257
erkinliklari, saylov huquqi (20 yosh) va boshqa barcha holatlar o‘z aksini
topgan. Konstitutsiyada mustahkamlangan va Sovet Rossiyasi tomonidan
e’lon qilingan ko‘plab dekretlarda ko‘rsatilgan prinsiplar bajarilmagan.
1921-yilning 3-noyabridan Turkiya missiyasi Buxoroda o‘z
faoliyatini
boshlagan. Shu munosabat bilan Sovet Rossiyasining tazyiqi orqali BXSR
Konstitutsiyasi harakatdan to‘xtatildi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining oliy davlat hokimiyat organi
350 nafar xalq vakilidan iborat Butunbuxoro sovetlari qurultoyi
hisoblangan. U Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi
tomonidan bir
yilda bir marta chaqirilgan. Qurultoylar orasidagi davrda respublikada
oliy qonunchilik, farmoyish va nazorat qiluvchi organ bo‘lib,
Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi hisoblangan. U sessiyalar
tariqasida ish ko‘rib, ikki oyda bir marta chaqirilgan. Xalq Nozirlar
Kengashi faoliyati ustidan nazoratni ham amalga oshirgan.
MIQ ning
sessiyalari orasidagi davrda respublika oliy hokimiyati organi MIQ
Rayosati hisoblangan. Rayosat respublika hukumati – Xalq Nozirlar
Kengashining barcha qarorlarini tasdiqlagan va bekor qilgan.
Respublika hukumati – XNK Umumbuxoro
MIQ tomonidan XNK
raisi, uning ikkita o‘rinbosari va turli tarmoq xalq nozirlari tarkibida
tuzilgan. XNK davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, ijro-farmoyish
sohasida keng vakolatga ega bo‘lgan. Nozirlar o‘z faoliyatlarini yakka
tartibda amalga oshirganlar.
Joylardagi hokimiyat organlari viloyat, tuman, kent xalq
deputatlarining kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalari, qo‘mitasi raisi va
rayosatlari hokimiyatni amalga oshirgan.
BXSRda
odil sudlov xalq qozi sudlari, oliy kassatsiya instansiyasi
sifatida xalq sudlari kengashi tomonidan amalga oshirilgan. Ular mahalliy
inqilobiy qo‘mitalar tomonidan saylash yo‘li bilan tashkil qilingan. 1924-
yilda qabul qilingan «BXSR sud tuzilishi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra
sud tizimi o‘zgartirildi. Unga ko‘ra sud tizimi shahar, tuman va
kentlardagi
xalq va qozi sudlari, okrug sudlari (ikkinchi instansiya)
hamda oliy sud (oliy nazorat) organidan iborat tartibda tashkil etildi.
Shu bilar bir qatorda harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiquvchi harbiy
tribunallar va davlat organlari o‘rtasida vujudga keluvchi mulkiy nizolarni
ko‘rib chiquvchi davlat arbitraj qo‘mitasi mavjud bo‘lgan. Oliy sud
plenumi barcha sud organlariga ko‘rsatmalar bergan, qonunlarni
sharhlagan, sud amaliyotini umumlashtirish bilan shug‘ullangan. Ushbu
sudlar bilan bir qatorda maxsus tashkil qilingan, oliy harbiy inqilobiy
tribunal mavjud bo‘lib, u «inqilobga» qarshi jinoyatlarni ko‘rib chiqqan.
258
1924-yil 5-yanvarda «BXSR sud tizimi to‘g‘risida Nizom» qabul
qilingan. Bu nizomga muvofiq amaldagi sud tizimini qayta tashkil etiladi.
Xalq va qozilik sudlarida esa xalq maslahatchilarining
ishtirok etishi joriy
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: