TAJRIBA ISHI №6
KUKUNLI MATERIALLARNING QUMOQLILIK TARKIBINI
O’RGANISH.
Ishdan maqsad: Mayda mahsulotning qumoqlilik tarkibini urganish haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
Sedimentatsiya tahlili v0 i d urtasidagi Stoks bog‘liqligi asosida kukunli mahsulot zarralarining kattaligi uning suvda oxirgi tushish (chukish) tezligi bilan aniqlanadi
(6.1)
Vazifa: Kukunli mahsulotning qumoqlilik tarkibini uning quyidagi kattalikdagi fraksiyalarga ajralishi shartida aniqlash
-50 + 20 mikron
-30 + 10 mikron
-10 + 0 mikron
Zarrachaning oxirgi tushish tezligi quyidagicha aniqlanishi mumkin:
(6.2)
bu erda, δ – Kukunli mahsulotning solishtirma og‘irligi , g/sm3.
Δ-muxitning solishtirma og‘irligi , g/sm3.
g-erkin tushish tezlanishi,
μ-muhitning dinmik yopishqoqligi, g/sm3
d-zarrachaning diametri, sm
Berilgan ulchamdagi maxsulot zarrasining kattaligi buyicha h chuqurlikdagi suv solingan idishda chukishi hisobiga ajratish uchun chukishga ketadigan vakt t ni bilish zarur.
Ishni bajarish tartibi
Tadqiq qilinayotgan mahsulot (25 gr) shisha idishda yaxshilab aralashtiriladi yoki suv bilan qizdiriladi va Sabanina stakaniga solinadi.
Stakan ustki belgisigacha suv bilan tuldiriladi. Stakanga belgilangan chuqurlikkacha sifon trubkasi tushuriladi. Mahsulot shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish tugashi bilan sekundomer yordamida chukish vaqti t ulchanadi. Aralashmani belgilangan vaqtdan sung chukkan toza suv birinchi idishga sifon trubkasi yordamida olinadi. Sungra aralashmani yana aralashtiriladi va t1 vaqt davomida chuktiriladi. Bu jarayon toza sliv (suv) olgunga qadar davom ettiriladi.
SHundan sung stakanga suv solinadi, aralashma aralashtiriladi va t2 vaqt davomida chuktiriladi va h.k.
Olingan mahsulotlar idishlarda uzoq vaqt davomida erkin holda chuktiriladi, quritiladi va ulchanadi. Natijalar 8-jadvalga kiritiladi.
8-jadval.
Kukunli mahsulotning sedimentatsiya analizi natijalari
Sinf, mikron
|
Mahsulot chiqishi
|
Mahsulot chiqishi (umumiy), %
|
Izoh
|
-50 + 20
|
|
|
|
-30 + 10
|
|
|
|
-10 + 0
|
|
|
|
Jadvaldagi natijalar buyicha kukunli mahsulotning qumoqlilik tarkibi grafigi chiziladi.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob va uskunalar
Tadqiq qilinayotgan mahsulot
Stakan Sabanina
Sifon trubkasi
SHisha idish
Analitik tarozi
Quritish shkafi
Nazorat uchun savollar:
1.Mahsulotning qumoqlilik tarkibini kanday aniqlash mumkin?
2.Stoks bog‘liqligi haqida ma’lumot bering
3.Mahsulotning qumoqlilik tarkibini aniqlash nima uchun kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |