Kasb-korim adolat



Download 18,83 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi18,83 Kb.
#370972
Bog'liq
Kasb-korim adolat (Автосохраненный)(2)


Kasb-korim adolat

Reja:


I. Kirish: Har ishda adolat yaxshi.

II.Asosiy qism:

1.Adolat bor joyda jamiyat yuksaladi.

2.Kuch – adolatda.

3.Adolatli hukm insonlar taqdirini belgilaydi.

III.Xulosa:Adolatsiz inson jamiyat qurtidir.

Tushkunlikka tushgan insonlar bilan suhbatlashsangiz ularning ko’pchiligi adolatsizlik qurboni bo’ldim deb nolib qoladi. Darhaqiqat, eng rivojlanganmi, eng qoloqmi barcha davlatlarda adolatsizliklar uchrab turadi. Bu holni mutlaq yo’q qilib bo’lmas ehtimol. Lekin kamaytirsa bo’ladi. Qayerda adolatsizlik hukm surar ekan, o’sha joyda insonlar hor-zorlikda, qiyinchilikda yashayveradi. Tarixga bir nazar soladigan bo’lsak, ko’p hollarda eng qudratli davlatlarni adolatli podshohlar boshqarganlar. Misol uchhun, Halifa Umar so’zimizning yaqqol isboti. U zot yurtni noshqargan paytlarda xalq hayotdan mamnun, yurt obod, yuksalish jadal bo’lganligi haqida rivoyatlar talaygina. Ana shu rivoyatlardan birida Halifa Umar oqshomlari davlat ishlarini bajarayotganda davlat hisobidan olingan shamni, o’zing shaxsiy ishlari bilan mashg’ul onlarda esa o’z hisobidan olingan shamni ishlatganligi haqida aytiladi. Bu voqea podshohning xalq mulkini g’oyat adolat bilan sarflaganining yaqqol isboti. Halifa Umar hayotini ana shunday adolat ustiga qurgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Mana shunday adolatli podshohning fuqarolari qanday sadoqatli va mas’uliyatli bo’lganini esa tasavvur qilish qiyin emas.

Biz adolat so’zini eshitsak, avvalo, podshohni, qozini tushunamiz. Lekin hech bir kasbni adolat degan tushunchadan ayrib bo’lmaydi. O’qituvchi adolatsiz bo’lsa, o’quvchilarning holi nima kechadi? Boyroq honadon farzandiga yaxshi muomala, kambag’alroq oila farzandiga yomonroq muomala qilgan o’qituvchi o’quvchilarni bolalik paytidanoq hayotga muhabbatini so’ndirishi, ularni adolatsizlikka o’rgatib qo’yishi mumkin-ku. Yoki adolatsiz shifokor adolatsizligi tufayli bir insonning hayotiga zomin bo’lsa, bu qanday gap bo’ladi? Adolatsiz usta qo’li yupqa oila xonadonining tomini nobop yopsa-yu, tom qulab tushsa, begunoh insonlar adolatsizlik qurboni bo’lib qolmaydimi? Yo bo’lmasa, adolatsiz sudya bir insonni nohaq ayblasa, bu insonning taqdiri nima kechadi? Qaysi sohani olib qaramaylik, barchasida adolat shiorga aylanmog’i, har bir kasb, hunar egasi adolatli bo’lmog’i insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi mumkin ekan.

Adolat bor joyda insonlar erkin nafas oladi, xotirjam uxlaydi. Adolatsizlik degan narsa ham urush degan baloga o’xshaydi. Insonlarni qo’rqitadi, behalovat qiladi, joniga ham zomin bo’lishi mumkin. Jamiyatni esa rivojlanishdan to’xtatib qo’yadi. Jamiyatdagi odamlarning biri ko’p ishlasa-yu, boshqalari oz ishlasa, lekin hammaga xizmat haqqi bir xil berilsa, mehnatkashlar ham yalqovlashib boradi. Ishlagisi kelmaydi. Jamiyat qoloqlashib boradi. Birgina yashin butun boshlik o’rmonlarga o’t qo’yib yuborishi mumkin. Kichik bir adolatsizlik ham katta qayg’ularga sabab bo’lib qolishi hech gap emas. Aslida, ana shunday kichik illatlar katta illatlarni yetaklab keladi. Jamiyatning har bir bo’ginida adolat o’rnatilmas ekan, jamiyat qoloqlashib, yurt vayronaga aylana boradi. Aksincha, har ish adolat tarozisisda o’lchanib qilinsa, bunday yurtdagi insonlar qudratli bo’ladi. Ahil bo’ladi.

“Tarixsiz kelajak yo’q” deganlariday qaysi mavzu bo’lmasin tarixdan misol olaveramiz. Chunki biz qilmoqchi bo’lgan ishlarimizni ota-bobolarimiz o’rnak qilib ketganlar. Adolat haqida gapirar ekanmiz beixtiyor Amir Temur bobomizni esga olamiz. Bu ulug’ zot nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda adolat timsoliga aylanib ulgurgan. Amir Temur bilganki, xalq qo’rqitib emas mehr va adolat bilan boshqarilsa yuksaladi. Ulug’ bobomizning “Loy jangi” dan keyin biror marta mag’lub bo’lmaganining sababi ham shunda emasmi? Nega endi Amir Temur shior qilgan “Kuch – adolatda” degan so’zlarni bizlar hayotimiz mazmuniga aylantirmaymiz. Biz ham ana shu so’zlarni shior qilib yashasak qudratli, kuchli bo’lamiz.



Turib-turib “Adolat o’zi nima?” degan savol paydo bo’ladi. O’ylab-o’ylab adolatga o’zimizcha ta’rif berib ko’ramiz. Adolat bu halollik, mehr-oqibat, olijanoblik, saxiylik va o’ziga hurmat kabi fazilatlar to’plami. Adolat bu adolatni himoya qilishga tayyorlik, garchi bu shaxsiy manfaatlarga to’g’ri kelmasa ham. Adolat bu nima qilish kerakligini tanlashga duch kelgan odamning har doim o’z vijdoniga muvofiq harakat qilishga tayyorligi. Adolat hurmatni ta’minlaydi – hatto past odam ham munosib kishini hurmat qiladi. Adolat adolatli qaror qabul qilish uchun kuch beradi. Adolat erkinlikni beradi. Adolat har bir kishining eng yaxshi fazilatlarini ko’rish va qadrlashga imkon beradi. Adolat umid beradi.

“Adolatsizlikni ko’ra bila turib jim yurish – unda o’zingizning ishtiroksizligingizni anglatadi” degan gap bor. Haqiqatan ham, har bir jamiyat a’zosi adolat uchun kurashmas ekan uning bu jamiyatda o’rni yo’q. 2009-yildan buyon har yilning 20-fevral kuni “Butunjahon ijtimoiy adolat kuni” sifatida nishonlanadi. Mazkur bayramning maqsadi – dunyo hamjamiyati e’tiborini ijtimoiy adolatni rivojlantirish zarurligiga e’tiborni qaratib, qashshoqlik, gender tengsizligi, ishsizlik, inson huquqlariga hurmatsizlik va ijtimoiy befarqlik kabi dolzarb muammolarni birgalikda hal etish bo’yicha sa’y-harakatlarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy adolat shunchaki axloqiy talab emas, balki bu milliy barqarorlik va glabal farovonlikning asosidir. Teng imkoniyatlar, hamjihatlik va inson huquqlarini hurmat qilish davlatlar va xalqlarning ishlab chiqarish salohiyatini har tomonlama rivojlantirish uchun juda muhimdir.
Download 18,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish