15-mavzu. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
oʻrni va nufuzini ortib borishi.
Reja:
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, taʼlim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Ushbu koʻrsatkichlarni oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmoqda: “Biznes yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta).
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, masʼul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini oʻz ichiga olgan tegishli maʼlumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qoʻllash boʻyicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda – Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi.
2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirildi va ularga quyidagi vazifalar yuklandi:
- xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash;
- oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborot-maʼlumotlar bazasini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish;
tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.
3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi. (http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasining-khal-aro-reytinglar-va-indekslard-26-02-2019 )
Ma’lumki, 2020 yilning iyun oyida «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF-6003-son, 02.06.2020 y.) qabul qilindi. https://lex.uz/ru/docs/-4838762
Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi. (https://aniq.uz/uz/yangiliklar/xalqaro-reyting-va-indekslar-bilan-ishlash-buyicha-respublika-kengashi-tashkil-etildi)
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash Kengash vazifalaridan biridir.
Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:
* keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;
* keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.
Farmon bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi.
Uning tarkibiy qismi – boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor хalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari.
Tizimni tashkil etishning dastlabki bosqichida milliy tadqiqot institutlariga alohida хalqaro reytinglar biriktiriladi. Muassasalar ushbu reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlashlari, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilishlari, oʻzini oʻzi baholash uchun milliy indekslarni ishlab chiqishlari, katta ekspert tahlil qilish ishlarini amalga oshirishlari kerak.
Davlatimizning хalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarga va oʻrnimizni yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mutaхassislardan ularni hal qilishga doir takliflar kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |