M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


 – rasm. Hujayradagi xromoplastlar



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

  4 – rasm. Hujayradagi xromoplastlar 
 
Leykoplastlar-rangsiz bo‘lib, quyosh nuri kam tushadigan  qismlarda ko‘p 
miqdorda to‘planadi. Masalan piyozbosh, tugunak, urug‘larda, ildizmevalarda, 
mevalarda uchraydi. Bu plastidalar yumaloq shaklida bo‘lib, ko‘pincha hujayra 
yadrosi  atrofida  joylashadi.  Leykoplastlar  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lgan 
aminoplast,  proteinoplast,  aleyronoplastlar  hosil  bo‘ladi.  Aminoplastlar 
o‘simlikning ildizpoyasida, tugunagi, urug‘ida joylashib, fotosintez jarayonida 
hosil  bo‘lgan  qandni  barglardan  tashib  to‘playdi.  Proteinoplast  bilan 
aleyronoplastlar asosan o‘simlik urug‘larida uchrab  oqsillar  va  lipidlarni hosil 
qiladi.  
      Leykoplastlar  ayrim  hujayralarda  kraxmal  va  boshqa  moddalarni 
to‘plamasdan  yog‘  kislotalarini  sintez  qilishda  asosiy  vazifani  bajaradi. 


37 
 
Shuningdek chiqindi moddalar to‘planadigan hujayralarda efir moylar sintezida 
ishtirok  etadi.  Plastidalar  bir  turdan  ikkinchi  turga  o‘tib  turadi.  Masalan 
pishmagan  mevalarda  dastlab  ular  yashil  rangda  bo‘lib,  pishganda  ularning 
rang  qizil,  sariq  rangga  o‘zgaradi.  Bunday  holatni  kuzda  barglarning 
sarg‘ayishida  ham  kuzatishimiz  mumkin.  Bu  holdagi  plastidalarni 
gerontoplastlar( grek. geron-qariya) deb ataladi.
1
 
Yadro-  protoplastning  eng  muhim  qismidir.  Yadro  hujayra  sitoplazmasi 
ichida  joylashgan  bo‘lib,  sitoplazmadan  yupqa  po‘st  bilan  chegaralanadi. 
Bakteriya  va  ko‘k  yashil  suv  o‘ti  hujayralaridan  boshqa  barcha  hujayralarda 
yadro bo‘ladi. Hujayrada yadro bitta, ikkita ba’zan ko‘p (tuban o‘simliklarning 
ba’zi vakillarida) bo‘lishi mumkin. Yadro asosan yumaloq shaklda bo‘lib, yosh 
hujayralarda  hujayra  markazida,  voyaga  etganlarida  po‘stga  yaqinroq  joyga 
o‘rnashadi.  U  protoplastning  ko‘p  qismini  egallaydi.  Yadro  mayda  donador 
moddadan  iborat  bo‘lib,  sirti  yupqa  parda  bilan  o‘ralgan.  Yadro  ichida  bitta 
yoki  bir  nechta  kichkina  yadrochalar  bo‘ladi.  Yadro  tarkibida  oqsil  modda 
hamda  alohida  nuklein  kislota  bor.  Yadro  hujayradagi  hayotiy  jarayonlarda 
juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bir  qancha  vazifalarni  bajaradi.  Yadro 
hujayraning  energetik  markazi  hisoblanadi,  chunki  yadro  yordamida  oksidaza 
fermenti vujudga keladi, bu ferment energiya hosil qiladigan oksidlanish (nafas 
olish)  jarayonida  ishtirok  etadi.  Hujayraning  bo‘linish  hodisasi  shu  yadrodan 
boshlanadi;  hujayra  po‘stining  hosil  bo‘lishida  protoplazma  bilan  birgalikda 
ishtirok etadi. 
 
HUJAYRANING BO‘LINISHI 
 
Hujayraning  bo‘linish  hodisasi  yadrodan  boshlanadi.  Hujayraning 
bo‘linishiga  hujayradagi  ja’mi  moddalarning  har  xil  taassurotlar  natijasida 
ko‘payishi va  DNK  ning  ikki  marta  oshishi  sabab  bo‘ladi.Yadro 3  xil  usulda 
bo‘linib ko‘payadi: amitoz, mitoz, meyoz.  


38 
 
Amitoz  bo‘linish-  bunda  yadro  asta  sekin  cho‘zilib  o‘rtasida  ikkiga 
bo‘linadi. (ikkita yadro hosil bo‘ladi), shundan keyin hujayralarning bo‘linishi 
yuz beradi. Bu xildagi bo‘linish ba’zi tuban o‘simliklarda, hamda  yuksak qari 
hujayralarida sodir bo‘ladi.  
Kariokenez  (mitoz)  -  bu  bo‘linish  1874  yilda  I.S.Chistyakov,  1875  yilda 
E.Strasburger,  1878  yilda  Shleyxer  mukammal  o‘rganib  uni  mitoz  deb 
nomlaganlar.  Mitoz  bo‘linish  o‘simliklarning  vegetativ  organlaridagi  o‘suvchi 
nuqtalarida  joylashgan  hujayralarida  sodir  bo‘ladi.  Mitozda  yadroning 
bo‘linishi  juda  katta  biologik  ahamiyatga  ega.  Chunki  interfazada 
reduplikatsiyaga  uchragan  xromosomalar  bola  yadroda  bir  xil  taqsimlanib, 
genetik  jihatdan  bir  biriga  o‘xshash  ikkita  yosh  hujayraga  ajraladi.  Shu  tariqa 
irsiy  belgilar  bir  hujayradan  ikkinchi  hujayraga  o‘zgarishsiz  o‘tadi.    Bu 
bo‘linish  to‘rt  fazali  bosqichda  amalga  oshadi:  profaza,  metafaza,  anafaza  va 
telofaza. 
Profaza – bunda yadro tinch davridan bo‘linish davriga o‘tadi, bu o‘tishda 
yadroning  tuzilishi  o‘zgarib,  unda  bo‘yalovchi  mayda  donachalar  xromotinlar 
paydo  bo‘ladi.  Bu  donachalar  asta-sekin  kattalashadi  va  o‘zaro  qo‘shilib,  bir 
muncha  yirik  donachalarga  aylanadi.  Bu  donachalar  keyinchalik  qo‘shilib,  ip 
hosil  qiladi.  Bu  iplar  asta-sekin  yo‘g‘onlashib,  bo‘yi  qisqaradi  va 
xromosomaga aylanadi. Yadro bo‘linishining profaza davri oxirida yadrochalar 
va  yadro  po‘sti  yo‘qolib  ketadi  va  xromosoma  bo‘linishining  dastlabki  davri 
boshlanadi.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish