Ichki ishlar organlari. 1946-yil 4-aprelda SSSR ichki ishlar
vazirining buyrug‘i bilan shahar uchastka militsionerlari lavozimini
tugatadigan ko‘rsatma e’lon qilindi. Unda bunday deyiladi: «Militsiyaning
jamoat tartibini, fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash
hamda o‘z vaqtida jinoyatlarning oldini olish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish
uchun shahar militsiya bo‘limining hududi uchastkalarga bo‘linadi, bu
uchastkalarga xizmat qilish uchastka vakillari zimmasiga yuklatiladi...»
Uchastka vakillari tartibni saqlash, jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va
xotima berish yuzasidan muntazam ish olib borishlari, uchastkada sodir
bo‘lgan har bir hodisani bilishlari, jamoatchilik bilan aloqa qilib turishlari,
fuqarolarni qabul qilishlari va ularning arizalarini ko‘rib chiqishlari,
pasport rejimiga rioya etilishini tekshirishlari, bezorilik, bolalar
qarovsizligi hollariga va boshqa salbiy hodisalarga yo‘l qo‘ymasliklari
kerak edi.
Shunday qilib, uchastka vakillarining vazifasi tashqi xizmat
doirasidan chiqib, ma’lum darajada militsiya faoliyatining hamma
turlarini o‘z ichiga olishi lozim edi.
Uchastka vakillari jinoyatlarning oldini olishga va ularga chek
qo‘yishga, jinoyatchilarni aniqlashga asosiy e’tibor berdilar. Ular o‘z
uchastkasidagi aholi bilan muntazam aloqa qilib borishi, jinoyatchilikka
qarshi kurashga jamoatchilikni safarbar etishi lozim edi.
Militsiyaning tashkiliy tuzilishi va uning me’yoriy negizi takomil-
lashib, rivojlanib bordi. 1948-yilda militsiya postlari va patrul xizmatining
yangi Nizomi kuchga kirdi. Bu Nizomda bir qancha yangi qoidalar ko‘zda
tutilgan bo‘lib, ilgari kamdan-kam amalga oshiriladigan militsiya patrul
xizmati endilikda tashqi xizmatning zarur qismiga aylandi.
1952-yilda to‘plangan tajribaga va Nizomning yangi shartlariga
asosan postlar va patrul xizmati yangilandi. Postda turuvchi va soqchining
vazifalari hamda huquqlari belgilab qo‘yildi. Bunda jamoat tartibini, mol-
mulkni, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini qo‘riqlash,
transport va piyodalar harakatini nazorat qilish masalalarida militsiya
idoralariga qo‘yilgan yangi talablar hisobga olindi.
Transport va piyodalar harakatini tashkil etish ham militsiya
idoralarining vazifasiga kirgan. Bu vazifa davlat avtomobil inspeksiyasi
va yo‘l harakatini boshqarish bo‘limlariga (shu bo‘limlar mavjud
267
joylarda) topshirilgan. Transport hodisalarining sonini kamaytirish,
yo‘llarda transportlarni harakatlanish imkoniyatini oshirish, shuningdek,
piyodalar va transport vositalarining oqimini boshqarish ularning asosiy
vazifalari hisoblangan.
1948-yilning fevralida O‘zbekiston SSR militsiya idoralarida tergov
bo‘limlari va bo‘linmalari tuzilgan bo‘lib, ularning vazifalari militsiya
operativ xodimlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarni tergov
qilishdan hisoblangan.
1953-yil 27-martda SSSR Vazirlar kengashi «Jamoat tartibini
saqlashni va jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish choralari to‘g‘risi-
da» qaror qabul qildi. Shu yil 20-iyulda esa, O‘zbekiston SSR Vazirlar
kengashi bilan O‘zbekiston Markaziy ijroiya qo‘mitasi «O‘zbekiston
SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini
saqlash choralari to‘g‘risida» qaror qabul qilgan. Ushbu qarorlarda jinoiy
ishlarga doir tergovni olib borish sifatini yaxshilash, tashqi xizmat va
jinoyat qidiruv apparatini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. Operativ
bo‘limlar jinoiy ishlar bo‘yicha tergov olib borishdan ozod qilingan.
1960-yil yanvarda SSSR Ministrlar Soveti SSSR Ichki ishlar
vazirligini tugatib, uning vazifalarini ittifoqdosh respublikalar ichki ishlar
vazirliklariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashining Rayosati 1962-yil 7-sentabrda O‘zbekiston SSR
Jamoat tartibini saqlash vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida farmon
chiqargan.
1966-yil 26-iyulda SSSR Oliy Kengashi Rayosatining farmoni bilan
jamoat tartibini saqlash idoralarining faoliyatiga yagona operativ
rahbarlikni ta’minlash maqsadida jamoat tartibini saqlash ittifoq-
respublika vazirligi tuzildi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining
Prezidiumi 1966-yil 29-iyuldagi farmoni bilan O‘zbekiston SSR Jamoat
tartibini saqlash vazirligini O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash
ittifoq-respublika vazirligiga aylantirdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi jinoyatchilikka qarshi kurashni
kuchaytirish, qonuniylikni yanada mustahkamlash hamda jinoiy
sudlovning demokratik asoslarini kengaytirish maqsadida 1963-yil 6-
apreldagi farmoni bilan jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki
tergov yuritish huquqini berdi. Ana shu farmonga muvofiq ravishda
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Prezidiumi 1963-yil 27-aprelda
«O‘zbekiston SSR jinoyat — protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritish
to‘g‘risida» farmon chiqardi. Unda jamoat tartibini saqlash idoralarining
tergovchilari dastlabki tergov ishlarini olib boradigan jinoyat turlari
belgilab qo‘yildi.
268
Tergov ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun
O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi tarkibida tergov
boshqarmasi, jamoat tartibini saqlash viloyat boshqarmalarida,
Qoraqalpog‘iston Avtonom SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi,
Toshkent shahar ijroiya komiteti militsiya boshqarmasi va yo‘l militsiya
bo‘limida esa tergov bo‘limlari tashkil etildi. Shaharlarda, rayonlarda,
temir yo‘l uchastkalarida tergov bo‘linmalari va tergovchilar guruhlari
tuzildi. Militsiya idoralaridagi dastlabki tergovni olib borish bilan
shug‘ullanadigan maxsus tuzilma tugatildi. Dastlabki tergovni olib borish
militsiya idoralari operativ boshliqlar tarkibiga, shu jumladan uchastka
vakillariga topshirildi.
O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi idoralarida tergov
apparatini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risidagi nizomga muvofiq
oliy huquqiy ma’lumotga ega bo‘lgan kishilargina tergovchi etib
tayinlanishi mumkin edi. O‘rta huquqiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar
istisno tariqasida tergov ishiga jalb qilingan. Shunda ham ular jinoiy
ishlarni tergov qilish borasida katta tajriba orttirgan bo‘lishi shart edi. Bu
borada aytish lozimki, 1963-yilga qadar jinoiy ishlarga doir dastlabki
tergovni prokuratura idoralari olib borgan. 1963-yildan boshlab ichki
ishlar idoralari huzurida tergov apparati tuzilgan.
1966-yil 23-iyunda qabul qilingan «Jinoyatchilikka qarshi kurashni
kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi birgalikda qaror qabul qilingan.
Militsiya xodimlari davlat va jamoat manfaatlarini, fuqarolarning shaxsi
va huquqlarini jinoiy xurujlardan himoya qilish chog‘ida o‘z burchini
bajarib, so‘nggi chora sifatida qurol ishlatishi mumkin bo‘lgan.
O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi tomonidan 1963-
yil oktabrdagi buyruq bilan «Militsiya soqchilik-postlar xizmati Nizomi»
tasdiqlandi. U xizmatni o‘tashning tashkiliy shakllarini va taktik
usullarini, tashqi xizmat kuchlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish
bilan shug‘ullanuvchi mansabdor shaxslarning vazifalarini, shuningdek
militsiya soqchilik va postlar naryadlarining vazifalari va huquqlarini
belgilab bergan.
Ushbu nizom ko‘chalarda, jamoat to‘planadigan joylarda, temir yo‘l
transportida, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida, tabiiy ofat yuz
berganda, fuqarolar mudofaasi sharoitida militsiyaning jamoat tartibini
saqlash xizmatini tashkil etish tartibini mustahkamlagan. Barcha militsiya
xodimlari soqchilik va postda xizmatni o‘tash chog‘ida, shuningdek
xizmatdan tashqari vaqtda ham, jinoyatlar va jamoat tartibini buzishning
oldini olish bo‘yicha o‘z burchini bajarishda unga amal qilishi shart
269
bo‘lgan. Mazkur nizom faqat tashqi xizmat xodimlarining emas, shu bilan
birga jinoyat qidiruv, BXSS, Davlat avtomobil nazorati, pasport apparati
hamda boshqa bo‘linmalar xodimlarining vazifalarini ham tartibga
solgan.
Jamoat tartibini saqlash yuzasidan katta shaharlarda militsiyaning
motorlashtirilgan maxsus qismlari tuzilgan. Bezorilikka qarshi kurashda,
fuqarolarning salomatligiga xavf soladigan va ularning qadr-qimmatini
haqoratlaydigan jinoiy harakatlarga chek qo‘yishda militsiya xodimla-
rining huquqlari kengaytirilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining «Jamoat tartibini saqlash
idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish to‘g‘risida»gi
1963-yil 6-aprelda chiqargan farmoni ichki ishlar idoralarida tergov
apparatini tuzishga asos bo‘lgan. Farmonga muvofiq ittifoqdosh respubli-
kalarning jinoyat-protsessual kodekslariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi va
tergov idoralari 1963-yil 1-iyuldan rasmiy ravishda o‘z vazifalarini
bajarishga kirishgan.
Tergov bo‘linmalari o‘sha vaqtda militsiya tekshirish bo‘linmalari
tarkibida tashkil etilgan. Lekin ular tekshirish bo‘limlaridan va prokuratu-
raning tergov apparatidan ham farq qilgan. Xususan, militsiya
tergovchilariga protsessual mustaqillik, jinoiy ishlar yuzasidan prokuror
ruxsati va tasdig‘i talab qilinadigan hollardan tashqari barcha hollarda
o‘zi qaror qabul qilish huquqi berilgan. Militsiya tergovchisi prokuratura
tergovchisidan farqli ravishda ichki ishlar idoralarida olib borilayotgan
jinoiy ishlarni tergov qilishda hamkorlikni tezroq tashkil qilgan va xizmat
imkoniyatlaridan to‘laroq foydalana olgan.
1970-yilga qadar faqat respublika ichki ishlar vazirligi, viloyat va
shahar boshqarmalari tarkibida tergov apparati tashkil etilgan.
Tergovchilar shahar va rayon ichki ishlar bo‘limlari huzurida tergov
ishlarini olib borishgan. 1970-yildan boshlab shahar va rayon bo‘limlari
tarkibida ham tergov bo‘limlari va guruhlari tashkil etilgan. 1972-yilda
transport ichki ishlar boshqarmasida ham tergov apparati tuzilgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston SSRning huquqiy tizimida ham katta
o‘zgarishlar ro‘y bergan. Turli sohalarga oid huquq manbalari, kodekslar
ishlab chiqilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksi (1959-y.), Jinoyat-protsessual
kodeksi (1959-y.), Grajdanlik kodeksi (1963-y.), Grajdanlik-protsessual
kodeksi (1963-y.), Nikoh va oila kodeksi (1969-y.), Yer kodeksi
(1970-y.), Mehnat qonunlari kodeksi (1971-y.), Suv kodeksi (1972-y.) va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
270
1977-yil 7-oktabrda SSSRning yangi Konstitutsiyasi, uning asosida
esa ittifoqdosh va avtonom respublikalarning Konstitutsiyalari ishlab
chiqilgan va qabul qilingan.
O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasi 1978-yil 19-aprelda
respublika Oliy Sovetining navbatdan tashqari to‘qqizinchi chaqiriq VI
sessiyasida qabul qilindi. Konstitutsiyada davlat hokimiyati, boshqaruv,
sud va prokuratura idoralari tizimi saqlanib qolgani holda, ularning
vakolatlari va faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlarida ba’zi o‘zgarishlar
qilingan. Fuqarolarning huquq va erkinliklari ma’lum darajada
kengaytirilgan.
Konstitutsiya mazmunidan kelib chiqib, uning asosida «O‘zbekiston
SSR Oliy Sovetiga saylovlar haqida» (1978-y.), «O‘zbekiston SSR
Ministrlar Soveti haqida» (1978-y.), «O‘zbekiston SSR Xalq deputatlari
mahalliy Sovetlariga saylovlar haqida» (1979-y.), «O‘zbekiston SSR Xalq
deputatlari oblast Soveti haqida» (1980-y.), «Hayvonot dunyosini
muhofaza qilish va foydalanish haqida» qonunlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Sovet hokimiyati davri haqida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston SSR
boshqa ittifoqdosh respublikalar kabi mustaqil deb e’lon qilingan bo‘lib,
amalda tom ma’nodagi mustaqil davlat bo‘lmagan. Uning konstitutsiyasi,
qonunlari, davlat organlari tizimi, fuqarolarning huquq va burchlari va
boshqalar holatlar SSSRda amalda bo‘lgan siyosiy-huquqiy qurilmalarga
albatta mos bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatish
vakolatiga ega bo‘lmasdan, uning taqdiri markazning qo‘lida bo‘lgan.
1985-yilda boshlangan qayta qurish, demokratiya va oshkoralik
uchun harakatlar SSSRning tarqab ketishiga va ittifoqdosh respublika-
larning mustaqillikka erishishiga olib keldi.
271
Do'stlaringiz bilan baham: |