Yaylov zonasi. Yaylov zonasi dengiz sathidan 2800 m dan balandlikda
joylashgan, ko‘pincha tog‘li alp va subalp mintaqa deb dam yuritiladi. Bu
zonaning pastrog‘ida toron, ko‘k sutlama, sherolg‘in va butazorlar er bag‘irlab
o‘sadi va Turkiston archasi ham uchraydi. Zonaning yuqorirog‘ida kichik-
kichik o‘tloqlar (qo‘ng‘irbosh, yaltirboshlar) joylashgan bo‘lib, janubiy
tog‘ning baland joylarida kserofitlardan astragul, torongul va yostiqsimon
o‘simliklar o‘sadi.
Pomirning
ayrim
maydonlarida
dehqonchilik
qilinsa,
ayrim
maydonlarida chorva mollari boqiladi.
O‘SIMLIKLARNI MUHOFAZA QILISH
O‘zbekistan tabiati jihatidan boy o‘lka. Bu o‘lka boy bo‘libgina qolmay,
insonlari mehmondo‘st, qo‘li ochiq, bagri kengdir. Shuni ham aytish kerakki,
boy o‘lkamiz arzon xomashyo o‘lkasiga aylanib qoldi. Lekin, majburiy
va’damizni bajaramiz deb juda ko‘p yerlar o‘zlashtirilib, ko‘plab tabiiy
o‘simliklar yo‘qotildi, genafond kamaydi. T
O
g‘bagridagi yong‘oqzor, butazor
va o‘rmonzorlardagi qimmatbaho daraxtlar shafqatsizlik bilan kesib yuborildi
va ekologiya jiddiy xavf ostida qoldi. Salbiy ishlar evaziga yerlarimiz
364
eroziyaga uchradi, tog‘ bag‘rida hosilsiz, yalang maydonlar paydo bo‘ldi.
Natijada qishloq mehnatkashlari boshiga tabiiy ofatlar keltirib chiqardi. Daraxt
va butazorlari kesilgan tog‘li tumanlarda kuchli sellar kelishi oqibatida joylarni
vayron qiluvchi toshqinlar sodir bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda, ayniqsa qishloq xo‘jaligining tez sur’atlar bilan
rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarni o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatni
buzilishiga olib keldi. Bu hol, o‘simlik va hayvonot turlarining kamayib
ketishiga, ularning qimmatli turlarini qizil kitobga kirib qolishiga,
genofondning kamayishiga olib keldi. Yo‘qolib borayotgan har qanday tur
asta-sekin inson uchun zarur bo‘lgan turlarni qayta tiklab bo‘lmaydigan
darajagacha olib kelishi mumkin.
O‘zbekistan hududida 4000 dan ortiq tabiiy o‘simlik turlari mavjud
bo‘lib, ulardan 400 dan ortigini endem dorivor o‘simliklar tashkil etadi va ular
jiddiy muhofazaga muhtoj. Lekin bu manba yetarli hisoblanmaydi. Tabiatga
nisbatan munosabatni butunlay o‘zgartirishimiz kerak. Buning uchun birinchi
navbatda keng ko‘lamda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarni o‘stirish zarur.
O‘rmon xo‘jaligi ishlarini yaxshilash, tabiatni muhofaza kilish qonuniyatlarini
jiddiy yo‘lga qo‘yib, uni himoya qilish lozim. Ayniqsa, hozir ehtiyoj
sezilayotgan vaqtda noyob dorivor o‘simliklar turli tabib va ekstrasenslar
tomonidan pala-partish tabiatdan terib olinyapti. Dorivor o‘simliklarning «Qizil
kitob»ga kirmagan ko‘p turlari ham qizil kitobga kirish darajasiga kelib
qolmoqda.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni himoya qilish borasidagi qonunlar
to‘la bajarilmayapti va qonunbuzarlarga qarshi tegishli chora ko‘rilmayapti.
Ma’lumki O‘zbekiston hududida ko‘plab qo‘riqxonalar tashkil qilingan.
U yerlarda o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami tabiiy holda saqlanadi.
Qo‘riqxonalarda tabiiy boyliklarni hsobga olish va uni ko‘paytirish, noyob
hayvon va o‘simlik turlarining sonini tiklash bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlari
olib borilmoqda.
365
O‘zbekistondagi Chotkol, Sarichelak, Zomin tog‘-o‘rmon,
Zarafshon kabi qator qo‘riqxonalar tabiiy o‘simlik turlari hamda
hayvonot olamini saqlab qolishda asosiy manba hisoblanadi.
366
HALQ TABOBATI VA ILMIY TIBBIYOTDA FITOTERAPIYADAN
FOYDALANISH
Tabiatda birinchi paydo bo‘lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda
davosini atrof-muxitdagi o‘simliklardan topgan. Qurt - qumursqalardan
tortib xayvonlar va insonlar turli kasalliklarga tabiatdagi turli
o‘simliklar davo bo‘lishini anglab, undan foydalanib kelganlar. Demak,
tabobat paydo bo‘lgandan boshlab insonlar ko‘plab dorivor o‘simliklarni
turli xastaliklar uchun turli usullarda ishlatib kelganlar. So‘nggi
paytlarda shifokorlar bobolarimiz qo‘llagan tabiatdagi usullarni
e’tiborga olmay, sun’iy sintetik yullar bilan olingan dorilardan keng
foydalana boshladilar. Sun’iy yo’lda olingan dorilarning ko‘pchiligi
organizmning bir joyini tuzatsa, ikkinchi joyiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Lekin jonli tabiatning asosiy bir qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyo si
ishlab chiqargan tabiiy modda dori sifatida xayvon va insonlar tanasiga
to‘la singa oladi, salbiy asorat qoldirmaydi (albatta dorivor moddasining
davolash miqdori).
Bobolarimizning qo‘llagan ko‘pgina davolash usullari, ya’ni dorivor
o‘simliklar tibbiyotda, ayniqsa, halq tabobatida xozirgi vaqtgacha keng
ishlatib kelinmoqda.
Qadimiy davolash usullaridan ovqat bilan davolash va fitoterapiya
usuli davolash jarayonining eng asosiysi xisoblangan. S hifobaxsh
o‘simliklar bilan davolash fitoterapiya deb yuritilib, u insonlarni o‘ziga
jalb kilib kelgan. Shifobaxsh o‘simliklar sof xolda, quritilib, maydalab,
talqon qilib, damlama, qaynatma xolda yoki sirka, asal, xayvon sutlari
va yog’larda eritilgan xolda ishlatilgan. Dorivor o‘simliklardan spirtli
damlama (nastoyka) quyiltirilgan (ekstrakt) va turli sharbatlar xolida
qo‘llanilgan.
Halq tabobatida ichirib davolashdan tashqari tananing tashki
tomonidan surtiladigan, badanni dudlaydigan, og‘izni chayqaydigan,
367
yaralarni yuvish usullari xam keng ishlatilgan. Ayniqsa ja roxatlarni turli
malxamlar tayyorlab davolash keng qo‘llanilgan.
Halq tabobatida ichirib davolashdan tashqari tananing tash qi
tomonidan surtiladigan, badanni dudlaydigan, og‘izni chayqaydigan,
yaralarni yuvish usullari xam keng ishlatilgan. Ayniqsa jaroxat larni turli
malxamlar tayyorlab davolash keng qo‘llanilgan.
Davolash va xastalikni oldini olishda dorivor o‘simliklarning hamma
qismlari: ildizi, ildizpoyasi, tugunagi, piyozboshchasi, er ustki qismi
birgalikda yoki aloxida bargi, guli, mevasi, qurt agi, p o‘stlog‘i
ishlatilgan. Davo bo‘ladigan modda o‘simlikning qaysi qismida ko‘proq
to’plansa, o’sha qismi ishlatilgan.
Yuqoridagilarni xisobga olib, qadimda insonlar o‘simlik va xayvonlar
dunyosiga juda katta e’tibor bilan qaraganlar, ximoya qilganlar. Ming
afsuski,
keyingi vaqtlarda xayot manbai bo‘lgan, xastalikni
davolaydigan shifobaxsh o‘simliklarga e’tibor yo’qolib bormoqda.
Natijada ekologik munosabat buzilib ketmokda.
O’tmishning buyuk allomalari, tib ilmining bilimdonlari Abu Ali ibn
Sino, Dioskorid, Gippokrat, Muxammad Xusayn ibn Muxammad al
Oqiliy, Abu Rayxon Beruniy kabi bobolarimiz tabobat soxasida bebaxo
asarlar qoldirganlar. Afsuski, bunday asarlarning ko‘pchiligi bizning
javonlarda chang bosib yotishi, lekin ko‘pchiligi xorijiy mamlakatlarda
e’zozlanib saqlanib, ishlatilishi achinarlidir. Bobolarimizning qoldirgan
durdonalarini biz kadriga etmadik. Hech bo‘lmaganda o‘z sog‘ligimizni
saqlashda, xastaligimizni davolashda xam ulardan to‘la-to’kis foydalana
bilmadik.
Ayni vaqtda quyosh o‘z jilvasi bilan bizga boqib, o‘z qadriyatimizni
tiklayotganimizda,
bobolarimiz
qoldirgan
tabobatdan
to‘la
foydalanishimiz zarur. Ayniqsa, xozirgi iktisodiy ogir sharoitda qo‘l
ostimizdagi dori-darmon o‘simliklardan to‘la foydalanish zarur.
368
Bu borada men quyida bir qator xastaliklarni davolashda
qo‘llaniladigan, kishi a’zolari uchun mutlako zararsiz, sinalgan,
o‘zbeklar xonadonida uchraydigan, atrof-muxitdan topsa bo‘ladigan halq
tabobati amallaridan namunalar keltiraman.
Yong‘oq. Ming xosiyatga ega bo‘lgan mevali daraxt sifatida
kadrlanadi. Yong‘oqning tuyimli magzidan tortib qobig‘igacha,
metindek yogochidan tortib bargigacha tabobat olamida kadr topgan.
Eryong‘oq dorivor maxsulotlari mag‘zi, yashil qobig‘i, barglari
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |