Mavzu: Nodavlat ta’lim tashkiloti Reja: 1.Nodavlat ta’lim tashkilotlarni litsenziyalash 2.Nodavlat ta’lim tashkilotlarini qullab quvvatlash haqidagi qarorlar
Bo‘limning asosiy vazifalari: nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish; nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish; xorijiy davlatlarning ta’lim bo‘yicha organlari va xalqaro tashkilotlar bilan muntazam aloqada bo‘lish, ular bilan ta’lim sohasida, jumladan litsenziyalash va ta’lim sifati nazorati bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida axborotlar almashish;
xorijiy davlatlarning litsenziyalash va ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash sohalaridagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada takomillashtirib borish; litsenziyalash jarayoniga oid maqola, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va nashr ettirish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida va Davlat inspeksiyasi shartnomalariga muvofiq nodavlat ta’lim bilan shug‘ullanuvchi xorijiy ta’limni boshqaruv organlari va muassasalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindiLitsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 1 yanvarga qadar bir qator qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Ushbu hujjat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatda joriy etilgan karantin rejimi sababli faoliyatida salbiy ta’sir kuzatilgan nodavlat va davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan, o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 2021 yil 1 yanvariga qadar: 15 iyul holatiga ko‘ra, soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni undirish muddatlari uzaytirish;
ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirish; tijorat banklariga nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarning asosiy qarzi va kredit foizi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish hamda muddati o‘tib ketgan kreditlariga garov ta’minoti bo‘yicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari ko‘rilishini to‘xtatish tavsiya qilingan.