1. Sog’liqni saqlash sohasidagi qonunchilik asoslarining umumiy qoidalari



Download 58,55 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi58,55 Kb.
#919347
  1   2   3

Mavzu: Sog’liqni saqlash sohasidagi qonunchilik asoslari.
Reja:

1.Sog’liqni saqlash sohasidagi qonunchilik asoslarining umumiy qoidalari.


2. Fuqarolarning sog’lig’ini huquqiy jihatdan muhofaza qilish.


3. Fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish.



1.Sog’liqni saqlash sohasidagi qonunchilik asoslarining umumiy qoidalari.

1-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik


Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikdagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
3-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi;
profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag‘ bilan ta’minlanishini;
sog‘liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini ta’minlash ustidan nazoratni;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlari ko‘rilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi o‘rnatilishini;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug‘urtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko‘rsatishda va ularni dori vositalari bilan ta’minlashda imtiyozlar belgilashni;
(4-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
(5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi) barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tashkil etadi;
tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida nizom”.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta’minlash;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
Birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini ta’minlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
(6-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
sog‘liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta’minlashning o‘z manbalarini shakllantirish;
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta’minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko‘rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash;
(6-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta’limi berishni tashkil etish;
sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish;
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.
8-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bepul tibbiy yordam ko‘rasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan davlat budjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-sonli qarori bilan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova).
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlarni tarqatish, hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi (ro‘yxat raqami 639, 18.02.1999-y.).
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashhis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan belgilangan.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
9-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari quyidagilardan iborat:
davlat budjeti mablag‘lari;
tibbiy sug‘urta mablag‘lari;
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga mo‘ljallangan maqsadli fondlarning mablag‘lari;
davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam ko‘rsatganlik uchun va pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun olingan mablag‘lari;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sog‘liqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari;
banklarning kreditlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(9-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, ro‘yxati, ularni ko‘rsatish tartibi hamda kompensatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibining V-bo‘limida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy davolash-profilaktika muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “1998-2005-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi”ning 2 bo‘limi.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo‘yish hamda davolash vositalaridan foydalaniladi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritishi hamda statistika ma’lumotlarini taqdim etishi shart.
(10-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi O‘RQ-246-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 148-modda)
Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti”, “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash pasporti”, va “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash pasporti”.
(11-moddaning nomi va ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
12-modda. Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi
Aholining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi qonunchilikka muvofiq davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan sanitariya-gigiyena yo‘sinidagi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi orqali ta’minlanadi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi hujjatlar qabul qilingan: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-son Qonuni, O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni, O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 26-martdagi PQ-4649-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori.

Download 58,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish