225
podshosi Aleksandr II AQSHga ulkan Alyaskani (uning maydoni
Fransiyaning maydonidan deyarli 3 baravar katta edi) juda arzimagan 7,2
mln. dollarga sotadi. 1898-yilgi ispan-amerika urushi natijasida AQSH
Puerto-Riko, Gdem oroli va Filippinni egallab oldi. Rasman mustaqil deb
e’lon qilingan Kubani okkupatsiya qildi.
Yangi davrda AQSHda avvalo quldorlar va qullar, quldorlar va
qulchilik tuzumiga qarshi fuqarolar o‘rtasida kurash davom etadi.
Boshqacha aytganda, AQSHning fuqarolik urushi – bu qulchilikka qarshi
adolatli xalq urushi, deya e’tirof etiladi. XIX asr o‘rtalarida iqtisodiy
inqiroz natijasida inqilobiy vaziyat yuzaga keladi.
1860-yilda quldorlik tuzumi amal qiluvchi Janubiy 11 ta shtat
Shimoliy shtatlardan, ya’ni AQSHdan ajralib chiqqanligini e’lon qiladi.
Ular o‘z konventida quldorlik davlati – Amerika
shtatlari konfederatsiya
tuzilganligini e’lon qiladi va o‘z Prezidentini saylaydi. Shu bilan birga,
o‘z Konstitutsiyasini ham qabul qiladilar. Shimoliy va Janubiy Amerika
o‘rtasidagi bo‘linish Avraam Linkoln davrida 4 yil davom etadi va
1865-yil 26-mayda tugaydi.
Fuqarolik urushi oqibatida Avraam Linkoln davrida prezidentlik
hokimiyati ancha kuchayadi. Bu AQSH tarixining keyingi
davrlarida ham
kuchli prezidentlik hokimiyatining o‘rnatilishiga muhim ta’sir ko‘rsatgan.
Keyingi davrlardagi fuqarolar harakati ko‘proq ishchi sinflar tomonidan
amalga oshirildi. Ular ommaviy harakatga rahbarlikni olib boradilar. Bu
borada ishchilar turli partiya, federatsiya, ittifoq va harakatlarga
birlashadilar.
Janubiy shtatlar ittifoqqa 12 yildan so‘ng batamom birlashtiriladi.
Keyingi davrlarda AQSHning ikkala mintaqasidagi ijtimoiy va iqtisodiy
ahvol tobora birxillashib boradi.
AQSH fuqarolar urushidan so‘ng jadal sur’atlarda rivojlanib, agrar
respublikadan industrial davlatga aylanadi. AQSH tarkibiga 12 ta yangi
shtat qabul qilinadi.
Ijtimoiy tuzumda quldorlik tuzumi amal qilgan. 1860-yilda Senat
qulchilikni AQSHning hamma hududida qonuniy deb e’lon qiladi.
Janubiy shtatlarda negrlar huquqiy holatini o‘rnatuvchi «qoralar kodeksi»
joriy qilinadi. Unda negrlarning oq tanlilar bilan nikohda bo‘lishi kabi
qator huquqlari taqiqlangan. «Faqat o‘lgan indeyetsgina yaxshi» shiori
ostida hukumat tomonidan indeyetslarga qarshi urush olib borilib, ularni
maxsus rezervatsiya (chekka hudud)larga haydab, muhtojlikka chiday
olmay qirilib ketishiga olib kelingan.
Avraam Linkoln (1862–1865-y.) prezidentlik davrida qulchilikni
tugatishga qaratilgan islohotlar o‘tkaziladi. 1865-yil fevralda Kongress
226
mamlakatda qulchilikni taqiqlash to‘g‘risida
Konstitutsiyaga XII
tuzatishni qabul qiladi. 1868-yilda hamma aholining fuqarolik tengligi
haqida Konstitutsiyaning XIV tuzatishi kuchga kiradi. Bu tuzatish bir
asrga qadar amalda o‘z ifodasini topmaydi.
AQSHning imperiyaga aylanishi asosan markaziy hokimiyat
organlari funksiyasini kengaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar orqali
amalga oshiriladi. U yuridik xarakterga ega bo‘lsa-da, huquq tizimida
mustahkamlanmaydi va «jonli konstitutsiya» deb yuritiladi. Bu davrda
AQSH Konstitutsiyasiga 1913-yilda ratifikatsiya
qilingan XVI va XVII
tuzatishlar kiritiladi. XVI tuzatish Kongressning soliq sohasidagi
vakolatlarini kengaytirishga, daromad soliqlari miqdorini belgilashga
qaratilib, eng ko‘p daromad solig‘i 6 foizdan oshmasligi o‘rnatiladi.
Mazkur XVI tuzatish Prezident Vilson tomonidan o‘tkazilgan bojxona
islohoti bilan bog‘liq bo‘lib, natijada 1913-yilda banklarning federal
tizimi takomillashtiriladi. XVII tuzatish senatorlarning tayinlanishiga oid
eski tartibni bekor qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar joriy qildi. Ilgari
ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi majlislari tomonidan saylanadigan
senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi. Bu
senatning shakllantirilish tartibini nafaqat demokratlashtiradi, balki uning
nufuzi va davlat boshqaruvidagi rolini ham oshiradi.
1910-yilgi «parlament inqilobi» kongress uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ishlarining samaradorligini oshishiga olib keldi. Bu vaqtda quyi palata
spikeri 1) doimiy komitetlar a’zolarini tayinlash va 2) ishlarni ko‘rib chiqish
tartibini belgilovchi komitetga a’zolik huquqidan mahrum etiladi.
XX asr boshlariga kelib turli partiyalar tashkil
topadi va ular
Prezident saylovi kompaniyalarida bir-biridan farq qiluvchi dasturlarga
ega nomzodlarni ko‘rsatishadi.
Bu davrda xalq demokratik xarakterdagi islohotlarni o‘tkazishni,
ijtimoiy hayotni yaxshilash borasidagi talablarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytganda, XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib yuqorida
zikr etilgan koloniyalar Angliyaning qattiq tazyiqi ostida bo‘lganligiga
qaramay, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va uning asosida
sanoatni yuksalishi Amereka inqilobining asosiy shart-sharoiti hisoblandi
hamda AQSHning tashkil topishiga olib keldi.
Eng muhim hujjat hisoblangan AQSHning mustaqillik
Deklaratsiyasi
qabul qilindi. Bu deklaratsiya tiranik (zulmkor) hukumatni ag‘darishga
qaratilgan o‘z davrining ijobiy hujjati sifatida qaraladi.
Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar borasida aytish mumkinki, 1787-yilgi
AQSH Konstitutsiyasiga XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrdayoq
asosiy o‘zgartishlar kiritilgan.