M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Zamonaviy tibbiyot amaliyotida. Anor mevasi, o‘simlik  maxsulotlaridan 
tayyorlanadigan  dorivor  omillar  xozirgi  zamon  tibbiyotida  xam 
atroflicha foydalaniladi. Anor mevasi va uning sharbati ishtaxa ochuvchi 
tabiiy  omil  sifatida,  singa  kasalligiga  davo,  shuningdek   og’ir 
xastaliklarni  boshidan  kechirgan  kishilarga  darmon  bag‘ishlovchi  vosita 
sifatida  tavsiya  etiladi.  Anorning  ildiz  po‘stlog‘idan  tayyorlanadigan 
ekstrakt,  shuningdek  anor  po‘stlog‘i  tarkibidagi  pelt’erinning  tanin  va 
sulfat  kislotasi  bilan  umumlashmasi  (pelt’erinsulfat)  lentasimon 
gijjalarni tushirishda ishlatiladi. Meva po‘stining qaynatmasi dizenteriya 
kasalini davolashda qo‘l keladi. 
Uy  sharoitida  anor  po‘stidan  kaynatma  tayyorlash  uchun  og‘zi 
yopiladigan chinni, sirlangan yoki xaroratga bardoshli idishga bir piyola 
miqdorda  (200  g)  suv  quyiladi,  unga  maydalangan  meva  p o’stidan  bir 
choy qoshiq solib, 15 minut davomida qaynatiladi. 
  1  soat  davomida  tindirilib  qo‘yilgach,  suzib  olinadi.  Tayyorlangan 
qaynatma  kuniga  uch  marta  1  osh  qoshiqdan  ovqatdan  oldin  ichiladi. 
Undan og‘iz bo‘shligini chayqashda xam foydalanish mumkin. 
O‘rik.  O‘tmishning  buyuk  allomalari  Abu  Ali  ibn  Sino,  Dioskorid, 
Gippokrat  va  yana  boshka  tabibi  zamonlar  o‘rikning  shifobaxshligi 
xaqida  ma’lumotlar  qoldirganlar.  O‘rikning  mevasi,  mag‘iz  yog‘i,  elimi 
dorivor mahsulot sifatida ishlatiladi. 


373 
 
Tarkibi. O‘rik mevalarida 27 foizga qadar qand, 2,5 foizgacha organik 
kislotalar  (olma,  limon,  uzum  kislotalari),  pektin,  kraxmal,  oshlovchi 
moddalar,  temir,  mis,  kalsiy,  magniy  tuzlari,  shuningdek  salmokli 
miqdorda kaliy  unsuri bilan birga darmondori  — vitamin S, RR, karotin 
kabi  foydali  moddalar  bor.  O‘rik  mag‘zi  tarkibida  50  foizga  kadar  moy, 
oksil moddalar, vitamin B
15
, glikozid amigdalin (achchiq o‘rik danagida 
8,43 foizgacha) mavjud. 
O‘rik  elimi  tarkibida  galaktoza,  glyukron  kislotasi,  arabinoza,  oksil, 
mikroelementlar mavjud. 
Halq  tabobatida  qo‘llanilishi.  O‘rikning  sarxil  mevasi,  shuningdek 
turshagi,  bargagi  qadimdan  me’da-ichak  yulini  maromlashtiruvchi, 
qabziyatdan xoli etuvchi darmonbaxsh omil sifatida iste’mol etiladi. 
Turshak  suvi  tashnalikni  qondiradi...  Sovuk  mijozli  kishilar  esa 
o‘rikni  toza  asal  bilan  eyishlari  kerak...  Ivitilgan  turshak  isitmalarga 
foyda  kiladi.  Bundan  tashqari  Ibn  Sino  o‘rik  va  uning  elimidan 
oshkozon-ichak faoliyatini yaxshilashda foydalangan. 
O‘rik  tikilmalarni  ochadi,  qattik  shishlarni  yumshatadi.  O‘rikning 
shirinroq  navlari  organizmni  yumshatadi,  issik  mijozli  kishilar  uchun 
foydali, og‘izda mavjud buo‘luvchi noxush xidni yuqotadi. 
O‘rikdan  tayyorlanadigan  kompot  safroni  xaydaydi,  xayajonli  qonni 
tinchlantiradi,  kekirishdan  xoli  etadi.  Ovqatni  xazm  qilib  bo‘lmasdan 
turib,  shuningdek,  qiyin  xazm  bo‘ladigan  ovkat  bilan  o‘rikni  eyish 
yaramaydi.  O‘rikni  naxorga  eyish  tavsiya  etilmaydi.  Halq  tabobati 
amaliyotida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy 
damlab  ichish  tavsiya  etiladi.  o‘rik  mag‘zi  boshqa  dorivor  o‘simliklar 
bilan  birga  nafas  yullarining  yallig‘lanish  kasalliklarida,  ko‘kyo‘talda 
tavsiya etiladi.  Xomilador, shuningdek, tuqqan onalarga turshak, bargak 
iste’mol  qilish  tavsiya  etiladi.  Bargakning  tabiiy  asal  bilan  yanchilgani 
ko‘z quvvatini oshiruvchi omil sifatida iste’mol qilinadi. 


374 
 
Zamonaviy  tibbiyot  amaliyotida.  O‘rik  o‘z  tarkibida  salmokli  miqdorda 
vitamin  B
15
,  vitamin  S,  vitamin  A,  karotin  saqlashi,  shuningdek  u nda 
foydali  mikroelementlar  va  ma’daniy  tuzlar  bo‘lganligi  tufayli 
kamqonlik  (anemiya)  bilan  ozorlangan  kishilar  uchun  shifobaxsh  tabiiy 
vosita  xnsoblanadi.  100  gramm  o‘rik  250  gramm  yangi  jigar  kuvvatini 
berib,  kon  xosil  kilishda  faollik  ko‘rsatadi.  Sarxil  o‘rik  parxez  taom 
sifatida  gipo  va  avitaminoz  bilan  ogrigan  bolalarga  tavsiya  etiladi. 
Bargak,  shuningdek  o‘rik  sharbati  xomilador  ayollarga  xamda  yurak -
qontomir  sistemasi  kasalliklari  bilan  og‘rigan  bemorlar  uchun  juda 
foydali  xisoblanadi.  O‘rik  mag‘zidan  boshqa  dorivor  o‘simliklar  bilan 
birga  nefrit  kasalligini  davolashda  foydalaniladi.  Ma g‘zidan  olinadigan 
moydan  shifobaxsh  malxamlar  tayyorlanadi.  O‘rik  mag‘zidan  olingan 
moy  qotmasligi  tufayli  undan  ba’zi  dorilarni  eritishda  foydala niladi 
(kamfora va boshqa). 
Daraxtning  po‘stlog‘idan  ajraladigan  elim  noyob  arab  elimi  bilan 
shifobaxshlik  borasida  raqobat  qila  oladi.  O‘rik  elimi  urab  oluvchi  omil 
sifatida xamda moyli emulsiyalarni tayyorlashda foydalaniladi.  
Qovunning  xosiyatlari.  O‘zbekiston  diyori  fakat  shifobaxsh 
o‘simliklari  bilan  emas,  balki  sara poliz  maxsulotlari bilan  xam  olamga 
mashxur.  Juda  kadim  zamonlardan  beri  bizning  o‘lkamizda  qovunning 
eng  yaxshi  navlari  polizimiz  pushtalarini  bezab  keladi.  Tarixiy 
manbalarga qaraganda, qovunning a’lo navlari eramizga qadar xam keng 
qo‘lamda  ekilgan  ekan.  Bunga  Xorazmda  o‘tkazilgan  arxeologik 
qazilmalar kafolat bera oladi. Bizning xududimizda eramizgacha bo‘lgan 
III  asrga  mansub  madaniylashtirilgan  qovun  urug‘larining  topilishi 
fikrimizning dalilidir. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish