5-Mavzu: Turkiston ASSR va Qozog’iston ASSR larning tashkil topishi
O’zbekiston tarixining 20 – yillaridagi bosqichi ziyoli mutaxassislarni tarbiyalash masalasida, jumladan oddiy xalq orasidan chiqqan tadbirkor, ishbilarmon, tagribali kishilarni yuqori lavozimlarga ko’tarish borasida bir – birini ham ifoda etadigan, ham inkor etadigan qarama – qarshi, ziddiyatli jarayonlarning amal qilishi bilan xarakterlanadi.
Haqiqatdan ham, 20 – yillarning boshlarida davlat apparati, xo’jaliklar, tashkilotlar, muassasalarni malakali xodimlar bilan ta’minlash muammosi turar ediki, ularni hal etmasdan biror – bir sohaga olg’a siljish mumkin emasdi. O’sha paytdagi siyosiy hokimiyat va davlat appati ushbu masalani ishchi va va dehqonlar orasidagi malakali kishilarni topib, yuqori lavozimlarga ko’tarish asosida hal etishga kirishdilar. Bu – bir tomondan to’g’riedi, zero o’lkada qurilayotgan, tashkil etilayotgan tashkilot va muassasalarni malakali xodimlar bilan tezroq va sifatli ravishda ta,minlash zarur edi. Bunday kishilar O’zbekistonda ham ko’p edi. Aynan o’shalarning fidokorona mehnati tufayli jumhuriyatimiz xo’jalik va muassasalarida talaygina ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Ularning ko’pchiligi esa keyinchalik maxsus o’quv yurtlarini bitirib chiqqanlaridan so’ng yuqori lavozimlarga ko’tarildilar va O’zbekiston taraqqiyotiga ma’lum hissa qo’ydilar.
Afsuski, ushbu jarayon har doim ham ko’zlagan maqsadga erishish imkonini beravermadi. Gap shundaki, o’sha sharoitdagi sobiq davlat rahbariyati, ayniqsa rasmiy siyosiy hokimiyat yuqori lavozimga ko’tarish masalasini ziyoli xodimlar tayyorlashning yagona yo’li sifatida tan oldilar1.
Agar bu masalaga hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraladigam bo’lsa, unda mazkur jarayonni amalga oshirishda talaygina kamchilik va xatoliklarga yo’l qo’yilganini ko’rish mumkin. Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, bu masalani ziyoli xodimlar tayyorlashning yagona yo’li emas, aksincha, xalq xo’jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlashning vositalaridan biri sifatida qarash kerak edi. Bundan tashqari, savodsiz, malakasiz kishini davlat organlarining rahbar lavozimlariga ko’tarishning ijtimoiy zarari ko’p ekanligi o’sha paytda ham halqaro tajribadan ma’lum edi. Afsuski, bu haqiqat e’tiborga olinmadi.
Savodsiz, malakasiz, layoqatsiz ishchi, dehqonlarning ommviy ravishda rahbar lavozimlarga ko’tarishning ijtimoiy oqibatlari qanchalik salbiy xarakterga ega bo’lganligi singari, ularni tanlashda bu masalaga “sinfiylik”, “g’oyaviylik”, “sotsialistik mafkuraga sodiqlik” prinsiplariga amal qilish asosida yondashish ham ziyon edi.
Yuqoridagi fikrlarimizni isbotlash ma’nosida quyida keltirilgan mulohaza hamda misollar ham juda muhimva zarur, deb hisoblaymiz.
Turkiston o’lkasida davlat apparatiga mahalliy millat vakillarini kengroq jalb etish muammosini hal etish nihoyatda murakkab sharoitda hal etildi. 1921 yilga kelib TurkASSRning ishchi va dehqon komissarligida 24 musulmon jalb etildi1. barcha komissarliklardagi 520 xodimdan 302 tasi evropalik, 118 tasi esa musulmonlar edi2. O’sha yili Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasi riyosati prezidiumi a’zosi va a’zolikka nomzodlar etib 18 kishi saylandi. 14 kishi mahalliy millat mehnatkashlarining nufuzli namoyandalari edi. Bular Turaqulov, O’razboev, Safarov, Asfandiyorov, rahimboev, sulton Xo’jaev va boshqalar edi. Shu bilan birga, Xalq Komissarlari Sovetiga saylangan hodimdan 5 kishi tub yerli millat vakili edi.
1922 yilga kelib TurkASSR Markaziy muassasalarida ishlagan tub yerli millatlarga mansub kishilarning salmog’i 20.4 foiz bo’lgan bo’lsa, 1923 yilga kelib, ularning hajmi 24 foizga etdi.
Mahalliy millat mehnatkashlarini davlat, sovet, kasaba uyushmalariga rahbarlik lavozimlariga ko’tarish okrug va nihoyalarda ham ancha sezilarli darajada bo’ldi. Masalan, 1922 yili Marg’ulon shahar ijroiya qo’mitasining raisligiga kambag’al dehqon Sobirjon Yusufxo’jaev, rais muovini etib dehqon Abdurahmon Obidjonovlar saylandilar. Shuningdek, Farg’ona ijroiya qo’mitasi a’zoligiga Qosimxonov, Xidiraliyev, Isaev, Alifboev, Aliyevlar saylandilar.
Turkman viloyatida 1922 yil 114 kishi firqa – sovet rahbarlik lavozimlariga ko’tarildilar, shulardan 13 kishi mahalliy millat vakillari edi.
Shunday qilib, 1918 yillar davomida Turkiston ASSRning sovet, xo’jalik ishlari rahbarligiga hammasi bo’lib 3.5 ming ishchi va 2 ming dehqon jalb qilindi.
Sovet va jamoat tashkilotlari faoliyatining sifatli ravishda olib borilishi xodimlarning qobiliyatiga bog’liq edi. O’zbekistonda ko’pincha yuqori lavozimlarga ko’tarish keng jamoatchilik ishtirokida olib borildi. Nomzodlarni yuqorida ko’tarish va muhokama qilish kasaba uyushmalarining umumiy yig’ilishlarida, ishlab chiqarish kengashlarida o’tkazildi. Masalan, 1923 yil aprel – sentyabr oylari mobaynida 6 okrug bo’yicha mahalliy millatga mansub 202 ishchi rahbarlik ishlariga ko’tarildi. 1924 yilda esa bu raqam 273 tani tashkil etdi.
BSSPS Turkbyuro ko’rsatmalarida ham butun kasaba uyushma tashkilotlarida rahbariy lavozimlarga ko’tarishga, ayniqsa ularga mahalliy millat mehnatkashlarini ko’proq tortish kerakligi uqtirildi. Turkiston kasaba uyushma tashkilotlari 1923 yilda 25, 1924 yilda esa 273 mahalliy millat ishchilarini rahbarlik lavozimlariga ko’tardilar.
Buning natijasida davlat apparatlari mahalliy vakillar hisobiga ko’paya boshladi. Faqat Farg’ona okrugining o’zida 50foiz xodimlar mahalliylashtirildi.
Mahalliy millatga mansub ishchilarni kasaba uyushmalarining rahbarlik lavozimlariga jalb etishni foiz bo’yicha olib ko’rsak, quyidagichadir:
O’zbekiston bo’yicha: markaziy apparatlarda;
1925 yil – 47foiz, 1926 – 48foiz, 1927 – ma’lumot yo’q.
Okrug va yezd bo’yicha:
1925 yil – 52foiz, 1926 – 62foiz, 1927 – ma’lumot yo’q.
Quyi tashkilotlar bo’yicha:
1925 yil –ma’lumot yo’q, 1926 – 28foiz, 1927 – ma’lumot yo’q.
Bu ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, mahalliy ishchilarni kasaba uyushmasi tashkilotlariga rahbarlikka ko’tarish ancha yaxshi bo’lgan, biroq quyi tashkilotlarda bu sohada yaxshi natijalarga erishilmagan.
Shu yillarda ilg’or ishchi va dehqonlarni sovet, kasaba uyushmasi rahbarliklariga ko’tarish davom etayotgan bo’lsada, lekin Yevropaning xalqlarga mansub xodimlar soni hali ham ko’pchilikni tashkil etmoqda edi. O’zbekistondagi sovet tashkilotlariga rahbarlik ishlari uchun mahalliy millatga mansub ishchi va dehqonlar, foiz xisobida hisoblaganda, quyidagicha jalb etilgan:
Markaziy apparatlarda:
I. III - 1924 – 9foiz, I. III - 1925 – 16.5foiz, I.III - 1926 – 25.6 foiz.
Okrug apparatlarida:
I. III - 1924 – 30foiz, I. III - 1925 – 30foiz, I.III - 1926 – ma’lumot yo’q.
Uezd apparatlarida:
Faqat 2 ta uezd bo’yicha 75 foiz, boshqa uezdlarda – 100 foiz tashkil etgan edi.
1925 yili Toshkent eski shahari bo’yicha 33 kishi rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Bulardan 15 kishi sovet tashkilotlariga, 2 kishi kasaba uyushma tashkilotlariga, qolgan 16 kishi boshqa ishlarga jalb qilindi.
Turkiston sovet, kasaba uyushmasi apparatlari yangi kuchlar bilan, ya’ni tajribali xodimlar rahbarligida davlat muassasalarida ishlaganlar orqali ham mustahkamlandi. Masalan, 1923 yil dekabr oyida Turk MIK va XNS da 26 proktikant jalb qilingan edi. Ulardan 13 kishi o’zbek, 9 qirg’iz, 2 tatar, 2 boshqa millat vakili edi.
1923 yil 22 dekabrga kelib Turkiston markaziy apparatlarida hammasi bo’lib, 395 praktikant ishga jalb qilingan edi. Bular ichida mahalliy millat vakillaridan: o’zbeklar – 238 kishi, qirg’izlar – 194 kishi,turkmanlar – 3 kishi, tatarlar – 25 kishi, boshqa millatlardan 10 kishi bor edi. Shunday qilib o’zbeklar – 60.3 foizni, qirg’izlar – 30.1 foizni,turkmanlar – 0.8 foizni, tatarlar – 6.3 foizni, boshqa millat vakillari esa 2.3 foizni tashkil qildi.
Tekshirishdan ma’lum bo’ldiki, o’sha yili respublika Markaziy idora apparatlarida praktikantlar asosan quyi lavozimlarga, keyinchalik shtatlar bo’yicha lavozimlarga o’tkazilganlar. Bularning ichida eng kuchli tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lganlar esa yuqori sovet lavozimlariga ko’tarilganlar. Lekin shu yillarda ham sovet, kasaba uyushma apparatlarida mahkam o’rnashib olgan shovinistik ruhdagi ba’zi rahbarlar mahalliy aholiga, ular orasidan sovet apparatlarida ishlovchi praktikantlarga shubha bilan qarar, ularning fikri hisoblashmas, birgalikda ishlash o’rniga ularni har qanday vositalar bilan ishdan chetlashtirishga o’rinardilar.
Ana shunday g’oyalarga, qiyinchiliklarga qaramasdan mahalliy sovet tashkilotlari praktikantlar orqali tegishli siyosiy va amaliy tayyorgarlikdan o’tgan ilg’or ishchi va xizmatchilar hisobiga rahbariy lavozimlarni mustahkamlab bordilar.
Turkiston sovetlari ishchi, dehqonlardan rahbarlik ishlariga k’tarayotgan xodimlarni o’qitish, chiniqtirish masalalarini bir necha bor muhokam qildi. 1918 yildayoq TurkistonMK da rahbarlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida dastlabki kurslar va maktablar tashkil etildi va keyinchalik ularning soni ko’paytirildi.
1918 yil dekabr oyida jumxuriyat milliy ishlar komissariatida 60 kishiga mo’ljallangan 2 oylik tashkiliy targ’ibot kursi ochildi. Bu kurs mahalliy millat vakillaridan siyosiy – targ’ibotchi xodimlar tayyorlashni mo’ljallagan edi. Keyinchalik bu kurs o’lka musulmon maktabiga aylantirildi.
1921 yil aprelida tashkil etilgan Sharq mehnatkashlari komunistik dorulfununi milliy xodimlarni tayyorlaydigan chinakam markazga aylandi. 1923 yilning bahorida unda Turkistondan yuborilgan 140 dan ortiq kishi o’qirdi. Turkiston respublikasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Ya.M.Svedlov nomli Dorulfunun ham shug’ullanar va bu yerda 1923 yil boshida 38 turkistonlik tinglovchi bilim oldi.
1925 yil 27 sentyabr O’zbekiston kasaba uyushmasi tashkilotining yig’ilishi bo’lib, unda kurslarda o’qishni tamomlab qaytganlarni uyushmaning rahbarlik ishlariga jalb etish masalasi ko’rib chiqildi. Yig’ilishda Samarqand eski shahar kasaba uyushmasi tashkiloti raisligiga mahalliy millatga mansub Bobomurotovaning saylash tavsiya qilindi. Qashqadaryo viloyatida esa kasaba uyushmasining rais muovini va tashkiliy bo’lim mudirligiga Abdurahmonov saylandi.
Yangi iqtisodiy siyosatga o’tilgandan keyin sovetlar tarkibini mustahkamlash, xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ishchi va dehqonlardan yangi sanoatning turli sohalari uchun katta miqdorda mutaxassislar tayyorlash lozim bo’lib qoldi. Sanoat uchun yuqori malakali ziyoli mutaxassislar oliy va texnika yurtlarini tugatgan ishchi va dehqonlar, yoshlardan tayyorlanib qolmasdan, shu bilan birga xo’jalik – texnika, sanoat ishlariga ko’tarilgan, ishlab chiqarishdagi faoliyatini o’qish bilan olib brogan amaliyotchi xodimlar ham tayyorlana boshlandi.
Sanoat proletaristi kam sonli va tarqoq bo’lgan mahalliy millat ishchilarini boshqaruv apparatiga ko’proq jalb etish juda muhim edi. U boshqaruvning butun sistemasiniommaga yaqinlashtirish, byurokratizmga qarshi kurash olib boorish imkonini berardi. Jumhuriyatda sanoatni rivojlantirishga qaratilgan yo’l esa ishchilarni rahbar xo’jalik ishiga ko’tarish zaruriyatini yanada kuchaytirdi.
Ishchilarni sanoatni boshqarishga jalb etish uchun asosiy mas’uliyat sovet, kasaba uyushmalari zimmasiga tushgan edi.
Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli respublika ehtiyojlari uchun injener – texniklar va sanoatning turli sohalari uchun yuzlab va minglab iste’dodli tashkilotchilari hamda rahbarlari yetishiv chiqdi.
Bular esa ilg’or ishchilarni ishlab chiqarishga, sanoatni boshqarishga ommaviy ravishda safarbar qilish orqali ularni keng jalb etish yuzasidan hukumat tomonidan olg’a surgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga imkon berdi. 1920 yilga keliboq fabrika va zavodlar boshqaruv apparatida ishchilar miqdori ko’paydi hamda mustahkamlandi.
Albatta ma’lum tajribani yo’qligi va bilim hamda ko’nikmalarning yetishmasligi ishchilar sinfidan chiqqan xo’jalik rahbarlari faoliyaini qiyinlashtirirgan. Yangi “Sotsialistik” xo’jalik sistemasini barpo etish va uni boshqarishda ular ko’pincha xatolarga yo’l quyganlar, lekin shunday bo’lsada ularning ko’pchiligi davlat manfaatlarini chuqur tushunib, xo’jalikka rahbarlik san’atini egallashga astoydil xarakat qildilar. Zavod fabrikalardan chiqqan rahbar kadrlar o’z kollektivi, ishchi do’stlari tomonidan ruhiy – ma’naviy madad olib turdilar. Ishchi kollektivlari o’z kadrlarini nazorat etib turdilar.
1923 yilda Turkistonda 420 korxona mavjud bo’lib unda 218 injener, 202 – texnik mutaxassis ishlar edilar va ularning aksariyat ko’pchiligi ayni shu korxona va tashkilotlardan chiqqan edilar. O’quv yurtlari esa korxonalarning toboro oshib borayotgan talabini qondira olmas, shu boisdan ham ma’muriy va tashkilotchi xodimlarning ko’pchiligi ko’tarilganlar orasidan tayinlanardi. Shu tufayli rahbarlikka ko’tarilgan ishchi va dehqonlarda maxsu tayyorgarlik yetishmasdi, biroq tashkilotchilik qobiliyatlari, yuksak g’oyaviylik, inqilobiy jo’shqinlik, xalq manfaatlariga sadoqat kuchli edi.
Ishchi va dehqonlarni asosiy ishdan ajralmasdan turib vazirlik, transport, qurilish, ishchi – dehqon inspeksiyasi, communal xo’jalik bo’limlari va hakozolarning amaliy faoliyatiga jalb etishga katta ahamiyat berilgan edi. Ular ancha tajribali shaxslarning rahbarligida davlat va xo’jalik ishlarini boshqarish sohasida dastlabki ko’nikmalarni egallay boshladilar.
Kadrlarni lavozimlarga pastdan yuqoriga ko’tarishni kasaba uyushmalari ham amalga oshirganlar, lekin ishchilarni korxonalar qo’mita yacheykalari orqali ko’tarish usuli ustun bo’lgan. Korxonalarga yuqori qo’mita organlarining taqsimi berilgan bo’lib, yacheykalarda yuqoriga ko’tarish bo’yicha maxsus komissiyalar tashkil etilar, nomzodlarni ishlab chiqarish kengashlarida ham muhokama etishar edilar. Lekin bunda bir qator xatolarga ham yo’l qo’yilgandi.
Shu sababli O’zbekistonda kadrlarni yuqori lavozimlarga ko’tarish ishini kompleks tekshirish o’tkazilib turilgan. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, rahbariy lavozimlarga ko’tarilganlardan atigi 60 foizidan ratsianal tarzda foydalanardi. Ularga o’zlari yuborgan muassasalarning rahbarlari tomonidan yordam berilmaganligi, o’qish va tajriba almashinuvining biror – bir shakli mavjud emasligi shuga olib keldiki, yuqoriga ko’tarilganlarining bir qismi o’zining yangi vazifalarini bajara olmagach, yana ishlab chiqarishga qaytib ketdi. Yuqoriga ko’tarilgan ishchilar ularni tavsiya etgan o’z jamoalari oldida hisobot berishi ham qoniqarli yo’lga qo’yilmagan edi. Ular asosan firqa yig’ilishlarida hisobot berardilar xolos.
Sanoat, xo’jalik apparati “praktikantlik”, ya’ni zavod, fabrika, korxonalarda tajribali xodimlar rahbarligida ishlash orqali ham yangi kuchlar bilan mustahkamlandi. Proktikantlar zavod va fabrikalarda ishlash jarayonida boshqarish masalasiga ega bo’ldilar. Zarur bilimlarga, malakaga ega bo’lgach, praktikantlar doimiy ishga qo’yilgan.
O’rta Osiyo xo’jalik xodimlari va qizil direktorlari kurslari tashkil etilib, unga ishlab chiqarishda kamida besh yillik va uch yillik firqa a’zolik stajiga ega bo’lgan tub yerli millatlarga mansub erkak hamda xotin – qizlar qabul qilingan. Misol, Samarqand ip – gazlama fabrikasi qoshida 30 kishiga mo’ljallangan texnika kursi ochilgan bo’lib, 28 o’zbek, 2 yahudiy bor edi. Shuningdek, 3 ta fabrika – zavod maktabi ochilgan bo’lib unda 203 kishi o’qir edi.
Bundan tashqari yangi iqtisodiy siyosatga o’tish yillrida yuzlab mahalliy millatga mansub yosh ishchi va dehqonlar chet ellarga ayniqsa, Germaniyaga o’qishga yuborildi. Chunki sanoatini tiklash, rivojlantirish va uni boshqarish uchun yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash kerak edi. Masalan, 1922 yilga kelib yuzlab o’zbekistonlik yoshlar Germaniyaga o’qishga yuborildi.
Xullas, mazkur masala bo’yicha olib borilgan ishlar natijasida sanoat, xo’jalikni boshqarish borasida talaygina tadbirlar amalga oshirildi, praktikantlar orqali tegishli amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan ilg’or ishchi va dehqonlaryuqori lavozimlarga ko’tarildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |