Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664-yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-holash 1789-yilda, AQShda 1805-yilda, Rossiyada 1864-yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshqa moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chikariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991-yil 31 avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi.
Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi.[2] YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun "Bozor qiymati" deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi. Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondining 2021-yildagi maʼlumotlariga koʻra, 318.5 trilion so'mni tashkil etadi.[4] Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Masalan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMTning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin. 2022- yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 10 994,9 ming so‘mni (yoki 995,3 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.
Mavzu: Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari
REJA:
1. J.Xiksning daromad to’g’risidagi nazariyasi va uning asosiy g’oyalari
2.YAngi milliy hisoblar tizimida milliy daromad ko’rsatkichlarining ifodalanishi
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi
Tayanch iboralar: Milliy hisoblar,iqtisodiyot, daromad, jamlash,kapital,resurs, samara, aktiv, istemol, birlamchi daromadlar ,taqsimlash, rezident, ixtiyoridagi daromad, transfert, milliy daromad,foyda,aralash daromad,shaxsiy daromad
1. J.Xiksning daromad to’g’risidagi nazariyasi va uning asosiy g’oyalari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortdi,chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog’liq:
Iqtisodiyotning umumiy holati va aholining turmush darajasi;
Ijtimoiiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
Ichki imkoniyatlarni jalb qilish,investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatlarini baholash. Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog’liq holatlarini xarakaterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’lanishi lozim: masalan,moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar,samaradorlik ko’rsatkichlari bilan va h.k.
Aytish lozimki,daromadlarga ta’rif berish buxgalteriya hisobi amaliyotida qo’llaniladigan ta’rif bilan to’g’ri ukelmaydi.Gap shundaki, umuman buxgalteriya hisobi,shu jumladan,daromad kategoriyasi haqidagi nizom moliya vazirligi tamonidan soliqqa tortish darajasini aniqlash va boshqa masalarni yechish maqsadida ishlab chiqiladi. SHuning uchun,daromadlarni makro va mikrodarajadagi ta’riflari bir biridan farq qiladi va ular orasiga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish bo’lmaydi.Makrodarajadagi daromadni to’g’ridan to’g’ri mikrodarajadagi daromadlarni qo’shib aniqlab bo’lmaydi. Lekin,daromadlarni bunday ikki makro va mikrodarajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish mumkin va ular bir birini to’ldiradi.
Masalan,makroiqtisodiy darajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan xo’jalik yurituvchi subektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatlarni o’rganish uchun va yana fiskal siyosatni hal etishda qo’llaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib,undan istemol va jamg’arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko’p ijtimoiy iqtisodiy masalalarini hal qilishda fodalaniladi. Shunisi qiziqki,iqtisodiy ta’limotda daromad tushinchasi haqidagi ta’limot ancha murakkab masala bo’lib hisoblanadi.Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tamonidan berilgan daromad tushinchasi ta’riflari bir necha bor o’zgardi. Masalan,I.Fisher daromad tushinchasini oxirgi foydalanish bilan bog’laydi.Taniqli gollandiyalik statistik F.Boss o’zining “Milliy hisoblardagi doimiy tahlil”(1989 y)nomli asarida daromad tushinchasini oxirgi istemol summasi va kapital aktivlar zaxirasining sof o’sishi sifatida ta’riflagan. Lekin uning o’zi shuni ham tan oladiki,bu ta’rifni yana boshqa tamonlariga aniqliq kiritish lozim deb hisoblagan.Bu masala bo’yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud. Masalan,ko’p ishlarda kapital bu barcha chegaraga ega bo’lgan resurslar yig’indisi sifatida qaraladi.Lekin ko’pchillik mutaxassislarning fikricha, amalda bu ta’rifni qo’llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi,chunki,bu chegaralangan resurslarning bahosi haqidai ma’lumotlar yo’q.SHuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo’lgan(yoki bozor bahosiga ega bo’lgan) resurslar yig’indisi sifatida qaraladi.Taniqli amerikalik iqtisodchi Samielson kapital tushinchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo’lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samielson fikriga ko’ra tabiy qazilmalar zaxiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko’rsatsa, kapital tusini oladi.
Daromad haqidagi tushinchaning nihoyatda og’ir xarakaterga ega ekanligini, shu sohada dunyodaga taniqli bo’lgan ingliz olimi iqtisodchi Dj Xiks ham tan oladi.U o’zining “Qiymat va kapital” nomli asarida ko’p taniqli mualliflar bir birini o’rgangan,shuningdek,o’zlarining fikrlarini keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushinchalariga har xil ta’rif berganlar,bir biriga qarama qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo’lganlarini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo’lgan daromad va jamlash tushinchalari mantiqiy kategoriyalar bo’lmay, balki amaliyotda biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to’g’ri hal qilishga qaratilgan tushincha deb atagan. SHu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistik professori P. Fon Der Lippe ham qo’shiladi.Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalalarning hal qilish maqsadiga bog’liq bo’lib, daromad- xo’jalik yurituvchi subektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko’rsatadi. U binobarin,natural formada tushgan daromadlarni o’z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha “jamlash” termini to’plangan pul(muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag’larni aniqlash uchun foydalaniladi. Lekin,MHTda uboshqacha ma’noga ega. Jamlash- ixtiyoridagi daromadni bir qismi bo’lib,u oxirgi istemol maqsadlari uchun sarflanadi. Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag’lari,depozitlar,qimmatli qag’ozlar,zayomlar,kreditlar va h.k.) aktivlarni va matrial aktivlarni o’sishini anglatadi.
BMTning 1993 yildagi qabul qilgan yangi MHTga asosan daromad ko’rsatkichlari tizimi Dj Xiks ta’limotiga asoslanadi.Uning mohiyati quyidagicha: daromad bu eng katta summa bo’lib,uni ma’lum davr davomida istemol uchun ishlatish mumkin,u holda davr oxiridagi va davr boshidagi kapital hajmi o’zgarmay qoladi. Boshqacha so’z bilan aytganda,daomad ko’rsatkichlari insonlarni istemol uchun ishlatishi mumkin bo’lgan summani,ya’ni hech qanday kambag’allanishga yo’l qo’ymagan holda ishlatishi mumkin bo’lgan summani anglatadi.O’z fikrini yanada rivojlantirib, Dj Xiks nazariy tahlil uchun daromadlarning ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya doimiy,avvaldan ko’rish mumkin bo’lgan tushinchalar oqimi,ikkinchisi amaldagi tushinalar oqimi.Dj Xiks fikricha tahlil qilish uchun ko’proq darajada xo’jalik yurituvchi subektlarning xulqini tushintirib beradi.Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avalda ko’rilmagan,faqulodda tushumlarni ayirish kerak,jumladan,inflyatsiya natijasida aktivlar hajmining ortishi.SHunday qilib,Dj Xiksning daromad xaqidagi fikridan quyidagi bir necha aniq xulosalarni olish mumkin .
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas.Albatta,ishlab chiqarishda foydalangan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o’rnini to’ldirish uchun kelib tushgan pullar daromad bo’lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan,jamlash pul summalarini,banklardagi depozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlarni (aktsiyalar,obligatsiyalar va boshqalar) ortishida tenglashtirib bo’lmaydi,chunki,moliyaviy aktivlar formasini o’zgatirishi natijasida yoki molmyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar hajmi ortishi mumkin,Masalan,qarz olish,aktsiyalar va matrial aktivlar sotish natijasida ham pulning hajmi ortishi mumkin.Boshqa tamondan,saqlashdagi pullar hisobidan matrial aktivlar (erni,kvartirani) sotib olish ham pul hajmini kamaytiradi.
Uchinchidan,faqulodda sabablar bilan kapital hajmining ortishi, masalan,inflyatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan(yaqin joyda temir yo’llar o’tkazish tufayli) yoki yer qiymatining ortishi ham daromad bo’lib hisoblanmaydi.
Mavzu: Asosiy aylanma kapital statistikasi
1.Asosiy va aylanma kapital statistikasi
2.Aylanma kapital statistikasi. Aylanma aktivlar (fondlar) aylanmasini tahlil qilish.
3.Tovar aylanmasini tezlashtirish usullari.
Tovar aylanmasining tezlashishi aylanma mablag'lar ularga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi va xalq xo'jaligida, korxonada aylanma mablag'lardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Aylanma mablag'lar aylanmasini tezlashtirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: qisqartirish ishlab chiqarish tsikli; mahsulot birligiga xom ashyo, yoqilg'i, materiallarning solishtirma sarfini kamaytirish; ortiqcha ortiqcha zaxiralarni tugatish aylanma fondlar; etkazib beruvchilarni iste'molchilarga yanada oqilona bog'lash, etkazib berish tezligini oshirish va muntazamligini oshirish asosida birja standartlarini kunlarda kamaytirish. ishlab chiqarish tannarxining o'sishi sifatiga putur etkazmagan holda yanada progressiv va arzonroq materiallardan foydalanish. Filodagi ishlab chiqarish tsiklining davomiyligini qisqartirish (kema aylanmasi) tovarlarni etkazib berishning tezlashishini anglatadi va shuning uchun nafaqat yuk tashish korxonalarida, balki xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ham aylanma mablag'lar aylanishining tezlashishiga olib keladi. Tovarlarni iste'molchilarga jadal yetkazib berish har bir korxonada va butun xalq xo'jaligida aylanma mablag'larga bo'lgan ehtiyojni kamaytirishga, muomaladan chiqarishga va materiallar va tayyor mahsulotlar massasini ishlab chiqarishga jo'natishga yordam beradi. Bu kemalar tezligini oshirish, ularning to'xtash muddatini qisqartirish va portlarda tovarlarni saqlash muddatini qisqartirish orqali yuklarni etkazib berish tezligini oshirishning milliy iqtisodiy samaradorligidir. Korxonalarda ishlab chiqarish sikllarining qisqarishi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini qisqartiradi, bu esa aylanma mablag'larning yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Dengiz transportida (asosiy faoliyat turi) aylanma mablag'larning asosiy elementlari bo'lgan yoqilg'i va turli materiallarning solishtirma sarfini kamaytirish va tejash alohida ahamiyatga ega. Ekipajlar bu yo'nalishda juda ko'p ishlarni qilmoqdalar va kelajakda buni amalga oshirishlari mumkin. Yangi qurilgan kemalarning elektrostantsiyalarini yaxshilash va samaradorligini oshirish mavjud flot kemalariga nisbatan yoqilg'ini sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Samaradorlikni oshirishning bir usuli - chiqindi gazlardan issiqlikdan foydalanish. Muomala sohasida band bo'lgan mablag'lar aylanmasining tezlashishiga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi. oqilona tashkil etish korxonalarni yetkazib berish va mahsulotlarni sotish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va o'z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirish to'lovlar.
To'liq iqtisodiy asosda va o'zini-o'zi moliyalashtirishda faoliyat yuritish sharoitida aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirishga aylanma mablag'larga haq to'lash va kreditlarning ularning shakllanishidagi rolining oshishi ham yordam beradi. Aylanma mablag'lar uchun to'lov korxonalarni xom ashyo, yoqilg'i, materiallarning ishlab chiqarish zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va zaxiradagi tayyor mahsulotlarni minimal darajada kamaytirishga undaydi. Aylanma mablag'larni kreditlar hisobidan to'ldirish jamg'arma rejimini to'liq amalga oshirishga, moddiy qadriyatlarga bo'lgan ehtiyojni oqlashga oqilona yondashishga yordam beradi. Korxonalar kreditlar hisobiga faqat haqiqatan ham zarur bo'lgan narsani sotib oladi va ma'lum bir narsani beradi iqtisodiy ta'sir. Korxonalarning to'liq iqtisodiy asosda faoliyat yuritishi sharoitida aylanma mablag'larni ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish jamg'armasi hisobidan to'ldirish; yangi tartib kreditlash aylanma mablag‘lar aylanmasini tezlashtirish, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga katta darajada yordam beradi. Test savollari. Aylanma mablag'lar va aylanma mablag'larning mohiyati va tarkibi nimadan iborat? Moddiy resurslarni tejashning milliy iqtisodiy ahamiyati nimada? Aylanma mablag'lar aylanishining asosiy bosqichlarini ayting. Korxonada aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini qanday ko'rsatkichlar bilan aniqlash mumkin? Aylanma mablag'larni shakllantirishning asosiy manbalari nimalardan iborat. Aylanma mablag'lar aylanmasini tezlashtirishning qanday yo'llari bor yuk tashish kompaniyasi ustida hozirgi bosqich iqtisodiy rivojlanish.
Umuman korxonaning muvaffaqiyati va rentabelligi korxonada aylanma mablag'lardan qanchalik oqilona foydalanilishiga bog'liq. Shuning uchun aylanma mablag'larning iqtisodiy tahliliga etarlicha e'tibor berish juda muhimdir. Ushbu oddiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib, korxonaning iqtisodiy siyosatini tashkil etishda muammoli joylarni aniqlash, samaradorlikni oshirish uchun zaxiralarni aniqlash mumkin. ishlab chiqarish jarayoni, jiddiy muammolar va yo'qotishlarni oldini olish. Va eng muhim va oshkora biri bu aylanma nisbati. Har bir korxonada uni hisoblash va tahlil qilishning maqsadga muvofiqligi allaqachon koeffitsientni Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan foydalanish uchun tavsiya etilganligi bilan tasdiqlaydi.
Aylanma mablag'larning aylanish koeffitsienti tashkilotda ushbu resurslardan foydalanishning oqilonaligi va intensivligini tavsiflaydi. Bu mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumning 1 rubl aylanma mablag'ga to'g'ri kelishini ko'rsatadi, ya'ni. aynan shu ko'rsatkich aylanma mablag'lardan olingan daromadni eng aniq aks ettiradi. Biz hisoblash uchun ko'rsatkichlarni qidiramiz Xo'sh, formulaga kiritilgan ko'rsatkichlarni qaerdan olasiz? An'anaviy ma'lumot manbai iqtisodiy tahlil buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridir. Va ko'rib chiqilayotgan koeffitsient uchun sizga balans (shakl No 1) va foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot (shakl № 2) kerak bo'ladi. Shunga ko'ra, ushbu hujjatlar o'rganilayotgan davr uchun olinadi. Ko'pincha ko'rsatkichlar 12 oy uchun hisoblanadi, shuning uchun ma'lumot yillikdan olinadi moliyaviy hisobotlar.
Ovoz balandligi sotilgan mahsulotlar(RP bilan belgilangan formulada) - foyda va zarar to'g'risidagi hisobotning 10-qatoridagi summa. Aynan shu erda korxonaning xizmatlari yoki tovarlarini sotishdan olingan sof daromad ko'rsatiladi.
Aylanma mablag'larning o'rtacha qiymati (CO) o'rganish davrining boshida va oxirida sodir bo'lgan aylanma mablag'lar qiymatining yarmiga bo'lish yo'li bilan hisoblanadi: CO \u003d (CO boshlang'ich + CO con) / 2.
Yana savol tug'iladi: hisoblash uchun ma'lumotlarni qaerdan olish kerak? Bu safar buxgalteriya balansi ma'lumot manbai bo'ladi - ya'ni "Joriy aktivlar" bo'limini jamlagan 290 ko'rsatkichli chiziq. Bu shunchaki korxonaning barcha aylanma mablag'lari yig'indisini aks ettiradi - aktsiyalar, Pul, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar va hokazo.
Bu nisbat nimaga bog'liq?
Birinchidan, turli sanoat korxonalari uchun aylanma mablag'larning aylanish nisbati qiymatlarining ma'lum darajalari odatiy va an'anaviy hisoblanadi. Masalan, savdo tashkilotlari ushbu ko'rsatkich bo'yicha chempionlardir. Bu ularning faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq bo'lib, ular tezda daromad olishni nazarda tutadi. Lekin ilm-fan, madaniyat sohalariga oid korxonalar va boshqalar. ular hech qachon yuqori koeffitsient qiymatlari bilan maqtana olmaydilar va shunga mos ravishda "sotuvchilar" bilan raqobatlashadilar. Shuning uchun tahlil qilishda bir-biridan faoliyatining mohiyatiga ko'ra farq qiluvchi tashkilotlarni solishtirish noto'g'ri.
Bu ko'rsatkichning qiymati qanday? Uning qiymatiga quyidagi omillar katta ta'sir ko'rsatadi:
Mavzu: To’lov balansi
1.To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
2.Joriy operatsiyalar xisobi balansi.
3.Kapital xarakati xisobi balansi.
4.To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bog’liqliklar
5.To`lov balansi taxlili.
6.To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. To`lov balansi — ma`lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashki dunyo o`rtasida bo`ladigan bitimlar statistik kayd kilingan xujjatdir. U mamlakatning iktisodiy alokalarini anik-lo`nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-solik, xalkaro savdo siyosatining xamda davlat karzini boshkarish yo`nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma`lum vaktdagi barcha xalkaro iktisodiy faoliyati, shu jumladan, tashki savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi xam to`lov balansida o`z aksini topadi. Xar kanday tashki iktisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orkali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jaxon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun xam to`lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chikariladigan barcha to`lovlar ko`rsatilgan xujjatdir deb karash mumkin. Tushum fakat eksport yordamida ta`minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to`lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan boglik bo`ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan xar kanday narsa tushuniladi, ya`ni, u moddiy ne`mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital. Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi Moddalar nomi Kredit (+) yoki eksportdan tushumlar Debet (-) yoki import uchun xarajatlar Sof kredit yoki sof debit Joriy operitsiyalar xisobi To`lov balansida barcha iktisodiy bitimlar ikkita katta guruxga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilan boglik operatsiyalar. Shunga ko`ra to`lov balansi struktarasi xam ikki kismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar xisobi;
2. Kapital xarakati xisobi.
Joriy operatsiyalar xisobida maxsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. YA`ni, joriy operatsiyalar xisobida ichki maxsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga maxsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. CHunki, maxsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chikib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.
Mavzu: Tashqi iqtisodiy xizmat statistikasi
Reja:
1. TIF statistikasining predmeti, vazifalari.
2. To’lov balansi va uning tarkibi.
3. Tashqi savdoni o’rganish usullari.
TIF statistikasining predmeti, vazifalari.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolьf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo‘lladi. U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va shakllangan muassasa shakli mavjud emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida mijozlarning sug‘urta stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan. Turli davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik kuzatishlar o‘tkazib turganlar. Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib boriluvchi ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish ham bir yagona reja asosida amalga oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch yozgan edi. Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir qancha muammolar paydo bo‘lar edi.
TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga loyiq. Masalan, Buyuk Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalandi va ulardan foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib qilishga e’tibor berdi.
Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» bo‘yicha yaxshi bilamiz.
Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-1911) xizmatlari kattadir. Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan biri Ronalьd Fisher (1890-1962) bo‘ldi. TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir. TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi.
TIF statistikasi iqtisodiy hodisalarning vaqt va fazoda taqqoslamasligini ta’minlash uchun ularni joriy baholardan tashqari o‘zgarmas (taqqoslama) baholarda ham ifodalaydi. Shunday qilib, TIF statistikasi vazifalari va mazmuni jihatdan buxgalteriya va operativ uchyotdan hamda boshqa tarmoq statistikalaridan farq qiladi. Uning qo‘llanish joyi keng va murakkabdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TIF statistikasi oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni, boshqarishni va keng jamoatchilikni haqqoniy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
2.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalqaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama keng qamrovli ifodalovchi yangi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.
3.Mamlakatimiz turli tarmoqlari iqtisodiy faoliyatini chet el mamlakatlari iqtisodiyoti bilan muvofiqlashtirish yordamida yuzaga keladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish.
4.Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish manbalarini va omillarini aniqlash.
2. To’lov balansi va uning tarkibi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng asosiy vazifalaridan biri o‘z iqtisodiyotini ma’muriy boshqarishdan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruvga o‘tkazishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv zaruriyat sifatida davr taqozoga aylandi. Faqat bozor munosabatlarigina mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ulkan imkoniyatlaridan biri-xalq baxt-saodati yo‘lida, uning turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanishni ta’minlashi mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistikasi organlarining roli katta. Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal etishni, uning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishini taqozo etadi. Shu maqsadda makroiqtisodiy statistik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida tub o‘zgarishlar hosil qilish uchun xalq xo‘jaligi Balansini (XXB) saqlab qolgan holda, mahalliy sharoitlariga moslashgan milliy hisoblar tizimini (MHT) xalqaro standartini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur. Milliy hisoblash tizimida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi va bu operatsiyalar tomonlar hisobida qiymat ko‘rinishida, daromad yoki harajat sifatida ko‘rsatiladi.
MHT – avvalombor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining har tomonlama rivojlanishi natijasida yuzaga keldi.
Mavzu: Moliya-kredit tizimi statistikasi
Mamlkatning moliya tizimida davlat byudjetining o’rni va ahamiyati kattadir.Moliyachi iqtisodchilarning hisob kitoblariga ko’ra bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti moliya resurslari tarkibida 40%ni ,ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotidagi mamlakatlarda 70 %ni tashkil etadi.Byudjet « Budget» so’zidan olingan bo’lib byudjet,chemodan,pul bilan to’ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatiladi. Byudjet-daromadlar va sarflar rejasi,ya’ni moliya rejasidir.Bu reja har bir shaxs ,oila ,xo’jalik yurituvchi subekt,tuman,shahar,viloyat,va davlat miqyosida tuzilgan bo’lishi mumkin.Davlat byudjeti davlatning moliyaviy rejasi bo’lib,xukumat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul jamg’armasidir.Davlat byudjetida barcha moliyainstitutlari;sarflar;turli daromadlar;davlat krediti mujassamlashgan.Davlat byudjeti davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish,shakllaantirish shakllari va usullarini ,ulardan mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish mAqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonunida «Davlat byudjeti –davlat pul mablag’larini (shu jumladan davlat mAqsadli jamg’armalari mablag’larining ) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib ,unda daromad manbalari va ulardagi tushumlar miqdori ,shuningdek moliya yili mobaynida Aniq mAqsadlar uchun ajratilgan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.» deyilgan.O’zbekiston Respublikasida yagona byudjeti tizimi shakllantirilgan.U ikki bo’g’indan iborat bo’lib davlat byudjeti Respublika byudjeti ,Qoraqolpog’iston avtonom Respublikasi,va mhalliy byudjetlar(viloyat,tuman,shahar)ni o’z ichiga oladi.Davlat byudjeti tarkibida davlatning mAqsadli jamg’armalari jamlanadi.YAgona byudjet tizimining elementlari davlat byudjeti statistikasining o’rganish ob’ektlaridir.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya,soliq) siyosatining mazmuni va yo’nalishin belgilovchi byudjetning asosi ko’rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir.Bu vazifani quyidagicha Aniqlashtirish mumkin:
1.O’zbenkiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti Bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat byudjeti tavsiflarida ko’rsatkichlar tizimini tuzish,ularni hisoblash va baholashda halqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2.Davlat byudjetining asosiy vazifalari ;yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash,iqtisodiyotni tartiblashtirish va Rag’batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliyaviy resurslar Bilan ta’minlash,mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg’armalarini vujudga keltirishva ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishjarayonlariga tasnif berish.
3.Davlat byudjetining daromadlari ,sarflari va defitsiti (prodefitsiti)ning umumiy summalarini hisoblash.
4.Davlat byudjeti daromadlari va sarflarining tarkibi,tarkibiy tuzilishini o’rganish;
5.Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarini o’rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko’lamini baholash;
7.Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholining turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va boshqalar;
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassalari faoliyatini tahlil qilish,ijtimoiy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish,halqaro toshkilotlarga HVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqDim qilish,MHT va to’lov balansini tuzishuchun zaru r birlamchi ma’lumotlarni to’plash,ishlov berish bilan shug’ullanmoqda.Davlat byudjeti statistikasi amaliyotiga halqaro standartlarni qo’llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushinchalari ,qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda. Davlat byudjeti statistikasida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar,ta’riflar va statistik ko’rsatkichlar
Davlat byudjeti statistikasining markaziy bo’g’ini :davlat byudjetining daromadlari ,sarf xarajatlari ,defitsiti(prodefitsiti).dvlat kredit ko’rsatkichlari tizimidir.Metodologiyasining asosiy elementi davlat boshqaruv sektori sektorini belgilash ,daromadlar va sarflarni vazifasi jihatdan ,tashkiliy iqtisodiy jihatdan tasniflash,turli iqtisodiy mazmunli(tabiatli) operatsiyalarni chegaralash(joriy va kapital; qaytariladigan va qaytarilmaydigan to’lovlar; qoplanadigan va qoplanmaydigan ,beg’araz oqimlar; likvidlikni boshqarish uchun kreditlashva iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchunkreditlash,sarflar va davlatni moliyalashtirish).
Davlat byudjeti statistikasining ko’rsatkichlar tizimini xarakterlovchi ,moliya statistikasining muhim kotegoriyalari ,davlat muassasalari sektorining milliy iqtisodiyotning boshqa sektor(nomoliyaviy korparatsiyalar,moliya korparatsiyalari ,uy xo’jaligi,qolgan dunyo) lar o’rtasida iqtisodiy xo’jalik xarakatlarining mazmuni va chegarasini ravshanlashtiruvchi bir necha kotegoriyalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Tushumlar va to’lovlar. Davlat boshqaruvi sektori idoralari Bilan milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari,institutsional birliklar o’rtasida qilinaligan moliyaviy xarakatlarni tushumlarga yoki to’lovlarga kiritish mumkin,ular qaytariladigan va qaytarilmaydigan asosda bo’lishi mumkin.Keyinchalik ,to’lovlar qilish majburiyatlari belgilangan operatsiyalar(muayan muddat ko’rsatilgan )shunday majburiyatlarni oldindan ko’zda tutmaydigan operatsiyalardan farqlanadi. Aktivlar va majburiyatlarni bir yo’la paydo qiluvchi barcha operatsiyalar o’z navbatida majburiyatlarni tugatish(bajarish) operatsiyalarini ham taqozo qiladi. Davlat tamonidan qarz olishlar (ssuda olish va qimmatli qag’ozlarni chiqarish orqali)hamda davlat idoralari tamonidan mablag’larni kreditlash qaytariladigan operatsiyalar turkumiga kititiladi.Naqd soliq to’lovlari ,naqd pulga tovar va xizmatlarni xarid qilish keyinchalik to’lov va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi,shuning uchun ular qaytarilmaydigan operatsiyalar turkumiga kiritiladi.
Mavzu: Davlat byudjeti statistikasi vazifalari
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari.
3. Pul muomalasi statistikasi.
4. To‘lov balansi.
Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan iborat: davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar hajmini daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;
davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi;
byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari; - davlatning ichki qarzlari hajmi; - soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k.
Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:
soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.); soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korхonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.); - o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar).
Byudjet harajatlari bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o‘rganiladi:
umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat хizmatlari;
jamoa va ijtimoiy хizmatlar;
iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat хizmatlari; - boshqa funktsiyalar.
Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi:
Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari).
Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).
Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi.
Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi.
Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi. Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin:
E=U/Х х Х/U; bunda,
E – elastiklik koeffitsienti (omil «Х»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich «U»ning o‘zgarish darajasi);
Х – «Х» omilining o‘sishi;
U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi.
Mavzu: Sug’urta bozorini statistik o’rganish
Reja:
1.Sug`urta bozori
2.Sug`urta bozorini statistik ko`rsatgichlari
Sugʻurta xizmatlari bozori - sugʻurta xizmatlari oldisotdisi bilan bogʻliq iktisodiy munosabatlar majmui. Sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va agentlari Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning professional ishtirokchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sugʻurta sohasida davlat monopoliyasining bekor kilinishi Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratdi.
Sugʻurta xizmatlari bozorib. hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy Sugʻurta xizmatlari bozorib.ga boʻlinadi. Xal qaro Sugʻurta xizmatlari bozorib. nisbatan taraqkiy etgan baʼzi davlatlar sugʻurta tashkilotlarining xalqaro miqyosda koʻrsatayotgan sugʻurta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQShning "AIG" (Ameriken Interneyshnl Grupp) sugʻurta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi.
Sugʻurta xizmatlari bozorib. sugʻurtaning u yoki bu sohasida ixtisoslashganligiga qarab hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq Sugʻurta xizmatlari bozorib.; qayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Mac, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarida gʻayotni sugʻurtalash bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari bozori ancha rivojlangan.Respublika bo‘yicha sug‘urta summasi jami 690 462,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 15,6 foizga yoki 93 012,4 mlrd. so‘mga ko‘paydi.
Kundan kunga sug`urta qiluvchilarni statistik ko`rsatgichlari ortmoqda bunga sabab esa aholi sonini oshishi hamda turmush sharoitlarining yaxshilanishi hisoblanadi.Statistik ko`rsatgichlar shuni ko`rsatib turibdiki kelgusi yil ham sug`urtalash holatlari ko`payib sug`urtalash bu yilga nisbatan 12% ga ko`payishi kutilmoqda. Sug’urta mablag’lari, xususan qayta sug’urtalash bilan bog’liq pul aylanmalari xalqaro miqyosda juda muhim hisoblanadi. Ushbu pul aylanmalari MTHdagi kabi ham moliyaviy xizmat uchun to’lovga nisbatan, ham sug’urtalash va qayta sug’urtalash bo’yicha birlashtirilmagan alohida to’lovlarga nisbatan bir hil tartibda hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urtada ikki tendensiya amal qilmoqda: sug‘urtalovchilarning ixtisoslashuvi va universallashuvi, ya’ni ma’lum sug‘urta kompaniyalari sug‘urtaning deyarli barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib o‘z faoliyatlarini kengaytirsalar, boshqa bir kompaniyalar sug‘urtaning ma’lum bir turlari bo‘yicha ixtisoslashib ushbu xizmat turini mukammal o‘zlashtirib olmoqdalar. Bu yo‘nalishlarning birinchisi bevosita mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining kuchayishi bilan bog‘liqdir: ushbu jarayon sug‘urta ishida ham obyektiv zarurat tug‘dirmoqda.
Sug‘urtalovchilar faoliyatining universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar. Shuning uchun ham ular mumkin qadar ko‘proq turdagi sug‘urta xizmatlarini amalga oshirib ko‘proq mijozlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar. Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.
Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |