Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning 
 siyosiy-huquqiy tizimi 
O‘zbekiston SSRning davlati va huquqi tarixini yuz bergan siyosiy-
huquqiy o‘zgarishlarga ko‘ra uch davrga, ya’ni 1924–1936, 1937–1977 
va 1978–1991-yillarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
1924-yilga kelib Rossiya bolsheviklar kommunistik partiyasining 
Markaziy Qo‘mitasi va Sovet Hukumati bolshevistik mustamlaka tizimini 
yanada mustahkamlash uchun yangi usulni qo‘llaganlar. 1920-yili 
V.I. Leninning Turkiston o‘lkasini milliy respublikalarga ajratib yuborish 
g‘oyasi amalga oshiriladi. Milliy hududiy chegaralanish tufayli mavjud 
davlatlar o‘rniga yangi respublikalar tashkil etildi. O‘rta Osiyo hududi 
yangi usulda yana Rossiya rahbarligida birlashtirildi. Natijada O‘rta 
Osiyoda O‘zbekiston SSR va uning tarkibida Tojikiston ASSR, 
Turkmaniston SSR, RSFSR tarkibiga kiruvchi Qora-qirg‘iz (Qirg‘iziston) 
avtonom viloyati, Qozog‘iston SSR va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston 
avtonom viloyati tashkil etilgan. 
O‘zbekistonni tashkil qilish yuzasidan tuzilgan Muvaqqat qo‘mita 
1924-yilning 5-dekabrida O‘zbekistonning tashkil etilganligini xalqqa 
e’lon qildi. TASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mita 
sessiyalari 1924-yilning 18-noyabrida o‘z hokimiyatlarini tugatish va 
vakolatlarini O‘zbekiston inqilobiy hokimiyatiga topshirish to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi. 
1925-yilning may oyida SSSR sovetlarining III Qurultoyida 
O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR «ixtiyoriy-majburiy» tarzda 
SSSR tarkibiga kiritilgan. Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati – oliy 
qonunchilik, ijro va farmoyish beruvchi organ sifatida tashkil etilgan. 


 260
1925-yilda Sovetlarning I Ta’sis syezdi Tojik ASSRni O‘zbekiston 
SSRga qo‘shish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildi. Tojik ASSR 
ma’muriy hududiy bo‘yicha 5 ta viloyatga ega bo‘lib, o‘zining oliy va 
mahalliy boshqaruv organlariga ega edi. 1924-yil 26-noyabrda O‘zSSR 
revkomi Tojikston ASSR muvaqqat hukumati – revkomini tuzish 
to‘g‘risida qaror chiqardi. 
1926-yilning 16-iyunida O‘zbekiston Sovetlarining Markaziy Ijroiya 
Qo‘mitaning IV sessiyasi respublikada ma’muriy-hududiy rayonlashtirish 
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1926-yilning oktabrida 
O‘zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining V sessiyasi ushbu 
loyihani tasdiqladi. Bunga ko‘ra, respublikada tugatilgan 7 ta viloyat 
o‘rniga 10 ta – Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, 
Qo‘qon, Xo‘jand, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand (poytaxt) 
okruglari tashkil etildi. Bundan tashqari oldingi chegaralari doirasida 
O‘zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga bo‘ysunadigan 
Konimex tumani saqlanib qolindi.  
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun 26 kishidan iborat 
komissiya tuzilgan. Uning tarkibiga Tojikiston Muxtor respublikasi 
vakillari ham kiritildi. Komissiya o‘z ishida O‘zbekistonning tashkil 
etilgan vaqtidan buyon qabul qilingan konstitutsion aktlardan foydalandi. 
«O‘zbekiston SSRni tashkil etish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekistonni SSSR 
tarkibiga qabul qilish to‘g‘risida»gi deklaratsiyalar, Markaziy Ijroiya 
Qo‘mita tomonidan 1925-yilning 22-iyulida qabul qilingan va O‘zbekis-
tonning gerbi va bayrog‘ini belgilab beruvchi qarorlari O‘zbekistonning 
1927-yilgi  Konstitutsiyasiga asos qilib olindi. Konstitutsion komissiya 
Konstitutsiya loyiqasini ishlab chiqdi va uni 1926-yilning iyun oyida 
Markaziy Ijroiya Qo‘mita IV sessiyaning dastlabki muhokamasiga kiritdi. 
IV sessiya loyihani tasdiqladi va Sovetlar 2 syezdining tasdig‘iga 
kiritishga qaror qildi. 
1927-yilning 30–31-martida O‘zbekiston SSR sovetlarining qurultoyi 
O‘zbekistonning birinchi konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida qaror 
qabul qildi.  
O‘zbekiston SSRning birinchi konstitutsiyasi 8 bo‘lim, 17 bob va 114 
moddadan iborat bo‘lgan. Birinchi bo‘lim umumiy holatlarga bag‘ish-
langan. Unda Konstitutsiyaning huquqiy asoslari, O‘zbekistonda tashkil 
etilgan davlatning mohiyati, oliy hokimiyat organlarining tizimi, 
O‘zbekistonning sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirishi hamda ular 
vakolatlarining o‘zaro belgilanganligi mustahkamlangan.  


 261
Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekiston tarkibiga Tojikiston Muxtor 
Respublika shaklida kirgan. Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekiston SSR 
davlat hokimiyatining Oliy idorasi O‘zbekiston Sovetlar qurultoyi, uning 
qurultoylari o‘rtasidagi davrda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va 
uning sessiyalari orasida Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi etib 
belgilangan. Oliy boshqaruv organi Respublika Xalq Komissarlari Soveti 
hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat idoralari okrug va tumanlarda Sovetlar 
qurultoyi, qurultoylar o‘rtasidagi davrda Sovetlarning Ijroiya qo‘mitalari 
etib belgilangan. Shahar va qo‘rg‘onlarda Sovetlar, sessiyalar o‘rtasidagi 
davrda ularning ijroiya qo‘mitalari va qishloqlarda qishloq Sovetlaridan 
iborat holda aks ettirilgan. 
Konstitutsiya demokratik qoidalarni, siyosiy, fuqaroviy, shaxsiy 
huquq va erkinliklarni belgilagan. Jumladan, kishilarning teng 
huquqliligi, millati, irqidan qatyiy nazar cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligi, 
siyosiy boshpana berish, kichik millatlarning haq-huquqlari himoya 
qilinishi, ularga o‘z ona tillarida o‘qish, sudda chiqish, davlat 
boshqaruvida ishtirok etishi kabilar kafolatlangan. Shu bilan bir qatorda 
unda fuqarolarning majburiyatlari – mehnat qilish majburiyati, qo‘lda 
qurol bilan vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi ham 
ta’kidlab o‘tilgan. 
Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston o‘z suverenitetiga ega Sovet 
Ittifoqining teng huquqli a’zosi ekanligi, o‘z davlat hokimiyatini mustaqil 
amalga oshirishi, O‘zbekiston Ittifoq tarkibidan erkin chiqishi, 
O‘zbekistonning hududi uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi 
mustahkamlangan. Uning mustaqilligi Sovet Ittifoqi konstitutsiyasi bilan 
belgilangan doirada bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan. 
Lekin O‘zbekistonning suveren huquqlari to‘g‘risidagi ushbu 
normalar faqat qog‘ozdagini mavjud bo‘lib, markaz ushbu huquqlarni 
erkin amalga oshirishga hech qachon yo‘l qo‘ymagan. Bu huquqlarni 
amalga oshirishga qaratilgan har qanday harakatlar «millatchilik» va 
«xalq dushmani» tamg‘asi bilan bosilgan. 
Konstitutsiyaning uchinchi bo‘limi O‘zbekistonning markaziy 
hokimiyatini tashkil qilish masalasiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra 
O‘zbekiston markaziy hokimiyat tizimi Butuno‘zbek sovetlarining 
qurultoyi, O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy Ijroiya 
Qo‘mita Rayosati, Xalq Nozirlar Kengashidan iborat bo‘lgan. 
Konstitutsiyada ushbu hokimiyat organlarini tashkil qilish tartibi, 
tuzilishi, ularning vakolatlari mustahkamlanadi.  


 262
Butuno‘zbek sovetlari qurultoyining mutlaq vakolatlari jumlasiga 
O‘zbekiston konstitutsiyasini qabul qilish, to‘ldirish va o‘zgartirish; 
Tojikiston Muxtor Respublikasining Konstitutsiyasini tasdiqlash kirgan. 
Konstitutsiyaning to‘rtinchi bo‘limi Tojikiston Muxtor Respubli-
kasining vakolatlari, oliy davlat hokimiyat organlari tizimi, uning 
O‘zbekiston oliy hokimiyat organlari ishida ishtiroki, O‘zbekiston qonun-
larining Tojikiston hududida amal qilishi masalalariga bag‘ishlanadi. 
Mahalliy hokimiyat organlarining tizimi, ularning tuzilishi, tashkil 
etish tartibi, vakolatlari masalasi Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limida 
o‘z aksini topgan. Joylarda hokimiyat okrug va rayon Sovetlarining 
syezdlari va ularning ijroiya qo‘mitalariga tegishli bo‘lgan.  
Ularning vakolatlariga yuqori turuvchi organlarning qarorlarini 
amalga oshirish; o‘ziga biriktirilgan hududning madaniy va xo‘jalik 
holatini ko‘tarish; mahalliy ahamiyatdagi barcha masalalarni ko‘rib 
chiqish va hal etish; mahalliy budjetni tuzish va tasdiqlash; hududda 
qonuniylikni ta’minlash, davlat tartibi va ijtimoiy xavfsizlikni himoya 
qilish; umumdavlat ahamiyatiga molik masalalarni o‘z tashabbusi yoki 
yuqori turuvchi organ topshirig‘i bilan muhokama qilish kirgan. 
Konstitutsiyaning oltinchi bo‘limi sovetlarga saylovlar masalasiga 
bag‘ishlangan. Uning alohida moddalarida aktiv va passiv saylov huquqi, 
saylovlarni o‘tkazish, saylov natijalarini tekshirish va bekor qilish, 
deputatlarni chaqirib olish masalalari o‘z aksini topgan.  
1925-yildan boshlab O‘zbekiston SSRda yer-suv islohoti o‘tkazilgan. 
Qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq barcha fuqarolar yer bilan 
(Farg‘ona viloyati uchun 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatlari 
uchun 10 desyatinadan) ta’minlanishi lozim bo‘lib, yer-suv davlat fondini 
tashkil etgan. Majburiy kollektivlashtirish oqibatida kommunistik 
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish