Gipsli (toshli) cho‘llar. Bu cho‘llarga Ust-Yurt. Qorsak boy, Beshbek dala,
Manqishloq, Qizil va Qoraqum hududlari kiradi. Yog‘ingarchilik yiliga 60 mm
gacha boradi (Termizda). Bu zonaning tuprog‘i — taqirsimon kulrang, gipsli
tuzlar, qisman karbonat tuzlari bo‘lib, chirindi juda kam. Bu zonada asosan
shuvoq o‘sib, u qo‘ylar uchun oziq manbai hisoblanadi. Shuvokdan tashqari
jo‘zg‘un, qizilcha, qo‘ng‘irbosh va boshqalar o‘sadi. Shuningdek efemerlarning
100 ga yaqin turi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |