M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
Biotik omillar 
Barcha  tirik  organizmlarning  yashash  jarayonida  bir-biriga  nisbatan 
ma’lum  munosabatda  bo‘lishi,  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  biotik 
omillar  deb  ataladi.  Tabiatdagi  birorta  tirik  organizm  yakka  holda  yashay 
olmaydi. 
Biotik  omillar  quyidagi  ko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi:  o‘simliklarni  o‘zaro 
ta’siri,  hayvonlarni  o‘simliklarga,  mikroorganizmlarning  o‘simliklarga  va 
odamlarning o‘simliklarga ta’siri. 
Tabiatdagi barcha o‘simliklar yashash uchun kurash jarayonida o‘z naslini 
saqlab  qolishga  intiladi.  Natijada  o‘simliklar  o‘rtasida  yorug‘lik,  namlik,  oziq 
moddalar  uchun  uzluksiz  kurash  borib,  bir  individ  yaxshi  o‘sib  rivojlanib, 
ikkinchisini nobud qilishi mumkin. Zarpechak kabi parazit o‘simliklar ikkinchi 
bir o‘simlikdan oziq olib, o‘sib uni nobud qiladi. 
Madaniy o‘simliklar orasida o‘sadigan begona o‘tlarning tez o‘sishi tufayli 
hosildorlik kamayadi. Bunday o‘simliklar bir- biriga zarar keltirsa, ikkinchi xil 
o‘simliklar  bir-biriga  foyda  keltiradi.  Masalan,  lishayniklar  suvo‘tlar  bilan 
zamburug‘larning kelishib (simbioz holda) yashashidan paydo bo‘lgan. Ayrim 
o‘simliklar hukmron bo‘lish va o‘zini himoya qilish maqsadida qo‘lansa hidli 
efir  moyini  ajratib  chiqarib  boshqa  o‘simliklarni  o‘sishiga  to‘sqinlik  qiladi. 


351 
 
Masalan,  ermon,  ferula  o‘simligi.  Butako‘z  g‘alla  o‘simliklarning  o‘sishiga 
ijobiy  ta’sir  qiladi.  Demak,  o‘simliklar  o‘zaro  muloqotda  bo‘lganlaridagina 
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatar ekanlar. 
O‘simliklarga  mikroorganizmlar  ham  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatishi  mumkin.  O‘simlik  qoldiqlari  mikroorganizmlar  ta’sirida 
parchalanib 
asta-sekin 
chirindiga 
aylanadi. 
Chirindilar 
tuproq 
to‘zilishini, suv  sig‘imini  va  aeratsiyani belgilaydi.  Tugunak bakteriyali 
o‘simliklar  va  dukkaklilar  ildizi  bakteriyalar  bilan  kelishib  (simbioz 
holatda)  yashaydi.  Ular  havodagi  erkin  azotni  yutib,  yerni  tabiiy  holda 
uritlaydi.  Shuning  uchun  ham  o‘simliklarni  almashlab  ekish  joriy 
qilingan.  Mikorizalar  ham  shular  jumlasiga  kiradi.  Ma’lumki  o‘simlik 
ildizidagi  zamburug‘lar  kelishib  yashaydi  va  erimaydigan  moddalar 
(vitamin  RR)  eriydigan  holatga  aylantirilib  o‘simlikka  uzatiladi.  Bular 
foydali  omillar  bulsa,  zararlilari  sifatida  zarpechakni  misolga  keltirish 
mumkin.  Zarpechak  ko‘pincha  madaniy  o‘simliklarni  nobud  qilib,  o‘zi 
yaxshi rivojlanadi. Mevali o‘simliklarga, poliz ekinlariga,  g‘o‘zaga turli 
bakteriya  va  zamburug‘lar,  mayda  hasharotlar  tushib  zararlaydi. 
Tuproqdagi 
may 
qo‘ng‘izi  va  kemiruvchilarning  o‘simliklarga 
keltiradigan  zarari  juda  katta.  Chorva  mollarini  yaylovlarda  uzluksiz 
boqilishi  o‘simlik  turlarini  yo‘qolib  ketishiga  sabab  bo‘ladi. 
Hasharotxo‘r hayvonlar orqali o‘simliklar changlanadi va tarqaladi. 
Botqoqlikda  o‘sadigan  hasharotxo‘rlar  o‘simliklarga  azotli  moddalar 
yetarli  bo‘lmaganidan  ular  hasharotlarni  tutib  ovqatlanadilar.  Masalan, 
pashshatutar  (muxalovka)  o‘simligi  pashshalar  bilan  oziqlanib  bir 
tomondan o‘zi  foydalansa, ikkinchi tomondan  pashshalarni  kamaytiradi. 
Tabiatdagi  o‘simliklarga  biotik  omillarning  doimiy  va  uzviy  bog‘liq 
holdagi  faoliyati  ta’siri  natijasida  tabiatda  mavjud  bo‘lgan  moddiy 
boyliklar  rivojlanishi  jarayonida  bir  turdan  ikkinchi  turga  o‘tib,  doimo 
o‘zgarib  turadi.  Tabiatdagi  moddalar  almashinuvi  jarayoni  deyilganda 


352 
 
shular ko‘zda tutiladi. 
 
Antropogen omillar  
Kishilarning  o‘simliklarga  ongli  va  ongsiz  ravishda  ko‘rsatadigan 
ta’sirlari  antropogen  omillar  deb  ataladi.  Antropogen  omillar  ta’siri 
boshqa  omillar  ta’siridan  eng  kuchlisi  hisoblanadi.  Botqoqliklarni 
quritilishi,  ulardan  dehqonchilikda  foydalanilishi,  bo‘z  va  qo‘riq, 
yerlarni  o‘zlashtirilishi,  o‘rmonlarni  qirqilishi  va  boshqalar  insonlarning 
o‘simliklar hayotiga ko‘rsatayotgan kuchli ta’siridir. 
Insonlar o‘simliklar dunyosiga boshqa omillar singari ijobiy va salbiy 
ta’sir  ko‘rsatadilar.  Yerlarni  me’yoridan  ortiqcha  o‘zlashtirilishi 
genafondni  yo‘qotadi.  Dorivor  o‘simliklarni  tabiatdan  rejasiz  terilishi 
oqibatida  ular  yo‘qolib,  qizil  kitobga  kirish  darajasiga  kelib  qolyapti. 
Kishilarning  o‘simliklarga  foydali  ta’siriga,  yo‘qolib  borayotgan  foydali 
o‘simliklarni iqlimlashtirib ko‘paytirish misol bo‘ladi. Botanika bog‘ida 
o‘simliklarni  iqlimlashtirish,  madaniylashtirish  bilan  shug‘ullanadilar. 
O‘simliklar hayotiga ta’sir qiladigan omillar shulardan iborat. Lekin ular 
aslida  yakka  holda  ta’sir  etmay,  birgalikda  ta’sir  ko‘rsatadilar.  Bu 
omillarning birortasi bo‘lmasa, o‘simlik yaxshi o‘smaydi, rivojlanmaydi, 
tarqala  olmaydi.  Shunga  ko‘ra  barcha  ekologik  omillar  optimal  holda 
ta’sir  etishi  zarur.  Minimal  yoki  maksimal  holda  ta’sir  etishi 
o‘simliklarning  hayot  jarayonini  susaytiradi  yoki  tezlashtiradi,  xatto 
to‘xtatib qo‘yadi. 
 
O‘simliklarning hayot shakllari 
Tarixiy  taraqqiyot  natijasida  o‘simliklar  tashqi  muhit  bilan  uzviy 
bog‘langan  holda  mavjud.  Lekin  ularning  ko‘rinishini  hayot  shakli  deb 
yuritiladi.  O‘simliklarning  hayot  shakllari  umumiy  ekologik  omillarning 
ta’sirida o‘zgarishi bilan bog‘liq holda kuzatiladi. 


353 
 
Daniyalik botanik Raunkier jamiki o‘simliklarni quyidagi 5 tipga bo‘ladi: 
1. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish