TASSRning tashkil topishi va uning siyosiy tuzumi. 1917-yil martda
Toshkent temir yo‘l ishchilari, Toshkent garnizoni soldatlari va
musulmon ishchi deputatlari sovetlari va dehqon deputatlari sovetlari
tashkil etildi.
1917-yil 31 martda Toshkent ishchi va soldat deputatlari soveti
general-gubernator Kuropatkin va uning yordamchisini lavozimdan
chetlatadi. General gubernatorlik esa muvaqqat hukumatning Turkiston
komiteti deb o‘zgartiriladi. 1917-yil 7-apreldan boshlab komitet o‘z
majburiyatlarini bajarishga kirishadi.
1917-yil 7–15-aprelda Turkiston ishchi, soldat deputatlari sovetlari-
ning I o‘lka syezdi bo‘lib o‘tadi. Syezd muvaqqat hukumatni tuzishni
yoqlab chiqadi hamda soldat va ishchi deputatlarining O‘lka soveti
saylanadi. Viloyat va uyezdlarda harbiy gubernator va uyezd boshliqlari
242
muvaqqat hukumatning ijroiya komitetlari bilan almashtiriladi. Samar-
qand va Farg‘onada bu komitetlar «Jamoat xavfsizligini saqlash komiteti»
deb atalgan.
1917-yil 28-oktabrda o‘lkani boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat
Turkiston ijro qo‘mitasi tuziladi. Uning qoshida 22 kishidan iborat doimiy
kengash mavjud bo‘lib, uning funksiyalari aniq belgilanmagan.
1917-yil 2-noyabrda Turkiston o‘lka kengashi o‘z yig‘ilishini
o‘tkazadi va unda 9 ta tashkilotdan 30 vakil ishtirok etadi.
Ishchi va soldat deputatlarining III o‘lka syezdi 1917-yil 15 noyabrda
ochildi va u tomonidan rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiyaga ko‘ra
o‘lkada oliy hokimiyat organi 15 ta a’zodan iborat Xalq komissarlari
soveti deb ataluvchi ishchi, soldat va dehqonlar deputatlarining o‘lka
kengashi hisoblangan. Kengash ishchi, soldat va dehqon deputatlarining
syezdi va musulmon ishchi-mehnatkash tashkilotlari oldida javobgar
bo‘lgan. Xalq komissarlari sovetining prezidiumi mavjud bo‘lib, u rais,
o‘rinbosarlar va kotibdan iborat bo‘lgan. 1917-yil 8-dekabrda Xalq
komissarlari soveti devonxonasi tashkil etilgan.
O‘z vakolati bo‘yicha Xalq komissarlari soveti tarkibidagi Xalq
komissarlari xalq xo‘jaligining yo‘l, pochta va telegraf, adliya, xalq
maorifi, oziq-ovqat, suvdan foydalanish, fuqaro-ma’muriy qism, moliya,
tashqi ishlar, harbiy ishlar, savdo va sanoat ishlari bo‘yicha, mehnat, xalq
sog‘lig‘ini saqlash va dehqonchilik sohalarini boshqargan. Xalq
komissarlari o‘z faoliyati davomida Xalq komissarlari soveti oldida
javobgar hisoblangan.
1917-yil 12-dekabrda XKS buyruq chiqarib, unda Rossiya sudlar
to‘g‘risidagi dekreti matni e’lon qilindi. Eski sudlar bekor qilindi va
o‘rniga yangi sovet sudlari tashkil etildi. Kontrevolutsiya, sabotaj,
spekulyatsiya jinoyatlarini ko‘ruvchi tribunallar ham joriy etildi. Ishchi
militsiyalari to‘g‘risida NKVD qaror chiqardi. Ularning vazifasi tartibni
himoya qilish, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini
ta’minlashdan iborat deb belgilandi. 1918-yil mart oyidan Favqulodda
komissiya (CHK) tashkil etildi.
1918-yil 20-aprelda V o‘lka syezdi tomonidan Rossiya federatsiyasi-
ning «Turkiston Sovet respublikasi to‘g‘risida Nizomnoma (Konstitut-
siya)» qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy qonunchilik organi bo‘lib Turkiston
ishchi, soldat, dehqon va musulmon-dehqonlari deputatlari syezdi,
syezdlar oralig‘idagi davrda esa Markaziy ijroiya qo‘mitasi oliy hoki-
miyat organi hisoblangan. Markaziy ijroiya qo‘mitasi tarkibi 36 nafar
243
a’zodan iborat bo‘ldi. Xalq komissarlari soveti – davlat boshqaruv organi
qilib o‘zgartirildi.
O‘lkaga Rossiya Federatsiyasining Muxtor respublikasi maqomi
berildi. Konstitutsiya orqali yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni
mustahkamlash zarur edi. Turkiston ASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi
Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus
Konstitutsion romissiya tomonidan tuzilib, Turkiston sovetlarining VI
syezdida muhokama etildi. Mazkur syezd 1918-yilning 15 oktabrida
TASSRning konstitutsiyasini tasdiqladi.
Lekin, ushbu Konstitutsiya markaz tomonidan tasdiqlanmadi. Rossiya
kommunistik bolsheviklar partiyasining fikricha, Turkiston o‘lkasi Rossiya
federatsiyasi doirasida muxtor respublika bo‘lib qolishi kerak edi.
Rossiya kommunistik (bolsheviklar) partiyasi Markaziy Komitetining
siyosiy byurosi tomonidan qabul qilingan Turkiston Respublikasi
to‘g‘risidagi barcha konstitutsiyaviy hujjatlarda uni Rossiya tarkibida
avtonom respublika shaklida saqlash g‘oyasi yoqlab chiqilgan. Turkiston
o‘lkasi mustamlakachilikning yangi «sovet» ko‘rinishi bilan chirmab
olingan.
Konstitutsiya olti bo‘lim va 60 paragrafdan iborat edi. Asosiy
Qonunning dastlabki ikkita bo‘limi (1-bo‘limi «Mehnatkash va eksplua-
tatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi», 2-bo‘limi «RSFSR
Konstitutsiyasining asosiy holatlari») rahbar moddalar sifatida
RSFSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasidan to‘liq ko‘chirib olingandi.
Turkiston xalqi o‘z Sovetlarining V syezdi orqali o‘zlari egallab
turgan viloyatlarni Rossiya Federatsiyasining Turkiston Muxtor
Respublikasi deb e’lon qildi. 1920-yilgi konstitutsiya qabul qilinguncha
TASSR tarkibida Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand
viloyatlari bo‘lgan. Konstitutsiya Turkiston o‘lkasining markazdan
uzoqligi, hududining kengligi, etnografik, topografik va turmush
sharoitlarini hisobga olib Turkiston respublikasining qator mustaqil
huquqlarini o‘rnatgan.
Konstitutsiyaga ko‘ra butun hokimiyat ishchi, soldat va dehqon
Sovetlarning Turkiston syezdiga tegishli edi. Unda 25 ming aholidan
deputatlar 1 deputat miqdorida saylangan. Umumturkiston syezdi yilda
ikki martadan kam bo‘lmagan miqdorda chaqirilishi kerak edi. Markaziy
ijroiya qo‘mitasi syezdlar orasida ish olib borgan. Markaziy ijroiya
qo‘mitasi 75 nafar a’zodan iborat bo‘lgan. Uning tashkil etilgan
Prezidiumi o‘rnida keyinchalik katta va kichik Prezidiumlar tashkil
etilgan.
244
TASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi quyidagi Xalq komissarlik-
larini o‘rnatgan: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy ishlar; 3) ichki ishlar; 4) adliya;
5) mehnat va ijtimoiy ta’minot; 6) maorif; 7) pochta va telegraf; 8)
moliya; 9) temir yo‘l; 10) dehqonchilik; 11) oziq-ovqat; 12) davlat
nazorati; 13) millatlar ishlari; 14) sog‘liqni saqlash; 15) Xalq xo‘jaligi
markaziy kengashi.
Respublikada mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lib, ishchi,
soldat va dehqon deputatlarning Sovetlari hisoblangan. Viloyatlar uyezd,
volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Viloyat sovetlari 25
kishidan iborat bo‘lgan ijro qo‘mitalarini saylaganlar. Volost syezdlari
10000 aholidan 1 deputatni, shahar sovetlari va fabrika-zavod posyolka-
lari 2000 aholidan 1 deputatni delegat qilib jo‘natishgan. Syezdlar orasida
viloyat ijro qo‘mitasi davlat hokimiyat organi bo‘lgan. Doimiy ishlash
uchun viloyat ijro qo‘mitasining Prezidiumi 3–5 kishidan iborat tuzilgan.
Tuman va shahar ijro qo‘mitalari ham tuzilgan bo‘lib, ular nazorat va
reviziya qilish, kengashlarni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo‘lgan.
Uyezd syezdlariga shahar va qishloq syezdlari tomonidan deputatlar
2000 aholidan 1 deputat, volost syezdlariga qishloq sovetlari tomonidan
10 sovet a’zosidan 1 deputat miqdorida saylangan. 1920-yilgi Konstitut-
siyaga ko‘ra, uyezd syezdlariga 1000 aholidan 1 deputat miqdorida, ishchi
posyolkalari esa 200 aholidan 1 deputat miqdorida saylangan. Uyezd,
shahar sovetlari o‘zlarining ijro qo‘mitalari va bo‘limlariga ega bo‘lib,
qishloq va ovul ijro qo‘mitalari bo‘limlariga ega bo‘lmagan.
1922-yilda Markaziy ijroiya qo‘mitasi «Turk respublikasining
musulmon xalq sudlari to‘g‘risida Nizom» qabul qiladi. Unga binoan
musulmon sudlari yana qaytadan tiklandi. Ular tarkibiga saylanadigan
xalq sudlari kirib, aholi tomonidan 1 yil muddatga saylangan. Sudlar
shariat qonunlariga asoslanib ish ko‘rishgan. Agarda hukmlar sovet
qonunlariga zid bo‘lsa, u bekor qilingan.
Turkiston ASSRning yangi konstitutsiyasi 1920-yilning 24-sentabri-
da TASSR Sovetlarining IX syezdida qabul qilindi. U 1920 -yilning
14-sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning
avtonom qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
to‘g‘risida»gi qaroriga mos holda yaratilgan. Konstitutsiyaning tuzilishi 6
bo‘lim, 20 bob, 109 moddadan iborat bo‘lib, 1918-yilgi Konstitutsiyadan
deyarli farq qilmagan.
TASSR va RSFSRning o‘zaro munosabatlari Konstitutsiyaning 3-
bo‘limida o‘z aksini topgandi. Bu bo‘limda ham 1920-yilning 14-
sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning avtonom
245
qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risida»gi
qarori matn bo‘yicha aks ettirilgan. Umuman olganda, Mazkur 1920-yilgi
Konstitutsiya Rossiya kommunistik partiyasi rahbarlarining maqsadiga
mos kelgan va Moskva tomonidan tasdiqlangan. Shu tariqa Turkiston
o‘lkasi o‘zining ko‘zga ko‘rinmas suveren huquqlaridan mahrum etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |