Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Ʌɨɤɤ Ⱦ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɮɢɥɨɫɨɮɫɤɢɟ ɩɪɨɢɡɜɟɞɟɧɢɹ. Ɍ.2. – Ɇ., 1960. – ɋ. 116.
3
 O‘sha joyda. – Ȼ. 16–17.
4
Ɇɨɧɬɟɫɤɶɟ ɒ.Ʌ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɩɪɨɢɡɜɟɞɟɧɢɹ. – Ɇ., 1955. – ɋ. 289.


 309
Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy isboti va talqini I. Kant 
qalamiga mansubdir. Uning davlat va huquq haqidagi qarashlari «Fe’l-
atvor metafizikasining asoslari to‘g‘risida» (1785), «Amaliy aql tanqidi» 
(1788), «Huquq to‘g‘risidagi ta’limotning metafizik asoslari» (1797), 
«Boqiy dunyoga» (1793) asarlarida bayon etilgan. 
Kant falsafasining mohiyati, uning o‘z ta’biri bilan aytganda, 
transsendental idealizmdan iborat bo‘lib, obyektiv olamni uni o‘rganuvchi 
subyektning ongidan tashqari anglash mumkin emasligidadir
1
.
I. Kant davlatga ham idealistik pozitsiyadan yondashadi. «Davlat, – 
deydi u, – bu huquqiy qonunlarga itoat etuvchi kishilar jamoasining 
birligidir». Kant fikriga ko‘ra: davlatning farovonligi davlat tuzilishining 
huquqiy prinsiplar bilan oliy darajada muvofiqlashganligiga bog‘liqdir; 
bunday muvofiqlikka bizni qat’iy imperativ orqali aql majbur qiladi. Kant 
falsafasida davlatchilik sohasida qat’iy imperativ talablarini amalga 
oshirish davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi bilan birga huquqiy tashkil 
etilishidir. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mavjudligi yoki yo‘qligi 
munosabati bilan u boshqaruvning ikki shaklini: respublika (mohiyatan 
bu huquqiy davlatdir) va despotiyani bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. 
I. Kantning xalq suvereniteti g‘oyasidan kelib chiquvchi nazariyasida 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarni chegaralash hal qiluvchi 
kasb etadi. «Respublikanizm, – deb yozadi u, – ijroiya hokimiyatni qonun 
chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir; despotizm – 
davlat qonunlarini o‘zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir;  bunda 
ijtimoiy iroda hokimning xususiy irodasi sifatida maydonga chiqadi»
2
.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan I. Kant quyidagi cheklovchi 
prinsipni ifodalaydi: xalq o‘ziga nisbatan hal eta olmagan (ya’ni o‘ziga 
ravo ko‘rmagan – M.M.) narsani qonun chiqaruvchi xalqqa nisbatan hal 
eta olmaydi.  
Agar I. Kant ta’limotida huquqiy qonunlar va huquqiy davlat mavjud 
bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar bo‘lsa, Gegelda ular real voqelikdir, ya’ni 
insonlar voqeligining, shaxsning, oilaning va jamiyatning huquqlarini 
muayyan shaklda aqlni amaliy realizatsiya qilinganligidir. 
Davlat, – Gegelning fikricha, – u ham huquqdir, ya’ni – konkret 
huquq, dialektik talqinga ko‘ra, eng rivojlangan va mazmunan boy 
huquqdir, barcha abstrakt huquqlarni – o‘ziga qamrab oluvchi butun 
huquq sistemasidir. Davlat huquqiy ehrom cho‘qqisiga qo‘yiladi. Davlat 
1
ɂɫɬɨɪɢɹ ɩɨɥɢɬɢɱɟɫɤɢɯ ɭɱɟɧɢɣ. – Ɇ., 1960. – ɋ. 381–383.
2
Ʉɚɧɬ ɂ. ɋɨɱ. Ɍ.6. – ɋ. 269.


 310
individ va jamiyat ustidan qo‘yilib, go‘yo «xudoning bu dunyodagi sayl-
yurishi» sifatida ko‘klarga ko‘tarib maqtaladi
1
. Gegel huquqiy etatist. U 
huquqiy davlatni olqishlaydi va ilohiylashtiradi
2
.
Gegelning fikricha, inson erkinligi hokimiyatlar taqsimlanishi 
prinsipiga asoslangan (podshoh, hukumat va qonun chiqaruvchi 
hokimiyat) konstitutsion monarxiya sharoitida ta’minlanadi. Davlatda 
hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi «ijtimoiy erkinlikning kafolati-
dir»
3
. Umuman huquqiy davlatning gegelcha konstruksiyasi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va qat’iy tarzda zo‘ravonlikka, huquqsizlikka va xususiy shaxslar, 
siyosiy birlashmalar va davlat hokimiyati tomonidan kuch ishlatishning 
har qanday g‘ayrihuquqiy shakllariga qarshi qaratilgan. 
Qadimgi Sharq, shu jumladan Markaziy Osiyo hududida o‘tmishda 
yashab ijod etgan alloma bobokalonlarimiz ham huquqiy davlat, adolatli 
ijtimoiy tuzum haqida o‘z ilg‘or qarashlariga ega bo‘lganlar. Insonlarning 
ozod,  erkin va tenglik asosida munosabatda bo‘lishlari, jamiyatda adolat 
va haqiqat tantana qilishi, shohlar ma’rifatparvar va odil bo‘lishlari 
haqidagi qarashlar Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf 
Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Axmad Yassaviy, Bahouddin 
Naqshband, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Forobiy, Bedil va boshqalarning 
falsafiy ta’limotlarida ilgari surilgan. 
Xususan, Xo‘ja Samandar Termiziy o‘zining «Dastur al-muluk» 
asarida «Jonivor kuyiga tushib beaql o‘jarlik va nobop xatarli intilish 
qilayotgan kimsalarni qamchin bilan jazolangki, toki ular o‘zgalarga zarar 
yetkazmasinlar, aks holda boshqaruvda qat’iy hokimiyatni ta’minlovchi 
tartibga putur yetadi. Kimki zo‘rlik boltasi bilan adolatsizlik payini 
qirqmas ekan, u zamon bog‘ida yosh umid daraxtini o‘stira olmaydi... 
Magar mamlakatni boshqaruvchi qonunlar zavol topsa, Dunyoning asosi 
barbod bo‘ladi»
4
.
Jaloliddin Davoniy fikriga ko‘ra: «Har qanday davlat tashkiloti 
o‘zining mo‘tadilligi bilan ajralib turadi, qonunlar esa o‘z tartibi bilan ijro 
etiladi. Bu qonundan chetga ketiladigan bo‘lsa, har bir qoida qarama-
qarshilik manbaiga aylanadi hamda u do‘stlik munosabatlarining 
buzilishiga, yomonlik va parokandalikka sabab bo‘ladi. Zero, har qanday 
1
 Qarang: Ƚɟɝɟɥɶ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1934. – ɋ. 268.
2
 Qarang: ɇɟɪɫɟɫɹɧɰ ȼ.ɋ. Ƚɟɝɟɥɟɜɫɤɚɹ ɮɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1974. – ɋ.
97–110.
3
 Qarang: Ƚɟɝɟɥɶ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1934. – ɋ. 293.
4
ɏɨɞɠɚ ɋɚɦɚɧɞɚɪ Ɍɟɪɦɢɡɢ. ɇɚɡɢɞɚɧɢɟ ɝɨɫɭɞɚɪɹɦ. – Ɇ., 1971. – ɋ. 27–28.


 311
davlatning asosini a’zolari qonun oldida teng bo‘lgan jamiyatning ittifoqi 
va fikri tashkil etadi»
1
.
Hazrati Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy va falsafiy 
qarashlari uni butun dunyoga buyuk gumanist, ma’rifatparvar inson, 
erkinlik va adolat kuychisi sifatida tanitdi. Navoiy «odil podshoh» 
siymosini chizdi. Xalq farovonligi va madaniyatining ravnaqi bobida jon 
kuydirib, hukmdorlarni adolat va insofga chorladi: «Podshoh o‘z 
fuqarolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, umumxalq farog‘ati yo‘lida 
posbon bo‘lishi; u – xudoning noibi sifatida olloh singari saxovatli, 
rahmdil bo‘lishi kerak; Podshoh – rahm-shafqat va jazo berish manbai»
2
.
Navoiy o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarida quyidagilarni yozadi: 
«Qozi musulmonlik binosining tayanchidir va musulmonlarning yaxshi va 
yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchidir… Qozining mahkamasi 
shariat ilmining xazinasi bo‘lmog‘i … u hukm vaqtida oshnaga ham
begonaga ham bir saviyada qaramog‘i… Qozi qonun yo‘lidan bir qadam 
ham toymasligi – to‘g‘ri yo‘ldan chiqmasligi lozim… Modomiki, hukm 
elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori to‘g‘rilik va adolat 
bo‘lmog‘i lozim…»
3
.
Navoiyning bu fikrlarida huquqiy davlat asosini tashkil etuvchi 
qonuniylik, adolatlilik, sudlov hokimiyatining halol va bukilmas bo‘lishi 
kabi prinsiplar o‘z ifodasini topgan. 
Adolat tantanasiga chorlash, insonning erkin va ozod bo‘lishi, uning 
dunyodagi eng oliy ne’mat ekanligini ta’kidlash Umar Hayyom 
falsafasining negizini tashkil etadi. Uning tarixiy va adabiy asarlarida 
inson qadri benihoya ulug‘vorlik kasb etadi.  
Yaqin o‘tmishda yashab ijod etgan vatandoshimiz Abdurauf Fitrat 
ham ilg‘or fikr namoyandasi bo‘lib, huquqiy davlat g‘oyasi va amaliyotini 
o‘zbek davlatchiligi voqeligiga aylantirishga intilgan. Fitrat tomonidan 
tuzilgan va Yosh buxoroliklar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan 
«Islohotlar loyihasi»da ikki maqsad ko‘zlangan edi: Buxoroda huquqiy 
davlatchilikni joriy etish; Buxoroni xalqning farovonligi va madaniyligi 
zaminida iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan mustahkamlash
4
.
1
Ⱦɠɚɥɚɥɚɞɞɢɧ Ⱦɚɜɚɧɢ. Ⱥɯɥɨɤɢ ɠɚɥɨɥɢ. Ɋɭɤɨɩɢɫɶ. ɂȼ. Ⱥɇ Ɋɍɡ. ɢɧɜ.
7703.
2
ɂɫɬɨɪɢɹ ɩɨɥɢɬɢɱɟɫɤɢɯ ɭɱɟɧɢɣ. – Ɇ., 1960. – ɋ. 151. 
3
Ⱥɥɢɲɟɪ ɇɚɜɨɢɣ. Ɇɚԟɛɭɛ ɭɥ-ԕɭɥɭɛ. – Ɍ., 1983. – Ȼ. 23–24. 
4
 Qarang: Ɏɚɣɡɭɥɥɚ ɏɨɞɠɚɟɜ. ɂɡɛɪɚɧɧɵɟ ɬɪɭɞɵ. Ɍ.1. – ɋ. 124. 


 312

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish