M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Nina  bargli  o‘rmonlar.  Bunday  o‘rmonlarda  qarag‘ay,  el,  pixta 
kabilar o‘sadi. 
2. 
Yaproq  bargli  o‘rmonlar.  Bularga  dub,  zirk,  qayrag‘och,  jo‘ka, 
shumtol,  oq  qayinlar  misol  bo‘ladi.  Dub  daraxtli  o‘rmonlar  boshqa 
xildagi  o‘rmonlarga  nisbatan  floraga  boy  bo‘ladi.  Bu  xildagi 
o‘rmonlarda dubdan tashqari juka, zirk, shumtol kabilar bo‘lib, ularning 
pastki  qismida  yovvoyi  olma,  nok,  chetanlar  o‘sadi.  O‘rmon 
yong‘og‘ining o‘sishi dub o‘rmonining muhim belgisidir. 
Dasht zonasi 
Dasht zonasi o‘rmon zonasining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, 
belgilangan  maydonni  10—12  foizini  tashkil  etadi.  Dasht  zonasiga 
Ukraina,  Qrimning  shimoli,  Kavkaz,  O‘rta  Volga,  G‘arbiy  Sibir  va 
Qozog‘istonning shimoliy qismi kiradi. 
Dasht  deb  kserofit  xarakterda  bo‘lgan,  o‘tsimon  o‘simliklardan 
tashkil  topgan  zich  joylashgan  o‘tloqlarga  aytiladi.  Dasht  zonasining 
ham  iqlimi  har  xil:  yillik  o‘rtacha  harorat  3  –  10°S  gacha  eng  issiq 
oyning  harorati  20—25°S  ni  tashkil  qiladi.  Nisbiy  namlik  56—67  foiz, 
yog‘in miqdori 240—500 mm gacha boradi, lekin yoz oylarida 160—180 
mm bo‘ladi. 
Dasht  zonasining  g‘arbiy  qismi  iliq,  sharqiy  qismi  kontinentalroq. 
Bu  zonaning  tuprog‘i  qora  tuproqdan  iborat  bo‘lgani  uchun  o‘simliklar 
turi 1 m
2
 da 80 taga etadi. Dasht zonasida fenologik ko‘rinishlar o‘zgarib 


360 
 
turadi.  Bu  yerlarda  buta,  chala  buta,  ikki  va  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simliklar: 
mavrak,  butako‘z,  beda,  zagchako‘z,  burchoq,  no‘xat,  qoqi  o‘t, 
zupturum,  ko‘ziquloq,  kermek,  lola,  boychechak,  za’faron  kabi 
o‘simliklar  uchraydi.  Bulardan  tashkari  bir  yillik  efemer  o‘simliklar, 
lishayniklar, moxlar va suvutlar uchrashi mumkin. 
Chala  cho‘llar  oraliq  zona  bo‘lib,  Azov  dengizining  so hillaridan 
sharqqa  tomon  tor  bir  mintaqani  hosil  qiladi.  Bu  zona  Don  va  Volga 
bo‘yi,  Kaspiy  pasttekisligi,  Volgograd,  Sankt-Peterburg,  Qozog‘iston 
shimolidan  to  G‘arbiy  Xitoy  chegaralarigacha  boradi.  Chala  cho‘llar 
zonasining  yeri  och  kashtan  tuproqlardan  iborat  bo‘lib,  oralarida 
sho‘rxok yerlar ham uchrab turadi. Bu yerlarda qo‘ng‘irbosh lola, mayda 
krestguldoshlar,  efemer  va  efemeroidlar  ko‘plab  uchraydi.  Qisman 
butalar  ham  ko‘zatiladi.  Chala  cho‘llar  qo‘y,  tuya  va  otlar  uchun  yaylov 
sifatida  foydalaniladi.  Bu  yerlarda  ixota  daraxtzorlari  barpo  etilmoqda. 
G‘alla va yem-xashak o‘simliklari ekilmoqda. 
Cho‘llar zonasi 
Cho‘l  zonasi  belgilangan  hududning  10—12  foizi  atrofini 
egallaydi.  Asosan  janubiy  O‘LKA  bo‘lib,  Kaspiy  dengiz  qirg‘og‘idan 
sharq 
tomon 
Tyanshan 
tog‘ 
etaklarigacha 
va 
G‘arbiy  Xitoy 
cho‘llarigacha  borib  etadi.  Bu  zonaning  iqlimi  keskin  Kontinental, 
sutkalik va yillik harorat tez o‘zgarib turadi.  Yozda harorat 50°S gacha, 
qishda  —  40°S  gacha  yetishi  mumkin.  Havoning  o‘rtacha  namligi  52—
61  foizni  tashkil  etadi.  Yillik  yog‘in  miqdori  80—200  mm  ga  boradi. 
Suvning  bug‘lanishi  yog‘in  miqdoridan  ko‘p  bo‘lgani  uchun  yoz   oylari 
quruq  bo‘ladi.  Tuprog‘i  och  yoki  bo‘z  tuproq,  cho‘lning  pastkam 
joylarida, sho‘rxok yerlar ham uchraydi. 
E.P.Qorovinning  ma’lumoticha  cho‘lda  1600  ga  yaqin  o‘simlik  turlari 
uchraydi. Mazkur zonada gil tuproqli, gipsli, sho‘rxok, qumli cho‘llar mavjud. 
Gil tuproqli cho‘llarda butalardan shuvoq, efemer, efemeroid o‘simliklardan 


361 
 
qo‘ng‘irbosh,  qorabosh,  yaltirbosh,  zizifora,  kashkar  beda,  lolaqizg‘aldoq, 
kovrak va boshqalar uchraydi. 
Gil  tuproqli  cho‘llar  sug‘oriladigan  dehkonchilik  uchun  juda  qulay  bo‘lib, 
bu yerlarda g‘o‘za, poliz, sabzavot ekinlari, donli o‘simliklardan makkajo‘xori, 
supurgijo‘xori va mevali daraxtlar ekiladi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish