M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

      Preparat  tayyorlash.  Buning  uchun  fiksirlangan  yoki  tirik  o‘simlik 
bo‘laklari  ustara  yordamida  ko‘ndalangiga  va  uzunasiga  kesiladi.  Qattiq 
ob’ektlar  (poya,  ildiz  bulaklari)  dan  kesik  tayyorlashda  ular  suv  va  glitserin 
aralashmasida  qaynatiladi,  bunda  ob’ekt  hujayralari  yumshaydi  va  kesik 
tayyorlash osonlashadi. 
      Preparat  tayyorlashda  o‘simlik  organini  chap  qo‘lda  tutib,  o‘ng  qo‘ldagi 
ustara  tig‘ini  uziga  qaratib  yengil  harakat  bilan,  bir  yurgizishda  yupqa  qilib 
kesik  olinadi.  Agar  kesiladigan  buyum  nozik  bo‘lsa,  uni  probka  yoki  marjon 
daraxt o‘zagi orasiga olib kesiladi. Kesma kichik, tekis va yupqa bo‘lishi kerak. 
Uni  ustara  tig‘i  sirtidan  buyum  oynasidagi  suv  tomchisiga  yoki  boshqa 
suyuqlik tomchisiga cho‘tkacha  yordamida  tushiriladi,  so‘ngra usti  qoplag‘ich 
oyna bilan yopiladi; bunda ikki oyna o‘rtasida havo qolmasligi kerak. Bu ikki 
oyna  orasi  suyuqlik  bilan  to‘la  egallanmasa,  uning  yonidan  tomchi  qo‘shib 
to‘ldiriladi  (qoplag‘ich  oyna  buyum  oynasiga  zich  yopishib  turishi,  lekin 
tomchi  ustida  suzib  qolmasligi  kerak).  Bunda  ortiqcha  suv  filtr  qog‘ozga 
shimdiriladi.  Tekshirilayotgan  buyumni,  masalan  hujayra  yadrosini  yoki 
sitoplazmani  aniqroqko‘rish  uchun  tayyorlangan  preparatga  KJ  tomiziladi. 
Shunda  preparat  ravshanlashadi.  Undan  so‘ng  safranin,  metilen  ko‘ki  va 
shunga  o‘xshash  buyoqlardan  foydalanish  mumkin.  Bu  reaktivlardan  pipetka 
yordamida  bir  tomchi  olib  ob’ekt  ustiga  tomiziladi  va  bir  necha  daqiqadan 
so‘ng  ortiqcha  buyoqni  idishdagi  suvdan,  pipetka  bilan  yuvib  tashlanadi  va 
yana  toza  suv  quyib  yuviladi.  Shunday  qilib,  suv  rangsizlanguncha  yuvish 
davom  ettiriladi.  Bo‘yalgan  va  toza  suvda  yuvilgan  kesiklarni  nina  yoki 


28 
 
cho‘tkacha yordamida olib, glitserin tomizilgan buyum oynasi ustiga qo‘yiladi 
va usti artilgan qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. 
      Glitserinda  saqlangan  ob’ekt  bir  necha  vaqt  buzilmay  turadi.  Bunday 
preparatlar chang tushmasligi uchun qopqoqli qutichalarda saqlanadi. Shunday 
qilib  glitserinda  saqlangan  preparatlarni  kerak  vaqtda  glitserin  –  jelatin  bilan, 
buyum  va  qoplag‘ich  oyna  orasiga  olib  yopishtiriladi.  Doimiy  preparat 
tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun 
dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra absolyut spirt, toluol va ksilol bilan 
2 marta yuviladi. Kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi 
va qoplarich oyna bilan yopib qo‘yiladi. 
 
O‘simlik hujayrasining tuzilishi 
 
O‘simliklarning  ichki  to‘zilishi  XVII  asrda  mikroskop  ixtiro 
qilingandan  keyingina  o‘rganila  boshlandi.  1665  yilda  Robert  Guk 
birinchi  bo‘lib,  o‘simliklarning  ichki  a’zolari  hujayra  (celiula)  lardan 
tuzilganligini  aniqladi.  Shundan  keyin  N.Gryu  va  Malpigiylar 
kuzatishlar  olib  borib  Robert  Gukning  fikrini  tasdiqladilar.  1696  yilda 
Levenguk  «Tabiat  sirlari»  degan  asarida  o‘simlik  tanasidan  tashkari 
erkin holatda yashaydigan hujayralar borligini isbotladi. 
 
Shunday  qilib,  hujayra  haqida  ma’lumotlar  borgan  sari  kengayib 
bordi.  XIX  asrda  botanik  Shleydin  va  zoolog  Shvanlar  hujayra 
nazariyasini  yaratishdi.  1931  yilda  R.  Braun  orxideya  o‘simligining 
hujayrasidagi  yadroni  kuzatdi  va  bu  yadro    barcha  tirik  hujayralarning 
zaruriy  qismi  ekanligini  aniqladi  va    u  hujayraning  asosiy  qismi 
ekanligini tasdiqladi. 
 
1938  yilda  M.Shleyden  piyoz  hujayrasi  yadrosida  yana  yadrochalar 
ham  borligini  kuzatdi,  har  bir  yadroda  1-4  tagacha  yadrocha  uchrashi 
mumkinligini aytdi.  


29 
 
 
Tadqiqotchilardan. 
F.Dyujarden, 
YA.N.Purkinslar 
hujayra 
sitoplazmasi  bilan  shug‘ullandilar.  O‘sha  vaqtda  hujayra  yadrosi 
bo‘lgan  va  qobiq  bilan  o‘ralgan  sitoplazma  massasidan  iborat  deb 
ta’riflandi. 
 
Olib  borilgan  tadqiqotlar  asosida  hujayra  nazariyasini  birinchi 
marta rus olimi P.F.Goryaninov yaratdi. Uning 1834 yilda yozgan Tabiat 
sistemasi  asarida  o‘simlik  va    hayvonot  olami  o‘rtasidagi  birlikni 
isbotlash  borasidagi  birinchi  qadam  bo‘ldi.  Olim  o‘simlik  va  hayvonlar 
bir  xil  qonuniyat  asosida  tuzilganligini  aytib  tabiatda  hujayra 
darajasigacha  rivojlanmagan  tirikliklar  borligini  e’tirof  etgan.  Hujayra 
nazariyasini  yanada  yuqorigi  pog‘onaga  ko‘targan  olimlar  botanik 
Mattias  Shleyden  va  zoolog  Teodor  Shvan  bo‘ldi.  M.Shleyden  1838 
yilda  yozgan  O‘simliklarning  rivojlanishi  haqidagi  materiallar  nomli 
risolasida  o‘simliklarda  yangi  hujayralarning  paydo  bo‘lishi  masalasiga 
alohida  to‘xtalgan.  Hujayra  genezisi  sohasidagi  tadqiqotlari  T.Shvanga 
katta  ta’sir  ko‘rsatib,  uning  ishlarida  o‘simlik  va  hayvonlarning  tana 
tuzilishida umumiylik borligi va barcha organizmlar hujayradan tuzilgan 
deb aytadi.  
Keyingi  100  yil  mobaynida  olimlar  hujayra  to‘g‘risida  juda  ko‘p 
ma’lumotlar  to‘pladilar.  Elektron  mikroskop  kashf  etilishi  bilan  hujayradagi 
juda  kichik  bo‘lgan  organoidlari  ham  kuzatilib,  bajaradigan  vazifalari 
aniqlandi.  Hujayra  tirik  tananing  hayotiy  birligidir.  Shuning  uchun  hujayrada 
butun hayotiy jarayonlar sodir bo‘ladi. Hujayra oziqlanish, nafas olish, o‘sish, 
bo‘linish,  rivojlanish,  ta’sirlanish xususiyatlariga  ega.  Ana  shu  xususiyatlarga 
ega bo‘lgan hujayralar evolyutsion taraqqiyotida tashqi muxitga moslashadi. 
 
Hujayraning shakli, o‘lchami va tuzilishi 
 
         Bajaradigan  vazifasiga  qarab,  hujayraning  shakllari  turlicha  bo‘ladi. 


30 
 
Chunonchi, ularni 80 ga yaqin shaklda uchratish mumkin. Bir hujayrali po‘stsiz 
organizmlar  ma’lum  bir  shaklga  ega  bo‘lmaydi.  (masalan  amyobalar). 
Hujayraga  asosan  uning  po‘sti  shakl  beradi.  Turli  shaklga  ega  bo‘lgan 
xujayralarni ikki guruhga ajratish mumkin.
  
 
Parenxima hujayralarning bo‘yi, eni, balandligi asosan, biri-biriga yaqin 
buladi. Ular xar tomonga barobar o‘sadilar.                                                                   
 
 
Prozenxima  hujayralarning  bo‘yi  enidan 
ko‘p marta uzun buladi. Bunday hujayralar asosan 
ikki  tomonga  qarab  o‘sadi.  Bunga  paxta  tolasi 
misol bo‘la oladi. Prozenxima hujayralar bajaradi-
gan  vazifasiga  ko‘ra  uzun  bo‘ladi.  Ular  bir 
hujayradan  ikkinchi  hujayraga  moddalarni  tez 
o‘tkazish  yoki  boshqa  mexanik  vazifalarni 
bajaradi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish