Buyum stolchasi Buyum stolchasi odatda yumaloq yoki kvadrat
shaklida bo‘lib, o‘rtasi teshik bo‘ladi. Bu teshikdan preparatga yorug‘lik tushib
turadi: stolchaning orqa sirtida teshikni katta–kichik qilib turadigan diafragma
o‘rnatilgan. Buyum stolchasi ostiga joylashgan oyna yorug‘likni diafragmma
teshigiga to‘g‘irlaydi. Bu oynaning bir tomoni yassi ikkinchi tomoni botiq
bo‘ladi. Preparatga kuchsiz yorug‘lik tushishi kerak bo‘lsa oynaning yassi
tomoni, yorug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa botiq tomoni ishga solinadi.
Mikrovint Mikroskop mikrometrik vintini burash bilan ko‘rish
trubkasini yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish, ob’ektiv bilan okulyar
o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘irlab olish mumkin. Demak mikrometrik vint
yordamida ko‘rish fokus masofasini to‘g‘irlab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |