O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining shakllanishi


O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi



Download 90,5 Kb.
bet2/6
Sana14.04.2022
Hajmi90,5 Kb.
#551803
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston milliy huquqiy tizimining shakllanishi

O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi 1999-yil 5dekabrda saylandi hamda 2000-yil yanvaridan e’tiboran o‘z faoliyatini boshladi va mamlakatimiz qonunchiligini rivojlanishida o‘ziga xos muhim bosqichni tashkil etdi. U ikki yil mobaynida o‘nta sessiya o‘tkazib, 60 dan ziyod qonunlar qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis 2000–2004-yillarda qabul qilgan muhim qonunlardan ayrimlarini sanab o‘tamiz: «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘rida»gi; «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi; «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi; «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi; «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi; «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi; «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Sudlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda)»; «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi; «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi; «Yuridik shaxslarning qurilish sohasidagi huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risida»gi; «Prokuratura to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Mudofaa to‘g‘risida»gi; «Alohida yuklar va harbiy kontingentlarning tranziti to‘g‘risida»gi; «Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan Jinoyat, Jinoyatprotsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi; «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari to‘g‘risida»gi; «Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish to‘g‘risida»gi; «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi; «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi; «Kredit ittifoqlari to‘g‘risida»gi; «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi; «Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun; «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi; «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Xalqaro shartnoma va bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi va boshq.
Qonunchilikning muayyan tarmog‘ida kodeksning qabul qilinishi tegishli sohada alohida huquq tarmog‘i shakllanganligini anglatadi. Mamlakatimizda 1994–2008-yillar oralig‘ida 15 ta kodeks qabul qilinganligi tegishli huquq tarmoqlari qaror topib, ular o‘zining asosiy o‘zak qonuniga ega bo‘lganligini ifoda etadi. Masalan, fuqarolik huquqi tarmog‘ining bosh qonuni – Fuqarolik kodeksidir. U fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holati, intellektual faoliyati natijalari, ularning mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga soladi. Eng muhimi, ahamiyatlisi mazkur kodeks bozor iqtisodiyoti munosabatlariga poydevor vazifasini o‘tadi. Avvalo, Fuqarolik kodeksida xususiy mulk huquqi va uni muhofazalash mexanizmlari mustahkamlandi. Shuningdek, unda quyidagi fuqarolik-huquqiy institutlar qonuniy jihatdan rasmiylashtirildi: shaxs (jismoniy va yuridik shaxs)lar; bitimlar; vakillik va ishonchnoma; da’volar va ularning muddati; majburiyatlar; shartnomalar; meros va vorislik; ma’naviy zararni qoplash institutlari. E’tiborlisi shundaki, fuqarolik huquqi sohasida qator yangi mavzular, ya’ni ko‘chmas mulkni sotish instituti, renta va mulk ijarasi instituti, lizing (moliya ijarasi), qarz va kredit, bank omonati, tadbirkorlikni litsenziyalash, sug‘urta, xo‘jalik shirkatlari va firmalar tuzish, intellektual mulk va uni muhofazalash kabi yangi institutlar qaror topdi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish