Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim va sport- tarbiyaviy ish yo`nalishi 3-kurs 44-19 guruh talabasi Bahromova Nilufarning Boshlang`ich ta`lim pedagogikasi innovatsiyasi va integratsiyasi fanidan “Yurtimizda pedagoglarga ko`rsatilayotgan e`tibor” mavzusida tayyorlagan taqdimoti O`qituvchi va murabbiylar- yangi O`zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. Pedagoglarga imkoniyatlar. - Pedagogika oliygohlari talabalari endi 4 kun OTM da, 2 kun bevosita maktabda o`qiydi.
- Maktablarga boshqa hududlardan jalb qilingan o`qituvchiga maxsus ustama to`lanadi.
- Fanlar bo`yicha milliy sertifikatlar joriy qilinishi.
- O`qituvchilar faoliyatiga aralashish yoki to`sqinlik qilish uuchun javobgarlik belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev: “Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi- bu mutlaqo noto`g`ri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, “ Zakovat” va boshqa intellektual o`yinlar o`tkazilishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev: “Maktabgacha ta`limdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo`shimcha ravishda, 7 mingdan ziyod yangi bog`cha tashkil qilinadi. Bog`cha tizimi xodimlarining oylik maoshlari ham, bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsadimiz- yeti yoshgacha bo`lgan birorta farzandimiz, maktabga chiqqunga qadar e`tiborsiz va bilimsiz qolmasligi kerak”. Shavkat Mirziyoyev: kelgusi 5 yilda oliy toifali o`qituvchi maoshi ming dollarga yetkaziladi - “ Ochiq aytish lozim, biz bu zahmatkash, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Shu boisdan ham, qanchalik qiyin bo`lmasin, o`qituvchilar mehnatini munosib rag`batlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025 yilga borib, oliy toifali o`qituvchilarning oylik maoshi ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari ko`riladi”. O`qituvchilar oyligini ming dollarga yetkazmaguncha to`xtamayman- Shavkat Mirziyoyev.
Maktablarga boshqa hududlardan jalb qilingan o`qituvchilarga maxsus ustama to`lanadi Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 martdan boshlab ta`lim darajasi yuqori bo`lmagan maktablarga dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o`qituvchi- pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi. Bunda: - Bir ma`muriy –hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o`qituvchi- pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz
- Boshqa ma`muriy – hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o`qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to`lanadi.
Xokimliklar 1-iyuldan boshlab, qishloq joylarida 5 tadan chet tillariga o`qituvchi nodavlat o`quv markazlarini tashkil etish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi, shu maqsadda qishloq joylarida bo`sh bino ajratadi, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 million so`mgacha bir martalik beg`araz ko`mak berishni yo`lga qo`yadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
Do'stlaringiz bilan baham: |