partiyasi yoki erkin konservatorlar partiyasini tuzadi. Unga kapitalistik
rivojlanish yo‘lida borayotgan yirik yer egalari va ba’zi yirik sanoat
magnatlari (Krupp, fon Kardorf, fon Shturm va boshq.) kirgan. Ular
Bismark va imperiya so‘zini qo‘llab-quvvatlaganlar. U Bismarkning
tayanchi sifatida rol o‘ynagan.
Bismarkning yana bir tayanchi milliy-liberal partiya bo‘lib, bu
partiya 1867-yildayoq progressiv partiyadan ajralib chiqqan. U mamlakat
sanoatini rivojlantirish va faol imperialistik mustamlaka siyosatini olib
borish tarafdori bo‘lgan. Bu partiya hukumatning militarizm va qurollarni
yanada ko‘paytirish siyosatini qo‘lla-quvvatlagan. Milliy-liberallar 1870-
yillarda konservatorlar bilan yangi islohotlarga qarshi turish yo‘lida
hamkorlikka kirishadilar.
Progresschilarning barcha qolganlari 1884-yilda erkin fikr
qiluvchilar degan nom olib o‘z partiyalarini tuzganlar. Ular o‘zlarini
reyxstagda burjua-liberal oppozitsiyasi vakillari qilib ko‘rsatishga harakat
qilgan. O‘rta va mayda shahar burjuaziyasi, shuningdek ziyolilarning
ba’zi qatlamlari manfaatlarini ifoda qilgan.
1870–1871-yillarda katoliklar partiyasi tuziladi. Oradan bir oz vaqt
o‘tgach bu partiyaning reyxstagdagi fraksiyasi markaziy o‘rinni
egallaganligi sababli u katoliklar markaziy partiyasi degan nom oladi.
Uning ta’siri prusslarga qarshi va aholisining ko‘pchiligi rim-katolik
diniga e’tiqod qiluvchi janubiy va janubiy-g‘arbiy Germaniyada kuchli
bo‘lgan. Partiya Germaniyani prusslashtirish siyosatidan norozi bo‘lgan turli
ijtimoiy qatlamlarni birlashtirgan. U cherkovning madadi bilan kuchayib
borgan. Katoliklar partiyasi nemis davlatlarining mustaqilligini tiklash,
katolik cherkovining davlat nazoratidan erkin va mustaqil bo‘lishini, katolik
maktabini rivojlantirish va mustahkamlashni talab qilib chiqqan.
Imperiya hukumati mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini
mustahkamlash yuzasidan 1871–1873-yillarda yagona pul birligini joriy
qilgan. Oltin marka asosiy pul birligi sifatida qabul qilingan.
1874-yili reyxstag tomonidan 7 yillik, ya’ni 1875–1881-yillar uchun
harbiy budjet tasdiqlanadi. 1874-yili xazinani boyitish va davlat
apparatini mustahkamlash maqsadida pochta-telegraf ishlari markazlash-
tiriladi. 1876-yilda butun imperiyada yagona sud ishlari tizimini
belgilovchi qonunlar qabul qilingan va uch yil ichida tatbiq etilgan. Unga
ko‘ra, oliy instansiya – imperiya sudi tashkil topgan.
211
1872–1876-yillarda imperiya va Prussiyada diniy sohada islohotlar
(burjua ta’biri bilan aytganda «kulturkampf» – madaniyat uchun kurash)
o‘tkazilib, cherkov ishlari davlat vakolatiga kiritiladi.
Huquqiy sohada 1871 yili umumimperiya Jinoyat kodeksi, 1877-
yilda Jinoyat-protsessual kodeksi, 1900-yilda besh kitobdan iborat
Germaniya tuzuklari qabul qilingan. Tuzuklar umumiy masalalarga,
shuningdek, fuqaroviy-huquqiy institutlar, shaxs huquqlari, majburiyatlar,
bitimlar, mulk, oila-nikoh va vorislik huquqiga bag‘ishlangan.
Monarx Vilgelm I ga suiqasd uyushtirilishi natijasida reyxstag tarqa-
tib yuboriladi va qayta saylov o‘tkazilishi natijasida ko‘pchilik o‘rinni
konservatorlar egallagan.
Bu davrda Bismarkning qattiqqo‘llik siyosati hatto, uning ilgarigi
tarafdorlarida ham norozilik tug‘dirib, siyosiy tuzumni o‘zgartirish
g‘oyasi yuzaga keladi. Natijada, ichki va tashqi siyosatda muvaffa-
qiyatsizliklarga uchragan.
1888-yilda Vilgelm I vafot qildi. Bu davrda Bismark imperiyaning
to‘la huquqli subyekti edi. Fridrix III ning 100 kunlik podsholigidan keyin
podsholik Vilgelm I ning 28 yashar nabirasi Vilgelm II ga o‘tadi (1888–
1918-y.). Vilgelm II nisbatan yon berib boshqarish tarafdori bo‘lib,
Bismark bilan munosabatlari keskinlashib turgan.
1890-yilda reyxstagga navbatda saylov bo‘ladi. Bunda ishchilar
faollik ko‘rsatib, sotsial demokratiyaning reyxstagdagi deputatlari soni 35
kishiga yetadi (sal kam 1,5 kishi, umumiy saylovchilarning 20 % ularni
yoqlab ovoz beradi). 1890-yil martda Bismark iste’fo berishga majbur
bo‘ladi. Ishchilarning qudratli harakati (1890-yilda 266 marta ish tashlash
bo‘lib, ularda 28536 kishi qatnashadi) qattiqqo‘l kanslerni lavozimidan
chetlashtiradi.
Kansler qilib Pruss generali Kaprivi (1890–1894-y.) tayinlandi. U
Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim o‘zgarishlar kiritdi. Sanoat
egalarining siquvi ostida Avstriya, Vengriya, Rossiya bilan shartnomalar
tuzadi. 1893-yilda pomeshchik va kulaklar tomonidan tuzilgan «Qishloq
xo‘jayinlari ittifoqi» syezdida yunkerlar u yuritayotgan siyosatga
norozilik bildirishgan. 1894-yilda Kaprivi iste’fo bergan.
Bu davrda yunker-burjua bloki tuzilib, ular hukumatning mustam-
lakachilik siyosatini qo‘llab quvvatlaganlar. German imperializmi XIX
ning 90-yillarida dunyoni o‘z foydasiga tubdan qayta bo‘lish haqidagi
masalani o‘z oldiga qo‘yadi. Pangerman ittifoqi deb ataladigan maxsus
tashkiloti tuzilgan. U agressiv shovinizmni targ‘ib qilgan.
212
1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894–1890-y.) o‘rnini
Byulov (1900–1909-y.) egallagan. U mustamlaka xalqlarni germanlash-
tirish siyosatini yurgizadi. U kansler bo‘lib turgan vaqtda Germaniyaning
ekspansiyachilikdan iborat tashqi siyosati avjiga chiqib ketgan.
Birinchi jahon urushi arafasida Vilgelm II ning agressiv harbiy-
lashgan siyosatining faollashuvi mamlakat siyosiy rejimining o‘zgari-
shiga, repressiv qonunlarning joriy etilishiga olib kelgan. Imperator
manfaatlarini ifoda etuvchi qonunlar amalga kiritilgan. Rossiya va
Fransiyaga qarshi urush e’lon qilingan. Harbiy diktatura o‘rnatilib,
armiyani kuchaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan.
1918-yillarga kelib esa tashqi urushda yengilish va ichki xavflar
ta’sirida inqilobning oldini olish maqsadida hokimiyatni parlament-
lashtirish, reyxstag huquqlarini kengaytirish, bosh shtab ustidan reyxstag
nazoratini o‘rnatish va boshqa shu kabi tadbirlardan iborat siyosat
o‘tkazila boshlangan. Shu maqsadda 1918-yil oktabr oyining oxirida
ikkita konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan. Biroq siyosiy rejimni
yangidan liberallashtirish hukmron rejimni keyingi davrda saqlab qola
olmasdi. Mamlakatda inqilob boshlanib, Vilgelm II taxtdan voz kechishga
majbur bo‘lgan. Germaniya ham insoniyat tarixidagi eng yangi davrga
qadam qo‘ygan.
213
XII BOB. AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |