SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO’RG’ON FILIALIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN 5 MUHIM TASHABBUSNI KENG JORIY ETISH MAQSADIDA 2022-YILNING I CHORAGIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BO’YICHA
HISOBOTI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga tatbiq etish bo’yicha SamDU Kattaqo’rg’on filialida 2022-yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida filial fakultetlarida 2022-yilning I choragida 30 dan ortiq tadbirlar, musobaqalar va tanlovlar o’tkazildi. Jumladan, birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha filialda “Talabalar” teatr-studiyasi, “Jilo” raqs ansambili, “ Iste’dod” musiqa va san’at to’garagi, “Quvnoqlar va zukkolar” to’garagi o’z ish faoliyatini yuritib kelmoqda. Filialda besh muhim tashabbus doirasida hamkor tashkilotlar bilan turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2022-yil 14-yanvar Vatan himoyachilari kunini munosib nishonlash va talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida talabalar o‘rtasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida video, audio va rasmlar tanlovi o‘tkazildi.Tanlovda filialning 100 dan ortiq talabalari faol ishtirok etishdi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 21_14-guruh talabasi Mustafaqulova Umida, 2-o‘rinni Xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi 21_02 guruh talabasi Xolmoʻminova Shaxrizoda, 3-o‘rinni Ijtimoiy ish yo`nalishi 21-16 guruh Abduxoliqova Husniyalar qo‘lga kiritishdi.
2022-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 84 yilligini munosib nishonlash maqsadida talabalar o‘rtasida video, audio va rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Ovoz berish natijlariga ko‘ra, 1-oʻrin Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali talabasi Norqulova Madinabonu (1255ta ovoz. #eng yaxshi video 📸) 2-oʻrin pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 21_13 guruh talabasi Ismoilova Sevara 🥈📚🎉 (1029 ta ovoz #eng yaxshi 📸), 3-oʻrin pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 21_14 guruh talabasi Yaxshiboyeva Farangiz (440 ta ovoz #eng yaxshi video) egalladi.
2022-yil 19-22-yanvar kunlari filial Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi tomonidan “Ranglar jilosida Vatan madhi” mavzusida onlayn rasmlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda filial talabalarining 82 nafari ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi Meliyeva Gavhar, 2-o‘rinni matematika yo‘nalishi talabasi Jo‘rayeva Iroda, 3-o‘rinni matematika yo‘nalishi talabasi Akramova Shalola qo‘lga kiritdi.
10.02.2022-yil kuni SamDU Kattaqo’rg’on filialida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda SamDChTI professori D.Salohiy “Alisher Navoiy asarlarida insoniy fazilatlar tarannumi” mavzusida ma’ruza qildi. D.Salohiy o‘z ma’ruzasida Alisher Navoiyning ko‘pqirrali ijodi, xususan, qit’alari haqida batafsil ma’lumot berdi. Qit’alaridan misollar keltirib, ularning ichki mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ma’ruzachi Navoiyning Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayх Sa’diy, Хusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qiganligi, ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisherning хayolini tamom egallab olgani, kitobni butunlay yod olganini aytib o‘tdi. Ma’ruza yakunida D.Salohiy o‘z monografiyalarini filial kutubxonasiga taqdim etdi. Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi D.Sayipova “Alisher Navoiy ijodining rangin jilolari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi Navoiy ijodining hajmi, janr turlari, devonlari, ustoz ijodkorlarning Navoiy ijodiga bergan ta’rif-tavsiflari, shuningdek Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Navoiy siymosining aks ettirilishi haqida batafsil ma’lumot berdi. Navoiyning ikki tilda she’r yozganligi, «Navoiy», «Foniy» taхalluslari, taxalluslari ma’nolari, 12 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlaridan Mavlono Lutfiyni hayratga solgani, “Xazoyin ul-maoniy” devonida 16 lirik janrlar o‘rin olganligi to‘g’risidagi ma’lumotlarni tinglovchilarga yetkazdi. Tadbir so’ngida talabalar tomonidan A.Navoiy g’azallari aytildi.
12.02.2022-yil SamDU Kattaqo’rg’on filiali pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan she’rxonlik kechasi o’tkazildi. Kechada fakultetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari J.Abduraxmonov tadbirni ochib berdi va buyuk allomaning mashaqqatli hayoti va ijodiy boyligi haqida nutq so’zladi. Tadbir davomida fakultet talabalarining buyuk mutafakkir, shoh va shoir Z.M.Boburga ehtiromi yaqqol sezilib turdi. Talabalar o’z chiqishlarida Boburning g’azallari, ruboiylari, shuningdek, “Boburnoma”dan olingan sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi.
2022-yil 14- fevral kuni SamDUKF Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag’ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur- shoh va shoir” mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultetning “Talabalar” teatr-studiyasi a’zolari tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylari ifodali aytildi va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani asosida sahnalashtirilgan badiiy chiqish namoyish etildi.
19.02.2022-yil kuni Kattaqo’rg’on shahar muzeyiga sayohat uyushtirildi. SamDUKF pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari J.Abduraxmonov talabalarga muzey haqida qisqacha ma’lumotlarni aytib o’tdi va bunday joylarga tashrif buyurish yoshlar uchun ma’naviy ozuqa ekanligini ta’kidladi.
27.02.2022-yil kuni Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali hamda Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo’rg’on shahar bo’limi bilan hamkorlikda “She’rxonlik kechasi” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar juda faol qatnashdi va umumiy ballar hisoblanib, natijalar e’lon qilindi. Unga ko’ra, SamDU Kattaqo’rg’on filiali pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 21_04-guruh talabasi Abdualimova Maftuna Shuhrat qizi 1-o’rinni, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 21_12-guruh talabasi Hayitmurodova Marjona Begzod qizi 2-o’rinni, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 21_12-guruh talabasi Normurodova Zaynura G'olibjon qizi faxrli 3-o’rinni egalladi. 2022 yil 1-mart kuni talaba-yoshlarning vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo’limi bilan hamkorlikda ”Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining "Talabalar" jamoasi faxrli 2-o'rinni egalladi va shahar hokimasi G.Alimova tomonidan munosib taqdirlandi.
2022-yil 7-mart kuni Samarqand Davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida 8- mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Tomaris malikasi” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Unda talabalar 5ta shart bo’yicha bellashdilar, ya’ni, 1-shart: videorolik, 2-shart: milliylik menda namoyon (alla, lapar, yor-yor), 3-shart: iqtidor ( qo’shiq, raqs, monolog, sahna ko’rinishi), 4-shart: savol- javob shartlari bo’yicha 5 nafar ishtirokchilar o’zaro bellashdilar va oʼz bilimi, iqtidorini namoyon etdilar. Tanlov natijlariga ko’ra, Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti talabasi Madinaxon Norqulova 1-o’rinni qo’lga kiritdi va ”Filial Malikasi” deb e’lon qilindi. Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti Malikasi deb Mustafoqulova Umidaxon tan olindi va Ijtimoiy ish yo’nalishi 21_18 guruh talabasi Ablakulova Sitoraxon Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti Malikasi deya eʼtirof etildi va tanlov go’liblari munosib taqdirlandi.
2022-yil 18-mart kuni Samarqand Davlat universitetining Kattaqoʼrgʼon filialida Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Аmir Temurning ibratli umri" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi rahbari, shoir va publitsist Toshpoʼlat Tugalov olib bordi. SamDU professori, yuridik fanlari doktori Ziyodulla Muqimov, Xalqaro Аmir Temur jamoat fondi Samarqand viloyat boʼlimi rahbari professor Qoʼziboy Mamarahimov, Аmir Temur shaxsi va uning jangovor faoliyatining oʼziga xosligi, bobomizning oʼzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʼrni, dunyoga mashhur ”Temur tuzuklari”ning yosh avlod taʼlim taribiyasidagi ahamiyati haqida so’z yuritdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga mehmonlar javob berishdi. Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi rahbari Toshpoʼlat Tugalov "Samarqand mushoirasi" nomli sheʼrlar toʼplami, "Ijod yoʼli" gazetasining yangi sonlarini, professor Ziyodulla Muqimov esa Amir Temur haqida yozgan asarlarini faol talabalar hamda filial kutubxonasiga sovgʼa qildi.
2022- yil 25-mart kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filialining professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlari Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida T. Yunusning "Niso holaning hisobi" spektaklini tomosha qildilar. Bu spektaklda, asosan, ota-onasidan yiroqda ta'lim olayotgan yoshlarning xulqi, odobi, aqli, bilimiga munosabati, shuningdek, yashash tarzi komedik mulohazalar orqali bayon etildi. Talaba-yoshlarni darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu madaniy tadbir talaba-yoshlarimizda katta qiziqish uygʼotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |