Gigrofitlar. Gigrofitlar gidrofitlardan farq qilib, quruqlikdagi namlik
sharoitida yashaydi. Botqoqlikda, daryo bo’ylarida o‘rmonlarda yashagani
uchun barglari yirik, kutikulasiz, tuksiz, og‘izchalari bargning ikki tomonida
bo‘ladi. Suv ko‘p bo‘lgani uchun alohida ochiq holda tuzilgan og‘izchalar
mavjud bo‘lib ular gidatodlar deb ataladi. Ayrim o‘simliklarda bir minutda bir
necha o‘nlab suv tomchisi gidratodlardan tomib turadi. Ular tanasidagi suv
bosimi 8—10 atmosferaga qadar boradi. Gigrofit o‘simliklarga savagich,
qamish, qiyoq va madaniy o‘simliklardan sholi misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |