Respublikasi oliy va



Download 254,77 Kb.
bet1/36
Sana16.01.2022
Hajmi254,77 Kb.
#377288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
moliyaviy tahlilda axborot tizimlarining orni va ularni boshqarish (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYAVIY BOSHQARUV FAKULTETI
MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI

Shirinov Jahongir Sabirovich


« Moliyaviy tahlilda axborot tizimlarining o’rni va ularni boshqarish»


«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»


«Menejment va marketing» kafedrasi mudiri

i.f.n., dots. O.Jumayev

« » 2014 yil


Bitiruvchi : 5340200 -“Menejment”- ta'lim yo’nalishi

4 -kurs talabasi



Ilmiy rahbar: o’q.S.Mamurov

TOSHKENT 2014

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda, jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali uzatiladigan axborot mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. Iqtisodiyotning globallashuvi, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga itegratsiyalashuvi, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga xavf soluvchi risklarning ortishi, korxonalarning investitsion faoliyatining jadallashishi, boshqaruv organlarining korxonaning moliyaviy holati to’g`risidagi ma`lumotlarga muxtojligi sababli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo’lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy muammolarni echish, mavjud qaltisliklarni oldini olish, xo’jalik jarayonlarida yuzaga kelgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilish, bankrotlik holatlariga yo’l qo’ymaslik masalalari tezkor va samarali moliyaviy tahlil natijasiga bog`liq bo’lib qolmoqda. Tezkor va samarali moliyaviy tahlilni hozirgi zamon talablariga javob beruvchi axborot tizimisiz tashkil qilib bo’lmaydi. Ammo, hozirgi vaqtda moliyaviy tahlilda axbort tizimidan foydalanish bugungi kun talablariga javob bermaydi. Bu sohada echilishi zarur bo’lgan muammolar ko’p. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda moliyaviy tahlilga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, moliyaviy tahlildan foydalanishning bugungi holatini yaxshilash, moliyaviy tahlilni haqqoniy ma`lumotlar bilan o’z vaqtida ta`minlash hamda moliyaviy tahlil jarayonlariga axbort texnologiyalarini jalb qilish masalalari o’ta dolzarb hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining ma`ruzasida 2013 yil yakunlari bo’yicha yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari – 8,8 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 11,3 foizga oshganligi, investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,7 milliard AQSH dollariga yaqin bo’lgan 150 ta ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirilganligi taakidlangan1.







  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi,Xalq so’zi, 2014 yil 18 yanvar

Darhaqiqat, 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishilgan yutuqlarda moliyaviy tahlilning, shuningdek moliyaviy tahlilga xizmat qiluvchi axborot tizimining o’rni katta. Aynan moliyaviy tahlil tufayli iqtisodiyotga investorlarni jalb qilish, korxonalarni bankrotlik holatidan saqlash, moliyaviy holatini yaxshilash masalalari hal qilingan.

Shu ma`noda, bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu moliyaviy menejment sohasida dolzarb bo’lgan mavzulardan biriga bag`ishlanganligi shub`hasiz.

Moliyaviy tahlilda axbort tizimining ahamiyati va uni boshqarish masalalari ko’plab chet mamlakat va respublikamiz olimlari tomonidan o’rganilib chiqilgan. Respublikamizning taniqli olimlari I.T.Abdukarimov, M.M.Pardaev, M.M.Tulaxujaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar, F.Qilicheva, O.Kenjaboev, O.Olimjonov, Q. Yaxyoev, N.Haydarov, X.Sobirov, va boshqalar o’zlarining ilmiy ishlarida, o’quv qo’llanmalarida mavzuning ayrim jihatlari yoritgan. SHunday bo’lishiga qaramasdan, moliyaviy tahlilda axborot tizimining o’rni va uni boshqarish mavzusida echilishi talab qilinuvchi muammolar ko’p.


Download 254,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish