Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

TASSRning tashkil topishi va uning siyosiy tuzumi. 1917-yil martda 
Toshkent temir yo‘l ishchilari, Toshkent garnizoni soldatlari va 
musulmon ishchi deputatlari sovetlari va dehqon deputatlari sovetlari 
tashkil etildi. 
1917-yil 31 martda Toshkent ishchi va soldat deputatlari soveti 
general-gubernator Kuropatkin va uning yordamchisini lavozimdan 
chetlatadi. General gubernatorlik esa muvaqqat hukumatning Turkiston 
komiteti deb o‘zgartiriladi. 1917-yil 7-apreldan boshlab komitet o‘z 
majburiyatlarini bajarishga kirishadi.  
1917-yil 7–15-aprelda Turkiston ishchi, soldat deputatlari sovetlari-
ning I o‘lka syezdi bo‘lib o‘tadi. Syezd muvaqqat hukumatni tuzishni 
yoqlab chiqadi hamda soldat va ishchi deputatlarining O‘lka soveti 
saylanadi. Viloyat va uyezdlarda harbiy gubernator va uyezd boshliqlari 


 242
muvaqqat hukumatning ijroiya komitetlari bilan almashtiriladi. Samar-
qand va Farg‘onada bu komitetlar «Jamoat xavfsizligini saqlash komiteti» 
deb atalgan. 
1917-yil 28-oktabrda o‘lkani boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat 
Turkiston ijro qo‘mitasi tuziladi. Uning qoshida 22 kishidan iborat doimiy 
kengash mavjud bo‘lib, uning funksiyalari aniq belgilanmagan. 
1917-yil 2-noyabrda Turkiston o‘lka kengashi o‘z yig‘ilishini 
o‘tkazadi va unda 9 ta tashkilotdan 30 vakil ishtirok etadi.  
Ishchi va soldat deputatlarining III o‘lka syezdi 1917-yil 15 noyabrda 
ochildi va u tomonidan rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiyaga ko‘ra 
o‘lkada oliy hokimiyat organi 15 ta a’zodan iborat Xalq komissarlari 
soveti deb ataluvchi ishchi, soldat va dehqonlar deputatlarining o‘lka 
kengashi hisoblangan. Kengash ishchi, soldat va dehqon deputatlarining 
syezdi va musulmon ishchi-mehnatkash tashkilotlari oldida javobgar 
bo‘lgan. Xalq komissarlari sovetining prezidiumi mavjud bo‘lib, u rais, 
o‘rinbosarlar va kotibdan iborat bo‘lgan. 1917-yil 8-dekabrda Xalq 
komissarlari soveti devonxonasi tashkil etilgan. 
O‘z vakolati bo‘yicha Xalq komissarlari soveti tarkibidagi Xalq 
komissarlari xalq xo‘jaligining yo‘l, pochta va telegraf, adliya, xalq 
maorifi, oziq-ovqat, suvdan foydalanish, fuqaro-ma’muriy qism, moliya, 
tashqi ishlar, harbiy ishlar, savdo va sanoat ishlari bo‘yicha, mehnat, xalq 
sog‘lig‘ini saqlash va dehqonchilik sohalarini boshqargan. Xalq 
komissarlari o‘z faoliyati davomida Xalq komissarlari soveti oldida 
javobgar hisoblangan.  
1917-yil 12-dekabrda XKS buyruq chiqarib, unda Rossiya sudlar 
to‘g‘risidagi dekreti matni e’lon qilindi. Eski sudlar bekor qilindi va 
o‘rniga yangi sovet sudlari tashkil etildi. Kontrevolutsiya, sabotaj, 
spekulyatsiya jinoyatlarini ko‘ruvchi tribunallar ham joriy etildi. Ishchi 
militsiyalari to‘g‘risida NKVD qaror chiqardi. Ularning vazifasi tartibni 
himoya qilish, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini 
ta’minlashdan iborat deb belgilandi. 1918-yil mart oyidan Favqulodda 
komissiya (CHK) tashkil etildi. 
1918-yil 20-aprelda V o‘lka syezdi tomonidan Rossiya federatsiyasi-
ning «Turkiston Sovet respublikasi to‘g‘risida Nizomnoma (Konstitut-
siya)» qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy qonunchilik organi bo‘lib Turkiston 
ishchi, soldat, dehqon va musulmon-dehqonlari deputatlari syezdi, 
syezdlar oralig‘idagi davrda esa Markaziy ijroiya qo‘mitasi oliy hoki-
miyat organi hisoblangan. Markaziy ijroiya qo‘mitasi tarkibi 36 nafar 


 243
a’zodan iborat bo‘ldi. Xalq komissarlari soveti – davlat boshqaruv organi 
qilib o‘zgartirildi. 
O‘lkaga Rossiya Federatsiyasining Muxtor respublikasi maqomi 
berildi. Konstitutsiya orqali yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni 
mustahkamlash zarur edi. Turkiston ASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi 
Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus 
Konstitutsion romissiya tomonidan tuzilib, Turkiston sovetlarining VI 
syezdida muhokama etildi. Mazkur syezd 1918-yilning 15 oktabrida 
TASSRning konstitutsiyasini tasdiqladi. 
Lekin, ushbu Konstitutsiya markaz tomonidan tasdiqlanmadi. Rossiya 
kommunistik bolsheviklar partiyasining fikricha, Turkiston o‘lkasi Rossiya 
federatsiyasi doirasida muxtor respublika bo‘lib qolishi kerak edi. 
Rossiya kommunistik (bolsheviklar) partiyasi Markaziy Komitetining 
siyosiy byurosi tomonidan qabul qilingan Turkiston Respublikasi 
to‘g‘risidagi barcha konstitutsiyaviy hujjatlarda uni Rossiya tarkibida 
avtonom respublika shaklida saqlash g‘oyasi yoqlab chiqilgan. Turkiston 
o‘lkasi mustamlakachilikning yangi «sovet» ko‘rinishi bilan chirmab 
olingan. 
Konstitutsiya olti bo‘lim va 60 paragrafdan iborat edi. Asosiy 
Qonunning dastlabki ikkita bo‘limi (1-bo‘limi «Mehnatkash va eksplua-
tatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi», 2-bo‘limi «RSFSR 
Konstitutsiyasining asosiy holatlari») rahbar moddalar sifatida 
RSFSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasidan to‘liq ko‘chirib olingandi.  
Turkiston xalqi o‘z Sovetlarining V syezdi orqali o‘zlari egallab 
turgan viloyatlarni Rossiya Federatsiyasining Turkiston Muxtor 
Respublikasi deb e’lon qildi. 1920-yilgi konstitutsiya qabul qilinguncha 
TASSR tarkibida Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand 
viloyatlari bo‘lgan. Konstitutsiya Turkiston o‘lkasining markazdan 
uzoqligi, hududining kengligi, etnografik, topografik va turmush 
sharoitlarini hisobga olib Turkiston respublikasining qator mustaqil 
huquqlarini o‘rnatgan.  
Konstitutsiyaga ko‘ra butun hokimiyat ishchi, soldat va dehqon 
Sovetlarning Turkiston syezdiga tegishli edi. Unda 25 ming aholidan 
deputatlar 1 deputat miqdorida saylangan. Umumturkiston syezdi yilda 
ikki martadan kam bo‘lmagan miqdorda chaqirilishi kerak edi. Markaziy 
ijroiya qo‘mitasi syezdlar orasida ish olib borgan. Markaziy ijroiya 
qo‘mitasi 75 nafar a’zodan iborat bo‘lgan. Uning tashkil etilgan 
Prezidiumi o‘rnida keyinchalik katta va kichik Prezidiumlar tashkil 
etilgan.  


 244
TASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi quyidagi Xalq komissarlik-
larini o‘rnatgan: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy ishlar; 3) ichki ishlar; 4) adliya; 
5) mehnat va ijtimoiy ta’minot; 6) maorif; 7) pochta va telegraf; 8) 
moliya; 9) temir yo‘l; 10) dehqonchilik; 11) oziq-ovqat; 12) davlat 
nazorati; 13) millatlar ishlari; 14) sog‘liqni saqlash; 15) Xalq xo‘jaligi 
markaziy kengashi. 
Respublikada mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lib, ishchi, 
soldat va dehqon deputatlarning Sovetlari hisoblangan. Viloyatlar uyezd, 
volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Viloyat sovetlari 25 
kishidan iborat bo‘lgan ijro qo‘mitalarini saylaganlar. Volost syezdlari 
10000 aholidan 1 deputatni, shahar sovetlari va fabrika-zavod posyolka-
lari 2000 aholidan 1 deputatni delegat qilib jo‘natishgan. Syezdlar orasida 
viloyat ijro qo‘mitasi davlat hokimiyat organi bo‘lgan. Doimiy ishlash 
uchun viloyat ijro qo‘mitasining Prezidiumi 3–5 kishidan iborat tuzilgan. 
Tuman va shahar ijro qo‘mitalari ham tuzilgan bo‘lib, ular nazorat va 
reviziya qilish, kengashlarni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo‘lgan. 
Uyezd syezdlariga shahar va qishloq syezdlari tomonidan deputatlar 
2000 aholidan 1 deputat, volost syezdlariga qishloq sovetlari tomonidan 
10 sovet a’zosidan 1 deputat miqdorida saylangan. 1920-yilgi Konstitut-
siyaga ko‘ra, uyezd syezdlariga 1000 aholidan 1 deputat miqdorida, ishchi 
posyolkalari esa 200 aholidan 1 deputat miqdorida saylangan. Uyezd, 
shahar sovetlari o‘zlarining ijro qo‘mitalari va bo‘limlariga ega bo‘lib, 
qishloq va ovul ijro qo‘mitalari bo‘limlariga ega bo‘lmagan. 
1922-yilda Markaziy ijroiya qo‘mitasi «Turk respublikasining 
musulmon xalq sudlari to‘g‘risida Nizom» qabul qiladi. Unga binoan 
musulmon sudlari yana qaytadan tiklandi. Ular tarkibiga saylanadigan 
xalq sudlari kirib, aholi tomonidan 1 yil muddatga saylangan. Sudlar 
shariat qonunlariga asoslanib ish ko‘rishgan. Agarda hukmlar sovet 
qonunlariga zid bo‘lsa, u bekor qilingan.  
Turkiston ASSRning yangi konstitutsiyasi 1920-yilning 24-sentabri-
da TASSR Sovetlarining IX syezdida qabul qilindi. U 1920 -yilning 
14-sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning 
avtonom qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi 
to‘g‘risida»gi qaroriga mos holda yaratilgan. Konstitutsiyaning tuzilishi 6 
bo‘lim, 20 bob, 109 moddadan iborat bo‘lib, 1918-yilgi Konstitutsiyadan 
deyarli farq qilmagan. 
TASSR va RSFSRning o‘zaro munosabatlari Konstitutsiyaning 3-
bo‘limida o‘z aksini topgandi. Bu bo‘limda ham 1920-yilning 14-
sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning avtonom 


 245
qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risida»gi 
qarori matn bo‘yicha aks ettirilgan. Umuman olganda, Mazkur 1920-yilgi 
Konstitutsiya Rossiya kommunistik partiyasi rahbarlarining maqsadiga 
mos kelgan va Moskva tomonidan tasdiqlangan. Shu tariqa Turkiston 
o‘lkasi o‘zining ko‘zga ko‘rinmas suveren huquqlaridan mahrum etiladi.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish