O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining shakllanishi



Download 90,5 Kb.
bet1/6
Sana14.04.2022
Hajmi90,5 Kb.
#551803
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston milliy huquqiy tizimining shakllanishi


O‘zbekiston milliy huquqiy tizimining shakllanishi


Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining shakllanishi


  2. Jinoyat huquqi tarmog‘i huquqning an’anaviy sohasi.

  3. Huquqiy tizimning shakllanishi va takomillashuvi


O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining shakllanishi


O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, mohiyati va mazmuni jihatidan tamomila yangi milliy huquqiy tizim shakllantirildi. Huquqiy tizim mamlakatimizda suveren davlatning qaror topishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishi barobarida unga muvoziy tarzda shakllandi.
Huquqiy tizim jamiyatda amal qiluvchi normativ tizimlar ichidagi eng murakkab hodisadir. Mamlakat huquqiy tizimi jamiyatdagi barcha huquqiy institutlar, normalar, prinsiplar, jarayonlarning o‘zaro aloqador bir butun yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, milliy huquqiy tizim muayyan davlatning ichki huquqi (barcha normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi), tarixi, iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquq tizimi1, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, huquqiy munosabatlar, huquqiy siyosat, huquqiy amaliyot kabilarni qamrab oluvchi doimiy harakatdagi rivojlanishdagi ijtimoiy-huquqiy voqelikdir.
O‘zbekistonda huquq tizimini tashkil etuvchi an’anaviy va bir qator yangi huquq sohalari (tarmoqlari) qaror topdi va rivojlandi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: fuqarolik huquqi, mehnat huquqi, oila huquqi, yer huquqi, suv huquqi, ekologiya huquqi, moliya huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, fuqarolik-protsessual huquqi, xo‘jalik-protsessual huquqi kabi an’anaviy tarmoqlar, shuningdek, tadbirkorlik huquqi, bojxona huquqi, bank huquqi, soliq huquqi, xalqaro huquq kabi yangi huquq tarmoqlari.
Milliy huquqiy tizimning normativ asosini Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Mustaqil taraqqiyotimizning yigirma yili mobaynida 750 dan ziyod qonunlar, shu jumladan 6 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 4400 dan ortiq Prezident farmonlari, 9600 ta Hukumat qarorlari va 2320 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ aktlari qabul qilingan.
Yaratilgan qonunchilik hujjatlari jamiyatimizning siyosiy tizimi, shu jumladan davlat idoralari faoliyatini, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayoti sohasidagi muhim munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. Huquqiy tizimning o‘zagini 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etdi.
Konstitutsiya qabul qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni ta’kidladi: «…oldin tasdiqlangan qonunlarimizni ham yangi Konstitutsiya ko‘zi-nazari bilan qarab, boshqatdan ko‘rib chiqishimiz zarur, ularni tub islohotlar manfaatlariga moslashtirish lozim»2.
O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy tizimi shakllanishining tarixiy xronologiyasi va dinamikasini yaqqol tasavvur qilish uchun qonunchiligimizning bosqichma-bosqich yaratilishi va rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ta’kidlab o‘tish lozim.
Avvalo, respublikamizda mavjud barcha normativ-huquqiy aktlar Konstitutsiya asosida qayta ko‘rib chiqilib, isloh qilina boshlandi. Shu bilan birga, huquqiy tizimning barcha sohalari bo‘yicha yangi qonunlarni yaratish avj oldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashi mustaqillik yillari mobaynida o‘n bitta sessiya o‘tkazdi. Parlament 1991-yilning avgust-dekabr oylarida – 13 ta qonun, 1992-yil davomida – 52 ta qonun, 1993-yilda – 53 ta qonun va 1994-yilda – 22 ta qonun qabul qildi. Shu chaqiriqda yaratilgan jami qonunlar soni 145 tani tashkil etib, ulardan 98 tasi yangi qabul qilingan qonunlar, 47 tasi esa amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kirituvchi hujjatlar edi. Yangi saylangan birinchi chaqiriq Oliy Majlis 1995–1999-yillar mobaynida o‘n beshta sessiya o‘tkazib, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 138 ta qonun, 468 ta qaror qabul qildi. Bu davrda 216 holatda amaldagi qonunchilikka qo‘shimcha, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritildi3.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlis, jumladan quyidagi muhim qonunlarni qabul qildi: O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi to‘g‘risida, Konsessiyalar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995–1996-y.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995-y.), Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida, Davlat mukofotlari to‘g‘risida, Markaziy bank to‘g‘risida, Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida, Erkin iqtisodiy zonalar, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, Deputatlarni chaqirib olish, Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, Mualliflik va turdosh huquqlar, Noshirlik faoliyati, Buxgalteriya hisobi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari, Siyosiy partiyalar, Notariat, Advokatura, Davlat uy-joy siyosatining asoslari, Atmosfera havosini muhofaza qilish, Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Tabiiy monopoliyalar, Axborot olish kafolatlari va erkinligi, Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish, Shahar yo‘lovchilar transporti, Ta’lim, Davlat bojxona xizmati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, Ommaviy axborot vositalari, Fermer va dehqon xo‘jaligi, Chet el investitsiyalari, Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari, Davlat yer kadastri, Avtomobil transporti, Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati, Reklama, Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari, Lizing, Nodavlat notijorat tashkilotlar, O‘rmon to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Jinoyatijroiya kodeksi, Xo‘jalik-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodeksi, Yer kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi va boshqa qonunlar.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish