Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 1-курс талабалари учун



Download 26,5 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi26,5 Kb.
#69339
Bog'liq
Huququiy ong


ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ

ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ

1-курс талабалари учун

Модуль номи: Davlat va huquq narariyasi

Иш тури: Оралиқ назорат

Ўтказилган сана: 11.05. 2020 й.

Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади (оралиқ назорати бир мартадан ортиқ ўтказилганда, умумий балл тегишли сонга бўлинади):



Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос келиши

0

1

2

3

4

5



Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг илмий қарашлари ҳамда ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида ижодий баён қилинганлиги

0

1

2

3

4

5



Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги, уларнинг тўғри қўлланилганлиги ва шарҳланганлиги

0

1

2

3

4

5



Грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг мавжуд эмаслиги

0

1

2

3

4

5

Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:

Умумий балл



Текширувчи имзоси:___________

















































_______________________ __________

Талабанинг Ф.И.О. Курс

Модул номи Davlat va huquq nazariyasi



_________________

Талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________

№1 Kazus


Huquqiy ong deganda, kishilarning huquq haqida tushuncha va bilimlarga ega boʼlishi, shuningdek huquq borasidagi tasavvurlarning inson ongida aks etishi tushuniladi. Murakkab ruhiy hodisa boʼlgan huquqiy ong ikki qismga: huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatga ajratiladi. Bu kategoriyalarning har qaysisida huquqiy hodisalar oʼziga xos aksini topadi.

Huquqiy ongning tuzilishini atroflicha muhokama qiling.



Huququiy ong

Reja:

  1. Huquqiy ong tushunchasi.

  2. Huquqiy ong tarkibiy qismlari.

  3. Huquqiy ong turlari.

  4. Huquqiy ong funksiyalari.

  5. Xulosa.

Huquqiy ong, bilim va madaniyatga ega bo‘lish jinsi, tili, Yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega. “Har bir fuqaro, har bir inson o‘z haq-huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart. Toki, jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi”.1

Huquqiy ong ijtimoiy ongning shaklidir (siyosiy, axloqiy, diniy, milliy, ilmiy ong ham ijtimoiy ongga kiradi). Ammo, huquqiy ong ijtimoiy ong ichidagi nisbiy mustaqillik bilan tavsiflanadi:



  1. Huquqiy ong nafaqat hozirgi ijtimoiy munosabatlar holatni aks ettiradi, balki ularning rivojlanish tendentsiyalari. Ijtimoiy munosabatlarning avans aks ettirilishi ob'ektiv qonunlarni bilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

  2. Huquqiy xabardorlik boshqalar bilan o‘zaro ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ong shakllari, ularning ta'sirini his qilish. Bir-biri bilan o‘zaro munosabat, ijtimoiy ong shakllari muvofiq ravishda maqsadlar, xulq-atvor standartlarini birgalikda belgilab bu bilan sub'ektlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishlari kerak. Ayniqsa, huquqiy ong va axloqiy ongning o‘zaro ta'siri, axloq darajasining pasayishi huquqiy ongga juda salbiy ta'sir qiladi: qonunga beparvolik paydo bo‘ladi, axloqiy omillar to‘xtaydi.

  3. Huquqiy ong ijtimoiy munosabatlarga teskari ta'sir ko‘rsatadi, faol kuch sifatida harakat qiladi, ijtimoiy o‘zgarishlarni aniqlanga qodir bolib, ularni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi.

Umumiy qilib aytganda bu qonunga bo‘lgan munosabatdir. Yuridik fanlar doktori, dotsenti N. P. Azizovning “Davlat va Huquq nazariyasi” kitobida quyidagicha ta’rif berilgan.

Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.

Huquqiy ong: birinchidan, huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbaidir; ikkinchidan, huquqni ijtimoiy voqelikka tatbiq etishning zarur omillaridan biridir; uchinchidan, shaxslarning xulq-atvori huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushinib olishga ko‘maklashadi, baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.2

Huquqiy ongning mazmuni uning baholash xususiyatiga bog‘liq. U qonun ustuvorligi nima bo‘lishi kerakligini, amaldagi qonunchilik talablarga mos keladimi-yo‘qligini belgilaydi. Huquqiy ong qonunga rioya qilish yoki rioya qilmaslikning ma'lum bir munosabatini ham keltirib chiqaradi.

Huquqiy ong ikki asosiy tarkibiy elementlardan tashkil topgan:



  1. Huquqiy ruhiyat.

  2. Huquqiy mafkura.

Huquqiy ruhiyat - bu huquqqa bo‘lgan munosabat hissiy darajada bo‘lishi, misol uchun: kayfiyat, his tuyg‘ular, his tuyg‘ular shaklidir.

Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash, u bilan dastlabki tanishuv boshlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgandek huquqiy ruhiyat bu hissiyot, his tuyg‘u bo‘lib, aynan shu hissiyotlar birlashib ijtimoiy ongda huquqiy ruhiyat muhitini tashkil etadi. Masalan yangi qonunlarni qabul qilib eski qonunlarni bekor qilinishidan hursan bo‘lish yoki hafa bo‘lish, huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlarida rozi yoki norozi bo‘lish, huquq normalariga loqayd musosabatda bo‘lishdir.

Huquqiy mafkura - bu fikrlar, huquqiy qarashlar, ilmiy tushunchalar, qonunga munosabatni bildiruvchi nazariyalar voqelikning ifodalash va uni baholash.

Huquqiy madaniyat - jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan xalqning xabardorligi darajasi, xalqning huquq normalariga rioya qilishi va huquq normalarini bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishidir.



Huquqiy mafkura – bir safga tizilgan ilmiy qoidalar, g‘oyalar, nazariyalar majmui bo‘lib, ular birgalikda huquqiy tizimning rivojlanish holatini aks ettiradi.3 Agar negizida kishilarning ruhiy kechinmalari yotadigan huquqiy ruhiyatga taqqoslaydigan bo‘lsak, mafkura undan yaxlit ijtimoiy tuzilma sifatida huquqning maqsadga yonaltirilgan ilmiy, falsafiy anglanishi bilan farq qiladi.

Huquqiy mafkura huquqni bilish darajasi va tabiatiga ko‘ra huquqiy ruhiyatdan ancha yuqori turadi. Agar huquqiy ruhiyat huquqiy hodisalarning tashqi, ko‘pincha hissiy jihatini, muayyan bir qismini qayd etadigan bo‘lsa, huquqiy mafkura huquqning mohiyatini, ijtimoiy mazmunini, tabiatini ochib berishga, uni mukammal madaniy-tarixiy falsafa va aqida ko‘rinishida taqdim etishga intiladi.

Huquqiy ong murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanib, subyektlar nuqtai nazaridan huquqiy ong odatda uch turga bo‘linadi:


  1. Oddiy huquqiy ong - o‘z-o‘zidan vujudga keladi va insonning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bogʼliq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi.

  2. Ilmiy huquqiy ong - ijtimoiy-huquqiy haqiqatni u yoki bu darajada to‘gʼri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi.

  3. Kasbiy huquqiy ong - huquqiy oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olish natijasida shakllanadi, so‘ngra huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi.

Oddiy huquqiy ong – bevosita odamlarning hayotiy shart-sharoitlari ularning hayotiy tajribalari asosida shakllanadi. Unda ruhiy elementlar – hissiyotlar, ehtiroslar katta rol o‘ynaydi.

Professional huquqiy ong (kasbiy) – professional huquqshunoslar, ya’ni maxsus ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalari huquqiy onggidir. Huquqshunoslar uchun huquqiy tayyorgarlik katta ahamiyatga ega.

Ilmiy huquqiy ong – huquqni tizimga solib, nazariy o‘zlashtirishda ifodalanuvchi g‘oyalar, konsepsiyalar, qarashlardan iborat. Jamiyatda huquq, qonun hujjatlari, siyosiy-konstitutsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish yo‘llarini belgilashda ilmiy huquqiy ongga keng ustvorliklar berilgan.

Huquqiy ong funksiyalari – shaxsni doirada ijtimoiy faol yurish turishiga ta’sir etuvchi asosiy yo‘nalishlar tushiniladi. “Huquqiy ong funksiyalari” tushunchasi ni uning sukyekti faoliyati natijasida yuzaga keladigan tizimlashga g‘oyalar sifatida ta’riflash mumkin.4

Huquiy ongning uchta funksiyasi mavjud, U. Tadjihanovning kitoblarida huquqiy ongning gnoseologik, boshqaruv va huquqiy shakllantirish funktsiyalari alohida shaklda ajratib ko‘rsatiladi.



  1. Axborot olish funksiyasi.

  2. Baholash funksiyasi.

  3. Tartibga solish funksiyasi.

  4. Gnoseologik funksiya.

  5. Huquqiy ongning o‘zini-o‘zi boshqarish funksiyasi.

  6. Huquqiy ongning shakllantirish funksiyasi.

Аxborot olish funktsiyasi jamiyat barcha aʼzolarining turli shakldagi huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot olish funktsiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan: birinchidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan, qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish jarayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy tasavvurlar shaklida ifoda etadi; uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish jarayoni hisoblanib, huquqiy gʼoyalar, tushuncha va eʼtiqodlar uning mahsulidir.

Baholash funktsiyasi huquqiy ongning o‘sishi natijasida insonlarning huquqiy va huquqqa zid bo‘lgan ko‘rinishlarni birbiridan ajrata olishishga erishishiga xizmat qiladi.

Tartibga solish funktsiyasi esa, shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishi, ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini taʼminlaydi.

Gnoseologik funktsiya obʼektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni bilishni tavsif etadi. Boshqaruv – o‘z feʼl-atvorini huquq talablari bilan qiyoslash vositasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishdir.

Huquqiy ongning o‘zini boshqarish funktsiyasi inson orzuintilishlarini oqilona ro‘yobga chiqarish huquqiy ongning amaliy tomoni hisoblanib, u iroda orqali amalga oshiriladi. U huquqiy bilimlarni aniqlash, ichki tuygʼular bilan mavjud huquqiy eʼtiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish va qarorni ijro etish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Huquqiy ongning shakllantirish funktsiyasi – o‘z xulqi hatti-harakatlarini shakllantirish, uyushtirish, tashkil etishdan iborat bo‘lib, u juda muhim hisoblanadi.5

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki huquqiy ong bu kishilarning huquq haqida tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek huquq borasidagi tasavvurlarning inson ongida aks etishi, fuqorolarning huquq normalariga bo‘lgan munosabatlari, murakkab hodisa hisoblanadi va tushuniladi. Huquqiy ongning o‘zini turlari va funksiyalari mavjud. Shu mavzu bo‘yicha huquqiy ongning turlari, funksiyalari, uning kelib chiqish va rivojlanish muhitini, fuqorolarining huquqga munosabatlarini o‘rganib chiqdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Одилқориев, Тультеев, Тошкент, 2009

  2. “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Н. П. Азизов, Тошкент, 2018

  3. Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaatlari har narsadan ulug’. – T., 1998.

  4. “Общая теория государства и права”, Наумова, Мордовца, Касаевой, Саратов, 2018

  5. “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Сабуров, Сайдуллаев, Тошкент, 2011

Foydalanilgan web sahifalar:

  1. Wikipedia.ru

  2. Ziyo.net



1 Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaatlari har narsadan ulug’. – T., 1998. – B.59

2 “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Н. П. Азизов, Тошкент, 2018.

3 “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Н. П. Азизов, Тошкент, 2018. – 99-б.

4 “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Н. П. Азизов, Тошкент, 2018. – 99-б.

5 “Давлат ва ҳуқуқ назарияси”, Одилқориев, Тультеев, Тошкент, 2009 – 294-б.

Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish