Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. Rossiya podsholigi protektorati sifatida Buxoro amirligi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

2-§. Rossiya podsholigi protektorati sifatida Buxoro amirligi  
va Xiva xonligining siyosiy tuzumi 
Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan 1868-yil 
23-iyuldagi «sulh» va 1873-yil 28-sentabrdagi «Do‘stlik» shartnomasiga 
binoan Buxoro amirligining davlat mustaqilligi cheklandi. Rossiyaning 
vassaliga aylandi, chet mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy aloqa 
o‘rnatish huquqidan mahrum bo‘ldi. Ikka davlat chegaralari, ular 
o‘rtasidagi munosabatni va savdo, jinoyatchilik sohasidagi hamkorligini 
belgilaydi. Qulchilik tugatiladi. 
Rossiya imperiyasining hukmronligi mamlakatning ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Buxoro 
amirligining davlat tizimi o‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Qo‘shimcha 
organlar ta’sis etilmaydi. Rus hukumati tegishli ta’sir ko‘rsatuvchi 


 235
vositalar orqali mamlakatni boshqarish va o‘z manfaatiga xizmat 
qildirishni yo‘lga qo‘yadi. Peterburgda Buxoro elchixonasi ochiladi.  
Dastlabki davrlarda davlat boshqaruvida Turkiston general-
gubernatori shaxsi rol o‘ynadi. 1886-yilda Buxoroda Rossiya imperiyasi-
ning siyosiy mahkamasi ta’sis etiladi. Uning asosiy vazifalari amir va 
uning hukumati faoliyati ustidan bevosita nazoratni amalga oshirish, 
shartnoma bandlariga amal qilinishini kuzatib borish, soliq va pul sohalari 
bo‘yicha amir hukumatini zarur choralar ko‘rishga majbur etish, rus 
fuqarolariga oid ishlarni ko‘rib chiqib hal qilish va boshqalar kirgan. 
Amir davlat boshlig‘i sifatida siyosiy mahkama tomonidan berilgan 
ko‘rsatmalarni o‘z amaldorlari orqali amalga oshirgan. Bu mansabdor 
shaxslar ilgari davrlardagi singari saroy ma’muriy boshqaruv va 
yordamchi lavozimlar egalaridir. 
Rossiya siyosiy agenti va mahalliy amaldorlar bilan yozishmalar olib 
borish bilan shug‘ullanuvchi maxsus devonni birinchi vazir Qushbegi 
boshqargan. 
Qozikalonga Turkiston o‘lkasi va mahalliy aholi o‘rtasidagi merosni 
taqsimlash, da’voni qondirish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib hal etish 
vakolati berilgan.  
Buxoro amirligining mahalliy boshqaruvi o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega edi. Rossiya protektorati o‘rnatilgunga qadar joylarni amir 
hokimiyatidan qariyb mustaqil bo‘lgan beklar boshqargan bo‘lsa, Rossiya 
mustamlakachilik hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng bu holatga barham 
berildi. Natijada mahalliy hokimiyat bevosita amir tomonidan tayinlana-
digan va lavozimdan olinadigan mansabdor shaxslar bilan almashtirildi. 
Buxoro amirligi vassalga aylanganidan so‘ng uning huquq tizimida 
keskin o‘zgarishlar yuz bermagan. Avvalgi davrlardagi singari o‘troq 
aholi hududlarida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududlarida va 
chekka hududlarda odat huquqi qoidalari o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, amirlikning vassal davlatga aylanishi 
bilan vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
manbalar tarzida qator quyidagi huquqiy hujjatlar ham qabul qilingan. 
Bular Buxoro xonligida Vino ishlab chiqarish haqidagi qoidalar (1893-yil 
15-dekabr), oltin qazib olish va uni qayta ishlab bilan bog‘liq 
munosabatlarni tartibga soluvchi «Buxoro xonligida oltin sanoati haqida 
qaror» (1896-yil 24-fevral), spirtli ichimliklar bilan savdo-sotiq qilish 
tartibini belgilovchi «Buxoro xonligida kuchli quvvatli ichimliklarni 
sotish qoidalari» (1889-yil 25-iyun), «Buxoro xonligida kuchli quvvatli 


 236
ichimliklarni sotish joylarini, ularning turlari va soni hamda yangi savdo 
joylarini tashkil qilish tartibini belgilash haqidagi qoidalar» va boshqalar. 
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar amirlikda chor hukumatining 
mustamlakachilik siyosatini qonuniy jihatdan mustahkamlashga, 
mamlakatga rus kapitalining kirib kelishiga keng yo‘l ochishga, rus 
fuqarolarining, birinchi navbatda, sarmoyadorlarning huquqlari, manfaat-
larini himoya qilishga qaratilgan edi.  
Xiva xonligi ustidan rus podsholigi hukmronligining o‘rnatilganligi 
1873-yil 12 (25)-avgustda tuzilgan ikki tomonlama Do‘stlik shartnomasi 
bilan mustahkamlangan. Ushbu sulhga ko‘ra Xiva mustaqil tashqi siyosiy 
aloqalar o‘rnatish huquqidan mahrum etilib, deyarli butun ijtimoiy 
sohalarga oid cheklashlar o‘rnatiladi. Xiva xonligining davlat mustaqil-
ligiga barham berildi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yer va mahalliy 
xalq boshqaruvi uchun Amudaryo okrugi (Petro-Aleksandrovskiy 
qo‘rg‘oni, hozirgi To‘rtko‘l tumani hududi) tashkil etiladi va u Turkiston 
general-gubernatorligi tarkibiga kiritiladi. 
Amudaryo okrugining huquqiy maqomi va faoliyati «Amudaryo 
bo‘limini boshqarish haqidagi muvaqqat qoidalar» bilan mustahkam-
langan. Unga imperator tamonidan tayinlanadigan va unga bo‘ysuvchi 
harbiy ma’mur boshchilik qiladi. Amudaryo okrugi boshlig‘iga Rossiya 
va Xiva xonligi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, xon hukumati 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari berilgan. U 
general-gubernatorlik va Xiva o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi 
hisoblangan hamda harbiy gubernator maqomiga ega bo‘lgan. Mahalliy 
rus qo‘shini boshlig‘i ham hisoblangan. Uning qoshida devonxona ta’sis 
etilgan bo‘lib, unda kam sonli xodimlar faoliyat ko‘rsatgan va devonxona 
boshqaruvchisi tomonidan boshqarilgan. 1886-yilda qabul qilingan 
«Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan 
Amudaryo okrugi bo‘lim qilib belgilanib, Sirdaryo viloyati tarkibiga 
kiritiladi va uning boshlig‘i Sirdaryo harbiy gubernatoriga bo‘ysunishi 
belgilanadi. 
Mustamlaka davrida Xiva xonligining siyosiy tuzumida tub o‘zgarish 
yuz bermagan. Davlat boshlig‘i xon hisoblanib, uning hokimiyati meros 
tariqasida imperator roziligi bilan qoldirilishi mumkin bo‘ladi. 
1873–1874-yillarda, ya’ni Amudaryo bo‘limi tashkil etilguncha xon 
huzuridagi an’anaviy Oliy kengash tarkibi o‘zgartirilgan holatda faoliyat 
yuritiladi, so‘ngra tugatiladi. Bu vaqtdagi Maxsus kengash (ayrim 
manbalarda Devon deb ham yuritilgan) imperiya va xonlik o‘rtasidagi 
munosabatlarni amalga oshirish hamda xon hukumati faoliyatini nazorat 


 237
qilish uchun 7 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengash 
a’zolarining 4 nafari chor hukumati vakillaridan va nafari xivaliklardan 
(xon, mextar va devonbegi) iborat bo‘ldi. Uning raisi rasman xon 
hisoblanib, qabul qilgan qarorlari Turkiston general-gubernatori 
tomonidan tasdiqlangan.  
Xon o‘z hokimiyatini amalga oshirish uchun ilgarigi davrlardan beri 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘zi tashkil etuvchi davlat apparatiga 
tayangan. Xonlikdagi oliy organlar faoliyati va vakolati XIX asr 70-
yillarigacha to‘la ilgari asos va yo‘sinlar bo‘yicha amalga oshdi. Xiva 
xonligi yarim mustamlakaga aylangan 1873-yildan boshlab esa 
chorizmning Rossiya ichki va tashqi siyosatini ifodalovchi oliy organlari 
vakolatining Xivada ham ustun mavqega egaligi va davlat tuzumining 
o‘zgarishi xonlar vakolatini  chegaralab qo‘ydi. Xonlikda vaqtincha 
bo‘lsa-da, Rossiya va Xiva Qo‘shma kengashi (Devon)ning faoliyat 
ko‘rsatishi, bojxona ittifoqiga qo‘shilish, Rossiya talablari bo‘yicha 
Manifestlar chiqarish (garchi ular hayotga to‘liq tatbiq qilinmasa ham), 
Amudaryo bo‘limi nazorati, Turkiston general-gubernatorligiga qarashli 
mirovoy sudlarning Xorazm hududida sodir etilgan jinoyatlarni ham 
tekshirish huquqiga egaligi yoki xonlikdagi Rossiya fuqarolarining 
(bunday fuqarolikni ko‘plab xorazmliklar ham ola boshlagandi) ishlari 
fuqarolik sudlarida ko‘rilishi kabilar ana shunday cheklanishlar 
hisoblanadi. Biroq xonlikdagi oliy organlar xonlik tashqi siyosiy kuch – 
1920-yil fevralida Rossiya bolshevik hukumati harbiy tazyiqi tomonidan 
tugatilgunicha mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, diniy-ma’muriy va madaniy 
hayotini o‘z qaror va faoliyatlari bilan idora etib turdi. Muhammad 
Rahimxon II, Isfandiyorxon va Sayyid Abdulloxon tomonidan chiqarilib, 
bizgacha yetib kelgan bu sohaga oid farmon, qaror va manifest kabi 
ko‘plab tarixiy hujjatlar bunga guvohlik beradi. 
Davlat boshqaruvida XX asr boshlariga kelib Vaziri a’zam va 
Yasovulboshining mavqei kuchayishi yuz beradi. Bu davrda xonlik harbiy 
jihatdan zaiflashib, hattoki ichki barqarorlikni ta’minlash uchun rus 
hukumatiga murojaat etish darajasiga tushiriladi. 
XIX asr oxirlarida Xiva xonligi qo‘shinlarida xizmat qiluvchi 
shomxolchilar hujjat va tarixiy manbalarda tilga olinadi. Shomxolchilar 
o‘t ochar qurol (to‘fang)li sarbozlar bo‘lib, ular oz miqdordagi doimiy 
qo‘shin tarkibida yuzboshilar qo‘li ostida xizmat qilib, davlatdan maosh 
olganlar. 
Vassallik davrida Buxoro amirligidagi singari o‘troq aholi 
hududlarida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududlarida odat 
qoidalari amal qilgan. 


 238
Sulh shartnomasiga muvofiq, xonlik hududida yashovchi rus 
fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ular o‘rtasida yuzaga kelgan 
nizolar, mahalliy aholining rus fuqarolariga nisbatan shikoyatlari 
imperiya qonunlari asosida rus sudlari tomonidan Amudaryo bo‘limida 
ko‘rib chiqilgan. 
Qozilar uchun asosiy qo‘llanma 1178-yili buyuk islom olimi faqih 
Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy ar-Rishdoniy al-
Marg‘inoniy (1123–1197-y.) tomonidan yaratilgan islom huquqshu-
nosligining eng asosiy qo‘llanmalaridan biri «Hidoya» asari bo‘lgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida hozirgi O‘zbekiston doirasidagi 
mavjud siyosiy tarqoqlikdan foydalangan Rossiya podsholigi o‘zining 
mustamlakachilik manfaatlaridan kelib chiqib, butun Turkistonni bosib 
oldi. Bu yerda Angliya mustamlakachilik tuzumidan farq qilmagan, 
ba’zan esa undan ham ziyodroq yarim harbiy, xalqlarni asoratda tutish 
tizimi o‘rnatildi. Shu davrda imperiya huquqi, mahalliy xalqlar 
huquqlarini cheklashga qaratilgan mustamlaka huquqi, mahalliy xalqlar 
uchun shariat huquqi, qisman odat huquqlari amalda bo‘ldi. Imperiya 
qonunchiligi bilan birga o‘lkada Yevropa huquqining bank-kommersiya, 
veksel, kredit, tog‘-konchilik huquqi, xususiy sohibkorlik huquqi kabi 
institutlari yoyiladi. 


 239
XV BOB. OKTABR TO‘NTARISHIDAN SO‘NG O‘ZBEKISTON 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish