Nodavlat sektori
Nodavlat sektori - milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida boʻlmagan sohalari.
Nodavlat
sektori Gʻarb mamlakatlarida privat, yaʼni xususiy sektor deb yuritiladi. Oʻzbekistonda xususiy
korxonalar, qoʻshma korxonalar,
shirkatlar, kooperativlar, xoʻjalik uyushmalari, aksiyadorlik
jamiyatlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari Nodavlat sektoriga ki-ritilgan.
U xususiy mulkning
ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda
turlicha. Nodavlat sektori korxonalari, birinchidan, oʻzaro bozor aloqalari oʻrnatsa,
ikkinchidan,
davlat sektori bilan bogʻlanib, turli resurslar va xizmatlarni sotib oladi. Nodavlat sektori
xoʻjalikning hamma jabhalarida mavjud boʻlib, savdo-sotiq, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi,
transport, qurilish, isteʼmol buyumlari ishlab
chiqarishda yetakchilik qiladi, ammo bazaviy
tarmoqlarda uning hissasi nisbatan kichik. Nodavlat sektori iqtisodiyotning erkin, davlat arala-
shuvidan xoli sohasi sifatida bozor qoidalariga binoan rivojlanadi.
Bu yerda ishlab chiqarish
strategiyasini bozordagi talab va taklif nisbati belgilab beradi. Nodavlat sektorida daromadlar
erkin taqsimlanib oʻzlashtiriladi. Nodavlat sektori oʻz tovarlarini davlat buyurtmalariga binoan
(bozor narxini hisobga olib), davlat sektoriga sotadi, davlat sektoridan
esa kerakli tovar va
xizmatlarni kelishilgan narxda sotib oladi. Nodavlat sektori er-kin boʻlganidan unga iqtisodiy
fao-liyatni xilma-xilligi xos. Nodavlat sektorining iqtisodiyotdagi hissasi shu sektor
korxonalarida jamgʻarish yuz berib, daromadlar investitsiyaga yoʻnaltirilishi
natijasida ishlab
chiqarishning kengayishi va davlat mulkining xususiylashtirilishi tufayli korxonalarning
Nodavlat sektoriga oʻtishi yoʻli bilan oʻsadi. Bu hissa 4 koʻrsatkichga binoan aniqlanadi: yalpi
ichki mahsulot (YAIM), ishlovchilar soni, kapital mablagʻlar va asosiy kapital (fond) miqdori
koʻrsatkichlari. Bular orasida asosiysi — Nodavlat sektorining YAIM daga hissasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotida Nodavlat sektori hissasi 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 70,2%
ni, band boʻlganlar sonining 76% ni, korxonalar soni boʻyicha, 87,7% ni tash-kil etdi (1995-yilda
tegishlicha 67,0, 63,9, 78,3%).
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
No iwiki
template.gif
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Nodavla
t_sektori&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Nodavlat_sektori&oldid=238
6708
" dan olindi
Manbalar