Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


VA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

VA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI
1-§. Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari 
Kishilik jamiyati turmushida siyosiy, davlat-huquqiy munosabatlar 
paydo bo‘lgan qadim davrlardan boshlab adolatli davlat tuzumi, qat’iy 
tartibot, qonunlarga muvofiq yashash haqidagi o‘y-fikrlar, qarashlar va 
g‘oyalar ham shakllangan. O‘nlab asrlar o‘tdi, turli ijtimoiy-siyosiy 
tuzumlar zohir bo‘ldi, insonlarning necha-necha avlodlari tarix sahnasiga 
kelib ketdi. Har bir avlod o‘zidan avval o‘tgan avlod yaratgan ijtimoiy 
fikr, g‘oya va ta’limotlarni o‘ziga singdirib, ularni shaxsiy tajribasi bilan 
boyitib, keyingi avlodlarga meros etib qoldirdi. Ana shunday uzoq tarixiy 
davr mobaynida shakllanib sayqal topgan o‘lmas g‘oyalardan biri 
huquqiy davlat nazariyasidir. 
Shak-shubhasiz, huquqiy davlat to‘g‘risidagi ta’limotni insoniyatning 
ijtimoiy-siyosiy, falsafiy fikr xazinasi durdonalari qatoriga kiritish lozim. 
Binobarin, tarixiy tajriba ham, hozirgi zamon ilg‘or taraqqiy etgan 
davlatlarining voqeligi ham bu nazariyaning hayotiyligini va ijtimoiy 
qadr-qimmatga ega ekanligini tasdiqlamoqda. 
Navqiron mustaqil respublikamizda demokratik huquqiy davlatchi-
likni barpo etish vazifasi va uning nazariy dasturini ishlab chiqib hayotga 
joriy etish zaruriyati ijtimoiy fan va amaliyot oldiga qator mas’uliyatli 
vazifalarni qo‘ydi. Bu masala xususida turli tasavvurga ega bo‘lish uchun 
huquqiy davlat haqidagi ta’limotning tarixini chuqur tahlil etish, uning 
ma’nosini, asosiy prinsiplari va o‘zga xususiyatlarini, ijtimoiy-siyosiy 
hokimiyatni tashkil etish va faoliyatiga xos shakl hamda usullarni bilish 
lozim. Muhimi, bizning huquqiy davlatchilikka qarab harakatlanish 
yo‘limizning mantig‘i, mazmuni va istiqbollarini oydinlashtirib olishdir. 
Huquqiy davlat – muayyan nazariy ta’limot va tegishli amaliyot 
sifatida uzoq va ibratli tarixga ega.  
«Huquqiy davlat» iborasi ilk bor XIX asrning birinchi choragida 
nemis huquqiy adabiyotida o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi 
(masalan, K.T. Velker, Rudolf fon Mol va boshqalarning asarlarida). 
Ingliz adabiyotida bu ibora ishlatilmaydi, ma’lum ma’noda shu iboraga 
ekvivalent hisoblangan «huquq hukmronligi» (rule of law) iborasi 
qo‘llaniladi. 


 307
Biroq huquqiy davlatchilik g‘oyasini, ma’nosi va tushunchasini 
ifodalovchi nazariy falsafiy konsepsiyalar ancha qadim zamonlardanoq 
shakllana boshlagan. Ilg‘or burjua siyosiy va huquqiy fikri maydonga 
kelayotgan chog‘da yangi falsafiy dunyoqarash antifeodal, dunyoviy, 
antiteologik va antiklerikal qarashlarga qarshi, feodal istibdodi va 
qonunsizlikka,  absolutizm va mustabid rejimlarga qarshi huquqiy davlat 
haqida g‘oyalar jadal targ‘ib qilina boshlandi. Bunda insonparvarlik, 
barcha kishilarning erkinligi va tengligi, inson huquqlarining ajralmasligi, 
ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni uzurpatsiya qilinishiga qarshi hokimiyatlar 
taqsimlanishi, konstitutsionalizm va boshqa prinsiplar ilgari surildi. 
Ilg‘or mutafakkirlar G. 
Grotsiy, B. 
Spinoza, D. 
Lokk, 
SH.L. Monteskye, T. Jefferson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan 
huquqiy davlatchilik g‘oyasi va konsepsiyalari o‘zining yangiligi bilan 
har qancha ta’riflanmasin, ular baribir o‘tmish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, 
falsafiy va huquqiy ta’limotlarga va amaliy tajribaga, sinalgan umumin-
soniy qadriyatlar va gumanistik an’analarga tayangandir. Huquqiy 
davlatchilik haqidagi nazariy tasavvurlar va amaliy tajribaning 
shakllanishiga ko‘p jihatdan qadimgi Xitoy, Sharq, Yunoniston va Rim 
falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari, g‘oyalari, ta’limotlari, shuningdek 
antik demokratiya, respublikachilik va huquqiy tartibot institutlari katta 
ta’sir ko‘rsatgan. 
Qadim zamonlardanoq huquq bilan hokimiyatning o‘zaro bog‘liqligi, 
o‘zaro munosabati va mutanosibligi, ularning harakat yunalishlarini bir-
biriga muvofiqligini ta’minlashning shakllari, usullari va prinsiplari izlana 
boshlangan. Davlat va huquq to‘g‘risidagi tasavvurlar chuqurlashib 
borishi jarayonida o‘sha davrlardayoq ijtimoiy turmushning, oqilona va 
adolatli siyosiy shakllari haqidagi g‘oyalar shakllangan. Bunda huquq 
ijtimoiy hokimiyatga tayangan holda umummajburiy qonunga aylanishi, 
o‘z navbatida, huquqni tan oluvchi ijtimoiy hokimiyat esa unga muvofiq 
o‘zini chegaralab adolatli davlat hokimiyati sifatida maydonga chiqishi 
nazarda tutilgan. 
I. Huquqiy davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirishda antik 
davr allomalari ham salmoqli hissa qo‘shganlar. Ular ichida, masalan, 
Solon, Arastu va boshqalar «kuch bilan huquqning qo‘shilishidan qonun 
hukmronligi to‘g‘risidagi qoidalar»ni; Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy, 
Sitseron «boshqaruvning to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllarini farqlash 
to‘g‘risidagi mulohazalar»ni; Demokrit, safizm vakillari «tabiiy va 
irodaviy o‘rnatilgan huquqning nisbati haqidagi fikrlar»ni; ayrim sofistlar, 
stoiklar, rim yuristlari «tabiiy huquqqa muvofiq insonlarning tengligi 


 308
to‘g‘risidagi qarashlar»ni; Arastu «huquqning adolat va siyosiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi me’yor ekanligi to‘g‘risidagi 
g‘oyalar»ni; Sitseron «davlat – xalq ishi» ekanligi, «davlat – huquqiy 
muloqot va umumiy huquqiy tartibot ekanligi haqidagi qarashlar»ni va 
boshqalarni ilgari surdilar
1
.
II. Feodal absolutizmiga qarshi adolatparvarlik va huquqiy 
voqeliklarni burjuaziya manfaati nuqtai nazaridan talqin etgan XVII asrda 
yashagan klassik ingliz olimi J. Lokkdir. Uning talqinida huquqning 
hukmronligi g‘oyasi shunday davlatni anglatadiki, unda tabiiy huquqqa 
mos keluvchi va insonlarning ajralmas tabiiy huquqini hamda shaxs 
erkinligini ifodalovchi va hokimiyatlar taqsimlanishiga asoslanuvchi 
qonunning ustuvorligi amal qiladi. Lokk huquq hukmronlik qiluvchi 
davlatni despotizmga qarama-qarshi qo‘yadi. 
Xalq suvereniteti va ijtimoiy shartnoma davlatchilikning huquqiy 
asosi va manbaini tashkil etadi, degan g‘oyaga tayanib Lokk «hoki-
miyatning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan 
qarshilikning qonuniyligi ta’limoti»ni isbotlab chiqdi
2
. Huquqiy davlat 
sharoitida shaxsning huquq va erkinligi haqidagi klassik liberal 
ta’limotning ko‘pgina qoidalari ham Lokka tegishlidir. «Odamlarning 
erkinligi shu jamiyatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rnatgan doimiy 
qoida bilan belgilanadi; bu – qonun bilan taqiqlanmagan hamma hollarda 
o‘z shaxsiy istagiga rioya etishdir
3
. Bu prinsip keyinchalik mustahkam-
langan «qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi», degan 
qoidadan faqat so‘z ifodasi jihatidan farq qiladi.  
Hokimiyatlar taqsimlanishi to‘g‘risidagi yangi tasavvurlarni XVIII 
asrda yashab ijod etgan SH.L. Monteskye izchil tizimga keltirgan. U har 
qanday davlatda uchta hokimiyatni – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatini farqlaydi. Hokimiyat tomonidan qilinishi mumkin 
bo‘lgan zo‘ravonliklar va suiiste’molliklarni bartaraf etish uchun shunday 
tartib o‘rnatilishi kerakki, bunda turli hokimiyatlar bir-birini o‘zaro tiyib 
turishi lozim. Hokimiyatlarning taqsimlanishi va o‘zaro bir-birini tiyib 
turishi, Monteskyening fikricha, davlat tuzilishiga nisbatan siyosiy 
erkinlikni ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi. Erkinlik – qonun bilan 
ijozat etilgan har qanday ishni qilish huquqidir
4
.
1
 Qarang: ɇɟɪɫɟɫɹɧɰ ȼ.ɋ. ɉɪɚɜɨ ɢ ɡɚɤɨɧ. – Ɇ . ,  1983. – ɋ. 7–48.
2

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish