Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi. Fransiyaning 
mag‘lubiyatidan so‘ng 1814-yilda chaqirilgan Vena kongressi 
Germaniyaning parchalanib ketishini oldini olib, German ittifoqini tuzish 
borasida bir qator qarorlar qabul qiladi. 
Yangi tuzilgan German ittifoqi (Muqaddas ittifoq) a’zoligiga nemis 
davlatlari va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismi kiradi. 


 200
Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek 
va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis 
davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida 
fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan. 
Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning 
oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan. U hamma ittifoq 
a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi 
hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina 
majburiy hisoblanadi. 
Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik 
davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy 
Germaniyaga  ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori 
mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning doimiy vakili, elchixonasi 
binosi majlislar joyi bo‘lgan. 
O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U 
hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va 
g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya 
qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat 
xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan. 
Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi. 
Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib, 
zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar 
tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada 
krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari, demokratik 
qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik 
yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan. 
Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida 
(Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan 
keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (Saksen-
Veymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy 
qilingan. 
Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden, 
Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida mahalliy burjuaziyaning 
talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul 
qilinadi. 
German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari. 1815-yilda German 
ittifoqi tomonidan Muqaddas ittifoq akti qarorlari qabul qilgan. Ularga 
amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha ko‘p german davlatlari o‘zlarining 
birinchi konstitutsiyalarini qabul qilganlar. 


 201
Ular asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan (ya’ni, monarx 
tomonidan ishlab chiqilib e’lon qilingan) Xartiya, boshqacha aytganda 
konstitutsiyaviy hujjatlar shaklida bo‘lgan. Ularda jiddiy farqlar 
bo‘lmagan. Deyarli, barcha konstitutsiyalarda boshqaruv shakli – davlat 
boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat 
qilinadigan landtag (tabaqa-vakillik muassasalari shunday atalgan) va 
monarx oldida javobgar hukumatdan iborat qilib belgilangan. Masalan, 
Buyuk Baden gersogligining 1818-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, Landtag 
ikki palatali bo‘lib, yuqori palata monarx tomonidan, quyi palata mulk 
senzi asoslangan saylovlar orqali shakllantirilgan. Davlat boshlig‘i mutlaq 
veto huquqiga ega bo‘lib, qonunlarning bajarilishi uchun farmoyishlar, 
reglamentlar va umumiy farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. 
Shunday bo‘lsa-da, monarx hokimiyati qonun chiqaruvchi – landtag 
palatalari tomonidan nisbatan cheklangan. Hukumat faoliyati yuzasidan 
gersogga va xarajatlar yuzasidan landtagga hisobot berib borgan. 
Barcha German konstitutsiyalarida demokratik huquq va erkinlik-
larning ancha cheklangan doirasi belgilangan. Biroq mavjud huquq va 
erkinliklarni amalga oshirish kafolatlari yaratilmagan. Xususan, Baden 
gersogligining konstitutsiyasida vijdon, matbuot, ko‘chib yurish erkinlik-
lari, kasb tanlash huquqlari, xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi, 
sudyalarning daxlsizligi va badenliklarning jinoiy ishlarini oddiy sudlarda 
ko‘rilishini talab qilish huquqi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa 
olishlarning taqiqlanganligi e’lon qilingan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish