Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumi. Turkiston o‘lkasining ma’mu-
riy-hududiy boshqaruvi rus davlati nuqtai nazaridan shakllantirildi.
O‘lkaning turli mintaqalarida hokimiyatni amalga oshirish turli huquqiy
230
hujjatlar asosida amalga oshirilganligi bois 1886-yilgacha yagona tartib
bo‘lmagan. Oliy va markaziy boshqaruv lavozimlariga rus harbiylari,
ijrochi sifatida quyi lavozimlarga esa mahalliy aholi vakillari tayinlangan.
Qisqa davr ichida bosib olingan hududlarning umumiy boshqaruvi
bo‘yicha 1867-yilda poytaxti Toshkent shahri qilib belgilangan Turkiston
general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi (podsholik hududida
bir nechta harbiy okruglar joriy etilgan) tashkil etiladi.
Ilk egallangan hudud – bu Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmachit
(hozirgi Qizil O‘rda) bo‘lib, bosib olingan dastlabki hududlarda 1865-
yilda Turkiston viloyati tashkil etilgan. Uning o‘rnida yangi hududlar
hisobiga 1867-yilda ta’sis etilgan general-gubernatorlik tarkibiga kiruvchi
Sirdaryo (Toshkent) va Yettisuv (Olma ota) viloyatlari tuziladi. Aynan
shu ikkita viloyat Turkiston general-gubernatorligining ikki qismini
tashkil etgan.
Bundan tashqari, 1868-yil 23-iyunda Buxoro xonligining sobiq
hududida Zarafshon okrugi tashkil etiladi. 1873-yilga kelib Amudaryo
bo‘limi ham bevosita general-geburnatorlik tarkibiga kiritiladi.
Bosqinchilik yurishlari natijasida general-gubernatorlik tarkibiga
yangi joriy etilgan viloyatlar – Farg‘ona (Marg‘ilon), Samarqand
(Samarqand shahri) va Kaspiyorti (Ashxobod) ham kiritiladi.
Turkistonda mustamlaka va boshqaruv idoralari va huquq tizimining
shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Dastlab tashkil etilgan Turkiston viloyatining boshqaruv mahkamasi
unchalik mustahkam bo‘lmagan. U «Turkiston viloyatini boshqarish
haqidagi Muvaqqat nizomga» binoan boshqarib kelingan. «Muvaqqat
Nizom»ga muvofiq, viloyatda harbiy-xalq boshqaruvi harbiy guberna-
torga berilgan. U o‘z yordamchilari va devoniga ega bo‘lgan. Viloyat
tarkibi uyezdlarga bo‘lingan bo‘lib, ular viloyat boshqarmasiga bo‘ysu-
nuvchi uyezd boshliqlari tomonidan boshqarilgan. Viloyat gubernatori-
ning asosiy vazifasi rus qo‘shinini ta’minlash mahalliy mansabdor
shaxslar faoliyatini nazorat qilish hisoblangan. Uyezd boshliqlari
xavfsizlik, yer-suv, soliq, sud ishlarini nazorat qilish, aholi shikoyatlarini
yuqori mansabdor shaxslarga yetkazish vakolatlariga ega edi.
1867-yilga kelib «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish
haqidagi Nizom» qabul qilinadi va u 1886-yilgacha amal qiladi. Mazkur
Nizom asosida barcha sohalar boshqarilib kelingan. Unga muvofiq,
Turkiston viloyati va boshqa hududlar o‘rnida shu ikkita viloyat tashkil
etiladi. O‘lka boshqaruvi uchun Turkiston general-gubernatorligi ta’sis
etiladi. Turkiston general-gubernatori – o‘lka boshlig‘i Rossiya imperiya-
231
sining Harbiy va Tashqi ishlar vaziriga bo‘ysungan. Uning vakolatlari
quyidagilardan iborat bo‘lgan: tashqi aloqalarni amalga oshirish, soliqlar
miqdorini va boshqaruvga oid xarajatlar miqdorini belgilash, sudlarning
chiqargan hukmlarini va fuqaroviy shartnomalarni tasdiqlash, chegara-
dosh davlatlar bilan urushlar va muzokaralar olib borish. 1886-yilga kelib
hukmronlikni yanada mustahkamlash maqsadida rus imperatori
tomonidan general-gubernatorning siyosiy-moliyaviy va boshqa vakolat-
lari yanada kengaytiriladi. Boshqacha aytganda, u «yarim podsho», deya
ta’rif etilish darajasiga yetkaziladi.
Turkiston general-gubernatorligining dastlabki boshqaruv idorasi
general-gubernator kanselariyasidan iborat bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uning
tarkibiy tuzilishi kengayib boradi. 1886-yilga kelib, general-gubernator
huzurida uning yordamchisi boshchilik qiladigan kengash tashkil etilib,
unga Turkistondagi barcha rus mansabdor shaxslari doimiy va
vaqtinchalik a’zo sifatida kiritiladi. Kengashga qonunchilik, moliya,
xazina, soliq, yer, sud va lozim topilgan masalalar yuzasidan muhokama
o‘tkazish tartibida hal etish vakolati berilgan.
Harbiy gubernatorlar huzurida viloyat boshqarmasi saqlab qolinib,
ularning yordamchilari tomonidan boshqarilgan. Boshqarmada farmoyish
berish, xo‘jalik ishlari va sud bo‘limlari bo‘lib, ayrim masalalar yuzasidan
muhokama majlisi o‘tkazilgan va qaror chiqarilgan.
1886-yilga kelib gubernatorlarning huquqiy maqomi imperiya
gubernyalari boshliqlari maqomiga tenglashtiriladi. Ularga o‘z tashabbusi
bilan 1 oygacha qamoqni qo‘llash va bo‘lis boshliqlarini almashtirish kabi
vakolatlar beriladi.
Viloyat boshqarmasi mirovoy sudlar vakolatiga kirmaydigan qiymati
2000 so‘mdan ortiq ishlarni, tijorat ishlarini, mansabdorlik jinoyatlarini
ko‘rib hukm chiqargan, mirovoy sudlar qurultoyi sifatida jinoyat va
fuqarolik ishlari bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilgan.
Viloyatlar ma’muriy-hududiy jihatdan uyezd (tuman)larga bo‘lingan
bo‘lib, ular ma’muriy va politsiya hokimiyatini amalga oshiruvchi uyezd
boshlig‘i tomonidan boshqarilardi. Unga uyezdda boshqaruvni, tartib-
intizomni, huquq-tartibotni, ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash vazi-
falari yuklatilgan. 1886 va 1898-yillarda uning vakolatlari yanada
kengaytiriladi. Bunda ular dastlab 7 kun, so‘ng 1 oygacha qamoq yoki
jarima jazosini qo‘llash huquqiga, o‘z hududida soliqlar miqdorini
belgilash vakolatiga ega bo‘ladi.
Uyezd boshliqlari o‘z boshqarmasiga ega bo‘lib, unda o‘rtacha
hisobda 8 nafar ofitser xizmat qilgan. Ular shuningdek, o‘z yordamchilari
va hudud pristavlariga ham ega bo‘lgan.
232
Joylarda o‘troq va ko‘chmanchi aholi hududlarida alohida boshqaruv
idoralari tashkil etilgan. Ko‘chmanchi aholi ovullar va bo‘lis (volost)larga
taqsimlandi. Ovullar 100–200 o‘tovdan iborat holda tashkil etildi. Yaqin
joylashgan 1000–2000 o‘tovdan iborat bir necha ovullar bo‘lislarga
birlashtirildi. Bo‘lislar boshqaruvi o‘tovlar vakillari tomonidan saylanadi-
gan oqsoqollarga yuklatildi.
Dastlabki davrlarda o‘troq aholi hududlarida ham aholi bo‘lisga
tenglashtirilgan oqsoqolliklarga bo‘linadi. Ularni boshqarish xalq
yig‘inlarida saylanadigan oqsoqollarga yuklatildi. Ovul, bo‘lis boshliqlari
va oqsoqollarga o‘z hududida ma’muriy va politsiya funksiyasini amalga
oshirish vazifasi yuklatiladi.
O‘troq aholi hududlarining shahar va qishloqlarida xo‘jalik ishlari
bo‘yicha boshqarmalar tuzilgan. Uning a’zolari xalq tomonidan saylangan
bo‘lib, xo‘jalik boshqaruvini amalga oshirgan va soliqlarni belgilagan.
Ko‘chmanchi aholi hududlarida bu ishlar saylanadigan bo‘lis vakillari
tomonidan olib borilgan.
1877-yilga kelib, xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshqarmalar tugatiladi va
o‘troq aholi hududlarida ko‘chmanchi aholi hududlari singari boshqaruv
ta’sis etilib, bo‘lislar tuzilib ularning tarkibiga oqsoqolliklar kiritiladi.
Shaharlar va kattaroq aholi yashaydigan hududlar dahalarga bo‘lin-
gan. Ular oqsoqollar tomonidan boshqarilgan.
Toshkent shahri ruslar oqib kelishi natijasida yangi va eski shahar
qismlariga bo‘linadi. Toshkent shahri boshqaruvi 1877-yil avgustdan
boshlab Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlanadigan va unga
bevosita bo‘ysunuvchi shahar boshlig‘i ixtiyoriga beriladi. Uning
huzurida shahar hokimi hamda uning yordamchilari lavozimlari ta’sis
etiladi.
Ko‘chmanchi, o‘troq va rus aholisi uchun alohida tartibda sud
organlari tashkil qilinadi. Ko‘chmanchi aholi hududlarida sud ishlarini
olib boruvchi biylar 25 yoshga to‘lgan fuqarolar orasidan saylangan. Bu
turdagi sudlar vakolat doirasiga ko‘ra uchga ajratilgan, ya’ni: 1) 100
so‘mgacha bo‘lgan ishlarni ko‘rishga vakolatli bo‘lgan biylar; 2) bo‘lis
biylari qurultoyi, u 1000 so‘mgacha ishlarni ko‘rgan, vaqti-vaqti bilan
chaqirilgan; 3) bo‘lis yoki bo‘lislararo ishlarni uyezd boshlig‘i ishtirokida
ko‘rib hal qiluvchi biylar qurultoyi.
O‘troq aholiga qozilarni saylash huquqi berilgan. Hudud qozilari
yakka holda qiymati 100 so‘mgacha bo‘lgan ishlarni ko‘rib hal etgan.
Rus fuqarolariga taalluqli, ruslar bilan mahalliy aholi vakillari
o‘rtasidagi, agar manfaatdor rus sudiga murojaat qilsa ko‘chmanchi va
233
o‘troq aholi o‘rtasidagi ishlarni imperiya qonunlariga muvofiq rus sudlari
ko‘rib, hal etgan. Ular o‘zaro bo‘ysunuvchi quyidagi uch turga bo‘lingan:
1) uyezd sudlari; 2) harbiy-sud komissiyalari; 3) viloyat boshqarmalari.
Viloyat boshqarmalari yuqori instansiya sudi vazifasini ham amalga
oshirgan. Rus sudlari general-gubernator tomonidan lavozimga
tayinlangan. Keyingi davrlarga kelib, rus fuqarolari ishlarini ko‘ruvchi
sudyalar soni ko‘paytiriladi. Ularga shuningdek, notariuslik vazifasi ham
topshiriladi.
1886-yilga kelib, Turkistondagi viloyatlar hududi sud uchastkalariga
bo‘linib, mirovoy sudyalar tayinlanadi. Viloyat (okrug) sudi tergovchilari
lavozimi ta’sis etiladi. Bu vaqtga kelib, mahalliy aholi vakillariga
nisbatan ham og‘ir va o‘ta og‘ir hisoblangan jinoyatlar uchun rus sudlari
tomonidan rus qonunlari qo‘llanilishi mumkinligi belgilanadi.
1888-yilda Toshkent shahriga o‘z-o‘zini boshqarish huquqi beriladi.
Mulk senzi asosida Toshkent shahar Dumasiga saylovlar o‘tkaziladi.
Dumaning 72 nafar a’zosi orasidan shahar boshqaruvining 6 kishidan iborat
tarkibi saylangan. Ular general-gubernator nazorati ostida qaror chiqarish
tartibida ish yuritishgan. Jamoatchilik tashabbusi bilan 1917-yilga kelib Olma
ota, Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda Dumalar tashkil qilinadi,
biroq amalda hokimiyat rus ma’murlari qo‘lida qoladi.
1898-yilda Toshkent, Yangi Marg‘ilon, Samarqandda shahar
boshlig‘iga bo‘ysunuvchi politsiya boshqarmalari, qolgan shaharlarda esa
maxsus politsiya pristavlari lavozimlari tashkil etiladi. Ularga ma’muriy
jazo choralarini qo‘llash huquqi beriladi.
1906-yilga kelib uyezd boshliqlariga bo‘ysunuvchi politsiya boshqar-
malari joriy etiladi. 1911-yilda barcha viloyatlarda maxsus politsiya
qidiruv bo‘limlari tashkil qilindi. Bundan maqsad inqilobiy harakatlar
ishtirokchilarini qidirib topish va ularni ta’qib etishni kuchaytirishdan
iborat bo‘lgan.
Keyingi davrlarda boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarish kuzatilmaydi.
Turkistonda huquq manbalari tom ma’noda mustamlakachilik
tartiblarini mustahkamlash yo‘nalishida shakllandi. Ular asosan ma’muriy
boshqaruv to‘g‘risidagi ko‘p sonli nizomlar, muvaqqat nizomlar,
muvaqqat qoidalar va yo‘riqnomalardan iborat. Jumladan, quyida eng
muhim hujjatlarni keltiramiz:
– Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom (1865-
yil 9-avgust);
– «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom»
loyihasi (1867-yil, tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, unga tayanilgan);
234
– Zarafshon okrugini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom (1868-yil);
– «Farg‘ona viloyatini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi (1873-yil);
– Amudaryo bo‘limini boshqarish haqidagi muvaqqat qoidalar (1874-yil);
– Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom (1886-yil 12-iyun,
kam sonli qo‘shimchalar bilan 1917-yil o‘rtalarigacha amal qilgan);
– Turkiston o‘lkasining qishloq mansabdor shaxslarining huquqlari,
burchlari va vakolat doiralari haqidagi yo‘riqnoma (17-sentabr 1888-yil);
– Turkiston o‘lkasidagi sug‘orish ishlarini boshqaruvchi mansab-
dorlar, uyezd boshliqlari, ariq oqsoqollari va miroblarning huquq va
burchlari haqidagi yo‘riqnoma (2-avgust 1888-yil);
– Jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir qilganlarni qidirib topish
bo‘yicha Turkiston general-gubernatorligining politsiya xizmatlariga
yo‘riqnoma ( 1892-yil);
– Xalq sudyalariga yo‘riqnoma.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosan Turkiston general-
gubernatorligi tomonidan ishlab chiqilib, ahamiyatiga ko‘ra rus impera-
tori hamda Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlangan. Ular
orqali siyosiy, hududiy tuzilish, harbiy, sud, soliq va boshqa sohalar
tartibga solib kelingan.
O‘lkada boshqaruvga bevosita aloqador bo‘lmagan mahalliy aholi
o‘rtasidagi mulkdan foydalanish, unga egalik qilish, uni tasarruf qilish,
savdo, ijaraga berish, hadya etish, meros, oila-nikoh, vasiylik va homiylik
bilan bog‘liq munosabatlarni shariat va odat huquqiga ko‘ra tartibga solib
kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |