Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


DAVRIDA O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

DAVRIDA O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ 
1-§. O‘rta Osiyoning Rossiya podsholigi tomonidan bosib  
olinishi va Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumi 
XVI asrning 50-yillarida markazlashgan rus davlatining tashkil 
topishi jarayoni dastlab o‘z atrofidagi unga doimo tahdid qilib kelgan 
davlatlarga zarba berish va ularni bosib olish yo‘nalishida bo‘lsa, 
keyinchalik qo‘shni mamlakatlarning yerlarini ochiqdan-ochiq turli 
sabablar bilan bosib olish siyosatiga aylanadi. 
Rossiya imperiyasining qo‘shni davlatlarni, xususan, o‘zbek xonlik-
larining yerlarini bosib olishga, ularning ichki ishlariga aralashishga 
qaratilgan siyosati o‘zining chuqur va uzoqni ko‘zlovchi maqsadlariga 
ega. 
Mustamlaka sharoitida Qo‘qon xonligi hududida tashkil etilgan 
Turkiston o‘lkasi, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi Rossiyaning 
chekka o‘lkalaridan biri bo‘lib qoladi. Unda harbiy-xalq boshqaruvi 
tuzumi joriy etiladi. O‘lkaning huquqiy manbalari o‘ziga xos ko‘rinishda 
bo‘lgan. 
Buxoro ustidan Rossiyaning homiyligi (protektorati) o‘rnatilib, 
mustamlaka davlatga aylantiriladi. Bu davrda davlat markazlashgan 
davlatga aylantiriladi. 
Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari vassal davlatga aylan-
tiriladi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar Rossiya tarkibiga 
kiritilib, xon faoliyati shu yerdagi boshliq orqali nazorat etib borilgan. 
Shunday bo‘lsa-da, uning Buxorodan farqi oliy hokimiyat xon qo‘lida 
qolib, faqat tashqi to‘laligicha, ichki siyosat esa qisman chegaralanadi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu davrda Xiva xonligi va Buxoro 
amirligi hududiy-siyosiy nuqtai nazardan Rossiya, Angliya va 
Afg‘oniston, Eron manfaatlari to‘qnashgan nuqtaga aylanadi
1
. Agarda, 
ushbu davlatlar hududi ruslar qo‘liga o‘tsa, ular uchun Hindiston sari yo‘l 
ochilib, Angliya manfaatlari Afg‘oniston va Hindistonda xavf ostida 
1
 Qarang: Ɍɭɯɬɚɦɟɬɨɜ Ɍ. Ɋɨɫɫɢɹ ɢ ɏɢɜɚ ɜ ɤɨɧɰɟ XIX – ɧɚɱɚɥɟ XX ɜɟɤɚ. – 
Ɇ.:  ɇɚɭɤɚ, 1969. – ɋ.14–18;  ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ⱥɥɢɯɨɧ Δɚɮɭɪ. ɏɨɪɚɡɦ ɫɚɮɚɪɢ ɤɭɧɞɚ-
ɥɢɝɢ. – Ɍ., 2005. – Ȼ. 34.


 228
qolishi mumkin edi. Shu jihatdan, aynan Xiva xonligiga yurishdan oldin 
Peterburgda Rossiya va Angliya o‘rtasida tuzilgan bitim talablariga 
muvofiq, har ikkala davlat o‘z an’anaviy davlat va huquq tizimini saqlab 
qoladi
1
.
O‘zbek davlatchiligining so‘ngi bosqichlaridan biri, yangi davr – bu 
aynan rus podsholigi mustamlakachiligi davri bo‘lib hisoblanadi. Chor 
Rossiyasi XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘rta Osiyo yerlarini 
bosib olishni maqsad qilib qo‘yadi. Shu maqsadni amalga oshirish, 
o‘lkadagi foydali qazilmalarning miqdori va joyini aniqlash maqsadida 
mintaqaga ketma-ket ekspeditsiyalar uyushtiriladi. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo 
xonliklarini bosib olishga kirishadi. Mahalliy davlatlar o‘rtasidagi siyosiy 
tarqoqlik Rossiya hukumatiga qo‘l keladi. Xonlar orasida yakdillikning 
yo‘qligi, qurollangan doimiy qo‘shinlarning joriy etilmaganligi ularning 
mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Oqibatda 30–40-yil davomida olib borilgan 
yurishlar tufayli O‘rta Osiyoda rus podsholigining hukmronligi 
o‘rnatiladi. 
1868-yilga kelib Rossiya Qo‘qon xonligi hududining yarmini egallab 
ulguradi. Shu yil 29-yanvar 13-fevral kunlari oralig‘ida Qo‘qon xonligi 
bilan Rus davlati o‘rtasida savdo bitimi imzolanadi. Bu bitim Qo‘qon 
xonligining siyosiy jihatdan Rossiyaga qaramligini ta’minlaydi. Bu 
vaqtda xonlik hududi asosan Farg‘ona vodiysidan iborat edi. Aholisi 
300 000 kishini tashkil etgan.  
Shuningdek, 1868-yilda olib borilgan yurishlar tufayli shu yil 
23-iyulda Buxoro amirligi bilan sulh shartnomasi imzolanadi. Unga 
ko‘ra Buxoro amirligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga 
oladi: 1) Rossiya vassalligini tan olish, 2) unga 500 ming rus rubli 
hisobida urush tovoni to‘lash, 3) Samarqand va Kattaqo‘rg‘on 
viloyatlarini Rossiyaga berish, 4) boshqa davlatlar bilan mustaqil siyosiy 
aloqa o‘rnatish huquqidan voz kechish va h.k. Biroq shunday bo‘lsa-da, 
Rus davlati Buxoro amirligining bo‘ysunmagan ayrim bekliklarini 
bo‘ysundirish maqsadida yana bosqinchilik urushlarini davom ettiradi. 
Rossiya hukumati 1872–1873-yillarda Xiva xonligiga to‘rt tomondan 
yurish uyushtiradi. 1873-yil 12 (25)-avgustda Xiva va Rossiya o‘rtasida 
18 moddadan iborat sulh shartnomasi tuziladi. U shaxsan Turkiston 
general-gubernatori tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga binoan Xiva 
1
 Qarang: Ɇɚɞɢɪɢɦɨɜ ɏ.Ɋ. ɏɢɜɚ ɯɨɧɥɢɝɢɧɢɧɝ ɞɚɜɥɚɬ ɬɭɡɭɦɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕ
ɦɚɧɛɚɥɚɪɢ. ɘɪɢɞ. ɮɚɧ. ɧɨɦɡ. … ɞɢɫ. ɚɜɬɨɪɟɮ. – Ɍ., 2012. – Ȼ. 19.


 229
xonligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi: 1) Rossiya 
vassalligini tan olish; 2) urush xarajatlarini qoplash uchun unga 2 mln. 
200 ming rus rubli miqdorida tovon to‘lash; 3) Amudaryoning o‘ng 
qirg‘og‘ini Rossiyaga berish; 4) boshqa davlatlar bilan mustaqil siyosiy 
aloqalar o‘rnatish huquqidan voz kechish va boshqa siyosiy-huquqiy 
talablarni ijro etish. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, rus qo‘shinining so‘nggi harakatlari 
aynan 1880–1892-yillarda Xiva xonligi hududida yashovchi turkmanlarni 
bo‘ysundirish bilan bog‘liqdir.  
1875-yilga kelib Qo‘qon xonligida Xudoyorxonga va Rus davlatiga 
nisbatan norozilik kuchayib, qarshi harakatlar boshlab yuboriladi. 
Natijada rus davlati O‘rta Osiyodagi o‘z hokimiyatini ushlab qolish, real 
xavfni bartaraf etish va bevosita boshqaruvdagi hududini yanada 
kengaytirishga kirishadi. Shu yil 22-sentabrda Qo‘qon xonligi bilan 
tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 600 ming tanga tovon solinib, xonlikdagi 
Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘i Rossiya tarkibiga kiritiladi. Nasriddinxonning 
asosli talabi bilan ushbu tovon bekor qilinadi. 1876-yil fevralda Qo‘qon 
xonligi tugatilib, o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etiladi. Marg‘ilon 
bekligiga 125 000 tilla – 500 000 rubl tovon solinadi. 
O‘rta Osiyo hududida Rossiya hukumati o‘ziga xos bo‘lgan siyosiy-
harbiy boshqaruvni tashkil etdi. Siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma’naviy sohalar mustamlakachilik maqsadlariga qaratilgan katta 
o‘zgarishlarga uchradi. Masalan, Turkiston general gubernatorligi rus 
mollari kiritiladigan bozor va xom ashyo (paxta, bug‘doy, teri…) manbai 
sifatida xizmat qildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan tuzilgan 
shartnomalarga muvofiq, ularning mustaqilligi va nomi saqlanib qolgan 
bo‘lsa-da, amalda dunyo siyosiy-iqtisodiy maydonida Rossiya tarkibidagi 
o‘lka sifatida namoyon bo‘ldi. Rossiyaning Turkiston general-
gubernatorligi tomonidan joriy etilgan qaror, yo‘riqnoma va shartnoma 
kabi normativ-hujjatlari Buxoro va Xiva davlatlariga ham daxldor edi.  
Shunday qilib, Turkiston o‘lkasida tom ma’nodagi mustamlakachilik 
tartiblari joriy etildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida yarim 
mustamlakachilik tartiblari o‘rnatildi. Mazkur jihatlarga ko‘ra rus 
podsholigi davrida Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi 
davlat va huquq masalalarining o‘ziga xos xususiyatlarini alohida ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiqdir.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish