Ichki ishlar organlari. O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi
o‘tkazilib, O‘zbekiston SSR tashkil etilgandan so‘ng, 1925-yil 17-fevral-
da Sovetlarning I syezdi qarori bilan respublika hukumati tashkil etildi.
Qarorda hukumat tarkibida ichki ishlar xalq komissariati tashkil etilishi
belgilab qo‘yildi.
1925-yilning 1-noyabrida O‘zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo‘mi-
tasining Rayosati «O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari soveti to‘g‘risi-
da»gi Nizomni tasdiqladi. Nizomning 4-bandiga muvofiq, hukumat
tarkibiga Xalq komissarlari soveti raisi, uning o‘rinbosarlari, Xalq
komissarlari sovetining a’zolari – butunittifoq xalq xo‘jaligi soveti raisi,
respublikaning barcha xalq komissarlari, jumladan ichki ishlar xalq
komissari ham kirishi belgilangan.
Ichki ishlar xalq komissari to‘liq ravishda respublika hukumatiga
bo‘ysungan. Ichki ishlar xalq komissari O‘zbekiston Markaziy ijroiya
qo‘mitasi va Xalq komissarlari soveti qarorlari hamda ularning faoliyatiga
tegishli SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi, Xalq komissarlari soveti
qarorlari, Ichki ishlar xalq komissarligining farmoyishlari asosida faoliyat
ko‘rsatgan. O‘z vakolati doirasida farmoyish, yo‘riqnoma, sirkular va
buyruqlar chiqargan.
Butuno‘zbek sovetlarining II qurultoyi 1927-yil 22–30-martda bo‘lib
o‘tib, unda davlat apparatini ratsionallashtirish va soddalashtirish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Qurultoyning mazkur qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining
1927-yil 16-maydagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq
komissarligi bekor qilinib, uning o‘rniga Xalq komissarlari kengashi
qoshida Markaziy ma’muriy boshqarma tashkil etildi. Qarorda Markaziy
ma’muriy boshqarmaning vazifalari sifatida qo‘yidagilar belgilangan:
1) O‘zbekiston SSR hukumatining ma’muriy xarakterdagi qarorlari va
264
farmoyishlarini hayotga tatbiq etish; 2) ma’muriy masalalar bo‘yicha
qonunchilik hujjatlarini loyihasini tayyorlash; 3) jamoat tartibi va
xavfsizligini qo‘riqlash masalalari bilan shug‘ullanish; 4) fuqarolik
holatini qayd etish organlarini boshqarish; 5) qamoqda saqlash joylarini
boshqarish; 6) respublika ichki ishlar organlari rahbar xodimlarini
tasdiqlash va boshqalar.
O‘zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining qarori bilan Ichki
ishlar xalq komissarligi vazifalari quyidagi organlarga taqsimlandi:
ma’muriy masalalar Xalq komissarlari kengashi qoshidagi Markaziy
ma’muriy boshqarmaga, yo‘l qurilishi masalalari Xalq komissarlari
kengashi qoshidagi Bosh texnik qurilish qo‘mitasiga, mahalliy xo‘jalik
ishlari respublika Davlat planining mahalliy xo‘jalik seksiyasiga,
kommunal va turar-joy maxsus fondlarini hisobga olish masalalari Moliya
xalq komissarligining mahalliy moliya boshqarmasiga, bolalar mehnat
koloniyalari masalasi Maorif xalq komissarligiga, axloq tuzatish-mehnat
uylari va qamoqxonalarni boshqarish vazifalari okrug sovetlari ijroiya
qo‘mitalariga berildi.
O‘zbekiston SSR Markaziy ma’muriy boshqarmasi qoshida militsiya
va jinoyat qidiruv bo‘limi tashkil etilgan. Unga 7 ta viloyat (Toshkent,
Farg‘ona, Samarqand, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm)
bo‘linmalari, bitta tuman va shahar (Toshkentning eski shahrida)
bo‘linmasi, 13 ta tuman bo‘linmalari va Samarqand viloyatining vokzal
oldi bo‘linmasi bo‘ysungan.
Ichki ishlar xalq komissarligi vazifalarini alohida idoralar o‘rtasida
taqsimlash ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlari sonining oshishiga
olib kelgan. Shu sababli, O‘zbekiston SSRning 1928-yil 20-oktabridagi
qarori bilan Markaziy ma’muriy boshqarma bekor qilinib, Ichki ishlar
xalq komissarligi oldingi holatida qayta tiklandi.
O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligining jinoyat qidiruv
bo‘limlari SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi Markaziy jinoyat qidiruv
boshqarmasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan.
Militsiyaning tashkiliy rivojlanishi, tarkibi, ish faoliyati shakl va
usullari sobiq SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining 1934-yil 10-iyuldagi
qaroriga asosan Umumittifoq Ichki ishlar xalq komissarligi tuzilishi bilan
bog‘liq ravishda o‘zgargan. Unga davlat xavfsizlik organlari va militsiya
bo‘ysundirilgan. Ichki ishlar xalq komissarligi zimmasiga «inqilobiy»
tartib va davlat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy mulkni muhofaza qilish,
fuqarolik holati hujjatlarini yozish, chegaralarni qo‘riqlash, axloq-mehnat
tuzatish muassasalarini ta’minlash va qo‘riqlash vazifalari yuklatilgan.
265
Respublikalarda Ichki ishlar xalq komissarliklari, avtonom
respublikalar, o‘lkalar va viloyatlarda esa ichki ishlar xalq komissarliklari
boshqarmalari tashkil etilgan. Umumittifoq Ichki ishlar xalq komissarligi
tuzilishi bilan ichki ishlar idoralari markaz tomonidan boshqariladigan
bo‘lgan.
1935-yilning noyabr-dekabr oylarida militsiyaning butun rahbarlar
tarkibi attestatsiyadan o‘tkazilishi, xodimlar uchun maxsus unvonlar va
nishonlar ta’sis etilishi, rahbarlar tarkibining huquq hamda vazifalari aniq
belgilanishi, xodimlarni ishga tayinlash va bo‘shatish tartibi o‘rnatilgan.
IIXK operativ organlarida rahbarlar tarkibiga unvonlar ularning
maxsus tayyorgarligi va xizmat attestatsiyasidagi malakasi hamda ish
stajiga qarab berilgan. Xizmatni o‘tash uchun quyidagi maxsus unvonlar
belgilangan: militsiya serjanti, militsiya kichik leytenanti, militsiya
leytenanti, militsiya katta leytenanti, militsiya mayori, militsiya katta
mayori, militsiya inspektori, militsiya direktori va militsiya bosh
direktori.
Bu maxsus unvonlar va ularni berish tartibi SSSR Markaziy ijroiya
qo‘mitasi va Xalq komissarlari soveti tomonidan 1936-yil 3-iyulda
tasdiqlangan Ishchi-dehqon militsiyasi rahbarlar tarkibining xizmatni
o‘tash to‘g‘risidagi Nizomida rasman mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur
nizomda militsiyaning rahbar lavozimlariga tayinlash tartibi ham
belgilangan. Unga ko‘ra rayon militsiyasi boshliqlari hamda ularga
tenglashtirilgan lavozimlar va undan yuqori mansablarga xodimlar SSSR
ichki ishlar komissari tomonidan, boshqa lavozimlarga respublika, o‘lka
hamda viloyat militsiya boshlig‘ining buyrug‘iga binoan tayinlangan.
Maxsus unvonga ega bo‘lgan (lavozimidan qat’i nazar) rahbarlar tarkibi
xodimlarini bir respublika, o‘lka va viloyat boshqarmasidan boshqasiga
o‘tkazish faqat SSSR Ichki ishlar xalq komissarining buyrug‘i bilan
amalga oshirilgan.
1937-yil 14-fevralda O‘zbekiston Sovetlarining Favqulodda IV
Qurultoyi O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Konstitutsiyada oliy davlat hokimiyat organi etib O‘zbekiston SSR Oliy
Soveti belgilangan va qonun chiqaruvchi idora vakolati berildi. Oliy
Sovet sessiyalari oralig‘idagi davrda uning vakolatlarini amalga
oshiruvchi Oliy Sovet Prezidiumi tashkil qilindi.
Mazkur Konstitutsiyada O‘zbekiston SSRning Oliy davlat boshqaruv
idorasi bo‘lib Xalq komissarlari soveti (1946-yildan Ministrlar soveti)
belgilangan. Davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tuman, shahar,
qo‘rg‘on va qishloq mehnatkashlari deputatlari Sovetlari, mahalliy davlat
boshqaruv idoralari qilib Sovetlarning Ijroiya qo‘mitalari bo‘lgan.
266
Konstitutsiyada sud va prokuratura idoralari tizimi, ularning faoliyat
yo‘nalishlari va vakolatlari, fuqarolarning huquqlari va burchlari,
shuningdek davlat ahamiyatiga molik boshqa masalalar ham o‘z aksini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |