6
F A N G A K I R I S H V A
R I V O J L A N I S H T A R I X I
Tabiatdagi hamma tirik mavjudotlarning hayotini yashil o‘simliklarsiz
tasavvur etish qiyin.
Atrofga diqqat bilan nazar tashlasak, hamma yoqda o‘simliklardan
tayyorlangan narsa, buyumlarni ko‘rishimiz mumkin.
O‘simliklar inson salomatligi uchun zarur. Kishilar hayotida
o‘simliklarning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda o‘simliklar dunyosi – bebaho boylik, bularning hammasi
bizning, halqning boyligidir. Ana shular sabab biz ularga ehtiyotkorlik bilan
yondashamiz, o‘rganamiz.
Botanika fani o‘simliklar olamini har tomonlama o‘rgatadigan fan.
Botanika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib, «botane» - ko‘kat,
sabzavot degan ma’noni bildiradi.
Botanika fani mustakil fan sifatida biologiyaning tarkibiy qismiga
kiradi. Biologiya esa tirik tabiatni (o‘simlik va hayvonot olamini)
o‘rganadigan fan. Biologiya atamasi ham yunonchadan olingan bo‘lib,
«bios» — xayot va «logos»—ilm degan ma’noni bildiradi.
Umumiy biologiya — o‘simlik bilan xayvonot olamiga tegishli
bo‘lgan umumiy hodisa hamda qonuniyatlarni o‘rganadi.
O‘simliklarning ishlatilishi va ular to‘g‘risidagi malumotlar juda
qadim zamonlardan boshlangan.
Eramizdan 20 ming yil ilgari qadimgi g‘orlarda yashagan odamlar
o‘simliklarni tabiatdan ajratib, oziq-ovqat, dorivor modda sifatida
ishlatganlar. Foydali o‘simliklarni zararlilaridan ajratganlar.
Hayot rivojlana borgan sari o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyoj ham orta
borgan. Natijada, odamlar o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan o‘simliklarni
o‘stira boshlaganlar. Shu tariqa o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
chuqurlashib, kengayib borgan.
7
Eramizdan
6
ming
yil
ilgari
Shveysariyadagi
arxeologik
qazilmalardan bug‘doy, arpa, no‘xot, olma, zig‘ir kabi o‘simliklarning
urug‘lari topilgan. Bundan tashqari mazkur qazilmalarda to‘qimachilikda
va bug‘doyni yanchishda ishlatiladigan asboblar ham kuzatilgan.
Eramizdan 4 ming yil ilgari yuqorida keltirilgan o‘simliklardan
tashqari smola beradigan daraxtlar ma’lum bo‘lgan. O‘sha davrda
smolalardan
murdalarni
balzamlashda
foydalanganlar.
Dorivor
o‘simliklardan gorchitsa, dengiz piyozi, kunjut va boshqalar ma’lum
bo‘lgan.
Eramizdan 2 ming yil oldin qadimiy Xitoy va Hindistonda sholi,
bug‘doy, g‘o‘za, choy, shakarqamishlar bilan bir qatorda dorivor
o‘simliklardan rovoch va toshkuyalar ishlatilgan. Qadimgi Gretsiyada
eramizdan V — IV asrlarda dorivor o‘simliklarni yig‘ish va sotish ishlari
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha davrda yashagan shifokor Gippokrat 200
dan ortiq dorivor o‘simliklarni aniqlab bergan.
Botanika fanini boshlangan negizlari eramizdan oldingi IV-III
asrlarda yashagan grek klassiklari Aristotel va uning shogirdi
Teofrastning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Mashhur grek
faylasufi va tabiatshunos olimi Aristotel (e.a. 384-322 yy.) o‘simliklarni
o‘rganish va ko‘paytirish bilan shug‘ullangan. U o‘zining «O‘simliklarni
tekshirish», «O‘simlik sirlari» kabi asarlarida o‘simliklarning geografik
tarqalishiga ham katta e’tibor beradi.
Aristotelning shogirdi Teofrast (e.a. 371-286 yy.) o‘z ustozining
ishini davom ettirdi, o‘rgandi va o‘zining klassifikatsiyasini yaratadi.
Uning «O‘simliklar tarixi» degan kitobida 450 yaqin o‘simlikka ta’rif
berilgan. Teofrast barcha o‘simliklarni daraxt, buta, chala buta va o‘t
o‘simliklar guruhlariga bo‘ladi. U o‘simliklardan foydalanishiga, ularni
sun’iy sharoit ta’sirida o‘zgartirishga, o‘simliklarni madaniylashtirish
usuliga, meva va sabzavotlar hosilini oshirishga alohida e’tibor beradi.
8
Teofrast asarlarida o‘simliklar juda keng va har tomonlama yoritilgan.
Shuning uchun ham bu o‘tkir didli, idrokli tabiatshunos olimni
ko‘pchilik olimlar «botanika fanining asoschisi» deb hisoblaydilar.
Eramizdan avvalgi
7923
yillarda yashagan rim olimlaridan Pliniy
«Tabiat tarixi» degan 9 tomlik asarining 6-tomini o‘simliklarga
bag‘ishladi. U o‘z asarida tahminan 1000 ga yaqin o‘simlik turini
tasvirladi. Pliniy bunda asosan dorivor o‘simliklar va 30 ta olma navini
ta’riflash bilan cheklandi. Rimda yashagan Pliniy zamondoshlaridan biri
Dioskarid o‘zining «Dorivor moddalar» deb nomlangan kitobida dorivor
o‘simliklarni 600 ga yaqin turi haqida yozib, ulardan 400 tasini qisqacha
ta’rifladi. Bu o‘simliklarning hayot tarzi va tarqalgan yerlarini bayon
qildi. Dioskaridning asari botanika va tibbiyot tarixida muhim o‘rin
tutadi.
O‘rta asrning feodal tuzumi xukmronlik qilgan og‘ir yillarda hamma
fanlar qatori, botanika fani ham vaqtincha rivojlanmay to‘xtab qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan eski tuzum yemirilib, botanika fani yana rivojlana
boshladi. Bunda Sharq tabobatining yirik olimi Abu Ali ibn Sinoning
botanika fanining rivojlanishida hissasi juda katta bo‘ldi. Uning 1020
yilda nashr etilgan «Al qonun fit tib», ya’ni «Tib qonunlari» nomli besh
jildlik asari botanika fanining taraqqiy etishiga asosiy turtki bo‘ldi. Ibn
Sino bu asarida o‘zining ko‘p yillik tajribalari va kuzatuvlarini to‘la
bayon etdi. Asarning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida qo‘llaniladigan
o‘simlik, xayvon va mineral moddalarga bag‘ishlanadi. Bu bo‘limda 400
dan ortiq dorivor o‘simlik turlari ta’riflanib, ularning shifobaxsh
xususiyatlari keng ko‘lamda yoritildi.
Buyuk olim Abu Ali ibn Sinoning ajoyib kashfiyotlari Yevropaning
barcha dorilfununlarida shifokorlar uchun tibbiyotda asosiy qo‘llanma
bo‘lib keldi. Uning lotin tiliga tarjima qilingan «Al - qonun» asari 40
martaga yaqin chop etilgan.
9
Botanika bog‘i dastlab 1303 yili Italiyada barpo qilindi. Shu davrga
kelib, dorilfununlar va ayrim shaxslar tomonidan turli joylarda dorivor
o‘simliklar bog‘lari tashkil etildi. Ularning bir nechtasi keyinchalik
mashhur va ilmiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan botanika
bog‘lariga aylantirildi.
Andrea Sezalpin 1583 yilda «O‘simliklar haqida 16 kitob» nomli
asarini chop etdi. U o‘z asarida o‘simliklarning 1500 turini tasvirladi.
Asarda tasvirlangan o‘simliklarning yarmidan ko‘pi olimga tegishli.
Olim har qaysi o‘simlikning yangi turini qisqacha ta’riflab, o‘simliklar
bir butun organizm degan g‘oyani ilgari surdi.
Sezalpin o‘simliklar dunyosini 15 ta sinfga bo‘ladi. Bu o‘simliklar
yana o‘z navbatida ikkita bo‘limga ajratiladi:
1.
Yog‘ochli o‘simliklar (daraxt va buta).
2.
Chala buta va o‘t o‘simliklar.
Sezalpin o‘simliklar dunyosining sistemasini tuzishda meva va
urug‘lar sonini hamda murtak tuzilishini asos qilib oldi.
Sezalpin o‘simliklarning ayrim muhim morfologik to‘zilishiga qarab
sistema tuzgan bo‘lsa ham, lekin uning sistemasi sun’iy hisoblanadi.
Sezalpin sistemasi sun’iy bo‘lishiga qaramay, uning ajratgan ba’zi bir
sinflari hozirda mavjud bo‘lgan tabiiy guruhlarga to‘g‘ri keladi.
Masalan, X sinfga mo‘ljallangan o‘simliklar govzabondoshlar va
labguldoshlar oilasidan tashkil topgan bo‘lsa, XI sinfga mo‘ljallangan
o‘simliklar faqat murakkabgullilar oilasidan iborat. Lekin VII sinfga
atirgullilar bilan ituzumdoshlar oilasi kiritilgan bo‘lib, oilalar, bir -
biridan keskin farq qiladi.
Sezalpin sistemasi sun’iy sistema bo‘lishiga qaramay, u juda katta
tarixiy ahamiyatga ega. Chunki, ana shu vaktdan boshlab tabiatda
o‘rganilgan o‘simliklarning shu singari umumiy sistemasini yaratishga
katta e’tibor berildi.
10
XVI asrdan boshlab har xil kasalliklarni giyohlar bilan davolash
ishlari keskin tus oldi. Shuning uchun giyohlar bilan shug‘ullanadiganlar
bir muncha ko‘paydi va giyohnomalar chop etildi. Giyohnomalarda
asosan dorivor o‘simliklar tasvirlandi, ularning turli maxalliy noml ari va
rasmlari berildi, foydalanish yo‘llari ko‘rsatildi. 1532 yilda birinchi
giyohnoma Strasburgda Otto Brufels tomonidan chop etildi. Shundan
so‘ng g‘arbiy Yevropada juda ko‘p giyohnomalar ham chop etila
boshladi.
Lekin giyohnomalarda ko‘rsatilgan o‘simliklar ma’lum bir tartibga
solinmagan bo‘lib, ular ishlatilishiga yoki foydali hamda zararli
belgilariga qarab guruhlarga bo‘lingan edi.
Teran bilimli, shved botaniklaridan biri Kaspar Baugin (1560 —1624)
o‘zining qirq yillik ishi davrida 6 ming o‘simlik turini tanqidiy ravishda
ko‘zdan
kechirdi,
ularni
aniq
qilib
tasvirladi,
nomlaridagi
chalkashliklarni bartaraf qildi. O‘sha davrda botaniklar orasida
o‘simliklarga nom berish borasida birdamlik yo‘q edi. Shuning uchun
ham bir tur o‘simlik bir necha nomga ega bo‘lib qolardi. K.Bauginning
maqtovga sazovor yana bir ishi shundan iborat ediki, u har xil sinonim
nomlar chigalini iloji boricha bartaraf etishga urinardi, boshqalarga
nisbatan o‘simlik turlarini qisqa va aniq nom bilan aytishga harakat
qilardi.
U o‘simliklarni avlodlarga ajratib, tur va ko‘rinishlarini avlodga
bo‘ladi. Avlodlar asosan bir nom bilan, tur esa bir necha so‘zdan tarkib
topadi. Lekin avlod va tur bir so‘zdan tarkib topgan va qtlarda u binar
nomenklatura (qo‘sh nom) bilan atalar edi. Shunday qilib, dastlab
sistematikaga K.Baugin tur va turkum tushunchasini kiritgan.
Birinchi marotaba ingliz botaniklaridan Jon Rey (1623 — 1703)
o‘simliklar olamini sporali va gulli o‘simliklarga bo‘lib, gullilarni bir
pallalilar va ikki pallalilarga ajratdi. Jon Rey o‘simliklar olamini 38
11
sinfga bo‘ldi va sistematikaga «tur» atamasini kiritdi. Ekish, o‘stirish
natijasida turni o‘zgartirish mumkinligi to‘g‘risida mulohaza yuritdi. Jon
Rey ta’rifiga ko‘ra tur ma’lum bir urug‘dan chiqadigan, o‘zaro nasl bera
oladigan va o‘xshashligini saqlaydigan individlar yig‘indisidan iboratdir.
K.Baugin kabi Jon Rey ham avlod bilan turni ikki so‘z bilan
ifodalashga harakat qildi.
XVII asrda ingliz fizigi R. Guk tomonidan mikroskop ixtiro qilinib,
birinchi marta o‘simlikning ichki tuzilishi ko‘rildi va o‘simlik tanalari
katakchali hujayralardan tuzilganligi aniqlandi. Natijada o‘simliklarning
ichki tuzilishi o‘rganila boshlandi. 1671 yilda Malpigi o‘simliklarning
ichki tuzilishini o‘rganib Londondagi qirol saroyida «O‘simliklar
anatomiyasidan» ma’ruza qildi.
O‘simliklarning tashqi tuzilishi makromorfologik jihatdan keng
miqyosda o‘rganilayotgan bir vaqtda Malpigi o‘simliklarning ichki
tuzilishi — mikromorfologiyasini o‘rganishni boshlab, botanika fanining
tez rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Fizika, matematika fanlari
rivojlanib, o‘lchov asboblari bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilishi
munosabati bilan to‘qimalar ichida sodir bo‘ladigan fiziologik
hodisalarni tekshiradigan tajribalar o‘tkazishga zamin tayyorladi.
1800 yilda shvetsariyalik olim Jan Seneb’e (1742 – 1809) o‘simliklar
fiziologiyasi terminini tavsiya etdi va shu yildan boshlab o‘simliklar
fiziologiyasi mustaqil fanlar qatoridan o‘rin oldi.
O‘simliklar fiziologiyasi faniga oid eksperimental tajriba ishlari XVII
asr boshlarida o‘tkazila boshlagan. Gollandiyalik olim Van – Gelmont
(1577-1644) o‘simliklar massasi nima hisobiga va qanday hosil bo‘lishi
to‘g‘risida tajriba o‘tkazdi, uning natijalariga va olingan dalillarga
asoslanib, o‘simliklar faqat suv hisobiga o‘sadi va rivojlanadi degan
xulosaga keladi va o‘zining “Suv nazariyasi” ni taklif etadi.
Keyinchalik Rossiya agronomiyasiga asos solgan A.T.Bolotov (1738
12
– 1833) va I.M.Komov (1750 – 1792) lar “Suv nazariyasini” inkor etib,
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida organik va mineral elementlar
zarur ekanligini o‘tkazilgan tajribalar natijasida asoslab berdilar. Van
Gelmontning “Suv nazariyasini” italiyalik olim Marchelo Marpigiy
(1628 – 1694) o‘tkazgan tajribalariga asoslangan holda inkor etdi.
O‘simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishida ingliz olimi Steven
Gels (1677-1761) ham salmoqli hissa qo‘shdi. U o‘z tajribasida o‘simlik
tanasidagi shiralarning tezligini, ildiz bosim kuchi va barglarda shimish
kuchi mavjudligini aniqlagan.
Van Gelmontdan so‘ng ingliz kimyogari Pristli tajriba o‘tkazib
hayvonlarning nafas olishi va moddalar yongan paytda chiqqan havoni
o‘simliklar «tozalashini» aniqladi. Shundan so‘ng gollandiyalik shifokor
Ingenxa bu hodisa o‘simliklarning yashil qismida yorug‘lik ishtirokida
yuzaga kelishini aniqladi.
XVII
asr o‘rtalarida o‘simliklar olamining xilma-xilligi to‘g‘risida
ko‘p ma’lumotlar to‘plandi, ammo o‘simliklarni tanib olishning yagona
bir sistemasi yo‘qligi, ularni tartibga solishda juda katta chalkashliklarga
olib keldi. Ayni vaktda o‘tkir zehnli mashhur shved tabiatshunosi Karl
Linney botanika fanida katta burilish yasadi. U o‘zining 1753 yilda chop
etilgan «O‘simlik turlari» nomli asarida o‘simliklar sistemasini to‘la-
to‘kis yoritib berdi. O‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 10.000 ga yaqin
o‘simlik turlariga binar nomenklaturali (ko‘sh nomni) qo‘llagan holda
tasnif etdi.
K.Linney o‘simliklar dunyosini changchilarining soniga qarab 24
sinfga, sinflarni esa tartib va turlarga bo‘ldi.
K.Linney sistematikasida:
1. O‘simliklarni tasvirlash texnik asini aniqladi;
2. Binar nomenklaturani, ya’ni har qaysi o‘simlikni uning avlodini
hamda turini ifodalaydigan ikkita lotin so‘zi bilan atash usulini joriy
13
kildi (avlod va tur to‘g‘risidagi tushunchalar Linneygacha ma’lum
bo‘lgan bo‘lsada, u tushunchalarni yanada oydinlashtirdi)
3. Guldagi changchilarni soni va olgan o‘rniga qarab guruhlash yo‘li
bilan sun’iy sistemani yaratdi. Sistema sun’iy bo‘lsa ham, o‘sha
davrdagi botanika fanini yanada rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Lekin K.Linney sistemasi dastlab turlar o‘zgarmaydi degan metafizik
tasavvurga
asoslangan
edi.
Keyinchalik
Linney
turlarning
o‘zgaruvchanligini tan oladi.
K.Linney sistemasining sun’iyligi shundaki, u o‘zaro ya qin
bo‘lmagan, uzoq qarindosh o‘simliklar bir sinfga kirib qolgan. Masalan,
sholi, shakarqamish, sholg‘om va turplar bilan birga oltinchi sinfga
kiritilgan, chunki ularning ham changchisi 6 ta.
K.Linneyning bu sun’iy sistemasi keyinchalik tabiiy sistemani
tuzishga katta yo‘l ochib berdi.
XVIII asr oxiri, XIX asrning boshlarida o‘simliklarning tabiiy sistemasi
tuzila boshlandi. Tabiiy sistema sun’iy sistemalardan far qli ravishda
o‘simliklarda to‘g‘ri kelgan bitta belgisiga qarab emas, balki bir qancha
belgilar asosida guruhlarga birlashtirildi.
Fransuz botanigi Antuan De Jyusse (1748 1836) birinchi bo‘lib tabiiy
sistemani kashf etdi va 1779 yilda «Tabiiy oilalar bo‘yicha joylashgan
o‘simliklar avlodlari» degan asarini chop etdi.
A. Jyusse o‘z asarida o‘simliklarni urug‘barglarining mavjudligi va
bo‘lmasligiga qarab uchta katta bo‘limga ajratdi.
1.
Urug‘bargsizlar (Acatyledones) – barcha tuban o‘simliklar, moxlar,
paporotniklar.
2.
Bir urug‘barglilar – Monocotyledones
3.
Ikki urug‘barglilar – Dicotyledones
Shuningdek A. Jyusse ikki urug‘barglilarni o‘z navbatida yana uchta
guruxga bo‘ldi.
14
1.
Tojbarglilar
2.
Tojbargsizlar
3.
Kup tojbarglilar
A. Jyusse o‘simliklar dunyosini 15 ta sinf, 100 ta oilaga bo‘lib,
ularning har qaysisini birinchi marta morfologik jihatdan batafsil
tasvirlaydi. Bundan tashqari, u sistematika, sistematik kategoriya
va oila atamalarini ham kiritdi.
Mashhur botaniq prof. P. F. Goryaninovning 1841 yilda
«Botanika, asoslari» nomli asari chop etildi. Bu asarida o‘zi
ishlagan tabiiy sistemani bayon etdi. Sistematikaning nazariy
muammolariga va tabiatning evolyu tsion taraqqiyoti masalasiga
to‘xtalib, o‘simliklar dunyosini 4 ta guruxga b o‘ldi:
1 .
Sporalilar (lishayniklar, moxlar, paporotniklar);
2 .
Soxta urug‘lilar (sagovniklar, ninabarglilar);
3 .
Don meva urug‘lilar (bir pallali o‘simliklar);
4 .
Chinurug‘lilar (ikki pallali o‘simliklar).
U o‘simliklar bilan hayvonlar o‘rtasidagi organizmlar guruhiga
zamburug‘lar bilan suvo‘tlarni kiritdi.
O‘sha davrda ko‘pchilik olimlar o‘simliklar dunyosining tabiiy
sistemasini to‘la to‘kis tuzishga harakat qilishdi. Masalan,
jenevalik
mashhur
botanik
De-Kandol
(1778-1841)
sistema
tuzishda o‘simliklar dunyosining morfologik belgilaridan tash qari
anatomik tuzilishini ham hisobga oldi. Uning «O‘simliklar
dunyosining tabiiy sistemasi» deb atalgan asarini, uning o‘g‘li
Alfson-De-Kandol va nabirasi Kozimir De -Kandol nashr ettirdi lar.
Shotlandiyalik botaniklardan Ro bert Braun (1773—1858) De-
Kandol sistemasini takomillashtirib, o‘zining sistemasini yaratdi.
Nemis olimi Gofmeystrning (1824 —1877) embriologiya so hasida
olib borgan ilmiy tad qiqot ishlari sistematikada keskin burilish
15
yasadi.
Fransuz tabiatshunos olimi Jan Batist Lamark (1744 — 1828)
birinchi bo‘lib evolyutsion ta’limotga asos soldi. U o‘z ta’limotida
tabiiy sharoitning o‘zgarishi o‘simlik va hayvon organizmini
o‘zgartiradi, tashqi muhitning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan bu
o‘zgarish alomatlari nasldan-naslga o‘tadi, deb hisobladi va buni
dalillar bilan isbotladi.
Jan Batist Lamark organik dunyoning ilmga asoslangan
evolyutsion nazariyasini birinchi bo‘lib ta’riflab berdi.
Lamark nazariyasini mukammal ishlab chi qqan ingliz olimi Ch.
Darvindir. U 1859 yilda «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning
paydo bo‘lishi» degan mashhur asarini chop etdi. Bu asar biologiya
fanida katta burilish b o‘ldi. Natijada o‘simliklar sistematikasini
yaratishda uchinchi davr, ya’ni felogenet ik sistematika davri
boshlandi.
Sun’iy va tabiiy sistemalarda o‘simliklarning kelib chi qishi va
qarindoshlik munosabatlari, evolyu tsion taraqqiyoti kabi xarakterli
xususiyatlari hisobga olinmagan edi. Ch. Darvinning evolyusion
nazariyasi olamshumul a hamiyatga ega bo‘lib, biologiya fanini
rivojlanishida va fellogenetik sistemani t uzishda juda katta
yo‘llanma bo‘ldi.
Fellogenetik sistema turli o‘simlik turlarini to‘plab, ularni belgilari
asosida sistemalash bo‘lmay, balki makro-mikromorfologiya, ekologiya,
genetika, jug‘rofiya va paleontologiya kabi fanlarning ma’lumotlariga
asoslangan holda ularning o‘zaro yaqinliklarini ifodalaydigan sistemadir.
Biolog olimlar o‘sha davrdagi bilimlar, ta’limotlar asosida o‘simliklar
dunyosini fellogenetik sistemasini tuzishga xarakat qildilar.
Ayni vaqtdagi muhim fellogenetik sistemalar qatoriga chet el
botaniklaridan Engler, Vettshteyn, Gallir, Bessi, Pulya Getchinson,
16
Rossiya olimlaridan I. N. Gorojankin, N. I. Kuznetsov, N. A. Bush, M.
B. Kozopolyanskiy, A. A. Grossgeym va A. L. Taxtadjyanning
sistemalari kiradi. Shular ichida ancha to‘liq ishlab chiqilgani A. Engler
sistemasi hisoblanadi. U avlodlarni, ba’zi hollarda esa turlarni ham
aniqlagan holda tabiatdagi barcha o‘simliklar dunyosini bir sistemaga
sola oldi.
A.Engler sistemasi bo‘yicha o‘simliklar olamining katta aniqlagichi
tuzilgan.
XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida kimyo fanining rivojlanishi
tufayli o‘simliklar to‘qimalarida bo‘ladigan kimyoviy hodisalar ham
aniqlana boshlandi. Shu vaqtda olimlardan Senebe va Sossyur
o‘simliklardagi gaz almashinuvini chuqur tekshirib, yorug‘likda
karbonat angidrid yutib, kislorod chiqarishini, bu hodisa oziqlanish
ekanligini, aksincha har vaqt kislorod o‘zlashtirilib karbonat angidrid
ajratib chiqarish hodisasini nafas olish deb ta’kidladi, yorug‘likda
karbonat angidrid hisobiga oziqlanish xodisasi (fotosintez) ni XIX
asrning o‘rtalarida Bussenko bilan Saks ancha keng tekshirdilar.
O‘simlik fiziologiyasi sohasidagi yirik olim K.A.Timiryazev
fotosintezga oid juda ko‘p tajribalar o‘tkazib, olamshumul ahamiyatga
ega bo‘lgan kashfiyotlarni yaratdi.
Botanika fanini rivojlanishida juda ko‘p olimlar o‘z hissalarini
qo‘shdilar. Jumladan L.S.Senkovskiy (1822-1887) tuban o‘simliklarni
tekshirgan, A. N. Beketov (1825—1902) fitogeografiyani rivojlantirgan
olim, A.S.Fominsin (1835—1918) «O‘simliklarda moddalar almashinuvi
va energiya o‘zgarishi» (1883) nomli asarning muallifidir.
D.I.Ivanovskiy filtrlanuvchi viruslarni kashf etib, biologiya fanida
yangi
bo‘limni
ochishga
muvaffaq
bo‘ldi.
S.N.Vinogradovskiy
bakteriyalarda boradigan xemosintez hodisasini kashf etdi. Bu hodisa
yashil o‘simliklarda ro‘y beradigan fotosintez bilan bir qatorda tabiatda
17
anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishini ochib beradi.
Demak ayrim bakteriyalar nitrofikatsiya qilish xossasiga egadirlar. Ana
shu bakteriyalarning parchalanishi natijasida ajralgan energiya hisobiga
karbonat angidrid o‘zlashtirib, undan organik moddalarni hosil qiladi.
Morfolog olim N.I.Gorojankin (1848—1904) urug‘li o‘simliklarda
chang naychasi orqali yadroning tuxum hujayraga kirib urug‘lanish
jarayoni
sodir
bo‘lishini birinchi bo‘lib aniqladi. Hujayraaro
protoplazma plazmodesma orqali bog‘lanishi ham N.I.Gorojankin
tomonidan aniqlangan. U o‘simliklarning rivojlanishini ontogenezda
tekshirishni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ydi.
V. I. Belyaev (1855-1911) Gorojankinning shogirdi. U o‘simliklar
ontogenezini o‘rganishda jinsiy hujayralardagi hodisalarni tekshirib,
hujayra yadrosini reduksion bo‘linishini birinchilar qatorida aniqladi.
S. N. Navashin (1857-1930) K.A.Timiryazevning shogirdi. U asosan
gulli o‘simliklarning embriologiya va sitologiyasi sohasida ishladi.
Yopiq urug‘li o‘simliklarda sodir bo‘ladigan qo‘shaloq urug‘lanishni
kuzatdi va uni kashf etdi.
I.V.Michurin (1855-1935) biologiya sohasida juda katta yutuqlarga
erishdi. U rezavor mevali o‘simliklarni yangi navlarini yaratish va
o‘simliklarning hayot tarzini o‘zgartirishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ydi, bu sohada katta yutuqlarga erishdi. I. V. Michurin individning
irsiy tabiati ontogenezda (o‘simlikni urug‘dan urug‘gacha bo‘lgan
hayoti) rivojlanadigan jarayon ekanligini va bu jarayon yashash
sharoitiga bog‘likligi uchun, uni istalgan tomonga burish mumkinligini
ko‘rsatdi.
I. V. Michurin mashhur seleksioner olim bo‘lib, 300 dan ortiq mevali
o‘simlik navlarini yaratdi. U yangi navlar yaratish ishlarini irsiyatini
«bo‘shashtirish» yo‘li bilan amalga oshirdi.
N. I. Vavilov (1887—1943) madaniy o‘simliklarning kelib chiqish
18
markazlarini
aniqlash,
tur
muammosini
ishlab
chiqish,
irsiy
o‘zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni va sistematikaga oid bir
qator ishlari bilan olimlar orasida aloxida o‘rin egalladi.
Yuqorida nomlari qayd qilingan olimlardan tashqari juda ko‘p olimlar
o‘simliklarni har tomonlama o‘rgana boshladilar. Hozirgi vaqtda
o‘simliklar hujayralarini elektron mikroskopda chuqur o‘rganib, ajoyib
ma’lumotlar to‘planganligiga qaramay, o‘simliklar dunyosining
fellogenetik sistemasi to‘la, mukammal darajada tuzilgan emas.
Hozirgi zamon botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri
tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simliklar guruhlarini cho‘l, dasht, o‘rmon,
o‘tloq va boshqa joylar bo‘yicha o‘rganib, ulardan xalq ho‘jaligi manfaati
yo‘lida yanada kengroq foydalanishdir.
O‘rta Osiyo xududidagi o‘simliklarni o‘rganish ham qadim zamonlarga
borib taqaladi. Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston o‘simliklariga tegishli
ma’lumotlarni bundan bir necha yuz yillar avval yashagan ulug‘
allomalarimizning asarlarida uchratish mumkin. Abu Rayhon Beruniy (973 –
1048) tabobatga bag‘ishlagan “Kitob As – Saydana fit – tibb” nomli asarlarida
diyorimizda o‘sadigan juda ko‘p dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar
bergan. Abu Ali ibn Sino (980 – 1037) ning “Kitob al – qonun fit – tibb” va
“Kitob ush – shifo” nomli asarlarida Turkistonda o‘sadigan ko‘pgina dorivor
o‘simliklarni tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko‘rsatgan.
Mashxur shoir, olim va davlat arbobi Zaxiriddin Muxammad Bobur (1483 –
1530) ham mashhur “Boburnoma” asarida Turkiston o‘simliklari haqida
qiziqarli ma’lumotlar bergan.
Botanika fanining taraqqiyotiga O‘zb. FA muhbir a’zosi P.K.Zokirov, b.f.d.
A.U.Usmonov, prof. S.S.Sahobiddinov va boshqa olimlar o‘zlarining munosib
hissalarini qo‘shganlar.
O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga O‘zb.FA Botanika
institutining hodimlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda. U yerda
19
ayniqsa tabiatni muhofaza qilish borasida katta ishlar olib borilmoqda.
Botaniklarning tinimsiz izlanishlari, mehnati tufayli yo‘qolib borayotgan
o‘simliklarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekistonning “Qizil kitob” i chop etildi.
Rus olimi B.A.Fedchenko (1872 – 1947) ilmiy faoliyatining asosiy qismini
Turkiston florasini o‘rganishga bag‘ishlangan. U o‘z onasi O.A.Fedchenko
bilan birgalikda 1906 – 1916 yillar davomida “Turkiston florasining ro‘yhati”
nomli 6 qismli kitobini chop etdi va Turkiston xududida 4111 tur o‘simlik
borligini ko‘rsatib o‘tgan.
Turkistonga oid tarixiy adabiyotlarda O‘rta Osiyo hududida o‘sadigan
o‘simliklar haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin.
O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish
(botanika ilmi) asosan asrimizni 20 – yillarida boshlandi.
SHu yillarda O‘rta Osiyo davlat dorilfununi, O‘zb. Davlat dorilfununi va
boshqalar ko‘plab ekspeditsiyalar uyushtirishdi. To‘plangan kolleksiyalar
asosida “O‘zbekiston markaziy gerbariysi” tashkil etildi. Bunda 10000 dan
ortiq o‘simlik turlari saqlanadi.
1941 – 1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti 6
jildlik “O‘zbekiston florasi”ni chop etdi. Bu asar O‘zbekiston hududida
o‘sadigan 138 oilaga mansub 4230 o‘simlik turi haqida to‘liq ma’lumot olish
mumkin. Keyingi yillarda (1963 – 1991) “O‘rta Osiyo o‘simliklari aniqlagichi”
yozib tugallandi.
O‘rta Osiyo dorilfununi tashkilotchilaridan O‘zb. FA akademigi
YO.P.Korovin tomonidan (1891 – 1963) O‘rta Osiyo hududidagi o‘simliklarni
o‘rganish uchun uyushtirilgan 24 ekspeditsiyada qatnashdi. To‘plangan
ma’lumotlar asosida 2 jildli asar yaratildi. Dorilfunun professorlari M.G.Popov
(1893 – 1955) O‘rta Osiyo o‘simliklarining rivojlanish tarixi va sistematikasiga
oid bir qancha asarlar yaratildi.
O‘zb. F.A. muxbir a’zosi I.I.Granitov (1900 – 1981) “G‘arbi – janubiy
Qizilqum o‘simliklari qoplami”, prof.Orifxonova (1911–1974) “Farg‘ona
20
vodiysi o‘simliklari” kitobini yozishdi. O‘zb.FA akademigi K.Z.Zokirov
(1903 – 1992) Zarafshon daryosi havzasining o‘simliklari haqida 2 jildli
asar yozib, bunda O‘rta Osiyo o‘simliklari qoplamini 4 pog‘onaga
(cho‘l, adir, tog‘ va yaylov) pog‘onalariga bo‘lishni tavsiya qildi. SHu
olimlar rahbarligi va ishtirokida 4 jildli “O‘zbekiston o‘simliklar
qoplami”
nomli
asar
yozildi,
hamda
O‘zbekiston o‘simliklar
qoplamining va o‘tloqlarining xaritalari tuzildi.
Davlat universiteti tashkilotchilaridan P.A.Baranov (1882 – 1962)
O‘zbekistonda o‘simliklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini
rivojlantirishda katta ishlar qildi. O‘zb. FA akademigi J.K.Saidov (1909)
O‘zbekistonda o‘simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi
ilmini rivojlantirishga katta xissa qo‘shdi. O‘zb.FA akademigi
A.M.Muzaffarov esa (1909 – 1987) O‘zbekistonda tuban o‘simliklarni,
xususan mikroskopik suv o‘tlarni o‘rganish va ulardan xalq ho‘jaligida
foydalanishni ilmiy asoslab berdi va ularning to‘liq ro‘yhati tuzildi.
O‘zb.FA muhbir a’zosi P.Q.Zokirov, b.f.d. A.U.Usmonov va prof.
S.S.Sahobiddinovlar ham botanika fani taraqqiyotiga o‘z hissalarini
qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |