Bir kishi mashhur donishmandning huzuriga kelib, undan so‘rabdi



Download 17,28 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi17,28 Kb.
#423365


Bir kishi mashhur donishmandning huzuriga kelib, undan so‘rabdi:
– Ustoz, sizdan bir narsani bilib olmoqchi edim. Odamning nechta do‘sti bo‘lishi kerak? “Yuz tillang bo‘lmasin, yuzta do‘sting bo‘lsin” degan maqolni eshitib qoldim. Lekin agar ataylab do‘st qidiradigan bo‘lsam, ishlarim o‘ngidan kelishiga ishonmayman. Axir qarshingdagi odam aslida qanaqaligini bilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u chinakam do‘st bo‘lishga loyiqmi-yo‘qmi – buni ham oldindan aytish qiyin. Uning ustiga, o‘zimning ham boshqalarga qay darajada do‘st bo‘la olishim aniq emas…
– Savolingga javob beraman, to‘g‘rirog‘i, javobni o‘zing topasan, – debdi donishmand. – Huv anavi olma daraxtini ko‘ryapsanmi? U dunyodagi eng baland olma og‘ochlaridan biri. Borib o‘sha daraxtning eng uchidagi mevalardan menga terib kel.
Odam o‘sha tarafga qarab, daraxtning yuksak shoxlarida tovlanib turgan olmalarni ko‘ribdi va:
– Lekin, taqsir, daraxt haqiqatan ham juda baland ekan. Mevalarni qanday qilib uza olaman? – debdi.
– Birorta do‘stingni chaqir, birgalashib olarsizlar, – deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatibdi donishmand.
Haligi kishi bir do‘stini topib kelibdi. O‘rtog‘i uning yelkasiga chiqibdi, lekin mevalarga qo‘li yetmabdi. Orada hali anchagina masofa bor ekan.
– Yo‘q, bunaqada hech narsaga erishib bo‘lmaydi, – debdi asabiylashib do‘st izlovchi.
– Nima balo, boshqa umuman do‘sting yo‘qmi? – debdi kulib donishmand.
Boyaqish boshqa do‘stlarini ham chaqirib, ancha-muncha odam yig‘ibdi. Ular bir-birlarining yelkalariga mingancha, terlab-pishib yuqoriga intilishibdi… Biroq bu jonli havoza olmagacha yetib bormabdi, holdan toygan odamlarning oyoqlari ham toyibdi, hamma yerga gursillab tushibdi.
Bu ishlarni kuzatib turgan donishmand haligi kishini yoniga chaqiribdi va so‘rabdi:
– Odamga nechta haqiqiy do‘st kerakligini tushungandirsan?
– Ha, taqsir, tushundim, – debdi u lat yegan yelkasini uqalagancha. – Juda ko‘p do‘st kerak ekan. Ko‘pdan quyon qochib qutulmaydi. Har qanday muammoni ko‘plashib hal qilish mumkin.
Donishmand afsus bilan bosh chayqabdi:
– To‘g‘ri, do‘stlarning ko‘p bo‘lgani yaxshi. Lekin miyasiga nar­von olib kelish fikri keladigan bittagina farosatli do‘sting bo‘lsa, undan-da yaxshi.
Download 17,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish