291
maqomi, tashkiliy tizimi va tuzilishi hamda Nizomi tasdiqlandi. Ushbu
Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqaro mudofaasi shtabi va
armiya safidan tashqari xizmat maxsus boshqarmasi negizida tashkil
etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari vujudga kelishida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi
qarori alohida ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra, sobiq Ittifoq Qurolli
Kuchlarining respublikamiz hududida joylashgan barcha qismlari, harbiy
o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari hamda boshqa harbiy tuzilmalari
O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Shu tarzda O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida zamonaviy ma’rifiy
davlatlarga xos demokratik, adolatli norma mustahkamlandi, ya’ni
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlariga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan «Mudofaa to‘g‘risi-
da»gi qonunning qabul qilinishi (1992-yil 3-iyul) yuqoridagi konstitut-
siyaviy normani konkretlashtirishda, Qurolli Kuchlarni shakllantirilishi,
mustahkamlanishi va boshqaruvini takomillashtirishda muhim ahamiyat-
ga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 1992-yil iyulda «Umumiy harbiy majburiyat
va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi hamda «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi
qonunlar qabul qilindi.
Qurolli Kuchlarni mamlakat miqyosida joylashtirish Respublika Oliy
Bosh Qo‘mondoni (ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti)
rahbarligida Mudofaa vazirligi, uning Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi hududini, chegaralarini, havo chegaralarini ishonchli
himoya qilinishini nazarda tutuvchi strategik reja, harbiy doktrina
talablari, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qo‘shinlarni
jang oldidan safarbar etib joylashtirish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarni tuzish «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga
oshiriladi. Qurolli Kuchlarni tuzish harbiy xizmatga shu hududdan va
hudud tashqarisidan chaqirishni uyg‘unlashtirgan holda olib boriladi.
Armiyani
saqlab turish, moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash
davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Mudofaaga ajratiladigan
mablag‘lar miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan tasdiqlanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq Qurolli Kuchlar
tizimi xodimlari daromad solig‘iga tortilmaydilar. Shuningdek, mudofaa
ehtiyojlari uchun davlat buyumlarini bajarish soliqni kamaytirish yoki
292
undan
ozod qilish, kredit berish va boshqa imtiyozlar bilan
rag‘batlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarish respublika
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandiga
muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
qo‘mondoni hisoblanadi.
Mamlakat mudofaasiga oid ishlarni tashkil etish, Qurolli Kuchlarning
harbiy tayyorgarlik va moddiy-texnikaviy sohasidagi ehtiyojlarini
ta’minlash masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ham muayyan vakolatlarga ega.
O‘zbekistonning xavfsizligi va ishonchli mudofaasini ta’minlashda
1997-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun muhim qadam bo‘ldi.
Konsepsiyada
diniy ekstremizm, millatlararo va etnik ziddiyatlarning
kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro qurolining tarqalishi, xalqaro
terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalarning
tarqalishi hamda ekologik tanazzul ko‘rinishidagi mintaqaviy va yalpi
tahdid mavjudligi ta’kidlangan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishi bilan davr ruhiga
mos bo‘lgan demokratik davlat va huquqiy tizim shakllandi. Diyorimizda
davlat va huquqning shakllanish hamda rivojlanish tarixini xolisona va
har tomonlama ilmiy tahlil qilish, uning natijasi o‘laroq
obyektiv
xulosalar chiqarish va chuqur o‘rganish orqali yosh avlodni Vatanga
muhabbat, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalash, siyosiy-huquqiy tariximiz
yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquq tizimini
takomillashtirishda foydalanish tarixda uchragan kamchiliklarning
takrorlanmaslik choralarini ko‘rish, qolaversa, boy va betakror tariximizni
jahon jamoatchiligi nigohida namoyish qilish bugungi kundagi alohida
ahamiyatga molik ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: