Nodavlat- notijorat tashkilotlar dastlab o‘zini-o‘zi boshqarilishi asosida, ya



Download 36,69 Kb.
Sana06.01.2020
Hajmi36,69 Kb.
#32161
Bog'liq
Nodavlat

Nodavlat- notijorat tashkilotlar dastlab o‘zini-o‘zi boshqarilishi asosida, ya

i fuqarolik jamiyatini mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashni taminlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘ldi. XX asrga kelib, nodavlat va notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy institutlaridan biriga aylandi.

O‘zyuyekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorattashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi nortmativ-huquqiyhujjatlar to‘plamida takidlanishicha, “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (azolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotidir” . [1]Darhaqiqat, nodavlat tashkilotida mulk davlatga mansub emas. Davlatga mulk mansub bo‘lmaganligi uchun nodavlat tashkiloti deb yuritiladi. Shu bilan birgalikda notijorat tashkilotida olingan daromad (foyda)ni ishtrokchilar o‘rtasida taqsimlaydi.

Bu tashkilotlar o‘zini-o‘zi boshqaradi, lekin o‘z faoliyatini qonun doirasida amalga oshiradi. O‘zini-o‘zi boshqarishda o‘zlari ishlab chiqargan nizom va qonunga asoslanib o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Masalan, masuliyati cheklangan jamiyatda ishtorokchilari (tasischi) o‘rtasida bo‘linadi, notijorat tashkilotlarida esa olingan foyda tasischilar o‘rtasida bo‘linmaydi. Ular faqat maosh olib ishlaydilar, yuzaga kelgan foydani o‘zlarining funksiyasini bajarishga ishlatadi. Masalan, salomatlik markazi o‘zining olib borgan faoliyatida yuzaga kelgan foydani tasischilar o‘rtasida bo‘lmasdan, aholi salomatligini mustahkamlashga mo‘ljallangan o‘z funksiyasini bajarishga ishlatadi.

Darhaqiqat, nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilishi, ijtimoiy, madaniy va ma ifiy maqsadlarga erishish. Ma

aviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Chunonchi, fuqarolik jamiyatining asosi- jomoat tashkilotlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov takidlaganidek, “Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolik yig‘inlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahallalar soni 10 mingdan ortiq tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi”, “Sog‘lom avlod assotsiatsiyasi” va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin. Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgan sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan tasirchan jamoatchilik nazorati amalga oshirishdagi roli tobora oshib bormoqda” . [2]

Shu bilan bir qatorda fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyalaridan biri – bu nodavlat tizimdagi barcha jamoat tashkilotlariga azolikning ixtiyoriy shaklda bo‘lishidir. Bu qoida, birinchidan, shu jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat azolarining ijtimoiy ongi va faolliklari yuksakligini bildiradi. Eng muhimi, har bir fuqaro o‘zi kirmoqchi bo‘lgan tashkilot faolitida o‘zining manfaatlari va ehtiyojlariga mos maqsadlarga erishishga ishonch hosil qilgandan so‘nggina shu tashkilotga ixtiyoriy ravishda azo

bo‘la oladi. Shu bilan bir qatorda, har bir inson jamiyatdagi o‘z o‘rnini bilishi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb bilishi lozim.

Nodavlat tashkilotlari ko‘nglli asosdatuzilganligi, mavjud qonunlar va o‘z nizom qoidalariga ko‘ra mustaqil faoliyat ko‘rsatishi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan taminlashi bilan ajralib turadi.

Fuqarolik jamiyati har doim u yoki bu maqsad va g‘oyalar uchun aholini jipslashtirib, birlashtirib kelgan. Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida nodavlat va jamoat tashkilotlarini rivojlantirishdan maqsad ham jamiyat azolari manfaatlarining muvozanatini taminlash va himoya qilishdan iborat. Shuning uchun ham nodavlat, notijorat tashkilotlari Yurtboshimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek, “Faqat xayriya va muruvvat masalalariga aylanib qolmay, yana bosh vazifa – eng avvalo demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdan” [3]iboratdir deb uqtirdi.

Nodavlat va notijorat tashkilotlarining rivojlangan tizmi jamiyatda manfaatlar uyg‘unligini qaror toptirish va mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Bu o‘z yo‘li bilan davlat tuzilmalari faoliyatini ham muayan ma

oda to‘ldirib,butun jamiyatda malum bir muvozanatni taminlovchi vosita sifatida ham bajarishga olib keladi.

Shunday qilib, “Ma

aviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘atida” ifodalanishicha, nodavlat tashkilotlari davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo malum qonunlar yoki meyoriy hujatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilma hisoblanadi. Hozirgi kunda ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Aholining ayrim yoki muayan yirik toifalarning ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslashgan,hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy”, jamg‘armalari, xotin-qizlar qo‘mitasi, nogironlar uyushmasi, “Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati kiradi. 2. Ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar. Ularga “Ekosan”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Amir Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash”, “Orolni qutqarish” jamg‘armalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” kabi tashkilotlar kiradi. 3. Hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar. Shaxs huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi, huquqiy yordam ko‘rsatish jamiyati kabilar ushbu guruhni tashkil etadi.

4.Ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari, masalan, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, kinomatografchilar, shuningdek, sudyalar va advakotlarning jamoat tashkilotlari.

5. Milliy madaniyat markazlari. Ular O‘zbekistonda yashovchi milliy jamoalar vakillarining madaniyati, ma

aviyati, urf-odatlarini saqlab qolish maqsadida tuzilgan tashkilotlar hisoblanadi.

6. Umummilliy jamiyatlar va jamg‘armalar. Bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, talabalar jamg‘armalari shular jumlasidandir.

7. Ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan va ijodiy qiziqishlar bilan bog‘liq, asosan, ekologiya masalalari bo‘yicha mahalliy birlashmalar, ularga sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar ota-onalarining birlashmalari kiradi.

8. Jamoat muassasalari. Bu guruhga “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar, shuningdek, Samarqanddagi mushkul vaziyatlarda ayollar va o‘smirlarga ruhiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi “Sabr” ishonch markazi kabi hukumatga qarashli bo‘lmagan mahalliy ijtimoiy muassasalar kiradi. Qisman hukumatga qarashli holda (davlatning tashkiliy va moddiy-moliyaviy qo‘llab quvvatlashi yordamida) tuzilgan qator jamg‘arma, markaz va jamiyatlarning hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga aylanishni tendensiya sifatida e irof etish mumkin.[4]

Darhaqiqat, “Rahbarshunoslik va boshqaruv fanlari. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot” kitobida nodavlat tashkilotlarining xususiyatlarini quyidagicha ifodalangan: ya

i nodavlat tashkilotlar – muayan tashkiliy maqsadlarni ro‘yobga oshirish niyatida darhol o‘zaro aloqalar o‘rnatuvchi kishilar guruhidir. Uning alohida xususiyatlari:

• Xuddi davlat tashkilotlari kabi, nodavlat tashkilotlari ham muayan tashkiliy maqsadlarga erishish niyatida shakllantiriladi;

• Yirik tashkilotlarning tarkibida bir necha nodavlat tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi yagona tarmoqqa birlashtiriladi;

• Nodavlat tashkilotlarda insoniy munosabatlar maxsus qayd qilingan qonun-qoidalarga asoslanadi;

• Odamlarni nodavlat tashkilotlarga kirishga undovchi asosiy sabablar: bironta ijtimoiy guruhga mansub bo‘lish ehtiyoji, o‘zaro yordam berish,ijtimoiy (kasbiy) jihatdan muhofazalanish, yaqinroq aloqalar o‘rnatish, kishilarning bir-birini xush ko‘rishi.

Nodavlat tashkilotlarning asosiy belgilari.

• Ijtimoiy nazorat. Ushbu maqsad yo‘lidagi dastlabki qadam turli xil meyorlarning belgilanishida o‘z ifodasini topadi. Aniq ijtimoiy guruhga mansub bo‘lishlikni istagan kimsa belgilab qo‘yilgan ijtimoimy meyorlarga amal qilishi lozim. Belgilangan meyorlarni mensimaslik salbiy oqibatlarga olib keladi.

• Har qanday o‘zgartirishlarga qarshilik ko‘rsatish. Ushbu holatda kuzatiladi: ijtimoiy guruhning mavjudligiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, umumiy manfaatlarga, ijobiy his tuyg‘ularning ifodalanishiga tahdid tug‘dirsa.

• Tashkilotlardagi nodavlat yetakchi (lider)lar. Ikki xil funksiyalarni bajaradi: tashkiliy masalalarga erishishga yordam beradi, ijtimoiy aloqalarni taminlab turadi [5]

Jamiyat taraqqiyotida nodavlat tashkilotlarning salbiy va ijobiy tasiri mavjud.

Salbiy tasiri:

• Nodavlat aloqa kanallari bo‘ylab soxta malumot (mish-mish)larning tarqatilishi tufayli personalning tashkilot rahbariyatiga munosabati keskin tarzda salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin.

• Ijtimoiy guruh doirasida qabul qilingan normalar ish unumdorligiga salbiy tasir ko‘rasatishi mumkin.

• Tashkiliy o‘zgartirishlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatish tamoyili oxir oqibatda innovatsion jarayonlarga jiddiy to‘sqinlik qilishi hech gap emas.

Ijobiy tasiri

• Ijtimoiy guruhga mansublikning shaxs uchun ahamiyatliligi bora-bora tashkilotga nisbatan sadoqat tuyg‘usiga aylanishi mumkin;

• Nodavlat guruhlarningfaoliyat maqsadlari tashkilotning maqsadlari bilan mos kelishi, iqtisodiy samaradorlik meyorlari esa tashkiliy samaradorlik meyorlaridan yuqori bo‘lishi mumkin. Natijada ish unumdorligi yuksaladi.

• Nodavlat va davlat aloqa uzatish kanallarining o‘zaro birlashtirilishi kommunikatsiya tizimining faoliyatini yuksalatirishi mumkin. Nodavlat tuzilmalarning faoliyatini boshqarishga oid ayrim tavsiyalar:

• Tashkilot doirasida amal qiluvchi nodavlat tuzilmalarning faoliyatini bo‘g‘ishga urinmaslik kerak, zero, bunday hatti-harakatlar davlat tashkilotining o‘ziga ham ziyon yetkazadi.

• Nodavlat tuzilma va guruhlarning fikr mulohazalari bilan hisoblashmoq lozim.

• Tashkiliy boshqaruv qarorlarini tayyorlash chog‘ida nodavlat tuzilmalarning manfaatlarini albatta inobatga olmoq darkor.

Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini taminlash shuningdek, ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini taminlash maqsadida davlatning “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi va u mamalkatda jamiyatni rivojlantirishning asosiy tamoyiliga aylandi. Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkinlashtirish, masalalari mazkur dastur qabul qilingandan keyin yanada dolzarbahamiyat kasb eta boshladi.

Reja:

1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tushunchalarining mazmun va mohiyat.



2. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funktsiyalari

3. Nodavlat va jamoat birlashmalarining O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati

4. O’zbekistonda demokratik jamiyatni qurishda siyosiy partiyalar va ko’ppartiyaviylik
1-savol.Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).

Mamlakatda XX asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” kontseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:

-birinchidan, jamiyat a'zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma'naviyati va bilimi yuksak darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e'tibor berish;

-ikkinchidan, jamiyat a'zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;

-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;

-to’rtinchidan, jamiyat a'zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish;

-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta'sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish;

-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a'zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.

Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya'ni, davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini o’rganish talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar va guruhlarning siyosiy ehtiyojlari va manfaatlarini uyg’unlashtirish, ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchaydi.

Ma'lumki, manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti-harakatlarini belgilovchi sabablardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs “hokimiyatga intilish inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi - shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir” (Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Fromm E. Begstvo ot svobodo': Pre.s.ang./ Obh, red. i. poslesl. P.S.Gurevicha -M.: Progress, 1989, s.16-17), deb ko’rsatgan edi. Gegel esa: “inson o’z ozodligini hayotga tadbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat - men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimning sub'ektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bo’lish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishim lozim” (Gegel G.V.V. Filosofiya prava. -M.: Mo'sl, 1990, s.418 ), - deb ko’rsatgan edi.

Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin.

Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.

Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.

Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.

Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki. Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.).

Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.


2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko’riladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi.

Manfaatlar guruhlarining yana bir funkoiyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).

Manfaatlar guruhlarning yana bir funkoiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega bo’ladi.

Siyosiy manfaatlar xarakteri siyosiy tuzumga nisbatan turlichadir. Siyosiy manfaatlar tuzumni o’zgartirish, uni modernizaoiya qilish, shuningdek, mavjud tuzumni barqaror saqlashga yo’naltirilishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan esa manfaatlarning xarakteri progressiv, reakoion va mo’'tadil shakllarda ifodalanadi.

Siyosiy manfaatlar xarakterini ifodalash uchun odatda siyosiy yo’nalishlarga nisbatan «ultraso’l», «so’l», «so’l mo’'tadil», «mo’'tadil», «o’ng mo’'tadil», «o’ng va ultrao’ng» tushunchalari ishlatiladi. Tashkilotlarga nisbatan esa «davlat», «siyosiy partiya», «jamoat tashkilotlari», «jamoat harakatlari» va individlar tushunchalari qo’llanadi (Politologiya v logicheskix sxemax i tablioax. Avt.-sost. V.A.Varo'vdin. Pod.red.A.V.Mironova. -M.: Soo.-polit.jurn., 1995, s.55.).

Hozirgi davrda AQShda tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etuvchi manfaatlar guruhlari u?shmalarga a'zo bo’lib, Mustaqil Biznes Milliy federaoiyasiga birlashganlar. Germaniyada esa Nemis kasaba u?shmasi federal birlashmasi, Nemis ish beruvchilari u?shmasi federal birlashmasi, Germaniya sanoatchilari federal birlashmasi, Soliq to’lovchilar u?shmasi, Demokratik olimlar u?shmasi, Nemis sport u?shmasi kabi bir qancha manfaatlar guruhlari faoliyat ko’rsatadi. Hududiy, mintaqaviy va federal darajalarda ham hunarmandlar, talabalar, vrachlar, madaniyat arboblari, turli iste'molchilar u?shmalari va tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Germaniyada 4-5 ming atrofida ana shunday birlashmalar faoliyat ?ritmoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham manfaatlar guruhlari jamiyatning asosiy qismini tashkil etadi. AQShda 1 mln.dan ko’proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadilar. Ularda Amerika aholisining 7,8 %i xizmat qiladi. AQShda aynan jamoat tashkilotlari sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, san'at va fuqarolarni ijtimoiy ta'minlash va muhofazalash sohasida davlatning asosiy hamkori hisoblanadilar. Dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari hukumatlari ham muhim iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolarni hal etishda jamoat tuzilmalariga, birinchi navbatda nodavlat notijorat tashkilotlariga tayanadilar. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladilar. Bu ko’rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2, Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir (Qarang: Anxayer Xelmut. Grajdanskoe obhestvo i «tretiy sektor». «Deutschland» jurnali, 2000, N5, 22-23-betlar.).

Manfaatlar guruhlari hukumatning siyosiy strategiyasini shakllantirishga ham katta hissa qo’shadi. Ularning siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilishi partiya a'zolarining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshiradi hamda ichki intizomni mustahkamlaydi. Buning sababi shundaki, odatda manfaatlar guruhlari etakchilari u yoki bu partiyaning rahbar organlarida ta'sirchan mavqelarni egallab turadilar.

Keyingi o’n yilliklar ichida ijtimoiy-siyosiy hayotda nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar o’rtasidagi munosabatlarda ma'lum o’zgarishlar ro’y berdi. Partiyaviylikka intilishning susayishi sababli ko’plab kishilar manfaatlar guruhlari tomon og’a boshladilar. Ba'zi siyosiy kuzatuvchilarning fikricha, manfaatlar guruhlarining o’sishi shu darajada tezlashdiki, bu guruhlar endi partiyaning ba'zi funkoiyalarini o’z zimmasiga olmoqda. Ba'zi ta'sirchan manfaatlar guruhlari esa o’zlarining siyosiy harakat qo’mitalarini tashkil etayotganligi ko’zga tashlanmoqda. Bu qo’mitalarning siyosiy hayotdagi o’rni ham kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda AQShning o’zida shu kabi qo’mitalarning soni to’rt mingdan ortib ketdi (Qarang:Gadjiev K.S. Politicheskaya nauka: Uchebnoe posobie.- 2-e. -M.: Mejdunar.otnosheniya, 1995, s.147-150).

Nodavlat notijorat tashkilotlarning hokimiyatga daxldor maqsadlari, parlament vositasida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolari faqat partiyalar bilan hamkorlikda bajarilishi yoki hal bo’lishi mumkin. o’z navbatida, siyosiy partiyalarning ham manfaatlar guruhlarisiz saylov kampaniyalarida muvaffaqiyatga erishishi, jamiyatni anglashi qiyin kechadi.

Demokratik jamiyatning muhim belgilaridan biri bu - ko’p partiyalilik bilan bir qatorda o’z a'zolarining ?ksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar guruhlarining mavjudligi, ularning jamiyat va davlatning barcha institutlari bilan o’zaro teng huquqlilik asosida faol munosabatda bo’lishidir. Siyosiy partiyalar o’z o’rnida nodavlat notijorat tashkilotlarning turli manfaatlarini birlashtiradi, o’zida ifoda etadi. Shu bilan birga o’z manfaatlari yo’lida bu guruhlardan foydalanadi va hamkorlik qiladi.

3-savol. O’zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardan boshlab mamlakat Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarini demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e'tibor berib kelmoqda. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov mamlakat taraqqiyoti to’g’risida so’zlar ekan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini quyidagicha ifodalaydi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» (Karimov I.A. ?zbekiston iqtisodiy islo?otlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.:?zbekiston, 1995, 9-bet.).

Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstituoiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgandir. Ayniqsa, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida kabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy konunning 2-moddasiga binoan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy printsiplari quyidagicha ifodalandi:

“-qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta'minlash;

-xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta'minlash;

-siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;

-nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta'minlash;

-fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish”.

Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va etakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo’lib kelayotgan milliy va sharqona davlat va jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an'analarini o’zida mujassamlashtirdi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida uning muhim institutlaridan biri bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. Konstitutsiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan bobi respublikada fuqarolik jamiyati va ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar kabi tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritiladi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta'riflana boshlandi. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 58-moddasidagi “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi” (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2000,16-bet.), 34-moddasidagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”, degan fuqarolik jamiyat mustaqilligini ta'minlashga doir huquqiy printsipni e'tirof etilishi respublikadagi jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlar mobaynida tajribalaridan va sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini bildiradi. O’zbekistonda saylov tizimi uchun Konstitutsiyaning “Saylov tizimi” deb nomlangan bobidagi 117-moddaga binoan respublika «fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar» (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2000,35-bet.).

Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi.

Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi» («Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga shar?lar. –T.: 2002, 14-bet.).

O’zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlar berilgan:

-o’z a'zolari va qatnashchilarining huquklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

-ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;

-ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

-o’z ramziy belgilarini ta'sis etish;

-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish;

-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.

4-savol. Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan partiyaviylik tizimini qaror toptirishdir. Faqat ko’p partiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi, xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me'yorlarini belgilab bormoqda.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga a'zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy irodalari shaklanishini ta'minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi mas'uliyati qonunlashtirildi.

Shuningdek, respublikada ko’p partiyaviylik tizimi qaror topib, saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida o’tkazish oddiy bir demokratik qadriyatga aylandi. Davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish ham siyosiy hayot tarziga aylanib bormoqda. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroklarini ta'minlash va avj oldirish uchun ham barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan demokratik siyosiy tizimning o’ziga xos xususiyatlari, uning demokratik prinoiplari, siyosiy tizimni rivojlantirish masalalari prezident I.A.Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning VI va XIV sessiyalari, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning I, VIII va IX sessiyalaridagi ma'ruzalarida, shuningdek, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida nazariy va konoeptual jihatlardan asoslab berildi.

Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta'minlash, shuingdek, ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta'minlash maqsadlarida davlatning “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konoeptual siyosiy dasturi qabul qilindi. Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkinlashtirish masalalari mazkur siyosiy dastur qabul qilinganidan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan «o’zbek modeli» asosida jamiyatni har tomonlama isloh etishning asosiy yo’nalishi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga qaratildi. Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy guruhlarning xilma-xil ehtiyojlari va manfaatlarini o’zida ifodalashga va ularni hayotga tatbiq etishga qaratilgandir. o’z o’rnida nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy institutlar bevosita yoki bilvosita siyosiy hokimiyatning amal qilishiga hissa qo’shadi yoki bu jarayonlarda ishtirok etadi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati natijasida jamiyat siyosiy tizimi kengliklarida jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy hayotiga mansub bo’lgan turli-tuman ijtimoiy tabaqalar manfaatlari o’zaro ziddiyatlashuvi natijasida rivojlanish ro’y beradi. Shuningdek, bu jarayonlar turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning o’zaro kelishuvi va hamkorligiga imkoniyatlar yaratadi.

Hozirgi o’tish davri va demokratik mezonlar har bir siyosiy partiyani mustaqil institut sifatida o’z ijtimoiy bazasi bo’lgan ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va dunyoqarashiga mos harakat dasturlariga ega bo’lishi, siyosiy pl?ralizmni shakllantirib, turlicha qarashlar raqobati va musobaqasi asosida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun zamin tayyorlashini talab etmoqda.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatining asosi bo’lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar ham tobora chuqurlashib bormoqda. Hozirgi davrda respublikada 306 ta respublika ahamiyatiga molik jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsatib, ulardan 64 tasi xalqaro tashkilotlar maqomiga egadir. Ularning 48 tasi jamg’arma, 78 tasi jamiyat, 5 tasi siyosiy partiya, 42 tasi federatsiya, 16 tasi kasaba uyushmalari, 2 tasi ijtimoiy harakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya, 20 tasi uyushma, 5 tasi qo’mita, yana 22 tasi turli nomlarda rasmiy ro’yxatdan o’tganlar. Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan 2237 ta jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozirgi davrga kelib O’zbekistonda 5ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikning dastlabki davrida O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, o’tgan asrning 90-yillari o’rtasida O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, asr so’nggida esa «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. 2003 yilning 15 noyabrida esa mulkdorlar va o’rta ijtimoiy qatlam siyosiy qarashlarini ifodalovchisi sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Hozir Oliy Majlisda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining 49 ta, O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 11 ta, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 11 ta, «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining esa 54ta deputatdan iborat partiya fraktsiyalari mamlakatdagi qonun chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.

Mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil topdi. o’tgan davr ichida «Sog’lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg’armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg’armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg’armasi, «Oltin meros» jamg’armasi, respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» harakati, O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi, O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi (hozirda O’zbekiston jurnalistika ijodiy uyushmasi) , O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, Jamoatchilik fikrini o’rganish «Ijtimoiy fikr» markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Ustoz» jamg’armasi (hozirda «Iste'dod») kabi nodavlat tashkilotlari tuzildi. O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi demokratik printsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, «O’zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi», «Ayol va salomatlik», ayollarning «Mehri» tashkiloti, «Ayollar resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini echish va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.



O’zbekistonda BMT Rivojlanish Dasturlari asosida o’nlab xorijiy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, «Britaniya Kengashi», Konrad Adenauer jamg’armasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg’armasi vakolatxonasi, Ta'lim va tillar o’rganishda hamkorlik qilish bo’yicha Amerika Kengashi (AKSELS), YuNESKO vakolatxonasi, Germaniyaning «Gyote instituti» Frantsiyaning «Alyans Franse» kabi yana o’nlab xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari O’zbekistonning turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda.
Download 36,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish