Janubiy Amerika xalqlarining xo'jaligi va madaniyati
Janubiy Amerikadagi And tog'larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni katta xududda kechua til oilasiga oid turli elat va qabilalardan tashkil topgan yuksak madaniyatli Ink davlati bo'lgan. Bu yerda 1 minginchi yillikda kechua va aymara tillaridagi ko'plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga karaganda,XIII asrlarga kelib shu kabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438 yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo'ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha qabilalar unga bo'ysunib soliq to'lab turgan.
Axoli asosan dexqonchilik bilan shug'ullangan. And tog'larida dehqonchilik xo'jaligi er. av.3 ming yillikda paydo bo'lgan. Inklar er.av.6asrda shakllangan chanapata madaniyatining merosxo'ridir. Ular markazlashgan sug'orish tizimini yaratganlar, asosan makka, kartoshkaning ko'p turlarini yetkazib, Yevropaga birinchi shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan berkitilgan kanallar orqali sug'orilgan, suv ombarlari to'ldirilgan. Yerga bronza uchli maxsus tayoq va tosh yoki bronza uchli motiga bilan ishlov berilgan.Umuman 40 ga yaqin ekin turlarini bilgan.
Andlik indeyslar Amerika qit'asiga mansub chorvachilikni bilgan yagona elatlardan biridir. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka hayvonlarni ko'lga o'rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Gushti, yogi, terisi, juni va suyagidan xo'jalikda keng foydalanganlar. Lama yovvoyi turini 3 yilda bir marta mol qo'ralarga kamab, junini olib, keyin qo'yib yuborganlar. Dengiz cho'chqasi va o'rdaklarni ovlaganlar, go'shtini iste'mol qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar.
Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Metall qazib olishni bilganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, xatto jezni ham ishlab chiqarganlar, turli qurol( o'rok, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va xaykalchalar ishlaganlar, paxta va jundan chiroyli, nozik matolar tukiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bo'laklaridan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki g'ishtdan qurilib, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat bulgan.
Janubiy Amerikaning tropik o'rmonlar mintaqasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasidaga o'troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchiligi bo'lib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib, kuydirib, kul aralash tuprokni yogoch tayok bilan ishlab makka, batata, loviya, tamaki va paxta ekkanlar.
Amazonka va Orinoka daryolarining tropik urmonlarida ov qilganlar, daryo va ko'llarda baliq tutganlar. Tosh boltalar xam qurol, ham savdo vositasi rolini o'ynagan. Ovda parli o'q-yoy, suyak, chig'anoq va yog'ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymun va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli usimlik zaxari surtilgan bambukdan yasalgan pufakli naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Baliq ovida turli tur va savat ishlatilgan, yogochdan kichik kemalar yasalgan. Baliqni o'k-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar.
Ular to'quvchilikda katta tajribaga ega bo'lganlar. Yogochga osib kuyadigan karavot-gamakni kashf kilib, butun dunyoga nom taratganlar, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan xam shular. Ular doirasimon yoki turtburchak shaklidagi tomi esa palma yaprogi va butoklar bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Ular urug jamoa bulib yashaganlar va umumiy xujalikka ega bulganlar. Ov kiladigan va balik tutadigan umumiy xudud jamoa mulki xisoblangan, ovlangan narsalarni teng taksim kilganlar. Xar bir kishdlok uz-uzini boshkaruvchi jamoaga ega bulib, unga oksokol raxbarlik kilgan. Xar bir kabilada erkaklar ittifoki mavjud bulgan.
Diniy tasavvurlari xam moddiy sharoitga boglik bulgan. Shomonlik keng tarkalgan. Shomonlar arvoxlar bilan vositachi bulib kolmay tabiblik xam kilganlar. Diniy marosim va bayramlarda oddiy musika asboblari (shox, nay) jurligida turli uyinlarga tushganlar, badanlarini buyaganlar, kush pati, yongok, tish va boshka buyumlar bilan bezaganlar. Mustamlakachilar kelishi bilan tropik urmon indeyslari ovga kulay joylarini tashlab changalzor urmonlarni ichkarisiga chekinishga majbur bulganlar. Xozirda xam mustamlakachilar tazyiki ostida turli kasalliklarga chalinmokda va axoli soni kamayib bormokda.
Dunyo xalqlari hindular orqali juda ko‘plab madaniyat turlarini o‘zlashtirganlar. Chunonchi, aynan hindular orqali dunyo xalqlari makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, kungaboqar, manioka, kakao, tamaki, qalampir, loviya, yeryog‘oq kabi ko‘plab madaniylashgan o‘simliklarni yetishtirish va ulardan foydalanish madaniyatini o‘rgandi. Birgina kartoshkaning Yevroosiyo mintaqasiga tarqalishi mintaqada bu davrda sodir bo‘lgan ocharchilikning kamayishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, makkajo‘xorini yetishtirishni o‘zlashtirish esa chorva uchun doimiy ozuqa zahirasini tayyorlash imkoniyatini berdi. Amerika hindulari uy hayvonlarini ham yetishtirgan bo‘lib, ular orasida bugungi, kunda uy kurkasi va dengiz cho‘chqasi keng tarqalgan.
Psixologiya va sotsiologiya sohalaridagi fundamental kashfiyotlardan so‘ng hindular madaniyatiga bo‘lgan qiziqish keskin ortgan. Fransuz antropologi Levi-Bryul va Levi-Strosslar hindular orqali zamonaviy odam ongini o‘rgangan. Karl Gustav Yung va uning davomchilari (Jozef Kempbel) hindular mifologiyasi orqali ong osti tafakkur va arxitiplarni tadqiq qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |