Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi
Statistika togrisida umumiy tushuncha. Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bogliq bolgan. qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obektlarini belgilash zarurati tugilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi malumotlarga ehtiyojlar paydo boldi. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bolayotgan ozgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bogliq bolgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tugilish, olish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi ornatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga kochib yurishi bilan bogliq bolgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida ozaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bolib qoladi. Bu esa, oz navbatida, yangidan-yangi malumotlar toplash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tugdiradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xojaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xojaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bolsa ham, shu bilan bir vaqtda kopdan kop voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va malum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamgarildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan ogil yoki qiz bola tugilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda olish soni va hokazo, shularga oxshash hodisalarda malum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uygonib,ularni tushuntirish yollarini izlab topish ehtiyoji tugildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi. Amaliy faoliyatda toplangan tajribalarni umumlashtirish yoli bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur malumotlar toplash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yollari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qol keldi, chunki statistika ham matematikaga oxshab sonlar, miqdorlar bilan shugullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bolib, ommaviy hodisalarni olchash natijasida hosil boladi. Statistika lotincha status - ahvol, holat sozi bilan italyancha state - davlat sozidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan. Dastlab davlatshu-noslik fani statistika deb ataldi. Hozirgi zamon statistikasi davlatshu-noslikdan axborotlar-ning tolaligi, turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Statistika - bu fan tarmogi, amaliy faoliyat sohasi, bilim yonalishi, bilish quroli. Tasviriy statistika - bu malumotlar toplash, tas-niflash, umumlashtirish va talqin etish yollaridir. Statitsika fani predmeti va uning oziga xos xususiyatlari. Predmet sozi bir necha lugaviy manoga ega. Bu: 1. bizdan tashqarida va ongimizga bogliq bolmagan mavjudot, moddiy buyum, narsa; 2. organiladigan hodisa, voqea, fakt; 3. fikr yuritish obekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki qandaydir xarakat yonalgan narsa; 4. fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;
Statistika organish obekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. ommaviy hodisa - biror obektlar toplamida sodir bolgan voqea, harakat natijasi.
Mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati
REJA:
1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari
4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak.
Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir. Statistik kuzatish informatsiya etkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi: 1.Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar. 2.Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.3.Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
Statistiki kuzatish informatsiya etkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
1.Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar.
2.Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
3.Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi. Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati.
Mavzu: Statistik jamlash va guruhlash
1.Statistikjamlashning mazmuni va masalalari
2.Statistik guruhlashning mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tahlilqilishda ahamiyati.
3.Taqsimotqatorimohiyativaunitarkibiyunsurlari
4.Taqsimot qatorlariturlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar mamlakat va uning hududlarini rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalarini o’rganish, aholining bandligi va turmush darajasini aniqlashda keng qo’llanadi. Bunday ijtimoiy – iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini, qanday hisoblanishini va mamlakat bo’yicha jamlanishini statistika fanida o’rganiladi. Shuning uchun ham talabalar zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun yetarli miqdorda o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu borada darslik, o’quv qo’llanmalarining yetarli miqdorda chop etilmasligi, ayniqsa statistika fanidan uning nazariy asoslariga ko’proq ahamiyat berilib, tarmoqlar, xususan xizmatlar sohasi statistikasi bo’yicha adabiyotlarning deyarli yo’qligi, ushbu o’quv qo’llanmaning zarurligini taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlar turlari ko’payib, yuqori su’ratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning salmoqli tarmog’iga aylanib bormoqda.
O’quv qo’llanma namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, ikki bo’limdan iborat. Qo’llanmaning birinchi bo’limi statistikaning nazariy asoslariga bag’ishlangan. Unda statistikaning predmeti mohiyati, statistic kuzatish, ma’lumotlarni jamlash va guruhlash; mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, hodisalarning o’zaro korrelyatsion bog’lanishi, ularning davr mobaynida dinamik o’zgarishi, iqtisodiy indeks kabi usullar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan.
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiyko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. SHu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.
Statistik kuzatishdan olingan tarqoq ma’lumotlar har bir hodisa va jarayonlarni ifodalaydi. Kuzatish to‘plamdagi hodisa va jarayonlarning muhim tamonlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun ularni muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratish lozim.
Demak, statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir. Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin. Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi.
Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, miqdoriy va sifat (atributiv) belgilar bo‘lishi mumkin. Miqdoriy belgilar – bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Sifat belgisi - o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar son jihatdan ifodalash mumkin bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi belgilarga aytiladi. Masalan aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilar - sifat belgilaridir.
Alternativ belgi – ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir. Hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlashda omil belgi va natijaviy belgini farqlash lozim. Omil belgi hodisa va jarayonlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi belgidir. Natijaviy belgi - hodisa va jarayonlarning o‘zgargan holatini ifodalaydi. Omilli belgi asosida tuzilgan guruhlashda hodisa vа mahsulot tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish - teskari bog‘lanishga misoldir. Chunki mehnat unumdorligi (omil belgi) o‘sishi bilan mahsulot tannarxi (natijaviy belgi) pasayib boradi.
Statistik ma’lumotlar bir belgi yoki maqsadga muvofiq bir nechta belgilar asosida guruhlanishi mumkin. Ikki va undan ortiq belgilari bo‘yicha guruhlashlar kombinatsion (aralash) guruhlashlar deyiladi.
Statistik ma’lumotlarni guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘ini aniqlab olish lozim. Guruhlash teng oraliqli va tengsiz oraliqli bo‘lishi mumkin. Bu kuzatilgan hodisa va jarayonlar mohiyatidan, guruh soni va belgi xususiyatlariga bog‘liq. Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil oraliq miqdori tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi.
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi.
Mavzu: Statistik jadvallar va grafiglar
Statistika (Lotincha: status — "vaziyat") maʼlumotyigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematikasohasidir. Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda S. bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. S. murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. Grafiklar va jadvallarning kundalik hayotdagi o’rni: Hokimiyat Organlari. Fan va Meditsina. Ta’lim. Biznes. Psixologiya. Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Diagrammalar, odatda, quyidagi shakllarga bo'linadi: bar chartlari; pirog grafikalar; layn grafikalar; raqamli jadvallar; Diagrammalarning bo'linishining yana bir xususiyati ularning mazmuni. Shu asosda ular ikkiga bo'lingan taqqoslash jadvallari, tizimli, dinamik, kommunikatsiya grafikalari, boshqarish grafikalari va boshqalar.
Taqqoslash jadvallari biron bir iqtisodiy indikator bilan bog'liq holda o'rganilayotgan turli ob'ektlarning nisbatlarini aks ettiradi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar, chiziqli grafikalar va bar grafikalar qiymatlarini taqqoslash mumkin bo'lgan eng qulay grafikalar. Bunday diagrammalarning vakili uchun to'rtburchak koordinatali tizim ishlatiladi. Bunday grafikalarning abscissa o'qida o'rganilgan barcha ob'ektlar uchun bir xil o'lchamdagi aniq ustunlar uchun asos mavjud. Har bir ustunning balandligi, ordinat tizmasining muayyan miqyosida aks ettiriladigan iqtisodiy ko'rsatkichning qiymatini aks ettirishi kerak. Ular bar chartlarining xususiyatlari.
Ustun va bar grafikalari ma'lumotni o'xshash tartibda namoyish etadi va shunga o'xshash foydalanish holatlariga ega. Kategoriya yorliqlari uzun bo'lganda ustunlar jadvalidan ustun chiziq yaxshiroq tanlov bo'lishi mumkin, chunki qaysi yorliq qaysi ustunga tegishli ekanligini tezda aniqlash qiyin bo'lishi mumkin. Bar chart-Planar diagrammada eng keng tarqalgan chiziq, ip yoki tasma, uchburchak, kvadrat, dumaloq, pirog, shakli mavjud.
Bar grafigi balandligi vertikal uzunlikdagi, to'rtburchaklar (ustunlar) sifatida tasvirlangan, balandligi indikatorning qiymatiga to'g'ri keladi. Qurilish printsipi bar grafikalar ustunlar bilan bir xil. Farqi shundaki, tarmoqli (yoki tasma) grafika indikatorning vertikal bo'yicha emas, balki gorizontal o'qi qiymatini ifodalaydi.
Ikkala turdagi diagramalar nafaqat miqdori, balki ularning qismlarini ham solishtirish uchun ishlatiladi. Aggregatsiya tuzilishining ko'rinishi uchun bir xil o'lchamdagi ustunlar (chiziqlar) barchasi 100% va butunning tarkibiy qismlari qiymatini aniq og'irliklarga mos keladigan tarzda shakllantiriladi.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo‘laklarga) bo‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo‘llanadi.
Chiziqli jadvallar o'zgarishlarni, dinamikani va munosabatlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Chiziqli grafikalar chizilgan. Geometrik belgilar - bu nuqta va chiziqning segmentlari bo'lib, ular ketma-ket sinchkovlik bilan bog'langan.
Quyidagi hollarda ishlatiladigan dinamikani tavsiflash uchun chiziqli jadvallar:agar bir qator ma'ruzachilar darajalari etarlicha katta bo'lsa. Ularning ishlatilishi doimiy rivojlanish jarayonining davomiyligini ta'kidlaydi;
1.hodisaning rivojlanishining umumiy tendentsiyasini va tabiatini aks ettirish;
2.agar kerak bo'lsa, bir necha ketma-ketlikni taqqoslash;
3.bu hodisaning mutlaq darajasini emas, balki o'sish sur'atlarini taqqoslash zarur bo'lsa.
4.Chiziqli grafik yordamida dinamikani tasvirlashda abssissa o'qining vaqt ko'rsatkichlari (kunlar, oylar, choralar, yillar) belgilanadi va ko'rsatkichlar qiymatlari (Rossiyada yo'lovchilar tashish) ordinat tizmasiga chiziladi.
Mavzu: Statistik ko’rsatkichlar
Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini (aktsiyalar soni, aktsiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini, nisbatini va shu kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi. Statistik ko’rsatkichlar tegishliligi bo’yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag’batlantirish funktsiyalarini bajaradi. Statistik ko’rsatkichlarning bilish funktsiyasini mohiyati shundan iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni holati va rivojlanishini, yo’nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshqarish funktsiyasida ular (ko’rsatkichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu funktsiyaning roli yanada ortadi.
1. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyati, tansiflari va turlari-Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir 1 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko’pchilik qo’shiladi. Statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o’rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
1.iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar bilan bog’liqligi;
2.ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to’liqligi;
3.boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;
4.hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish tahlil deyiladi;
5.tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;
6.induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash. Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir.
Mavzu: O’rtacha miqdorlar
O‘rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyati. Kundalik hayotimizda, turmushimizda o‘rtacha miqdorlarni har qadamda uchratamiz va qo‘llaymiz, ammo odatda o‘rtacha so‘zining o‘zini iboramizda kam ishlatamiz. Masalan, qancha ish haqi olayapsiz degan savolga oyiga shuncha so‘m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o‘sha miqdorda ish haqi olayotganimiz yo‘q, bu yerda ham o‘rtacha oylik ish haqi nazarda tutilyapti.
Xo‘sh, o‘rtacha miqdor nima va u qanday xususiyatlarga ega? O‘rtacha miqdorlarning qanday turlari va shakllari mavjud? Degan savollar tug‘ilishi tabiiydir.
Umumiy holda o‘rtacha miqdor taqsimot qatorini siqib ixchamlash-tirish jarayonida olingan miqdordir. U qatorning katta va kichik hadlari o‘rtasida yotadi. Masalani soddalashtirish uchun statistik qatorni yon bag‘ridan siqib asta-sekin ixchamlashtirayotirmiz, deb faraz qilaylik. Bu holda uning variantalari orasidagi miqdoriy farqlar yoqala borib, ular yiriklashadi, soni esa kamayadi. Shuning hisobiga qator variantlarining soni ko‘payadi. Ixchamlashtirish jarayonini davom ettiraversak, pirovard natijada qator variantasi bir miqdor bilan ifodalanadi. Variantlar soni esa boshlang‘ich qatorning jamlama soniga teng bo‘ladi. Ana shu miqdor ushbu qatorning o‘rtacha miqdoridir. U qatorning eng katta va eng kichik miqdorlari o‘rtasida yotadi. Bu yerda statistik qator deganda sof matematik qator, ya’ni musaffo sonlar qatori nazarda tutiladi. Bu sonlar na sharoitga va na bir-biriga bog‘liq, to‘liq erkinlikka ega.
Statistik qatorlar matematik sonlar qatoridan tubdan farq qiladi. Ular moddiy dunyo hodisalarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatoridir, miqdoriy qiymatlari esa hodisalarining yuzaga chiqish sharoitlariga bog‘liq. O‘rtacha statistik to‘plamni umumlashtirib ta’riflovchi ko‘rsatkichdir. Shunday qilib, o‘rganilayotgan statistik to‘plamni o‘zgaruvchan belgilari bo‘yicha umumlashtirib ta’riflaydigan ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘rsatkichlar (miqdorlar) deb ataladi. O‘rtacha miqdorlar variatsion qatorlarning muhim tasviriy parametri sifatida quyidagi xossalarga ega.
O‘rtacha miqdor qator miqdorlaridan tafovutda bo‘ladi, ulardan chetlanadi. O‘rtacha miqdorni hisoblash katta sonlar qonuni amal qiladigan ommaviy jarayon singari amaldir. Muayyan taqsimot qatorining variantalari birin-ketin bir biriga qo‘shib (birlashtirilib) boriladi. Natijada katta-kichik miqdorlar bir-biriga ta’sir etib, birikib o‘zaro siyqalanadi. Ular o‘rtasidagi farqlar o‘zaro yoyishib yo‘qola boradi. Pirovard oqibatda qator tekislanadi, uning variantalari miqdoran barovarlashib ma’lum o‘rtacha daraja bilan ifodalanadi. Demak, o‘rtacha miqdorlarning xususiyati yana shundan iboratki, ular qator unsurlarning bir-biridan ajratib turuvchi xossalarini nazardan soqit qiladi, ulardan doimo abstraktsiyalanadi. O‘rtacha o‘z funksiyalarini to‘la va aniq bajarish uchun bir qator talablarga javob berishi kerak. O‘rtacha miqdor o‘zining funksiyalarini to‘la va aniq ado etishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim:
- o‘rtacha miqdori aniqlanadigan to‘plam bir jinsli, hajm jihatdan yetarli sonda bo‘lishi kerak;
o‘rganilayotgan to‘plam birliklariga tegishli belgining miqdoriy qiymatlari bo‘yicha ularning taqsimoti yetarli darajada hodisaga xos obyektiv taqsimot qonuniyati bilan hamohang bo‘lishi zarur. Bu talab katta sonlar qonuni amal qilishidan kelib chiqadi. Qatorning ichki qonuni statistik to‘plamning tub xossalari o‘rtasidagi zaruriy o‘zaro tub bog‘lanishlarni ifodalaydi va o‘rtacha miqdorni shakllantiradi. Sharoit esa tasodifiy kuchlar sifatida sabab bilan natijaga ta’sir ko‘rsatadi va qator miqdorlari o‘rtachadan turlicha tafovutlarda bo‘lishiga olib keladi. Pirovard oqibatda qator variantalarining ayrim miqdoriy qiymatlari va taqsimot qonuniyatlari asosiy ichki sabablar bilan tashki sharoitning tasodifiy kuchlari birgalikda amal qilishi va o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Katta sonlar qonuni amal qilishi sababli tasodifiyat ta’siri ostida bu miqdorlar orasida yuzaga chiquvchi tafovutlar bir-birini o‘zaro yeyishtiradi va o‘rtachada o‘zaro barovarlashgan tendensiya, qonuniyat namoyon bo‘ladi.
Haqiqatda ham, agarda asosiy ichki sabablar ta’sirida vujudga kelgan ayrim miqdorlar qiymatini Xai va tasodifiy sabablar natijasini deb belgilasak, u holda qator hadlarining ayrim miqdorlari Bundan: Yoki Katta sonlar qonuni ta’siri ostida manfiy va musbat qiymatlarga ega bo‘lib, ularning yig‘indisi ånolga teng bo‘ladi va shu sababli. Demak, o‘rtacha miqdorlar statistik to‘plamlarga xos umumiy qonuniyatlarni ifodalaydi.
O‘rtacha miqdor og‘irlik markaziga o‘xshaydi. U ham barcha teng ta’sir etuvchi kuchlar orqali badan yoki jism og‘irligi tushadigan nuqta singari real ma’noga va ahamiyatga ega.
Statistikada o‘rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va shakllari mavjud. Chunonchi, agregat (nozohir shaklli) o‘rtacha, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha geometrik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha xronologik va h.k. shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o‘rtachaga o‘xshash funksiyani bajaruvchi o‘rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o‘rta hadlari (miqdorlari) deb ataladi. O‘rtacha miqdorlarning u yoki bu turi va shaklini qo‘llash tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga, o‘rganilayotgan jarayon va hodisa xususiyatlariga hamda muayyan sharoitda qo‘limizda bo‘lgan ma’lumotlar xarakterigabog‘liq.
Mavzu: Variatsiya ko’rsatkichlari
REJA:
1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichlari
2. Dispersiyaning asosiy xossalari
3. Muqobil belgilar dispersiyasi
4. Dispersiya turlari va qo’shish qoidasi
1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichlari
Statistikada variatsiya deganda, o’zaro qarama-qarshi omillar ta’sirida bo’lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o’zgarishlarga tushuniladi. O’rganilayotgan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo’lishi mumkin.
2. Dispersiyaning asosiy xossalari
1. Agar belgining alohida miqdorlaridan qandaydir bir “a” sonni ayirsak yoki qo’shsak bunda o’rtacha kvadrat chetlanish o’zgarmaydi:
2. Agar belgining alohida miqdorlarini qandaydir o’zgarmas “i” songa bo’lsak yoki ko’paytirsak, unda o’rtacha kvadrat chetlanish i2 ga, o’rtacha kvadratik chetlanish esa i martaga kamayadi yoki ko’payadi:
Dispersiyani moment usuli bilan aniqlash. Dispersiyani moment usulida hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
3. Muqobil belgilar dispersiyasiBizni qiziqtiradigan belgini 1 bilan, bu belgiga ega bo’lmaganni 0 bilan, mavjud belgi salmog’i R, bo’lmagan belgi – q bilan belgilasak:
P+q=1 bu erdan q=1-p
Muqobil belgi bo’yicha o’rtacha qiymat quyidagicha hisoblaniladi:
0•q hamma vaqt 0 ga teng, P+q esa 1 ga teng.
4. Dispersiya turlari va qo’shish qoidasi.
Dispersiya turlari - umumiy dispersiya, guruhlararo dispersiya; guruhlar ichidagi o’rtacha dispersiya.
Umumiy dispersiya o’rganilayotgan to’plamdagi hamma sharoitlarga bog’liq belgi variatsiyasini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: Guruhlararo dispersiya umumiy o’rtacha atrofida bo’lgan guruh (shaxsiy) o’rtachalarining tebranishini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Guruhlar ichidagi o’rtacha dispersiya har bir guruhdagi tasodifiy variatsiyani baholaydi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Umumiy dispersiya guruhlararo va guruhlar ichidagi dispersiya yig’indisiga tengdir: Agar biz guruhlararo dispersiyani umumiy dispersiyaga nisbatini olsak determinatsiya (2) koeffitsienti kelib chiqadi. Determinatsiya koeffitsientini kvadrat ildizdan chiqarib, korrelyatsion nisbat ko’rsatkichi aniqlanadi.
Mavzu: Tanlanma tuzatish
1. X tasodifiy miqdor normal taqisimlangan bo’lib uning o’rtacha kvadratik chеtlanishi . Tanlanma hajmi va bahoning ishonchliligi bo’lsin. Noma’lum paramеtr -matеmatik kutilmaning -tanlanma o’rtacha bo’yicha ishonchlilik intеrvallarini toping.
Yechish. Jadvaldan foydalanib ni topamiz, ya’ni . Bahoning aniqligi:. U holda ishonchlilik intеrvali: .
Bеrilgan ishonchlilikni quyidagicha tushunish kеrak: agar yеtarlicha ko’p sondagi tanlanmalar olingan bo’lsa, u holda ularning 95%i shunday ishonchli intеrvallarni aniqlaydiki, bu intеrvallar paramеtrni haqiqatan ham o’z ichiga oladi; 5% hollardagina paramеtr intеrval chеgarasidan tashqarida yotishi mumkin.
2-eslatma. Agar matеmatik kutilmani oldindan bеrilgan aniqlik va ishonchlilik bilan baholash talab qilinsa, u holda bu aniqlikni bеradigan tanlanmaning minimal hajmi formuladan topiladi.
Bosh to’plamning bеlgisi normal taqsimlangan va uning -matеmatik kutilmasini -tanlanma o’rtachasi orqali baholashda -o’rtacha kvad¬ratik chеtlanish noma’lum bo’lsin. U holdamintеrval uchun ishonch intеrvali bo’lib xizmat qiladi. Bu еrda - “tuzatilgan” o’rtacha kvadratik chеtlanish; esa bеrilgan va bo’yicha maxsus jadvaldan topiladi.Bunday jadvallar ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga oid adabiyotlarda beriladi.
Misol. Bosh to’plamdan hajmli tanlanma olingan va quyidagi statistik taqsimot tuzilgan: Bosh to’plamning X bеlgisi normal taqsimlangan bo’lsa, uning matеmatik kutilmasi uchun bo’yicha ishonchlilik bilan ishonchli intеrvalni toping.
Yechish. Tanlanma o’rtachasini va “tuzatilgan” o’rtacha kvadratik chеtlanishni mos ravishda quyidagi formulalardan topamiz:
U holda: Jadvaldan va larga mos ni topamiz. Topilganlarni ifodaga qo’yib: ishonchli intеrvalni hosil qilamiz. Bu intеrval noma’lum matеmatik kutilmani ishonchlilik bilan qoplaydi.
Bosh to’plamning o’rganilatgan son bеlgisi normal taqsimlangan bo’lsin. Uning -o’rtacha kvadratik chеtlanishi uchun tanlanma ma’lumotlari bo’yicha ehtimol bilan ishonch intеrvali topish talab qilinsin.
Ma’lumki, tanlanmaning - “tuzatilgan” dispеrsiyasi -bosh to’plam dispеrsiyasi uchun siljimagan bahodir. Shu sababli, -parеmеtrni orqali baholaymiz. Buning uchun munosabat bajarilishini talab qilamiz. Tayyor jadvaldan foydalanish uchun qo’sh tеngsizlikni tеng kuchli tеngsizlik bilan almashtiramiz. bеlgilashdan so’ng ishonch intеrvalini hosil qilamiz. Agar bo’lsa ishonch intеrvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi: bu еrda - va bo’yicha maxsus jadvaldan topiladi.
Misol.
Bosh to’plamning son bеlgisi normal taqsimlangan va hajmli tanlanmaning “tuzatilgan” dispеrsiyasi: bo’lsin. -noma’lum paramеtrni ishonchlilik bilan qoplaydigan ishonch intеrvalini toping.
Yechish. Jadvaldan va qiymatlarga mos ni topamiz. Bu еrda bo’lgani uchun tеngsizlikdan foydalanib, ishonchlilik intеrvalini topamiz.
Mavzu: Regression va korrelyatsion tahlil
1.O‘zaro bog‘lanishlar xaqida tushuncha va ularning turlari
2.Regression va korrelyasion taxlil vazifalari va uning bosqichlari
3.Guruxlangan ma’lumotlar asosida tug‘ri chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash
4.Egri chiziqli regressiya tenglamalarini aniqlash
5.Bir omilli regressiya tenglamasini baxolash va taxlil qilish. Juft korrelyasiya koeffisiyenti
6.Ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash
7.Ishtimoiy iqtisodiyodda regression-korrelyatsion tahlilni tutgan o‘rni
Korrelyatsion-regression model - bu o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi bog‘lanishni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdir.
Korrelyatsion - regression model deb shunday regressiya tenglamasiga aytiladiki, u o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni natijaviy belgi bilan muhim omillar o‘rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalab beradi. Uning determinatsiya va regressiya koeffitsiyentlari mohiyatan bog‘lanishning sotsial-iqtisodiy tabiati haqidagi ilmiy nazariyaga to‘la mos bo‘lib, ishonchli oraliq ehtimoliga ega bo‘ladi. Istiqbolni nuqtali baholashning amalga oshish ehtimoli kichik. Korrelyatsion-regression modellarni tuzish uchun statistika nazariyasi va amaliyoti tomonidan qator tavsiyalar ishlab chiqilgan:
- omil sifatida olinadigan belgilar natijaviy belgi bilan sabab-oqibat bog‘lanishda bo‘lishi kerak;
- omil qilib olinayotgan belgilar natijaviy belgining tarkibiy elementi yoki uning funksiyasi bo‘lmasligi lozim;
- omil sifatida olinayotgan belgilar bir birini takrorlamasligi, ya’ni kolleniear bo‘lmasligi kerak (korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,8 bo‘lmasligi shart);
- natijaviy belgi qanday to‘plam birligiga tegishli bo‘lsa, omil belgilarni ham unga nisbatan olish ma’qul;
Mavzu: Dinamikani statistik o’rganish usullari
Reja:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi.
2. Dinamika qatorlari turlari.
3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari.
4. Dinamika qatorlarida o’rtachalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
5. Dinamika qatorlarida trend tenglamasini tuzish.
6. Dinamika qatorlarida mavsumiy tebranishlarni statistik o’rganish.
7. Dinamika qatorlarida avtokorrelyatsiyani statistik o’rganish.
Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi. Dinamika - o’sish, rivojlanish demakdir.
Dinamika so’zi grekcha “dynamikos” so’zidan olingan bo’lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug’aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o’sish yoki rivojlanishni anglatadi. Hodisalarning vaqt ichida o’zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi. Hodisalarning vaqt davomida o’zgarishini ta’riflovchi statistik ko’rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi. Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar sanasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko’rsatkichlar.
O’rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo’lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o’tgan vaqt oralig’i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi. Zahira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro’y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori.
Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo’lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o’lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig’idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi. O’rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko’rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “U” orqali belgilanadi. Har bir dinamika qatori boshlang’ich U0 , oxirgi Un , muayyan oraliq Ui va o’rta darajalarga ega. Dinamika qatorlari uzoq muddatli tenden-tsiya, ayrim davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsu-miy o’zgarishlarni o’zida mujassamlash-tirishi mumkin.
Dinamika qatori quyidagilar bilan harakterlanadi:
- uzoq muddatli harakat yo’nalishi, ya’ni umumiy asriy tendentsiya;
- qisqaroq davrlarga xos tsiklik yoki lokal o’zgarishlar;
- ayrim yillarga tegishli tebranishlar va mavsumiy o’zgarishlar.
Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o’lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo’llari ishlab chiqilgan. Dinamika qatorining ko’rsatkichlari taqqos-lama bo’lishi kerak.
Dastavval ko’rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o’lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo’lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko’rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo’lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang’ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo’lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko’rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo’lishini anglatadi. Bundan tashqari, o’rganilayotgan ob’ektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda yechilishi kerak. Ko’rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim.
2. Dinamika qatorlarini turlari.
Momentli dinamika qatori - bu ma’lum oraliqli momentlarga hisoblangan ko’rsat-kichlar qatoridir. Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi. Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi. Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan, balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir. Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko’rsatkichlar asosida tuzish mumkin.
Mavzu: Iqtisodiy indekslar
1.Iqtisodiy indekslar, uning moxiyati.
2.Alohida indekslar.
3.Agregat indekslar indekslar.
4.Xulosa.
Indeks so'zi lotincha "Index" atamasidan olingan bo'lib, belgi, ko'rsatkich degan ma'noni bildiradi. Lekin har qanday ko'rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks - bu bevosita qo'shib bo'lmaydigan bo'laklardan tashkil topgan ikki to’plamli taqqoslashga aytiladi.
Indeks so'zi lotincha "Index" atamasidan olingan bo'lib, belgi, ko'rsatkich degan ma'noni bildiradi. Lekin har qanday ko'rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks - bu bevosita qo'shib bo'lmaydigan bo'laklardan tashkil topgan ikki to’plamli taqqoslashga aytiladi.
Indeks tushunchasi.
Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo'lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni moddiy natural formulada o'zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug'iladi. Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo'lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni moddiy natural formulada o'zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug'iladi.
Bu kabi muammolarni echish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo'yicha va hududiy o'zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o'rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo'linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Alohida indekslar:
Аloxida indekslar moxiyati jixatidan dinamika nisbiy mikdorlariga yakin bulib, urganilayotgan xodisa yo mikdori (xajmini)ning, yo baxosi (narxi)ning, yo tannarxining yoki mexnat talabchanlinigining vakt ichida uzgarishini tavsiflaydi. Amaliyotda asosan quyidagi alohida indekslar qullaniladi:
Бир хил турдаги махсулот буйича
Agregat Indekslar:
Agregat indekslar deb,maxsus taqqoslagichlar(vazn) yordamida joriy va o'tgan davrlar uchun hisoblangan to'plamlarni o'zaro taqqoslashga aytiladi.
Mavzu: Statistikada balans usuli va uning milliy hisoblar tizimida qo’llanilishi
Milliy hisoblar tizimi uzining tuzilishiga kura buxgalterlik hisobi bilan uxshash. Ularning xar ikkisi xam «T»-kurinishidagi shaklga ega. Schyotlarni balanslashtiruvchi ikki xil yul mavjud. Ayrim schyotlarni balans moddasi yordamida balans metodi bilan balanslashtiriladi. Balans moddasi keyingi schyotning birlamchi moddasiga aylanadi. Boshqa schyotlar esa “tarif” usuli bilan balanslashtiriladi. “Tarif” usuli bilan balanslashtiriladigan schyotlarga tovar va xizmatlar schyoti misol buladi. Milliy hisoblar tizimi schyotlari ikki kimdan iborat, ya’ni resurslar va foydalanish (buxgalteriya hisobidagi kabi debet-kredit emas). Shunisi muximki, resurslarga aloqador kaydlar yigindisi foydalanishdagi aloqador kaydlar yigindisiga teng buladi. Iqtisodiyot sektorlari uchun schyotlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
joriy schyotlar;
jamg’arma schyoti;
aktiv va passivlar balansi.
Joriy schyotlar o’z ichiga quyidagi schyotlarni oladi;
1 -ishlab chiqarish;
2-daromadlarning shakllanishi;
3-daromadlarning birlamchi taqsimoti;
4-daromadlarning ikkilamchi taqsimoti;
5- pul shaklida ixtiyordagi daromadlardan foydalanish;
6-daromadlarni natura ko’rinishida qayta taqsimlanishi
7-tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish.
Jamg’arma schyoti quyidagilardan tuziladi:
8-kapital bilan operatsiyalar schyoti;
9-moliyaviy schyot;
10-aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar schyoti:
a) aktiv va passivlarning ko’lamidagi boshqa o’zgarishlar schyoti;
11-aktiv va passivlarni qayta baxolash schyoti
12-tovar va xizmatlar schyoti
Mavzu: Xalq xo’jaligi balansi va milliy hisoblar tizimi o’rtasidagi farqlar va o’xshashliklar
Milliy hisobchilik deganda, mamlakat miqyosida bo'layotgan iqtisodiy va sotsial jarayonlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi, bu ko'rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi va usullari tushuniladi. Milliy hisobchilik, dastlabki davrlarda (XVII¬XIX asr) asosan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy daromadni hisoblashga qaratilgan edi. Hozirgi zamon milliy hisobchiligi nazariy va amaliy jihatdan o'ta yuksak darajada rivojlangan hisobot tizimi bo'lib, mamlakatdagi va uning tarmoqlari va sektorlaridagi iqtisodiy va sotsial jarayonlarni to'la aks ettirishga qaratilgan. Bu tizimda qabul qilingan hisoblash usul va uslublari, tasniflar va tushunchalar boshqa hisobot (buхgalteriya, moliya, bank hisobotlari va boshqalar) va statistika tizimlari (moliya, bank, bojхona, baho va h.k. statistikasi) bilan uyg'unlashtirib tuzilgan.
Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—33 yillardagi inqiroz davlat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning aktiv iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblaydigan tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50 yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951-yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953-yil BMT ning statistika boʻlimi tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning andozasi qabul qilindi. 1968-yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993-yil fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makro-iqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimit.—93" andozasi asosida "Yevropa Milliy hisoblar tizimit,—95" ni qabul qildi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tashkilotlari bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994-yilda "Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtish davlat Das-turi" ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi rahbarlik qiladi va 1991—2002-yillar boʻyicha i.ch, daromadlarning hosil boʻlishi, taqsimlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar tizimit.ni "Yevropa M.H-T.— 95" metodologiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ning bozor munosabatlarini oʻtish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzu: Aholi statistikasi
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 271 276 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021 yilda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga oshgan. Mamlakat aholisi 2021 yil davomida har oyda o‘rtacha 59,4 ming kishiga ko‘paygan. Ushbu yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ortgan.
Bugungi kunda:
Shahar joylarda — 17,9 mln kishi;
Qishloq joylarda — 17,4 mln kishi istiqomat qilmoqda.
2022 yilning 1 yanvar holatida O‘zbekistonda umumiy aholi sonining 49,7 foizi ayollar hisobiga to‘g‘ri kelgan:
Ayollar soni — 17,5 mln nafar;
Erkaklar soni — 17,7 mln nafar.
1991 yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni:
1. Samarqand viloyati — 4 mln nafardan ortiq;
2. Farg‘ona viloyati — 3,89 mln nafar;
3. Qashqadaryo viloyati — 3,4 mln nafar;
4. Andijon viloyati — 3,2 mln nafar;
5. Toshkent viloyati — 2,9 mln nafar;
6. Namangan viloyati — 2,9 mln nafar;
7. Toshkent shahri — 2,8 mln nafar;
8. Surxondaryo viloyati — 2,7 mln nafar;
9. Buxoro viloyati — 1,9 mln nafar;
10. Qoraqalpog‘iston R. — 1,9 mln nafar;
11. Xorazm viloyati — 1,9 mln nafar;
12. Jizzax viloyati — 1,4 mln nafar;
13. Navoiy viloyati — 1,03 mln nafar;
14. Sirdaryo viloyati — 0,8 mln kishi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, mehnat yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.
Mavzu: Aholi harakatining statistic ko’rsatkichlari
Ahoiining harakati ko'rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi
ikki guruh ko‘rsatkichlarini o'z ichiga oladi. Birinchi guruhga ahoiining tabiiy harakatini, tug‘ilishi va o"lishini. Nikohdan o'tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa, ahoiining migratsiyasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi.
O‘zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o‘suvchi mamlakatlar qatoriga
kiradi. Bunda quyidagi omillar katta rol o'ynab keldi: ahoiining jinsiy
nisbati va yosh tarkibida mavjud bo‘lgan ustunlik. bu omil nikohlanish
uchun qulay sharoit yaratadi, umumiy aholi tarkibida aholini takrorbarpo
qilishda ishtirok etuvchilar salmog'ini oshiradi: nikohlanish darajasining
sobiq umumittiroq o'rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo’lishi uylan-
magan va turmushga chiqmagan shaxslar salmog‘ining ozligi: nisbatan
barvaqt uylanish va turmushga chiqish odatda; ahoiining tabiiy faolroq
ishtirok etuvchi qishloq aholisi salmog'ining yuqoriligi. mahalliv aholi
o’rtasida migratsiva harakatining nisbatan pastligi; yuqori yoshdagi ayol-
larning farzand ko'rishdagi faol ishtiroki va shu boisdan milliy an'anaga
aylangan serfarzandlik udumi; mahalliv millat ayollari anchagina qismi-
ning ijtimoiy ishlab chiqarishga ishtirok etmasligi; demografik madani-
yatning nisbatan pastligi va dinning ta’siri ostida homila sunny cheklash usulining uncha tarqalmaganligi.
2000-yilga nisbatan aholini tabiiy o‘zgarishi pasaygan (0.2 punkt).
Aholini takror barpo etish jarayonini tavsiflash uchun statistika
darsliklarida rus zemstvo statistiki V.N. Pokrovskiy nomi bilan bog’liq
bo’lgan “Hayotiylik koeffitsientr'ni hisoblash tavsiya etilgan.
Hayotiylik koeffitsienti tug’ilganlar sonini oMganlar soniga bo'lish
yo’li bilan aniqlanadi: Bu ko'rsatkich tug‘ilish koeffitsientini o'lish koeffitsientiga bo'lish yo'li bilan ham aniqlanishi mumkin. Agar bu nisbat natijasi 1 dan katta bo'lsa, u holda mazkur regionda tabiiy o’sish sodir bo’lgan. agar bu nisbatan 1 dan kichik bo’lsa. u holda mazkur regionda aholining kamayishi sodir bo'lgan. Demak. hayotiylik koeffitsientining o'sishi aholi sonining oshishiga olib keladi va aksincha.
Makroiqtisodiyotning bo’lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish,
eng avvalo. aholining kelgusida o’zgarishini - istiqbolini aniqlashdan
boshlanadi. Chunki reja ko'rsatkichlarining asosiy qismi jamiyat ehtiyo-
jini, xususan. aholi ehtiyojini qondirishga buysundirilishi lozim. Aholi-
ning istiqbolda ko'payishini belgilash: kelgusida shakllanadigan derno-
grafik tarkibiy o’zgarishlarni aniqlash; hududiy miqvosda aholining tabiiy
ko'payishi va migratsiya ko'lamini taxmin qilish; shahar bilan qishloq
aholisi nisbatini oldindan bilish; mehnat tarkibiy o’zgarishini oldindan
tahlil qilish; har bir hududning o'ziga xos xususiyatlarini kelgusi 15-20
yil mobaynigacha bashorat (taxmin) qila bilishdan iboratdir.
Zero, bozor iqtisodiyoti faqat bugungi kunning yoxud yaqin kelajak-
ning manfaati bilangina yashamaydi. aksincha. u ishlab chiqaruvchi
kuchlarning bugungi salohiyatiga taya'nib, istiqbolda ro'y beradigan
aholi va mehnat resurlarining o'sishi natijasida ta’sir etadigan oqibatlarni
ham oldindan hisobga oladi. Aholining perspektiv (istiqboldagi) sonini hisoblash global va yoshning siljish usullari yordamida hisoblanishi mumkin.
Global usulda hisoblashda aholining yil boshidagi soni (A0), tabiiy
o'zgarish yoki umumiy o'zgarish koeffitsientlari boshlang'ich ma’lumot vazifasini bajaradi.
Mavzu: Mehnat bozori statistikasi
Reja.
1.Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.
2.Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari
3.Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
4.Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari.
5.Xodimlar ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi.
6.Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari.
1.Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq.
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik, ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi:
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish;
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish;
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish;
- ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning o‘zgarishini tahlil qilish.
Mavzu: Milliy boylik statistikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |