M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

2 – rasm. Hujayraning 
mikroskop ostida ko‘rinishi 
 
 Hujayralarining o‘lchami uning faoliyatiga bog‘liq. Masalan g‘amlovchi 
hujayralar boshqalariga nisbatan  birmuncha  yirikroq  bo‘ladi. Pomidor, tarvuz, 
limon  kabi  sershira  mevalarda  hujayraning  uzunligi  1  mm  va  undan  kattaroq 
bo‘lishi mumkin. Po‘stloq tolalarining prozenxim hujayralari 20 mm dan 200 
mm  gacha  boradi  (zig‘ir,  kanop,  chayono‘t).  Bakteriya  hujayralari  0,2  mk  — 
0,5  mk  bo‘lib,  eng  kichik  xujayralar  hisoblanadi.  Hujayraning  tuzilishi  3  ta 
qismga bo‘linadi. 1) hujayra po‘sti; 2) protoplast — tirik qismi; 3) bo‘shliq —- 
vakuola (2-rasm). Hujayra po‘sti bilan vakuola hujayra protoplastning hayotiy 
faoliyatidan hosil bo‘ladi.  
 
Sitoplazma 
 
      Protoplast  hujayraning  tirik  qismi  bo‘lib,  nihoyatda  murakkab 


31 
 
tuzilgan.  Unda  turli  vazifalarni  bajaradigan organoidlar  joylashgan. 
Bu  xildagi  organoidlarga  yadro,  plastidalar,  mitoxondriyalar , 
ribosoma,  endoplazmatik  to‘r,  lizosoma,  Goldji  apparati  va 
boshkalar  kiradi.  Organoidlar,  gialoplazmada  joylashgan.  Yadrodan 
tashqari  gialoplazma  bilan  organoidlar  sitoplazma  deb  ataladi. 
Sitoplazma  yarim  suyuq  elastik  modda.  O‘simlik  hujayrasidagi 
organoidlarning  kimyoviy  tuzilishi,  bajaradigan  vazifasi  hayvonlar 
organoidlariga juda yaqin keladi.  
O‘simliklar  bilan  hayvonlarning  hayotiy  faoliyati  juda  o‘xshash, 
lekin  o‘simlik  hujayrasida  plastidalarning  bo‘lishi,  markazda  yirik 
vakuolani  joylashishi,  avtotrofligi,  chiqaruv  organlarning  yaxshi 
rivojlanganligi  va  muvozanat  markazning  bo‘lmasligi  bilan  hayvon 
hujayrasidan farq qiladi. 
Sitoplazmaning  tarkibida  75-80  %  suv,  12  %  oqsillar,  2  % 
nuklein  kislotalar,  1—2%  uglevodlar  mavjud.  Bulardan  tashqari 
karbonat  angidrid,  kislorod,  vodorod,  azot,  kalsiy,  fosfor,  kaliy, 
temir,  marganets,  natriy,  xlor,  magniy,  brom,  yod  (suv  o‘tlarida), 
mis, kobalt, sink va boshqa elementlar borligi aniqlangan. 
Sitoplazma  tarkibidagi  oqsilning  ko‘p  qismi  lipoidlar  bilan 
birikib 
lipoproteinlar, 
nuklein 
kislotalar 
bilan 
birikib 
nukleoproteinlar,  uglevodlar  bilan  birikib  glyukoproteinlar,  turli 
pigmentlar bilan birikib xromoproteinlarni hosil qiladi.   
Shuningdek  sitoplazmada  fermentlar,  vitaminlar,  mineral  tuzl ar 
ham  bor.  Fermentlar  juda  aktiv  bo‘lib,  tirik  hujayrada  ro‘y 
beradigan  kimyoviy    reaksiyalarni  keltirib  chi qaradi.  Sitoplazma  3 
qavatdan  tuzilgan.  Ichki  qavati  —  tonoplast,  tashqi  qavati  — 
plazmolemma,  o‘rta  qavati  —  mezoplazma.  Hujayrada  boradigan 
barcha hodisalar mezoplazmada ro‘y beradi. 
Sitoplazma  yoki  protoplazma  hujayraning  ma’lum  davrida 


32 
 
harakat  kiladi.  Uning  harakati  juda  sust  bo‘lib,  mikroskop  ostida 
kuzatilganda  0,3—0,2  mm  dan  oshmagan.  Sitoplazmaning  harakati 
esa  issiqlik  va  boshka  jarayonlarga   bog‘liq  bo‘lib,  hujayrada 
moddalar almashinuvini jadallashtiradi.  
Mikroskop  ostida  sitoplazmaning  aylana  bo‘ylab  harakatini 
valisneriya  o‘simligida,    tradeskansiya  o‘simlik   tukchalarida 
sitoplazmasining  markazdan  hujayra  po‘sti  tomon,  po‘stdan  markaz 
tomon bo‘lgan xarakatini kuzatish mumkin. Demak, sitoplazma ikki 
xil  yo‘nalishda  harakat  qiladi  (aylana  bo‘ylab  yoki  yadrodan 
hujayra po‘stigacha, po‘stdan yadrogacha). 
1840  yilda  chex  anatomi  va  gistologi  Yan  Purkins  hayvon 
hujayralaridagi  tirik  moddalarni  atash  uchun  «protoplazma» 
atamasini biologiyaga birinchi bo‘lib kiritdi. 
 
O‘simlik hujayrasida uchraydigan organoidlar 
 
  Hujayraning 
butun 
hayot 
faoliyatida 
ishtirok 
etadigan 
sitoplazmada 
uchraydigan 
organoidlarning 
qisqacha 
ta’rifiga 
to‘xtalib  o‘tamiz.  Bu  organoidlar  elektron  mikroskop  kashf 
qilingandan keyingina o‘rganila boshlandi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish