228
qolishi mumkin edi. Shu jihatdan, aynan Xiva xonligiga
yurishdan oldin
Peterburgda Rossiya va Angliya o‘rtasida tuzilgan bitim talablariga
muvofiq, har ikkala davlat o‘z an’anaviy davlat va huquq tizimini saqlab
qoladi
1
.
O‘zbek davlatchiligining so‘ngi bosqichlaridan biri, yangi davr – bu
aynan rus podsholigi mustamlakachiligi davri bo‘lib hisoblanadi. Chor
Rossiyasi XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘rta Osiyo yerlarini
bosib olishni maqsad qilib qo‘yadi. Shu maqsadni amalga oshirish,
o‘lkadagi foydali qazilmalarning miqdori va joyini aniqlash maqsadida
mintaqaga ketma-ket ekspeditsiyalar uyushtiriladi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo
xonliklarini bosib olishga kirishadi. Mahalliy davlatlar o‘rtasidagi
siyosiy
tarqoqlik Rossiya hukumatiga qo‘l keladi. Xonlar orasida yakdillikning
yo‘qligi, qurollangan doimiy qo‘shinlarning joriy etilmaganligi ularning
mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Oqibatda 30–40-yil davomida olib borilgan
yurishlar tufayli O‘rta Osiyoda rus podsholigining hukmronligi
o‘rnatiladi.
1868-yilga kelib Rossiya Qo‘qon xonligi hududining yarmini egallab
ulguradi. Shu yil 29-yanvar 13-fevral kunlari oralig‘ida Qo‘qon xonligi
bilan Rus davlati o‘rtasida savdo bitimi imzolanadi. Bu bitim Qo‘qon
xonligining siyosiy jihatdan Rossiyaga qaramligini ta’minlaydi. Bu
vaqtda xonlik hududi asosan Farg‘ona vodiysidan iborat edi. Aholisi
300 000 kishini tashkil etgan.
Shuningdek, 1868-yilda olib borilgan yurishlar tufayli shu yil
23-iyulda Buxoro amirligi bilan sulh shartnomasi imzolanadi. Unga
ko‘ra Buxoro amirligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga
oladi: 1) Rossiya vassalligini tan olish, 2) unga 500
ming rus rubli
hisobida urush tovoni to‘lash, 3) Samarqand va Kattaqo‘rg‘on
viloyatlarini Rossiyaga berish, 4) boshqa davlatlar bilan
mustaqil siyosiy
aloqa o‘rnatish huquqidan voz kechish va h.k. Biroq shunday bo‘lsa-da,
Rus davlati Buxoro amirligining bo‘ysunmagan ayrim bekliklarini
bo‘ysundirish maqsadida yana bosqinchilik urushlarini davom ettiradi.
Rossiya hukumati 1872–1873-yillarda Xiva xonligiga to‘rt tomondan
yurish uyushtiradi. 1873-yil 12 (25)-avgustda Xiva va Rossiya o‘rtasida
18 moddadan iborat sulh shartnomasi tuziladi. U shaxsan Turkiston
general-gubernatori tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga binoan Xiva
1
Qarang:
Ɇɚɞɢɪɢɦɨɜ ɏ.Ɋ. ɏɢɜɚ ɯɨɧɥɢɝɢɧɢɧɝ ɞɚɜɥɚɬ ɬɭɡɭɦɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕ
ɦɚɧɛɚɥɚɪɢ. ɘɪɢɞ. ɮɚɧ. ɧɨɦɡ. … ɞɢɫ. ɚɜɬɨɪɟɮ. – Ɍ., 2012. – Ȼ. 19.
229
xonligi quyidagi shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi: 1) Rossiya
vassalligini tan olish; 2) urush xarajatlarini qoplash uchun unga 2 mln.
200 ming rus rubli miqdorida tovon to‘lash; 3) Amudaryoning o‘ng
qirg‘og‘ini Rossiyaga berish; 4) boshqa davlatlar bilan mustaqil siyosiy
aloqalar o‘rnatish huquqidan voz kechish va boshqa siyosiy-huquqiy
talablarni ijro etish.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, rus qo‘shinining so‘nggi harakatlari
aynan 1880–1892-yillarda Xiva xonligi hududida yashovchi turkmanlarni
bo‘ysundirish bilan bog‘liqdir.
1875-yilga kelib Qo‘qon xonligida Xudoyorxonga va Rus davlatiga
nisbatan norozilik kuchayib, qarshi harakatlar boshlab yuboriladi.
Natijada rus davlati O‘rta Osiyodagi o‘z hokimiyatini ushlab qolish, real
xavfni bartaraf etish va bevosita boshqaruvdagi hududini yanada
kengaytirishga kirishadi. Shu yil 22-sentabrda Qo‘qon xonligi
bilan
tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 600 ming tanga tovon solinib, xonlikdagi
Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘i Rossiya tarkibiga kiritiladi. Nasriddinxonning
asosli talabi bilan ushbu tovon bekor qilinadi. 1876-yil fevralda Qo‘qon
xonligi tugatilib, o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etiladi. Marg‘ilon
bekligiga 125 000 tilla – 500 000 rubl tovon solinadi.
O‘rta Osiyo hududida Rossiya hukumati o‘ziga xos bo‘lgan siyosiy-
harbiy boshqaruvni tashkil etdi. Siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
ma’naviy sohalar mustamlakachilik maqsadlariga qaratilgan katta
o‘zgarishlarga uchradi. Masalan, Turkiston general gubernatorligi rus
mollari kiritiladigan bozor va xom ashyo (paxta, bug‘doy, teri…) manbai
sifatida xizmat qildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan tuzilgan
shartnomalarga muvofiq, ularning mustaqilligi va nomi saqlanib qolgan
bo‘lsa-da, amalda dunyo siyosiy-iqtisodiy maydonida Rossiya tarkibidagi
o‘lka sifatida namoyon bo‘ldi. Rossiyaning Turkiston
general-
gubernatorligi tomonidan joriy etilgan qaror, yo‘riqnoma va shartnoma
kabi normativ-hujjatlari Buxoro va Xiva davlatlariga ham daxldor edi.
Shunday qilib, Turkiston o‘lkasida tom ma’nodagi mustamlakachilik
tartiblari joriy etildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida yarim
mustamlakachilik tartiblari o‘rnatildi. Mazkur jihatlarga ko‘ra rus
podsholigi davrida Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi
davlat va huquq masalalarining o‘ziga xos xususiyatlarini alohida ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: