qadimgi g‘arb va Qadimgi sharqni 
bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tagan.  
O‘zbekistonda davlat va huquqning rivojlanishi o‘zining bir necha 
ming yillik tarixiga ega. Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida 
mamlakatimiz hududida ko‘plab davlatlarni qamrab olgan imperiyalar, 
tarqoqlik tufayli vujudga kelgan kichik-kichik davlatlar mavjud bo‘lgan.  
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik 
boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida 20 ga yaqin qabilalar bo‘lib, 
ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan. Ular orasida bir necha sak 
qabilalarini birlashtiruvchi massagetlar ittifoqi boshqa qabilalar ittifoqi-
dan alohida ajralib turgan. Binobarin, turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek 


 13
xalqining ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi. Massaget 
qabilalari ittifoqiga quyidagi elatlar kirgan: qadimgi Sirdaryo havzasida, 
Amudaryoning sharqiy o‘zanlari bo‘yida va Qoraqumda yashovchi 
apasiaklar, Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan daxato‘ralar, taxminan 
Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o‘rta oqimida yashagan 
derbiklar, Nurota tog‘larida o‘rnashgan sakavaraklar, Sirdaryoning o‘rta 
oqimidan Tyanshangacha cho‘zilgan usunlar ham antik davrlarda 
xorazmiylar tarkibiga kirgan. 
Qabilaga birlashgan urug‘ a’zolari umumiy mehnat bilan 
shug‘ullanganligi, mulkdan teng foydalanilgani, erkaklar bilan xotin-
qizlarning teng huquqli bo‘lganligi, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda 
xotin-qizlar ham ishtirok etganligi, har bir qabilaning o‘z boshlig‘i 
bo‘lganligi, ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar bo‘lganligi, qabilaning 
umumiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qabila a’zolari 
yig‘ilishida muhokama qilinib hal etilganligi, har bir qabila, urug‘ning o‘z 
urf-odatlari, qoidalari bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilinganligi haqida ayrim 
ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan
1
.
Qadimgi xalqlarda davlatni boshqarish, sudlov ishlarini amalga 
oshirish, xalq bilan davlat boshlig‘i o‘rtasidagi munosabatlar haqida 
«Shajarayi turk» asarining muallifi Abulg‘ozi Bahodirxon quyidagi 
ma’lumotlarni keltiradi: «Qadimgi xalq bu zamonning xalqindan yaxshi 
edi. Agar el va xalq yig‘ilib kishi ultura bilur bo‘lsa va yo gunohkor 
so‘ray bilar bo‘lsa va yo bir ish boshqarmoq qo‘lindan kelur bo‘lsa, ne 
uchun bir mardga podshoh ot quyub evining  to‘rinda o‘lturib, barcha 
xalq ixtiyorlarini aning qo‘lina bera tururlar»
2
.
Hozirgi kun ilm-fanida Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasi hududida qachon va qanday omillar ta’sirida davlat va 
huquq paydo bo‘lgan degan savolga aniq javob yo‘q. Bu to‘g‘rida ba’zi 
taxminlar mavjud, xolos. 
Hozirgi tarix fanida O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi 
ming yillikda davlat birlashmalari bo‘lganligi, ular tashqi dushmanlarga 
qarshi urushlar olib borganligi, qo‘shni mamlakatlar bilan bordi-keldi 
qilganligi, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalari o‘rnatganligi ma’lum. 
Lekin bu davlat birlashmalarining tuzumi, boshqarish shakli, davlat 
organlari, mansabdor shaxslari, ularning vakolatlari, qonunlari, ularni 
1
 Qarang: Ԕɚɞɢɦɝɢ ɬɚɪɢɯɱɢɥɚɪ ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ԟɚԕɢɞɚ / Ɇɚɫɴɭɥ ɦɭԟɚɪɪɢɪ
Ɉ. Ⱥɛɞɭɥɥɚɟɜ. – Ɍ., 2008. – Ȼ. 6–51.
2

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish