Pedagogik kengash shakllari. Unda ko`riladigan masalalar.
Reja:
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari.
Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari.
Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi- mudira hamkorligi.
Maktabgacha ta’limni tizimli va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari.
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgaliqia ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mayorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqiarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog’ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doyr boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiradigan dolzarb mavzularning kiritilishini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi faol va sermahsul bo’ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga; uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim muassasasiga xizmat qiladigan shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi, ota- onalar qo’mitasi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.
Pedagogik kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o’uqituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va Pedagogik kengash tomonidan tasdiqangan reja asosida faoliyat yuritadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining jamoaviy organi hisoblangan Pedagogik kengash faoliyati pedagog xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilgan.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatini yo’naltirish, tarbiyalanuvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va kunikmalarni rivojlantirish, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qiladigan Davlat talablari»ning bajarilishini ta’minlash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doiyr qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufo’zi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilgor pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilash;
- Ustoz-shogird an’analari, o’zluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yo’zasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qiiish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
- tarbiyalanuvchilarni jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol, vatanparvar va yurtparvar shaxs sifatida tarbiyalash yo’zasidan takliflar berish.
Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari.
Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni
- Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi;
- kengash yigilishlari o’quv yili avvalidan boshlanib, har choraqia bir marta o’tkaziladi. Zarurat bo’lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o’tkazilishi mumkin;
- kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko’pchiligi yoqiab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo’lgan taqiirda, kengash raisining qarori hal qinuvchi hisoblanadi;
- navbatdan tashqari chaqrilgan yigilishda esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.
- kengash yigilishida muhokama etilayotgan masalalar yo’zasidan qarorlar ochiq ovoz berish yo’li bilan qabulqilinadi;
- kengash tarkibiga muassasa shifokori, xhamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) kumitasi raisi, mahalla fuqarolar yigini a’zolari kirishi mumkin;
- kengashni o’tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi;
- kengashda muxokama etiladigan masalalar bo’yicha materiallar doimiy yoki vaqtinchalik tashkil qilingan guru?dlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi;
- kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo‘yicha o’rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o’zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigienik ahvoli va bolalarning sogligi va muassasa faoliyatiga doyr boshqa masalalar ko’rib chiqiladi;
- kengash pedagoglarning ilgor ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi;
- kengashda mashgulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo’llari muxokama qinadi, ta’lim-tarbiyaning ilgor usullarini joriy etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo’nalishlari belgilanadi;
- kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, zarur shart-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiiadi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning xhisobotlarini tinglaydi;
- kengashda kun tartibidagi masalalarni ko’rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qlingan qarorlarning ijrosi xaqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yo’zasidan qabul qiyaingan qarorlar nazoratdan olinadi;
- kengash kun tartibida muxokama etilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bulishi, masalalar o’quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqian xolda kiritilishi lozim. Kengashda qiladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur;
- kengashda qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat etish muassasa raxbari zimmasiga yuklatiladi.
Pedagogika kengashi xulosalari — Pedagogika kengashi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishining istiqbol
rejasini belgilaydi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining o’z oldiga qSHgan maqsad va vazifalarni bajarish yo’llarini belgilab beradi va ijrosini ta’minlaydi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi;
- o’z vakolati doirasida ishlab chiqipgan hujjatlarni muxokama qipadi va tegishli qarorlar qabul qipadi;
- pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yo’zasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi;
- maktabgacha ta’lim muassasasi nizomiga muvofiq, pedagog xodimlarni ragbatlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal qiladi.
Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi
Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o’tkaziladigan sana, bayonnoma tartib rakshami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi-sharifi qayd etiladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko’rsatilgan holda familiyalari tartib bo’yicha yozib chiqiladi.
Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masalalar muxhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar shmdakun tartibidagi har bir masala yo’zasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga «Turli masalalar» yoki «Boshqa masalalar»ning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Bayonnomalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga tegishli izoh berilib, kengash raisining imzosi bilan tasdiqanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon yozilishi, daftarning har bir sahifasi raqamlanishi va tiqilishi lozim.
Bayonnomalar daftari xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bulimi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida esa muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Pedagogika kengashi bayonnomasi har o’quv yili boshida yangidan raqamlanadi.
Pedagogika kengashi hujjatlari
Pedagogika kengashi hujjatlari ta’lim muassasasining ish yuritish dujjatlari bilan birga saqanadi.Pedagogika kengashi hujjatlari bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qidingan masalalarga oid materiallardan iborat.
Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqianali.
Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyalarini birgalikda ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengashraisi hisoblanadi.
Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olibboriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorliginioshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqlarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgachata’lim bo’yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sogligini mustaxkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruxdari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilgor tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarningnazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalariniva maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir boshqa masalalarini muxokama qiladi.
Maktabgacha ta’limni tizimli va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.
Harqaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarinin]' ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. SHu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga extiyoj tugiladi.
Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k.) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshsarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustaxkam psixologik xislatlari - diqqat, idroq tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan o’zviy bog’liqbulib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqia. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi.Albatta, raxbar shaxe muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, etarli malaka va bilim, raxbarlik saloxiyati, kutatab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar soxibi bulishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariybilim va amaliy tajriba va kunikmalarni o’zaro uygun xolda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladian usul va uelublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat kiladi.
SHu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik saloxdyati va ma’naviyatini yuksaltirish goyat mudim ahamiyat kasb etadi. M asalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, birinchi Prezident Islom Karimov «Buyuk maqsad yo’lidan ogishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik xalqparvarlik tuygusi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.
Metod komissiyalar-o’quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin fanlar bo’yicha eng kamida beshta muhandis-pedagog va usta bo’lgan taqdirda tuzilishi mumkin, ba`zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov berish mutaxassislari bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Agarda o’quv muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo’lsa fan bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: materialshunoslik, matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali o’qituvchi, ustalardan shakllanadi.Metod komissiyalar o’z fanlari, maxsus fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish, uslubiy vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ket o’tilishini belgilash, o’quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va boshqalar bilan shug’ullanadi.Fanga oid muammolarni uslubiy komissiyalar hal qiladi. Ya`ni ular: o’quv muassasalarini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ro’yxati va mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik xujjatlari; nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, o’quvchilarning o’zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg’or pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish, texnik vositalardan samaradorlik bilan foydalanish va boshqalarni amalga oshiradi. Metod komissiyalar o’z ishlarini istiqbolli tematik va ish rejalari asosida amalga oshiradi va bu rejalarda asosiy masalalar bo’lib quyidagilarni rejalashtirish zarur: yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, imtihonlarga tayyorgarlik, o’quvchilar malakasini oshirish, metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish, ma`ruzalar mavzularini aniqlash, referatlar tematikasini belgilash, tashkiliy tadbirlar, ochiq darslar, ta’lim, o’zaro darslar kirish va boshqalar.Metod komissiyaning asosiy vazifasi o’quvtarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, o’qituvchilarga, injener-pedagoglarga, ustalarga amaliy-uslubiy yordam berishdir. O’quv muassasida uslubiy komissiyalar, tayyorlov yo’nalishlari, fanlar bo’yicha va amaliyotlar bo’yicha tashkil qilinishi mumkin. Uslubiy komissiya tarkibi va soni pedagogik kengash tavsiyasiga ko’ra direktor buyrug’i bilan tayinlanadi. Uslubiy komissiya tarkibiga malakali o’qituvchilar, ustalar kiradi.O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va o’quv muassasalarida fanlar bo’yicha uslubiy komissiya tuziladi: fizika va elektrotexnika; ximiya va biologiya; o’zbek va rus tili; tarix va boshqalar, umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va boshqalar. Ba`zi hollarda uslubiy komissiyalar tuzishi mumkin fanlarni guruhlashtirish bo’yicha, misol uchun, tabiiy fanlar: fizika, ximiya, biologiya; gumanitar fanlar, maxsus fanlar va hokazo. Uslubiy komissiyalar o’z fanlari, sikl fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish uslub, vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ketlikda o’tishini belgilash, o’quv uslubiy materialini muhokama qilish va o’quv dasturini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ishlar ro’yxati va ishlab chiqarish texnologik xujjatlar hamda nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, texnik vositalardan samaradorli foydalanish va boshqa muammolar bilan shug’ullanadi. Metodik kengashlar-bu jamoaviy uslubiy ish turi bo’libina qolmay balki alohida muammolarni hal etishni o’z ichiga oladi (pedagogik, uslubiy).Metodik kengashlarning-instruktsiyali, axborotli va xisobotli turlari mavjud. Ilmiy-amaliy konferensiyalar - o’qituvchilar tomonidan va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga mo’ljallangan mavzu bo’yicha qilingan nazariy va amaliy ishlar natijasining muhokamasi, qaror, tavsiyalar qabul qilish. Pedagogik o’qishlar - ilg’or pedagogik tajribalarni aniqlash, umumlashtirish va tadbiq etish maqsadida o’tkaziladi hamda o’quv tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid masalalarni muhokama qiladi.Pedagogik o’qishlar tashkil qilishda o’quv muassasalarida ko’rgazmalar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Didaktik vositalar o’quv uslubiy qo’llanmalar o’quvchi ish rejalaridan namunalar, darslar rejasi, konspekti, uslubiy qo’llanmalar va boshqalar. Pedagogik o’qish jarayonida tashkiliy ko’lamda eng yaxshi ma`ruza tanlab olib uni tuman, viloyat pedagogik o’qishlarga tavsiya etiladi va chop etishga tavsiya etiladi.Ilg’or pedagogik tajriba-asosan o’quv muassasasi muhandispedagoglarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Bu ilg’or pedagogik tajribalar o’quv muassasasida va yana boshqa joyda o’rganilishi va oshirilishi mumkin. Muammoli seminarlar- bu seminarlarning asosiy vazifasi ba`zi muammolarni chuqurroq o’rganish bo’lib, bunda muhandis-pedagoglar, ustalar ma`ruzalar o’qishadi va muhokama qilinadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quv metodik xonasining asosiy vazifalari: Ilg’or pedagogik tajribaning targ’ib qilinishini tashkil etish; Umumta’lim, maxsus va amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchilariga pedagogik mahorat va o’quv-tarbiyaviy faoliyat sifatini oshirishda yordam ko’rsatish; O’quvtarbiyaviy va metodik ishlar masalalari bo’yicha materiallar; to’plash va ularni tartibga solish; Kasb-hunar kollejida ilmiy-pedagogik axborotlar to’plash. O’quv metodika xonasining faoliyat mazmunini quyidagilar tashkil qiladi: Kasb-hunar kolleji xodimlarining o’zaro pedagogik tajriba almashishi bo’yicha seminarlar tashkil etish; Pedagogik va boshqa mavzularda ma`ruzalar tashkil etish; Metodik ko’rgazmalar tashkil etish; Pedagogik mashg’ulotlar tashkil etish; Kasb-hunar kollejida pedagogik o’qishlar tashkil etish; Umumta’lim, maxsus fanlar va amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchilari uchun pedagogik maslaxatlar tashkil etish; Pedagogik yangiliklar bo’yicha konferentsiyalar tashkil etish; Kasb-hunar kollejida muayyan mavzular bo’yicha metodik ishlar yakuniga bag’ishlangan konferensiyalar tashkil etish; Kabs-hunar kolleji xodimlarining pedagogik mehnat fidoiylari bilan uchrashuvlar tashkil etish. O’quv metodik xonasi quyidagilar bilan jihozlansa maqsadga muvofiq bo’ladi: Namunaviy hamda ishchi o’quv rejalar va dasturlar; Rejalashtirish, hisobga olish va xisobot xujjatlarining namunalari; O’quv xonasi, laboratoriya va ustaxonalarni jihozlash me’yorlari, kataloglar, ro’yxatlar, pasport; Me’yoriy va yo’riqli xujjatlar: nizomlar, ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va hokazo; Kasblar bo’yicha o’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxati; Ilmiy pedagogik adabiyotlar, pedagogik jurnallar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar; Metodik ishlanmalar, o’qituvchilarning ma’ruzalar matnlari; Yo’riqlar va texnologik xaritalar to’plami; Nazariy va amaliy kasbiy ta’lim fanlari bo’yicha test topshiriqlari to’plami; O’MKHT ilmiy va o’quv metodik tashkilotlarining metodik tavsiyalari; Ta’limning «faol» shakllari va metodlaridan foydalanish bo’yicha materiallar; Darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma`lumotnomalar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv kengashi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.1
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat bo‘lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
2.Pedagogik kengash vakolatlarni.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.2
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladiga ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo‘llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg‘or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim Vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo‘l-yo‘riq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini; bolalar sog‘ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo‘yicha «Bolajon» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermaxsul va faol bo‘ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hizmat ko‘rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota-onalar qo‘mitasining raisi xamda vasilik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga hizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan organ hisoblanadi.
3.Pedagogik kengashning asosiy vazifalari
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
-ta’lim tashkiloti pedagogik jamoa faoliyatini yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta’minlash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish yo‘llarini belgilash;
- “Ustoz-shogird” an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-ahloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o‘z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |