Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


BXSR va XXSRlari ichki ishlar organlari



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

BXSR va XXSRlari ichki ishlar organlari. Buxoro va Xorazm Xalq 
Sovet respublikalarida militsiya organlarining yaratilish va rivojlanish 
tarixi o‘ziga xos xususiyatga ega. Xorazm va Buxoro xalq respublikalari 
mavjud bo‘lgan dastlabki kunlaridanoq tartibni muhofaza qilish idoralari 
yaratila boshlandi. Bu idoralarga rahbarlik qilish uchun Buxoro Xalq 
Sovet respublikasida Ichki ishlar xalq nozirligi (komissarligi) tashkil 
etilgan. U markaziy va mahalliy hokimiyatlarning barcha qarorlari va 
farmoyishlari bajarilishini nazorat qilgan. Markaziy va mahalliy 
ma’muriy boshqarish organlari faoliyatini, militsiya tuzilishini, 
qamoqxonalarni boshqargan. 
Buxoro respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi tarkibida qo‘riqlash 
bo‘limi ta’sis etilgan. Uning zimmasiga fuqarolarning shaxsiy 
xavfsizligini ta’minlash va respublikada o‘rnatilgan davlat tuzumiga 
qarshi ayrim shaxslar yoki uyushmalar tomonidan qilinishi mumkin 
bo‘lgan suiqasdlarning oldini olish uchun militsiya mahkamalari yaratish 
vazifasi yuklangan. Bo‘limda uchta: siyosiy qidiruv (aksilinqilobchilarga 
qarshi kurash), jinoiy qidiruv (jinoyatchilikka qarshi kurash) va militsiya 
(fuqarolarning shaxsi va huquqlarini himoya qilish) bo‘linmalari bor edi. 
Xorazm Respublikasining ishchi-dehqon hokimiyati 1920-yil 9-
aprelda «Mamlakatda militsiya boshqarmasini ta’sis etish va Xiva 
shahrini himoya qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qarorga ko‘ra 
Adliya nozirligi qoshida Militsiya boshqarmasi ta’sis etildi.  
Militsiyada kadrlarning yetishmasligi natijada Buxoro Respublikasi 
hukumati aholi orasida militsiya ishi majburiyatini o‘tashni joriy etishga 
undaydi. Aholi yashaydigan joylardagi har bir mavzeda oqsoqollarning 
kuzatuvi ostida bir yoki ikki kishi tanlab olinib, tartibni saqlash ular 
zimmasiga yuklangan. Mavzelardan saylab qo‘yilgan kishilarning 
faoliyati militsiya organlari yordami va nazorati ostida olib borilgan. 
Shunday qilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasida hokimiyat va 
davlat boshqaruv organlarining tizimi Rossiya va Turkiston ASSRning 
davlat organlari asosida tuzilgan. Yangi tashkil qilingan hokimiyat 
sinfiyligi bilan xarakterlanib, o‘z oldiga faqat ishchi va kambag‘al 
dehqonlar manfaatini himoya qilib ish yuritgan. 
Ushbu davrda Buxoroda o‘ziga xos huquq tizimi shakllangan. 
Mamlakatda yangi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan 


 259
Konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan bir qatorda ularga zid bo‘lmagan 
shariat normalari ham amalda bo‘lgan. RSFSR jinoyat va jinoyat 
protsessual majmualari 1924-yilning 24-fevralidan boshlab Buxoro Xalq 
Sovet Respublikasi hududida ham amal qila boshlagan.  
Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarining asosiy huquq 
manbai sifatida ularning konstitutsiyalari, Sovetlar markaziy inqilobiy 
(ijroiya) qo‘mitalarning dekret (qonun va farmoyish)lari, Xalq nozirlari 
kengashlarining qarorlari va buyruqlari, nozirliklarning buyruqlari va 
yo‘riqnomalari, mahalliy sharoitdan kelib chiqib o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan RSFSR va Turkiston ASSR qonunlari amal 
qilgan. Meros, nikoh va oila masalalarida boshqa huquq manbalariga zid 
kelmagan shariat va odat normalariga ham tayanilgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish